Nabiyeva fayzixolning


Download 1.26 Mb.
bet1/9
Sana27.02.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1233919
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fayzixol tabiat kurs ishi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G119-GURUH TALABASI
NABIYEVA FAYZIXOLNING
TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “Ishlab chiqarishda joylashtirish va rivojlantirishda ekologik omillarning roli”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

TerDU__2022-2023
Topshirdi: ______________


Qabul qildi: ______________


REJA:
KIRISH
1.Ishlab chiqarishni joylashtirishning asosiy omillari.
2.Ishlab chiqarish kuchlarining atrof-muhitga ta`siri
3.Ishlab chiqarishni joylashtirishda ekologik omillarning roli.
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining joylashtirishni xususiyatlari.
5.O`zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda ekologik siyosat.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Jamiyat taraqqiyotini moddiy bazasi ishlab chiqarish bilan hosil qilinadi. Ishlab chiqarish mehnatga yaroqli bo’lgan ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini va uni harakatga keltirilishi tufayli moddiy ne‘matlar hosil qilishdir.
Resurs - bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ishlatiladigan hamda qo’llaniladigan moddiy-ashyoviy bo’lib, tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy va hokazo kabi vositalardan tashkil topadi.
Inson faoliyati moddiy va nomoddiy ne‘matlar yaratishga qaratilar ekan, avvalo ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Ishlab chiqarishni tashkil etish resurslarni talab qiladi. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Ishchi kuchi;
2. Mehnat qurollari;
3. Mehnat vositalari.
Ishchi kuchi - mehnatga qobiliyati bo’lgan har bir insonning ma‘lum maqsadlar yo’lidagi aqliy va jismoniy faoliyatining yig’indisidir.
Mehnat qurollari - bu inson mehnati yordamida mehnat predmetlariga ta‘sir qiladigan mexanizmlar (dastaklar)ga aytiladi. Masalan: stanoklar, traktorlar, uskunalar, mashinalar, qurilmalar va hakozolar.
Mehnat predmetlari - mehnat ta‘siri natijasida tovar mahsuloti tayyorlanadigan barcha xom ashyolar massasidir. Masalan, sanoatda ishlatiladigan xom ashyolar, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishda ishlatiladigan - urug’liklar, mineral o’g’itlar, yoqilg’ilar, materiallar, yer, suv shular jumlasidansir. Mehnat predmetlari tabiat mahsuli yoki oldingi davrlardan qolgan mehnat mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
Mehnat predmeti va mehnat qurollarini birga qo’shilishi ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish omillari barcha iqtisodiy tizimlarda amal qilib kelmoqda. Bu omillarga turlicha ma‘no berilgan. Masalan, “Siyosiy iqtisod” darsliklarida ishlab chiqarish omili 2 turga bo’lingan edi, ya‘ni:
1. Moddiy omil;
2. Shaxsiy omil.
Moddiy omilni tashkil etuvchi mehnat qurollari va mehnat predmetlari (er, suv, yer usti va yer osti boyliklari - ko’mir, neft‘, gaz, ruda, metall...) ham ishlab chiqarish vositalari deb ta‘rif berilgan edi, ishchi kuchi esa ishlab chiqarishning deb shaxsiy omili yuritiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitidagi adabiyotlarda ishlab chiqarishning to’rt omili ko’rsatilmoqda: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik faoliyati tan olindi. Biroq oxirgi paytlarda ekologik omil tushunchasi ham vujudga kelmoqda.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling