Mustaqillik yillarida Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex, Asakada duradgorlik buyumlari zavodi ishga tushirildi


Download 12.84 Kb.
Sana11.07.2020
Hajmi12.84 Kb.
#123541
Bog'liq
terak 2
namangan viloyati dendrologiyasi, namangan viloyati dendrologiyasi, terak, 7 mavzu PSIXOLOGIYA, 1-мавзу ССАТ, tuzilmalar, 2-mavzu f17a79525bc6d9199b09e447d8c214d9, Protsessual Ishtirokchilar To'g'risida, Protsessual Ishtirokchilar To'g'risida, Protsessual Ishtirokchilar To'g'risida, 2 5339056884831751142, 1-top. EN

Mustaqillik yillarida Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex, Asakada duradgorlik buyumlari zavodi ishga tushirildi. Toshkentda O'zbekiston-Gretsiya qo'shma korxonasi «O'z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi. Ammo yog'och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug'dirmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi «Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o'suvchi yog'ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi maxsus qarori o'rmon sanoatida keskin o'zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar maydoni har yili 10 ming gektarga kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln m kub sanoatbop yog'och tayyorlanadi. Yog'och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga g'o'la yog'och yetkazib beradi. Tilingan yog'och - taxta-mebel sanoati uchun xomashyodir. Yog'och tayyorlash va yog'ochsozlik chiqindilari (shox-shabba, qipiq, payraxa, po'stloq)dan o'rmon-kimyo sanoatida spirt, moylar, bo'yoqlar ishlab chiqariladi. Shu sababli o'rmon-kimyo kombinatlari qurish o'ta samaralidir. Yog'och xomashyosi taqchil O'zbekistonda chiqindilarni to'la qayta ishlaydigan yog'ochsozlik kombinatlari ayniqsa o'ta muhim.
Download 12.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling