Mutanosibligi 1: 2 O‘zbekiston bayrog‘i


Download 68.4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.11.2020
Hajmi68.4 Kb.
#144751
Bog'liq
Oʻzbekiston davlat bayrogʻi - Vikipediya

background image
Oʻzbekiston davlat

bayrogʻi
background image
O‘zbekiston Respublikasining Davlat

bayrog‘i

Taʼsis qilingan

1990-yil 20-avgust



Mutanosibligi

1:2 


O‘zbekiston bayrog‘i (rasmiy atalishi:

O‘zbekiston Respublikasining Davlat

bayrog‘i) — Oʻzbekiston gerbi va

background image
Oʻzbekiston madhiyasi kabi O‘zbekiston

Respublikasining rasmiy davlat ramzi

sanaladi. 1991-yil 31-avgustda

Oʻzbekiston Respublikasi o‘z

mustaqilligini e'lon qilganidan so‘ng

1991-yilning 18-noyabrida

[1]

 O‘zbekiston



Respublikasi Oliy Majlisining VIII

sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul

qilingan.

Taʼrifi

background image
O‘zbekiston Respublikasining Davlat

bayrog‘i to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi

matoda aks etgan bo‘lib, uchta asosiy

gorizontal rangdor bo‘laklarga bo‘lingan.

Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu

bo‘laklar orasini ikkita qizil rangdagi

gorizontal chiziqlar ajratib turadi.

Yulduzlar joylashuvidagi "Alloh" yozuvi

background image
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat

bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari

mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar

bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi

anʼanalarni davom ettirgan holda

respublika tabiatiga xos xususiyatlarni,

xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini

ham aks ettiradi.

Bayroqdagi havorang — zangori osmon

va musaffo suv ramzidir. Moviy —

havorang Sharqda azaldan qadrlanadi,

vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz

bayrogʻiga bu rangni tanlagan.

background image
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir.

Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland

dovonlardan oshib oʻtishi kerak.

Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston

Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo

va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat

ramzidir.

Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon

tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot

ramzidir.

Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh

tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun


background image
dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish

harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi

ham yashil rangdir.

Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp

asrlik anʼanalariga muvofiq keladi.

Yarimoy va yulduzlar musaffo

osmonning va tinchlikning ramzlaridir.

Bayroqdagi 12 yulduz tasviri

mukammallik belgisidir.

O‘zbekiston hududlarining



bayroqlari



Download 68.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling