Muvaffaqiyat sari birinchi qadam


Download 17.03 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi17.03 Kb.
#1365853
Bog'liq
Xalbayev Mustafa (2)


Xalbayev Mustafa
Muvaffaqiyat sari birinchi qadam

Biz insonlarga o’ylash, fikirlash, orzu qilish va harakat orqali maqsadga yetish imkoniyati berilgan. Muvaffaqiyatga erishish har bir insonning o’z qo’lida. Muvaffaqiyatga erishishda quyidagi hayotiy qoidalarga amal qilish sizga yordam berishi mumkin:


1. Muvaffaqiyatga erishish uchun tirishqoqlik bilan harakat qiling. Avvalo, siz uchun muvaffaqiyat nima ekanligini his qilib olgandan so’ng shu maqsadga erishishni kun tartibiga kiriting. Sportchilar champion bo’lishi uchun o’z ustida tinmay ishlaydilar, ulardan irodasi kuchli va mashg’ulotlarda ko’p mehnat qilganlargina zafar quchadilar. Siz ham belgilab olingan maqsad sari barcha imkoniyatlaringizni jamlab harakatdan chekinmang.
2. Muvaffaqiyatga erishish uchun xilma-xil g’oyalarni o’ylang. Uddaburon bo’ling, G’oyalaringiz orzularingizdan ham ildamroq yursin. G’oyalar sizni mo’jiza kabi izlamaydi, uzoq fikirlashlar, aniq tasavvurlar va ijodiy yondoshish yaxshi g’oyalarga yetaklaydi.
3. Muvaffaqiyatga erishish o’zingiz yoqtirgan ishni qiling.
Boshlayotgan ishingizga bor mehringizni bag’ishlang. Yoqtirmaydigan ishni boshlash yaxshi samara keltirmaydi. O’zingiz uchun zerikarli tuyulgan yoki xush kelmaydigan maqsadga erishuvchi yo’ldan voz kechganingiz yaxshiroq.
4. Tavakkalchilik muvaffaqiyatning asosiy omillaridandir. Tavakkalchilikka qo’l urmay turib ham tavakkal qilgan bo’lamiz. Shubha bizni o’zimiz hohlagan bo’lishimizga to’sqinlik qiladi. Tavakkal qilishga qodir bo’la olmasangiz hayotda hech narsaga erishaolmaysiz. Yutqazib qo’yishdan hech qachon qo’rqmang. Zero, ming yiqilib , ming turib, muvaffaqiyatsizliklardan o’tibgina o/ylagan darajangizga erishasiz.
5. Muvaffaqiyat oxiri yo’q yo’l ekanini unutmang. Ba’zi hollarda insonlar muvaffaqiyatga erishadilar so’ngra omadsizlikka uchraydilar. Buning asosiy sabablaridan biri muvaffaqiyatni bir yoqlama yo’l deb o’ylaganliklarida, muvaffaqiyatga erishdim deb to’xtab qolganliklaridir. Muvaffaqiyotga erishish uchun barcha ishni bajaramiz-u muayyan darajaga erishganimizdan so’ng men o’rnimni topdim avvalgi barcha harakatlarimizni yo’qqa chiqaramiz. Muvaffaqiyat tugamas yo’l, muvaffaqiyatni ushlab qolish ham iqtidor.
Bulardan tashqari hayotda sermulohaza, samimiy va shirnso’z bo’lish, o’rni kelganda o’zini og’ir tutish, atrofdagilarga diqqat-e’tiborli bo’lish, katta yutuqlarga erishgan insonlarga havas bilan qarab ularning ijobiy hislatlarin o’zlashtirish muvaffaqiyatning dastlabki qadamlaridan biridir.
Download 17.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling