N. Fozilovaning “Ilg’or pedagogik tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish va ommalashtirish”


Download 51.5 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi51.5 Kb.
#143720
Bog'liq
Ingliz ommalash maruza

Farg’ona viloyati

O’zbekiston tumani

Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi

10-umumiy o’rta ta`lim maktabi

ingliz tili fani o’qituvchisi



N.Fozilovaning

Ilg’or pedagogik tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish va ommalashtirish” mavzusida tayyorlagan



MA’RUZASI

Ilg’or pedagogik tajribali o’qituvchilarni faoliyatini o’rganish va ommalashtirish
Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqe va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va ijtimoiy yetukligiga bog’liqdir. Mustaqillik xalqimiz, millatimiz taraqqiyoti uchun keng ufqlar ochib berdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz bor kuch qudratini demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirgan. O’zbekistonda qabul qilingan o’ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o’z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, eng avvalo, yoshlarga, ularning amaliy faoliyatiga, axloqiy barkamolligiga, g’oyaviy-siyosiy yetukligiga, milliy o’zligini qanchalik chuqur va mukammal anglab olganliklariga ham bevosita bog’liq. Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng haqiqiy yoshlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. SHuning uchun ham kelajakka munosib bo’lgan ma’naviy jihatdan yetuk yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi, bugungi kunda “Imon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs komil insonni tarbiyalashdan iborat”. Yuksak ma’naviy-madaniy, go’zal axloqiy sifatlarga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalash muammosi siyosiy, iqtisodiy, fuqarolik va ma’naviy-madaniy sohalarda islohotlar jadallik bilan amalga oshirilayotgan bugungi kunda ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, jahon ta’limi standartlari darajasida shaxsga ta’lim berish va ijtimoiy tarbiya samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Mustaqillik yillarida respublikamizda jamiyat hayotining turli sohalarida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Barkamol yoshlarning milliy madaniy merosimiz qolaversa, xorijiy davlatlar tiliga bo’lgan ehtiyoj hozirgi ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, ta’lim mazmunini takomilashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari, ta’limni hayot bilan bog’lashni, o’qitish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qiladi. Bu o’rinda ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi va qo’llanishi davr talabi bilan bevosita bog’liqdir.

Yangi pedagogik texnologiya ta’limning ma’lum maqsadga yo’naltirilgan shakli, usuli va vositalarining mahsulidir. Kuzatuvla shuni ko’rsatadiki, aksariyat hollarda o’qituvchi dars jarayonida faqat o’zi ishlaydi, o’quvchilar esa kuzatuvchi bo’lib qolaveradi. Ta’limning bunday ko’rinishi o’quvchilarning aqliy tafakkurini o’stirmaydi, faolligini oshirmaydi, ta’lim jarayonidagi ijodiy faoliyatini so’ndiradi. Ta’limda pedagogik texnologiyalarning asosiy maqsadi esa o’qitish tizimida o’quvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv materiallarini shunchaki yod olishlaridan, avtomatik tarzda takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir.

Shundagina o’quvchilar muhim hayotiy yutuq va muammolar, o’tiladigan mavzularning amaliyotga tatbiqi bo’yicha o’z fikriga ega bo’ladi, o’z nuqtai nazarini asoslab bera oladi.

Barkamol shaxs tarbiyasi davr talabi bo’lgan ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog’liq jarayondir. Mazkur jarayonda mantiqiy fikrlash, tasavvur qilish, bilish faoliyatini rivojlantirish kabi jihatlar muhim ahamiyatga ega. Ingliz tili fani orqali o’quvchilarda shaxsiy dunyoqarash va e’tiqod shakllanadi. Badiiyat va fan qonuniyatlarini anglash, ta’limda belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash, faoliyat yo’nalishidagi qiyinchiliklarni yengish, yakka tartibda, juftlikda va guruhlarda ishlash kabi metodlar jarayonida o’quvchi shaxs sifatida shakllanib boradi.

Ta’lim-tarbiyada o’qituvchi interfaol metodlardan mavzuga muvofiqini tanlay bilishi muhim hisoblanadi. O’qituvchi interfaol metodlardan avvalo oddiydan murakkabga o’tish nazariyasiga amal qilgan holda foydalanmog’i lozim.

Chet tili fanidan bilimlarni chuqurlashtirish, kengaytirish ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimining keyingi turlarida o’qishni davom ettirish, ongli ravishda kasb tanlashga yordam berish, ingliz tilida og’zaki va yozma nutqlarini, o’z fikrlarini bayon eta olish ko’nikmalarini shakllantirish, kishilar orasidagi bevosita muloqot nutqi orqali amalga oshirilar ekan, ingliz tilini amaliy bilish nutq faoliyatining ko’rish, tinglab tushunish, gapirish, yozish, tarjima kabi turlariga xos bo’lgan ko’nikmalarini shakllantirishni taqozo etadi.

Barkamol shaxs tarbiyasi davr talabi bo’lgan ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog’liq jarayondir. Mazkur jarayonda mantiqiy fikrlash, tasavvur qilish, bilish faoliyatini rivojlantirish kabi jihatlar muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi o’qitishning xoh an’anaviy, xoh noa’naviy usullaridan foydalanishidan qa’tiy nazar, matnni bayon qilishda, o’quvchilarga tayyor bilimlarni berish usulidan voz kechib, ularni ko’proq mustaqil ta’lim olishga undashi kerak. Bunda o’qituvchining vazifasi darsda o’quvchilarning tafakkuri va o’quv faoliyatini to’g’ri uyg’unlashtirishdir. Binobarin, bunday uyg’unlik dars samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.

O’qituvchi dars muammolariga to’g’ri yondashishi uchun ta’lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o’zaro bog’liqligi va bir-birig ta’sirini tushunishi lozim. Bunda o’qituvchi o’quvchilar bilish faoliyatining boshqaruvchisi, maslahatchisi va yakuniy natijaga yo’llovchi shaxs vazifasini bajaradi.

Ta’limning barcha bosqichlarida xususan, umumiy o’rta ta’lim hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida xorijiy tillarni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar, reja va dasturlar ingliz, nemis hamda frantsuz tili fani o’qituvchilari uchun umumta’lim maktablarida, malaka oshirish kurslarida o’qituvchi murabbiylarga zarur ma’lumotlarni yetkazib borish, mazkur ta’limning mazmun mohiyatini barcha ta’lim muassasalari o’qituvchilari ongiga singdirish, “Elektron ta’lim” tarmog’i imkoniyatlaridan foydalanish va masofaviy ta’lim turlarining amaliyotga joriy etilganligini inobatga olib pedagog kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslariga yangi o’quv reja, dastur, ma’ruza matni ishlab chiqish, ingliz tilini o’rganishning samarali tizimini tashkil etish bo’yicha malaka oshirish, sohasida o’quv muassasalari, o’quv markazlari va nodavlat, notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish va hamkorlikda faoliyat olib borish, “Filologiya” yo’nalishida o’qib bugungi kunda ingliz tilidan qayta tayyorlash kursida o’qish ehtiyoji bo’lgan o’qituvchilarga amaliy yordam berish va zarur sharoitda qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, xorijiy tili o’qituvchilariga uslubiy yordam berish maqsadida ilmiy-amaliy seminarlar, davra suhbatlari, ilg’or tajribaga ega, novator ingliz tili fani o’qituvchilari ish tajribasini ommalashtirish hamda ular ishlab chiqqan uslubiy tavsiyalarni nashrga chop etishda yaqindan yordam berish ishlarini amalga oshirish ishlari yo’lga qo’yilmoqda. Bu ishlarni bajarishda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bir qancha yechimini kutayotgan vazifalar ham mavjud. Ushbu vazifalarni bajarish chet tili fanlarini chuqurroq o’qitish zaruriyatini tug’dirmokda. Ilm-fanning yangi yutuqlari jadallik bilan turmushimizga kirib kelayotgan hozirgi davrda yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan bir qatorda chet tilining o’rni beqiyosdir.

Mustaqil O’zbekiston Respublikasida hozirgi davrda xorijiy tillarni mukammal biladigan malakali mutaxasislar tayyorlash zaruriyati tobora kengayib bormokda. O’zbekiston ta’lim tizimi oldida juda katga muammo umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda o’quvchilarni ingliz tili fanini o’qitishni hamma bosqichlarida qo’llanadigan metod va usullarni takomillashtirish masalasi paydo bo’ldi. Bu zaruratning vujudga kelishi shundaki, farzandlarimizning ingliz tili fanini bilish darajasi Respublikaning bo’lg’usi ilmiy-texnik imkoniyati, mutaxassislarning intillektual ma’naviy saviyasining shakllanishiga



O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan bo’ladigan madaniy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Keyingi vaqtlarda ingliz tili fanini o’qitish usullarini takomillashtirishga, uning sifatini oshirishga bo’lgan qiziqish oshib bormokda. Ingliz tilini o’qitishni aynan maktabgacha yoshdagi bolalardan boshlash, keyinchalik o’quvchining xorijiy tilga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish demakdir.
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling