N iz o m iy n o m I d ag I t o sh k e n t d a V l a t p e d a g o g ik a u n IV e r sit e t I ibro h im karim o V


Download 2.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana15.02.2017
Hajmi2.89 Kb.
#485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

3-m a sa la . 
Ilgari  qaram a-qarshiliklar  birligi  va  kurashi  deb  atalgan  qonunni 
dialektik  ziddiyatlilik  qonuni  deyish  m a’qul.  Chunki  ziddiyat  yalpi  umumiy  tasnifga 
ega,  qaram a-qarshilik  esa  ziddiyatlilikning  faqat  bir  tomoni,  uning  namoyishkorona 
ko'rinishidir.
Narsalarni  doimo  harakatda,  o'zgarishda,  tom onlarning  o ‘zaro  ta ’sirida  olib 
qaralgandagina  ularning  negizida  ziddiyat  borligi  ayon  boMadi.  Har  qanday  narsa 
vujudga  keigandan  boshlab  o ‘z  ichki  ziddiyatliligi  tufayii  barqarorlik  va  beqarorlik 
holatini  boshidan  kechirib  turadi,  shuning  uchun  ular  abadiy  mavjud  boMmaydi. 
Barcha  narsalar,  hodisalar,  jarayonlar  bir  butun  ichidagi  qarama-qarshi  tomonlar, 
mayllar,  jihatlarning  bir-birini  taqozo  etishi  va  ayni  chog'da  bir-birini  istisno  qilishi 
holatida  mavjuddir.  Tom onlarning  biri  bo'lm asa,  ikkinchisi  ham  boMmaydi.
79

Binobarin,  bunday  holatda  narsaning  o'zi  y o ‘q,  demakdir.  Biroq,  narsaning  o ‘zini 
tashkil  etgan  fizikaviy-kimyoviy  unsur  (element)lar  qoladi,  ular  boshqa  shakllarga 
kiradi.
A yniyat,  tafovut,  qarama-qarshilik,  ziddiyat  kategoriyalari  orqali  dialektik 
ziddiyatlilik  qonunini  anglab  olish  mumkin.  Ayniyat tafovut laxzasini  o ‘zida jo   etgan 
holatdir.  N arsaning  bir  xilligi,  o ‘xshashligi  uning  aynan  emasligi  -   tafovuti  borligini 
anglatadi.  Tafovut  na  faqat  boshqa  narsaga  nisbatan,  balki  narsaning  o ‘z-o‘ziga 
nisbatan  ham   tafovut  sifatida  nam oyondir.  Demak,  narsa  ayniyat  va  tafovutlar 
birligidan  iboratdir.
Q aram a-qarshilik 
har 
qanday 
butunlikning 
ajralmas 
xossasi 
b o iib , 
ziddiyatlilikning  k o ‘rinishlaridan  biridir.  Ziddiyatlilikning  shu  ko'rinishi  tufayli 
narsalar  o ‘zidan-o‘zi  harakatda,  mavjudlikdadir.  Masalan,  atom lardagi  m usbat  va 
manfiy  zaryadlar,  mikro  va  makrojismlardagi  o 'zaro  m arkazga  intilish va  markazdan 
qochish, narsalarda barqarorlik  va beqarorlik-harakat m anba’laridir.
Ziddiyatlilik  ham ma  narsa,  hodisa  va jarayonlarga  xos.  Ichki  va  tashqi,  asosiy 
va  noasosiy,  bosh  va  bosh  b o im a g an ,  antogonistik  va  noantogonistik  ziddiyatlar 
bo'ladi.  U yg‘unlik  nouyg‘unlik  holatiga  o ‘tgach  (kelisha  olmaslik),  konflikt  yuzaga 
kelib,  antogonizm ga  aylangach,  u  qarama-qarshi  tom onlarga  og ‘ib  ketadi.  Masalan, 
oila,  etnik,  diniy  zamindagi  ziddiyatlar  qarama-qarshi  tom onga  ajralib  ketsa,  katta 
m ojoralar  kelib  ehiqarib,  ilgarigi  butunlik  o ‘zining  qarama-qarshi  tom oniga  aylanib 
ketadi.  M asalan.  oila  ijtimoiy  birlik  shaklllaridan  biridir.  Unda  ziddiyatlar  bo‘lishi 
muqarrar.  A garda  oila  birligini  mustahkam 
turishidagi  m a’suliyatini  anglagan 
individlar  bo‘lsa,  undagi  ziddiyatlar  qadamba-qadam  bartaraf etib  borilib,  butunlik 
saqlanib  qoladi.  Aks  holda  ziddiyatlar  o ‘zining  qarama-qarshi  tom oniga  o g ‘ib  ketadi 
va  butunlik  y o ‘q  bo'ladi.  Tabiat—jam iyat—inson  o'rtasidagi  ziddiyatlar  b a’zan 
antogonizm ga  o g ‘ib  ketayotgani yom on  oqibatlarga olib kelmoqda.
4 -m a sa la . 
Inkor  va  vorislik  kategoriyalari  orqali  inkorni  inkor  qonunini 
tushunib  olish  mumkin.  Dialektik  inkorning  oddiy  muloqotdagi  inkordan  tub  farqi 
shuki,  u  taraqqiyotning  zarur  jihati  bo'lib,  eski  o 'rnida  paydo  bo'layotgan  yangi 
narsada vorislik  saqlanishini  taqoza etadi  va shu  vorislik tufayli yangi  rivojlana oladi.
80

V oqelikda  to 'la   va  to 'la   bo'lm agan  inkorlar  mavjud.  Inkor  to ‘la  bo'lganda 
narsa  o'zining  qarama-qarshi  tom oniga  o g 'ib   ketadi  va  yangi  sifatdagi  narsa  hosil 
bo‘ladi.  T o 'la  bo‘lmagan  inkorda narsa asosan o ‘z sifatini saqlaydi.
Vorislik  narsa  va  hodisada,  shuningdek,  bilishda  yangi  bilan  eski  o'rtasidagi 
o b ’yektiv  zaruriy  bog‘lanishni  anglatadi.  Vorislikka  e ’tiborsiz  qarash  ijtimoiy 
hayotda yomon  oqibatlarga,  larzalarga olib keladi.
Har  bir  narsa  va  hodisa  o ‘zini-o‘zi  inkor  etish  jarayonida  mavjud  bo'lib, 
natijada  taraqqiyot  sodir  bo'ladi.  Inkorning  yangi  bosqichi  bo‘lishi  uchun  quyi 
bosqich  sharoit  xizmatini  o ‘taydi.  Inkorning  2-bosqichida  taraqqiyot  yuz  beradi. 
Shuning  uchun  bu  qonun  inkorni  inkor  deb  ataladi.  Inkorni  inkor  qonunida  ilgarilab, 
yuqorilab  harakat  mayli  ustivordir,  y a ’ni  soddaning  murakkabga,  quyining  yuqoriga 
o'tish   mayli  yetakchidir.  Biroq,  inkorni  inkorda  taraqqiyot  bir  chiziqli,  tekis  shaklda 
emas,  balki  orqaga  qaytish,  yonboshga  ketish,  tanazzul  holatida  bo'lish  shaklida ham 
ro 'y   beradi.  Har  qanday  sharoitda  ham  taraqqiyot  inkorni  inkor  tufayli  o'ziga  yo ‘l 
ochib oladi.
Demak,  taraqqiyot falsafiy  inkorlarning  benihoya davomiyligidan  iborat boMib, 
bu  inkorni  inkorda  o'zidan  burungi  har  bir  bo‘g ‘inlarni  faqat  rad  etib  qolmay,  balki 
eskidagi  ijobiy  jihatlarni  o ‘zida  saqlab  qola  olgani  uchun  taraqqiyot  sodir  bo'ladi. 
Inkorni  inkor  qonuni  notirik  va tirik  tabiatda  o'ziga  xos  shakllarda  namoyon  bo'ladi; 
moddiy  sistemalarning  o ‘zidan-o‘zi  tashkillanishi  va  boshqarilishi  to ‘g ‘risidagi 
sinergetik  qarashlar inkorni  inkor qonunida o 'z  ifodasini topgan.
Xulosa:  a)  qonun  narsa va hodisalardagi  o b ’yektiv  ichki  muhirn, yalpi  umumiy, 
zaruriy,  barqaror  aloqadorliklar  ifodasidir;  b)  narsa  va  hodisalarda  miqdoriy 
o'zgarishlar  ko'payib  yo  ozayib,  yangi  sifatlar  hosil  bo'ladi,  bu  o ‘z  navbatida 
miqdorning  ko'payishi  yoki  ozayishiga  sabab  bo'ladi;  v)  narsa  va  hodisalaming  o 'z  
ichidagi  ziddiyat  tufayli  harakat  sodir  bo'ladi;  g)taraqqiyot  falsafiy  inkorlarning 
benihoya  davomiyligidan,  uzluksizlikning uzlukliligidan  iboratdir.

4-m avzu .  Falsafa  fani ju ft  k ategorivalarin in g olam n i  falsafiy  b ilish d agi  o ‘rni
R eja:
Kirish  so‘zi
1.Falsafiy  kategoriyalar va  ularning boshqa fan kategoriyaiaridan farqi.
2.01amdagi  umumiy  aloqadorlikni  ifodolovchi  kategoriyalar.
3.N arsa va hodisalar tuzilishini  al4.N arsa  va  hodisalar  o ‘rtasidagi  sababli  bogManish  (determ inizm )  ni  anglashga 
imkon yaratuvchi  kategoriyalar.
Xulosa.
M ateriyaning  xilm a-xil  k o ‘rinishlarida  namoyon  boMadigan  olam  hodisalari, 
ular  o ‘rtasidagi  o ‘zaro  aloqa,  o ‘zaro  ta ’sir  va  albatta  taraqqiyot  in’ikosi  falsafaning 
ju ft  kategoriyalarida  o ‘z  ifodasini  topadiki,  ushbu  v a’z  ana  shu  qonuniy 
bogManishlarni  tushunib olishga yordamlashadi.
1-m asala.  «Kategoriya»  yunoncha  so‘z  boMib,  u  «guvoh»  «ta’rif»,  «ifoda» 
degan  lug‘aviy  m a’nolarga  ega.  U lam ing  falsafiy  m a’nosi  esa  o b ’yektiv  olamdagi 
narsa,  hodisalardagi  um um iy  va  muhim  bogMiqliklar,  m unosabatlar  ifodasidir. 
Falsafiy  kategoriyalar  boshqa  fanlar kategoriyaiaridan  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  bilan 
farq qiladi.
Birinchidan,  ular  ob ’yektiv  olamdagi  eng  umumiy  qonuniyatli  aloqadorliklar 
in’ikosidir.  Ikkinchidan,  falsafiy  kategoriyalar  ob ’yektiv  olam ning  eng  umumiy  va 
m uhim  tom onlarini  ifodalabgina  qolmay,  biiish  bosqichlari  va  tayanch  nuqtasi  ham 
hisoblanadi.  U chinchidan,  ular  olamdagi  narsa  va  hodisalam i  ilmiy  biiish  uchun 
m etodologik  asos  bo‘Iadi.  Falsafiy  kategoriyalar  bir  tom ondan,  narsalam ing 
mohiyatini  chuqurroq  va  to ‘laroq  bilishga  yordam   beradi,  ikkinchi  tomondan 
o b ’yektiv  dunyodagi  narsa  va  hodisalar  haqida  yangi  bilim lar  olish  va  to ‘plashga 
sabab  boMadi.  T o‘rtinchi  tom ondan  falsafiy  kategoriyalar  shakllanishi  asosida  inson 
va  uning uyushmalari  barcha  faoliyatining  yigMndisi  boMgan  am aliyot yotadi  va  ayni 
ch o g 'd a  ular  am aliyot  yoMini  yoritadi.  Beshinchidan,  boshqa  fanlar  kategoriyalari  ta- 
biat,  jam iyat  va  tafakkurga  xos  bogManishlar,  aloqadorliklam ing  muayyan  bir
82

sohasini 
ifodalasa, 
falsafiy  kategoriyalar  o b ’yektiv  olamdagi 
eng  umumiy 
alokadorliklar, o'zaro  bog'liqliklar va o ‘zaro ta ’sirlarni  aks ettiradi.
Falsafiy  kategoriyalar  ilmiy  bilish  metodologiyasi,  m a’lum narsadan  nom a’lum 
narsaga  o'tish   natijalarini  izlab  topish  uslubidir.  Bu  kategoriyalar  mavjud  narsalar 
m oxiyatini  bilishnigina  emas,  shu  bilan  birga,  ularning  istiqbolda  o ‘zgarish  va 
rivojlanish y o ‘nalishlarini  ham anglab olish  imkoniyatiga ega qiladi.
Falsafa 
fanining  ju ft 
kategoriyalari 
olamdagi 
ziddiyatli 
va 
sababli 
bog‘lanishlar,  o ‘zaro  ta ’sir  va  takozolarni  ifodalash  hususiyatiga  qarab  ularni  shartii 
ravishda quyidagi  uch turkumga ajratish mumkin.
2-m asaIa.  1-turkum.  Ayrimlik,  xususiylik  va  umumiylik  ham da  mohiyat  va 
hodisa  kategoriyalari olamdagi  umumiy  aloqadorliklar ifodasidir.
Fazo  va  vaqtda  bir-biridan  chegaralangan,  individual  sifat  va  miqdor 
m uayyanligiga  ega  bo'lgan  narsa  va  xodisalar  ayrimlik  kategoriyasida  ifodalanadi. 
Um um iylik  esa  narsa  xossalari  va  munosabatlari  o'rtasidagi  o ‘xshashlik,  bir 
butunlikni  anglatadi.  Ayrimlik  bilan  umumiylikni  go‘yo  b o giovchi  sifatida 
xususiylik  mavjud  bo‘iadi.  Bu  kategoriyani  bilish  ilmiy  tadqiqotlarda  ham,  ijtimoiy 
hodisalarni  anglashda  ham  xatoliklar,  adashishlardan  saqlaydi.  Masalan,  dinga 
umumiy  tushuncha,  islomga  xususiy  tushuncha,  vaxxobiylikka  ayrim  tushuncha  si­
fatida  qaralsa,  bir  xil  munosabat  b o ia d i,  m aboda  vahxobiylik  ideallashtirilib,  unga 
um um iylik  sifatida  qaralsa,  boshqacha,  g ‘ayriilmiy  munosabatlar  vujudga  kelib, 
odam lar,  ularning  ijtimoiy  uyushmalari  faoliyati  noto‘g ‘ri  izga  tushib  ketadi.  Bu 
kategoriyalar  birgalikda  va  bir  kontekst  (m atn)da  olib  qaralgandagina  to‘g ‘ri 
xulosalar chikarishga imkon tug‘diradi.
M ohiyat  olamdagi  narsa  va  xodisalar  o ‘z  ichida  pinhon  bo‘lgan  (yashiringan) 
eng  muxim,  eng zarur  va nisbatan  barqaror aloqadorliklar,  munosabatlar birligi  ifoda­
sidir.  M oxiyat yalpi  umumiy  aloqadorlik  ifodasi  sifatida  konuniyatga teng  keladi.
Hodisa  mohiyatning  tez  o ‘zgaruvchan,  harakatchan  va  turli  shakllarda 
nam oyon  bo'ladigan  tashqi  tomoni  bo'lib,  ularni  o ‘rganish  jarayonida  narsaning 
moxiyatini  anglab  olamiz.  Masalan,  tarixda  organizmlar  xilma-xil  shakllarda, 
xossalarda  namoyon  bo'lsa-da,  am m o  ularning  mohiyati  modda  almashinuvidir.
83

Tovushlar ju d a  ko'p.  ammo ularning mohiyati  tebranuvchan  taranglikning  biror ta ’sir 
ostida  harakatga  kelishidir.  Ilm-fan,  inson  kuzatuvlari  va  tajribasi  narsa  va 
hodisalardagi  mohiyatni  topishga  qaratilgan  bo‘lib,  bunga  ularning  tashqi  tomondan 
oson  ilg ‘ab  olinadigan  hodisalari  orqali  erishiladi.  M ohiyat  va  hodisa  aloqadorligida 
m ohiyat  belgilovchi va hodisa  belgilanuvchi, mohiyatdan kelib  chiquvchidir.
3-m asala.  2 -tu rk u m .  M azm un  va  shakl  ham da  butun,qism  elem ent,sistem a va 
struktura  kategoriyalari.  N arsa  va  hodisalar  sifatini  ifodalovchi  ichki  jarayonlar, 
muhim   unsurlar  bir  butunligi  yig'indisi  mazmundir.  Shakl  esa  mazmunning 
m avjudlik,  namoyon  bo'lish  va taraqqiy  etish, uning tuzilishini  ifodalash  usulidir.  Har 
bir  narsa  mazmun  va  shakl  birligidan  iboratdir.  Ularning  birini  ikkinchisidan  ustun 
q o'yish  xatoliklarga  olib  keladi.  Masalan,  sobiq  S ho'rolar  davrida  shakini 
m azm undan  ustun  ko'yish  form alizm   va  aqidaparastlikka  olib  keldi.  SHaklni 
m azm unning  soyasida  qoldirish  ijtimoiy  hayotda  tartib-intizom ning  izdan  chiqaradi, 
anarxiya va  lo'ttibozlikka sabab  bo'ladi.
Butun,  qism,  element,  sistema,  struktura  kategoriyasi  olamdagi  narsa  va 
hodisalar  ichki  va  tashqi  tom ondan  tartibli  tuzilishi,  ular  bir-biri  bilan  uzviy 
bog'liqligi va bir-birini taqoza etishini  anglatadi.
Butun  narsa  va  xodisa  uni  tashkil  etgan  qism lardan  iborat  yagonalikdir.  Butun 
qism larning  oddiy  yig'indisi  emas,  balki  ularning  muayyan  tartibda tashkillanishi  va 
ichki  o 'zaro   bog'liqligi 
ifodasidir.  Qism  butun  tarkibiga  kiradigan,  uning 
doirasidagina  o 'z   vazifasi  (fiinksiyasi)ni  bajara  oladigan  alohidalikdir.  Q ismlar  ham 
o 'z   navbatida  m a’lum  element  (unsur)lardan  tashkil  topadi.  Sistem a  butunlik 
jism larining  tartibli  tarzda joylashuvini  ifodalaydi.  Sistema  tarkibidagi  har  bir  kism 
va  elem ent  o 'z   vazifasi  (funktsiyasi)ni  marom li  bajarish  uchun  ular  albatta  o 'z 
o 'rn id a  turib strukturani  tashkil  etishi  shart.  Struktura (tuzilish)  butunni  tashkil  qilgan 
kism  va  elem entlarning  tartibli  bog'lanishi,  butun  doirasidagi  ular munosabatlarining 
o 'za ro   taqozasidir.  Element  va  struktura  qaram a-qarshiliklar  birligini  tashkil  etadi. 
Elem entlar  o'zgaruvchan,  struktura  esa  turg'unlik,  o'zgarm aslikka  moyil  bo'ladi. 
M asalan,  koinot,  quyosh,  odam,  atom  yoki  har  qanday  qurilm a  qism  va
84

elem entlarning  muayyan  tartibli  tuzilishiga  ega  bo'lib,  har  bir  kism  va  element  o'z 
o'rnida turib,  bir butunlikni  hosil  etishi kerak.  Masalan,  quyosh,  yer,  odam.
Yuqoridagi  ikki  juft  kategoriya  narsa  va  hodisalar  tuzilishi,  ularning  mazmun 
va shakl jihatidan yaxlitligini  anglatadi.
4-m asala.  3-tu rk u m . 
Sabab  va  oqibat;  zaruriyat  va  tasodifiyat;  imkoniyat  va 
voqelik  narsa  va  hodisalar  o'rtasidagi  sababli  bog'lanish  (determinizm)ni  anglab 
olishga  imkon  beradi.
Sabab  deb  muayyan  shart-sharoitlarda  boshqa  bir  narsa,  hodisani  yuzaga 
keltirgan  yoki  o'zgartirgan  narsa  yoki  harakat  ta ’siriga  aytiladi.  Sababiyat  shunday 
ichki  aloqadorlikki,  bu  aloqada  har  safar  bir  hodisa  bo'lganda,  muqarrar  ravishda 
ikkinchisi  uning oqibati  sifatida ro ‘y  beradi.  Masalan,  infektsiya tushsa,  kasallik sodir 
bo'ladi,  talabayalqov  bo'lsa,  fanlarni  o'zlashtira olmaydi.
Sababni  bahonadan  va  sharoitdan  farqlash  lozim.  Bahona  biron  oqibatning 
yuzaga  kelishiga  bir  turtki  bo'ladi,  ammo  uni  belgilamaydi.  Masalan,  ba’zi  diniy 
ekstrem istlar  m a’naviyatni  faqat  islom  bilan  bog'lashlari  sabab  emas,  balki  o'z 
qarashlarini  zo'rlik  bilan  hayotga  singdirish  uchun  bahonadir.  Sabab  va  oqibatga  uni 
qurshab  turgan  hodisalar ta ’sir  o'tkazadi,  bularning  yig'indisi  sharoitdir.  Sharoit  ayni 
bir  voqeaning  boshlanishi  uchun  zarur  bo'lsa-da,  lekin  u  o 'z   holicha  oqibatni  keltirib 
chiqarmaydi.
Zaruriyat  narsa  va  hodisalarning  ichki  mohiyati  bilan  mustahkam  bog'liq 
bo'lib,  bu  mohiyatdagi  qonuniy  aloqadorliklar,  strukturaviy  tartibga  egalikni 
ifodalaydigan  va  muayyan  sharoitda  muqarrar  ravishda  ro'y  beradigan  yoki  ro'y 
berishi  lozim  bo'lgan  napsa  va  hodisalarni  anglatadi.  Masalan,  tirik  organizmlarda 
m odda almashinuvi.
Zaruriyatning  ichki  va  tashqi,  umumiy  va  ayrim,  dinamik  va  statistik  turlari 
mavjud.
Tasodifiyat  muayyan  narsa  va  xodisaning  bevosita  ichki  mohiyati,  muqarrar 
qonuniy  aloqadorligidan  emas,  balki  uning  tashqi,  beqaror,  noizchil,  anglanishi  qiyin 
bo'lgan  o'tkinchi  aloqadorliklar  va  munosabatlaridan  kelib  chiqadi.  Masalan,  bir  xil
85

sharoitda  o ‘qiyotgan  taiabalarning  turiicha  darajada  ilm  olishi  tasodifdir.  Ammo 
tasodiflarda ham  qandaydir uzoq  aloqadorliklar bo‘ladi.
Imkoniyat  va  voqelik  o b ’yektiv  va  sub’yektiv  tasnifga  ega  bo‘lgan  ichki  va 
tashqi  aloqadorliklar,  o ‘zaro  ta ’sirlar  ifodasidir.  Imkoniyat  ob ’yektiv  voqelikda 
potentsial  (ehtimollik)  darajasida  mavjud  bo‘lgan,  taraqqiyot jarayonida  va  muayyan 
shart-sharoitlarda 
ro'yobga 
chiqadigan 
mumkinlikdir. 
Masalan, 
olovdan 
foydalanishning boshlanishi,  g ‘ildirakning kashf etilishi va h.k.
V oqelik  harakat  va  taraqqiyot  jarayonida  yuzaga  kelgan  va  kelishi  mumkin 
b o ‘Igan  narsa  va  xodisadir.  Demak,  voqelik  am alga  oshgan,  o ‘zini  namoyon  etgan 
im koniyatdir.  Muhim  va  nomuhim,  qaytariladigan  va  qaytarilm as,  mavhum  va  real 
imkoniyat  turlari  mavjud.
Ehtim ollik  tushunchasi  imkoniyat  va  voqelik  chegaralarini  anglashga  yordam 
beradi.  Ehtim ollik  im koniyatni':.,  .  :4doriy  o ‘lchovidir.  Im koniyat  mavjud  boMgan 
chegara  ehtimollik  bilan  tafsiflanadi;  u  imkoniyatni  va  ehtim ollikni  mutloq  aniq 
m iqdorlarda  ifodalashi  mumkin  emas.  Shuning  uchun  «taxminan»,  «oz  imkoniyat», 
“k o ‘p  im koniyat”,  «teng  imkoniyat»  iboralari  qoilan ilad i.  0  va  1  im koniyat  ikkalasi 
bo‘Iib,  m a ’lum  bir  vaqtda  u  to ‘la  imkoniyat,  boshqasida  um um an  y o ‘q  imkoniyat 
bo‘lishi mumkin.
Xulosa:  a)  falsafaning juft  kategoriyalari  olamdagi  eng um um iy  aloqadorliklar, 
bogManishlar,  o ‘zaro  ta ’sirlar  va  taraqqiyot  murvat  (m exanizm )lari  in’ikosidir;  b) 
ularni  uch  turkum ga  ajratish  mumkin:  1)  olamdagi  umumiy  aioqadorliklarni 
ifodalovchi 
kategoriyalar;  2)  narsa  va  hodisalar  tuzilishini  aks  etgiruvchi 
kategoriyalar;  3)  narsa  va  xodisalar  o'rtasidagi  sababli  bog‘lanish  (determiniz)ni 
anglashga  imkoii yaratuvchi  kategoriyalar.
86

5-n iavzu .  M E T O D O L O G IY A  — O L A M N I  IL M IY   BILISH   U SL U B L A R I 
H A Q ID A G I  T A   L IM O T
Reja:
Kirish so'zi.
l.O lam ni  falsafiy  bilishda  tarixan  shakllangan  dogmatik,  sofistik,  eklektik. 
metafizik, sinergetik  uslub (metod)lar.
2.Dialektik uslub va tadqiqot tamoyillari.
3.Ilmiy  bilislming  empirik  darajasida qo ‘Ilaniladigan uslub (metod)lar.
4.Ilmiy  bilishning nazariy  darajasida qoMlaniladigan  uslub (metod)lar.
Xulosa.
Ushbu  v a’z  (leksiya)da  olamni  falsafiy  biiish.  idrok  etish  yoMida  tarixan 
shakllangan  bilishning  uslub  (metod)lari  ham da  tadqiqot  tamoyiliarini  anglab  olish 
mum kinki,  bu—har  qanday  soha  mutaxassisi  uchun  ham  amaliy,  ham  nazariy 
axamiyatga  egadir.
1-m asala.  Inson  mivasining  m avhum lashtirish  qobiliyati  natijasi  bo’lgan 
tafakkur jarayonlarini  anglab olishda uslub  (m etod)  tushunchasining mazmunini  bilib 
olish  lozim.  Uslub,  y a’ni  metod  yunoncha  «m ethodos»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  u 
odatda  tadqiqot  yo ‘ilari,  nazariya,  ta ’limot  m a’nolarini  anglatadi.  Tadqiqot  uslublari 
aniq  fanlarda  va  falsafa  fanida  o ‘ziga  xos  hususiyatlarga  egaki,  ularni  bir-biri  bilan 
aralashtirish  mumkin  emas.  Aniq  fanlarda  ishlatiladigan  tadqiqot  uslublari  ilmiy 
biiish  metodlari  turkumiga  kiradi.  Falsafa  fanida  uslub  tushunchasi  keng  m a’noda 
olamni  falsafiy  anglash  tafakkur  tarzi  mantiqi,  konun-koidalari,  tamoyillari,  shakllari 
ifodalansa, tor m a’noda falsafiy  bilimlarni  xosil  etish vositalari  tushuniladi.
M etod  biiish  jarayonida  amal  qilinadigan  tamoyillar,  yondashuvlar,  qoidalar, 
talablar tizimidir.
M etadologiya  ilmiy  bilishning  birqator  sohalariga  umumiy  yondashuv 
tam oyillari  tizimidir.  Falsafiy  metadologiya  dunyoqarash  (ontologiya),  gnoseologiya 
(biiish)  ham da  tafakkur  tarzining  o ‘ziga  xos  xususiyati  bilan  uzviy  bog‘lanib 
ketadigan yalpi  umumiy  yondashuvlar tizimidir.
87

«Tafakkur  uslubi»  va  «ilmiy  tafakkur  uslubi»  tushunchalari  bor.  K o'p  xollarda 
«tafakkur  uslubi»  «o'rganish  uslubi»,  «yondashish  uslubi»ning  sinonimi  sifatida 
qo'llaniladi.  SHu  m a’noda  m uayyan  inuammoga  yondashish,  o'rganish  uslubi 
sifatida  tarixan  bilishning metafizik, eklektik,  sofistik,  dogmatik va dialektik  uslublari 
mavjud  boMgan.  Endilikda  ilmiy  bilishning  sinergetik  uslubi  ilmiy  muloqotga 
kiritildi.
Ilmiy  bilishning  aoosiy  maqsadi  tabiatdagi, jam iyatdagi,  inson  ruxiy  olamidagi 
xodisalar  mohiyatini  bilishdan  iborat.  Shu  maqsad  yo'lidagi  izlanishlar  tufayli, 
tabiiyotshunoslik  negizida  ilmiy  bilishning  metafizik  uslubi  tarkib  topdi.  Bu  uslubda 
tabiatdagi  narsalarni  bir-biridan  ajratgan,  harakatsiz  holda  o ‘rganilib,  ana  shu 
o'rganilavotgan  ob’yektning  ichki  jixatlarini  bilib  olishga  asosiy  e ’tibor  qaratiladi. 
Tabiiyotshunoslik,  texnikashunoslik  fanlarida  bu  metoddan  foydalanib  kelinadi. 
Chunki  bu  sohalarning  izlanuvchilari  ayrim -ayrim   narsalardagi  ichki  aloqadorliklarni 
o ‘rganishga asosiy  e ’tiborni  qaratib,  natijador narsalarni  vujudga keltiradilar.
Olam dagi  narsa.  xodisalar  doimo  harakatda,  bir  holatdan  boshqa  xolatga  o'tish 
jarayonini  boshidan  kechirib  turadi.  Falsafiy  bilishda  bu  xol  o 'z   ifodasini  topishi 
kerak,  albatta.  SHuning  uchun  falsafadan  va  ijtimoiy-gumanitar  fanlardan  natijador 
maxsulni  talab  etish  o'rinsizdir.  Bilishning  metafizik  uslubi  qadimda  va  O 'rta 
asrlarda  falsafada  ham  qo'llab  kelingan.  Am m o  olamdagi  muqarrar  o'zgarishlarni  bu 
uslub  yordam ida toMasicha  qam rab olib  bo'lm aydi.
Sofistik  tafakkur  tarzi  asosida  shakllangan  bilishning  sofistik  metodidan 
qadimgi  dunyodan  to  hozirgacha  foydalanib  kelinadi.  Antik  dunyoda  notiq  va 
donishm and  odamlarni  sofistlar  deyishgan.  Biroq,  ba’zilar  sofistik  metod  orkali 
haqiqat  niqobi  ostida  rost  bilimlarni  yolg'ondakam   bilimlar  bilan  almashtirishga 
urinib  keladilar.  Forobiy  shuning  uchun  xam  «suf» —   donolik,  «istiyas»  —  yolg'on, 
y a ’ni  «yolgon  donolik»  deb  sufiylik  tafakko‘r  tarzi  va  metodini  qoralagan.  Sofistlar 
tabiiy  tildagi  omonim iya,  am fiboliyalardan  foydalanib,  odamlar  e ’tiborini  haqiqiy 
bilimdan  chalg'itadilar.  F.  Bekon  ta ’biri  bilan  aytganda,  sofistlar  haddan  tashkari 
m axm adonadirlar,  amalda  ulardan  hech  qanday  n af  yo'q.  Bizning  davrim izda

vahhobiylar,  hizbut-tahrirehilar,  akrom iylar  va  boshqa  mazxablar  sofistik  metoddan 
foydalanib,  odamlarni,  ayniqsa ayrim yoshlarni to ‘g ‘ri y o id a n  chalg‘itmoqdalar.
Bilishning  eklektik  metodidan  ham  foydaianadilar.  «Eklektika»  yunoncha  suz 
bo‘lib,  «tanlayman»  degan  m a’noni  anglatadi.  Eklektiklar  muhim  va  nomuhim, 
asosiy  va  noasosiy  bogManishlar,  aloqadorliklar  o ‘rtasidagi  farqni  hisobga  olmay, 
narsa  va  hodisalarning  qarama-qarshi  tom onlarini  bir-biriga  qorishtirib  yuboradilar 
Falsafa  fani  nuqtai  nazaridan,  ob ’yektiv dunyodagi  narsa  va  xodisalar o ‘zaro  aloqada 
va  munosabatda  bo‘lib,  ular 
tarixan  aniq  (konkret)  bog‘lanishlar  va  doimiy 
harakatda,  o'zgarishda  va  rivojlanishda  b o 'la r  ekan,  bunda  ichki  va  tashqi 
bog‘lanishlar,  o ‘zarc  ta'sir  va  aks  ta ’sirlarning  farqiga  bormaslik  bilishning  eklektik 
uslubining cheklanganligidan dalolatdir.
Bilishda  tarixan  dogmatik  uslub  ham  q o ila b   kelinadi.  D astaw al  bu  uslub 
yordamida  faylasuflar  barcha  narsaga  shubxa  bilan  qarovchi  (skeptiklar)ga  qarshi 
kurashganlar.  Chunki  bu  uslubga  ko ‘ra,  haqiqatligini  shubha  ostiga  olish  mumkin 
emas,  deb  hisoblangan  tushunchalar  yordam ida  olam  xodisotlariga  munosabat 
bildiriladi.  llm -fanning  m a’lum  bir  sohasida  etarli  bilimga  ega  bolm agan  individlar, 
o‘zlari  buni  sezmagan  holda  yoki  m afkuraviy  ta ’zyiq  ta ’sirida,  dogmatik  uslub 
yordamida  tadqiqot  olib  borishadi.  Zam on  va  makondagi  o'zgarishiarni  e ’tiborga 
olmay,  o ‘zgarmas  (aqida)  deb  hisoblangan  tushunchalar  bilan  bilishga  intiluvchilarni 
odatda dogmatiklar,  y a ’ni  aqidaparastlar yoki  harfxo‘rlar deyish rasm  boMgan.
Bilishning  dogmatik  uslubidan  dinlarda  keng  foydalanib  kelinadi.  Chunki 
muqaddas  diniy  kitoblardagi  g ‘oyalar,  fikrlar,  nuqtai  nazarlar  ilgari  qanday 
ifodalangan  bo  lsa,  aynan  o ‘shandayicha  talqin  etish  dogmatik  uslubda  fikrlashni 
taqoza  etadi.  Ayni  chog'da  bu  uslubdan  ilmiy  va  falsafiy  izlanishlarda  fovdalanish 
amaliyoti  borligidan  ko'z  yum m aslik  lozim.  Masalan,  sobiq  Sho'rolar  davrida 
kommunistik  partiya  Markaziy  qo'm itasi,  Siyosiy  byurosi,  uning  birinchi  rahbari 
aytgan  so'zlar,  mulohazalar,  qaroriar  negizida  fikrlash  talab  qilinardi.  Ya’ni,  ko'zga 
ko'ringan  olimlar,  tadqiqotchilar  ham  yuqorining  qarori  doirasida  fikrlash.  mulohaza 
yuritishga  majbur  edilar.  Bunday  yondashuv  ilm-fan  taraqqiyoti  va  umuman  ijtimoiy 
amaliyotda  turg'unlikni  yuzaga  keltirdi.  Ijodiy  fikrlash  go'yoki  jilovlab  qo'yildiki.
89

oqibatda  ilgarigi  ijtimoiy  taraqqiyot  tanazzulga  yuz  tutdi,  bu  tarixiy  xatolik 
boshqacharoq  shaklda yana takrorlanishiga y o ‘l  qo‘ymaslik zarur.
XX  asrda  fanda  sinergetik  uslub  tushunchasi  paydo  b o ‘ldi.  Sinergetika 
yunoncha  so'zdan  olingan  b o iib ,  u  xam korlik,  ta ’sir o ‘tkazish  m a’nolarini  anglatadi. 
Sinergetik  yondashuvlar  ochiq  sistemalardagi  tartibga  tushmagan,  beqaror,  noteng, 
chiziksiz  munosabatlarni  tadqiq  etishda  q o ‘1  keladi.  Notenglik  voqelikdagi  barcha 
jarayonlam ing  tabiiy 
holati 
ekan,  demak, 
o ‘zini-o‘zi  tashkillash 
notenglik 
jarayonlarining  tabiiy  intilishini  anglatadi.  Bu  uslub  tabiat  va  jam iyatdagi  tartibsiz 
xolatiar  kanday  qilib  o ‘zidan-o‘zi  tartibga  tushishini  anglab  olish  imkonini  beradi. 
Olamni  falsafiy  bilishga  yordam  beradigan  bu  uslubni  ideallashtirib,  uni  dialektik 
uslub  o ‘rniga  q o'yish  ham,  bu  uslub  faqat  tabiiyotshunoslik  fanlari  uchun  e ’tiborli 
deb  qarash  ham  xatodir.  Sinergetik  uslubni  o ‘z  o ‘rnida q o ‘llash  voqelikdagi  tartibsiz 
xolatlarning o ‘zidan-o‘zi tartibga tushish  qonuniyatlarini bilib olishga yordam   beradi.
2 -m asa la .  Olam ni  bilishning  dialektik  tafakkur  uslubiga  vatandoshim iz 
Zardusht  asos  solgan.  Uning  flkricha,  olam da  ikki  qaram a  -  qarshi  kuch  (rux) 
o'rtasid a  abadiy  kurash  boradi.  Ezgulik  ruhi  yovuzlik  ruhi  ustidan  g ‘alaba 
qozonishida  imonli  (A ’lo)  odam larning  harakati,  faoliyati  katta  o ‘rin  tutadi. 
Eramizdan  oldingi  V-IV  asrlarda  kadimgi  Yunonistonda  dialektika  ham  biiish 
metodi,  xam   haqiqatni  topish  uchun  baxs  san’ati  deb  ta ’riflanganini  Forobiy 
ta ’kidlaydi.  Hozirgi  ilmiy  falsafaning  asosiy  metodi  dialektikadir.  U  narsa  va 
xodisalarning  moxiyatini,  ularning  bir-biri  bilan  aloqadorligi  va  rivojlanish 
qonuniyatlarini  falsafiy  qonunlar,  kategoriyalar,  tamoyillar  yordam ida  ochib  berish 
bilan  boshqa metodlardan farq qiladi.
Yuzaki  qaraganda  olamda  narsa  va  hodisalar  qandaydir  alohida-alohida,  bir- 
biriga  bogManmagandek  va  g o ‘yo  harakatsizdek  tuyuladi.  A slida  ular  bir  butun 
borliqning  ayrim -ayrim   holda  ko‘ringan  narsa  va  xodisalari  b o iib ,  doimiy  harakatda 
va  bir  xolatdan  boshqa  xolatga  o'tishdadir.  Bilishning  dialektik  uslubida  narsa  va 
hodisalar  o ‘zaro  aloqada  va  bir-birini  taqoza  etishda,  ayni  vaqtda  ular  doimiy 
harakatda,  o ‘zgarishda  va  bir  holatdan  boshqa  xolatga  o ‘tishda  olib  qaraladi.  Olam
90

hodisalariga 
bunday 
yondashuv 
odam ni, 
tadqiqotchini 
adashuvlardan, 
yanglishuvlardan saqlab,  dunyoning chinakam  ilmiy manzarasini vujudga keltiradi.
Dialektik  mantik  formal  mantiq  bilan  uzviy  bog'liq  bo‘lib,  faqat  o ‘ziga  xos 
tamoyillari  bilan  ajrab  turadi.  Bu  o ‘ziga  xoslik  shundan  iboratki,  falsafa  fanida 
dunyoqarash  bilan  uzviy  bog'lanib  ketgan  yalpi  umumiy  metodda  tadqiqot  olib 
boriladi.  Binobarin,  dialektik  uslubning  tam oyillari  ana  shu  maqsadlarga  xizmat 
qiladi.  Bu  tam oyillarni  ikki  guruhga  bo‘lish  mum kin:  a)  ob’yektivlik,  sistemalilik, 
tarixiylik  va  dialektik  ziddiyatlilik  tamoyillari;  b)  mavhumlikdan  aniq  (konkretlik)ka 
ko‘tarilib borish, m antiqiylik va tarixiylik birligi tamoyillari.
Bilishning dialektik metodi  ana shu tam oyillarga tayangan holda olamni  ilmiy - 
falsafiy  anglash  im koniyatini  voqelikka  aylantiradi  va jam iyatda  m a’naviyatni  qaror 
toptirishning kudratii vositasi sifatida nam oyon bo'ladi.
3-m asala.  Falsafa  o ‘z  tadqiqot  soxasiga  ega  boMgan,  binobarin,  falsafa  fani 
y o ‘nalishida  tadqiqot  o ‘tkazuvchilar  ilmiy  bilishning  boshqa  fanlar  foydalanadigan 
uslublariga ham tayanadilar.
Ilmiy  bilishning  em pirik  va  nazariy  darajalari  b o ‘ladi.  A w a lo   ilmiy  bilishning 
empirik  darajasida  qoMlaniladigan 
m etodlam i  k o ‘rib  chiqaylik.  Ilmiy  bilishning 
empirik  (tajribaga  asoslangan)  darajasi  individlarning  zarur  extiyojlarini  qondirish 
jarayonida  ularning  kundalik  tajribalarj  negizida  qoMga  kiritadigan  dalillar, 
m a’lumotlarga  tayangan  xolda  olamdagi,  tevarak-atrofdagi  xodisalarni  bilish,  ularga 
munosabat  bildirishga  asoslanadi.  K uzatish,  o ‘lchash,  cham alash,  taqqoslash, 
e k sp erim e n t  (ilm iy  ta jrib a )  kabi  uslublar  ilmiy  bilishning  empirik  darajasida 
qoMlaniladi.
Kuzatish—voqelikdagi  narsa va hodisalarni  muayyan,  aniq maqsadga  qaratilgan 
uslubidir.  Kuzatish  bevosita  (asbobsiz)  va  bilvosita  asbob-uskunalardan  foydalanish 
asosida  bo'lishi  mumkin.  Tadqiqotning  xususiyatidan  kelib  chikib,  izlanuvchi  har 
ikkisidan  ham  o ‘z o ‘rnida foydalanadi.
OMchash—bilish  jarayonida  narsaning  miqdor,  xajm  muayyanligini  aniqlash 
uslubidir.  Bunda  narsaning xossalari,  boshqa predm etga nisbatlari  aniqlanadi.
91

Chamalash—narsa  va  xodisalarning  taxminiy  parametrlarini  aniqlab,  m a’lum 
bir  harakat  yunalishini  belgilash  uslubidir.  Bunda  tadqiqotchining  o'zi  tanlagan 
ixtisosi.  o'rganayotgan  o b ’yekti  haqida  to 'plagan  bilimlari  darajasiga  qarab,  uning 
chamalashi  narsaning haqiqiy  holatiga yaqin kelishi yoki  kelmasligi  mumkin.
Download 2.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling