Nafas olish organlari va yoshga oid hususiyatlari. Reja. Nafas olishning ahamiyati. Nafas olish a’zolarining tuzilishi


Download 22.63 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi22.63 Kb.
#153506
Bog'liq
Nafas olish organlari va yoshga oid hususiyatlari

Aim.uz


Nafas olish organlari va yoshga oid hususiyatlari.

REJA.

1. NAFAS OLISHNING AHAMIYATI.

2. NAFAS OLISH A’ZOLARINING TUZILISHI.

3. O’PKA VA TO’QIMALARDA GAZLAR ALMASHINUVI.

4. SUN’IY NAFAS OLDIRISH.

5. NAFAS OLISH A’ZOLARINING KASALLIKLARI.

6. OVOZ APPARATI.

Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbanat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblkanadi. Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat. 1. O’pka alveolalari va tashqi muhit o’rtasida kislorld va karbanat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish ) 2. O’pka alveolalari va o’pkaning kapilyar qon tomirlari o’rtasida kislorod va karbanat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to’qimalar o’rtasida kislorod va karbanad angidrid almashinuvi (ichki nafas olish )

Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kislorod ishtirokida hujayra va to’qimalarda oqsil, yog’vauglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to’qimalarda barcha hayotiy jarayonlar (qo’zg’alish harakatlanish, ko’payish ) ana shu energiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar natijasida hosil bo’lgan karbanat angidrid gazi hujayra va to’qimalardan qonga o’tib, o’pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi.

2. Nafas olish a’zolariga : burun bo’shlig’i, hiqildoq, kekirdak (traheya), bronxlar, o’pkalar va plevra pardalari kiradi.

Burun bo’shlig’i. Burun bo’shlig’i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo’shlig’I ikkiga bo’lingan Uning ichk yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko’p mayda bezchalar bo’lib, ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga boy. Burun bo’shlig’ining oldingi qismida mayda tukchalar bo’ladi. Ular nafas olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi.

Hiqildoq.Hiqildoq IV-VI bo’yin umrtqalari ro’parasida joylashgan. U old to-

mondan til osti suyagi muskullari va teri, yon tomondan qon tomirlari va nerv tolalari hamda qalqonsimon bez bilan chegaralangan.

Hiqildoq havo o’tkazuvchi nafas yo’li vazifasini baajrihsdan tashqari, u to-vush hosil qiladiagan ovoz apparati hamdir.Uning ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog’ay va muskullardan tashkil topgan.

Hiqildoq uziksimon,qalqonsimon,hiqildoq usti kabi uchta yirik tog’aydan va

uch juft mayada tog’aydan tashkil topgan. Hiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yo’li,kekirdakka o’tadi.

Kekirdak hiqildoqning pastki qismidan,ya’ni 6-7 bo’yin umrtqalari ro’parasidan boshlanib, 5 ko’krak umurtqasigacha davom etadi va shu joyda o’ng va chap bronxlarga bo’linadi. Uning uzunligi odamning bo’yiga qarab, 9-13 sm gacha yetadi.

Kekirdakning devori 16-20 ta aylanasimon tog’aylar va paylardan tashkil topgan.aylanasimon tog’aylarning orqa qismi silliq muskullardan iborat.

Bronxlar. V ko’krak umurtqasi ro’parasida kekirdakning ikkiga (o’ng va chap bronxlarga ) bo’linishidan hosil bo’ladi.Bronxlar o’pka to’qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o’xshab,juda ko’p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladsi.

Kekirdak va bronxlar nafas yo’li hisoblanib, ular havoni ilitib,namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab,o’pka alveolalariga o’tkazadi.

O’pka.O’pka bir juft bol’ib (o’ng va chap o’pka ), konussimon tuzilgan. Ular ko’krak qafasining ikki tomoniga joylashgan.O’ng va chap o’pkaning o’rtasida kekirdak,qizilo’ngach qon tomirlar,ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan.

O’ng o’pka chap o’pkadan kattaroq bo’lib, u yuqorigi o’rta va pastki bo’lakdan iborat.Chap o’pka esa yuqorigi va pastki bo’lakdan tashkil topgan.O’pkalar pastki tomondan diafragma, orqa tomondan umrtqa pog’anasi,oldingi tomondan to’sh suyagi va atrof tomondan qovurg’alar bilan chegaralangan.

O’pka to’qimasi daraxtsimon shakldagi o’rtacha,mayda va eng mayda bronxchalardan hamda pufakchasimon alveolalardan tashkil topgan. O’pka alveolalarida gaz almashinuvi jarayoni kechadi. Ularning devori bir qavatli epiteliy to’qimasidan iborat bo’lib,atrofi mayda qon tomirlari – kapilyarlar bilan to’rsimon shaklda o’ralgan. avleolalarning soni ikkala o’pkada 750 mln atrofida bo’ladi. avleolalarning umumiy sathi 100 m2 ni tashkil qiladi.Ular yuzasining bunday katta sathga ega bo’lishi o’pka bilan tashqi muhit o’rtasida hamda alveolalar bilan qon o’rtasida gazlar almashinuvi tezlashuvini ta’minlaydi.

O’pkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan o’ralgan. U ikki qavatdan (ichki va tashqi ) iborat bo’lib, ular orasida torgina plevra bo’shlig’i hosil bo’ladi.

O’pkalar katta qon aylanish doirasidan kelgan bronxial arteriya tomiri orqali oziqlanadi. Kichik qon aylanish doirasining tomirlari, ya’ni o’pka arteriyalari va o’pka venalari o’pka to’qimasini oziqlantirishda ishtirok etmaydi. Bu tomirlardagi qon o’pka alveolalariga o’zidagi karbanat angidridni berib,iardan kislorod qabul qiladi, yani venoz qon arterial qonga aylanadi.

3. Nafas bilan qabul qilinadigan va chiqariladigan havoning tarkibi.

atmosfera havosi tarkiida 20,94% kislorod, 0,03 % karbanat angidrid 79,3%azot bo’ladi.Boshqa gazlar juda kam miqdorda bo’ladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3% kislorod,4% karbanat angidrit,79,7% azot bo’ladi. O’pka alveolalari ichidagi havo tarkibida 14,2-14,6 % kislorod 5,5-5,7% karbanat angidrid va 80 % azot bo’ladi.

O’pkalarda gaz almashinuvi.Nafas organlarining tuzilishi mavzusida aytilganidek, odamning ikkala o’pkasida juda ko’p mayda pufakchalar, ya’ni alveolalar bo’lib, ularning soni o’rtacha 750 millionga yaqin umumiy sathi 100 m dan oshadi. alveolalarning bunday katta sathi o’pkada gazlar almashinuvi tez o’tishini ta’minlab turadi. Alveolalarning devori juda yupqa (0,004 mm ) bo’ladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari to’rsimon shaklda o’rab turadi. Nafas bo’shlig’iga kiradi. Tinch holatda odam bir minutda atmosfera havosidan 250-300 ml kislorod qabul qiladi.

To’qimalarda gaz almashinuvi. O’pka alveolalaridan diffuziya yo’li bilan qonga o’tgan kislorod qizil qon tanachalari – eritrotsitlar tarkibidagi gemoglabin bilan birikib, odam tanasining barcha to’qimalariga boradi. Qon bilan to’qimalar (hujayalar ) o’rtasida gaz almashinuvi ham xuddi o’pka alveolalari bilan qon tomirlari o’rasidagi gazlar almashinuviga o’xshab, diffuziya yo’li bilan boradi.Qonda kislorodning bosimi yuqori bo’lganligi uchun u to’qimaga o’tadi, to’qimada esa karbanat angidrid gazining bosimi yuqori bo’lib, u qonga o’tadi.

To’qimaga kelgan arterial qon kislorodni to’imaga o’tkazadi va to’qimadan karbanat angidrid gazini qabul qilib, venoz qonga aylanadi. Bu venoz qon yuqori va pastki kovak venalar orqali yurakning o’ng bo’lmasiga quyilib,undan o’ng qorinchaga o’tadi. So’ngra o’pka arteriyasi o’pka alveolalariga boradi va o’zidagi karbanat angidridni beradi. O’pkadan kislorod qabul qilib, arterial qonga aylanadi. Bu qon o’pka venalari yurakning chap bo’lmasiga, undan chap qorinchaga quyiladi. So’ngra aortaga o’tadi va arteriya tomirlari hamda mayda kapilyarlarga bo’linib, tananing barcha to’qima va hujayralarini kislorod bilan ta’minlaydi.

Nafas olishning boshqarilishi. Nafas olish orqali odam organizmi barcha hujayra va to’qimalarning kislorodga bo’lgan ehtiyoji ta’minlanadi. Organizmning kislorodga ehtiyoji odamning tinch holatida kam,uhlagan vaqtida undan ham kam, jismoniy mashq bajarganda esa ko’payib, tinch holatdagiga nisbatan 5-10 marta ortadi.

Odam turli holatda bo’lishiga qarab, nafas olishi va chiqarish harakatlari,nafasning chuqur va yuzaki bo’lishi avtomatik holda o’zgarib turadi. Nafas harakatlarining bajaruvchi muskullari faoliyati bir- biri bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’lanish nerv va gumoral yo’l bilan boshqariladi.

Jismoniy mashqlar bajarayotganda nafas olish. Jismoniy mexnat, jismoniy tarbiya va sport mashqlarti bilan shug’ullanganda nafas olish tezlashadi. Tinch holatda odam bir minutda 16-18 marta nafas oladi va o’pkalarning minutlik ventilyatsiyasi 8-9 l ga teng bo’ladi. Jismoniy mashqlar bajarganda esa ularning tezligiga qarab bir minutda nafas olish soni 40-60 martaga etadi va hatto undan ham o’tishi, o’pkalarning minutlik ventilyatsiyasi 50-100 l gacha ko’payishi mumkin.

Tinch holatda bir minutda odam organizmi 250- 300 ml kislorod o’zgartiradi. Jismoniy mashqlar bajarganda esa kislorod o’zgartirish 450-500 ml gacha ko’pyishi mumkin. Bunday ko’p miqdordagi kislorodni o’pkadan to’qimalarga etkazib berish uchun yurak qon tomirlari sistemasining ish faoliyati kuchayadi. Masalan: tinch holatda yurakning sistolik hajmi ( yurak bir marta qisqarganda chiqariladigan qonning miqdori) 65-70 ml bo’ladi, jismoniy mashq bajarganda 150-200 ml gacha ortadi. Bir minutda yurak tinch holatda 70 marta qisqaradi, jismoniy mashq bajarganda esa qisqarish tezligi minutiga 150-200 martagacha ko’payadi. Demak,tinch holatda yurak bir minutda tomirlarga 5 l qon chiqarsa, jismoniy mashq bajarganda bu qonning miqdori 20-30 l gacha ko’payadi.

Nafas olishning nerv sistemasi orqali boshqarilishi. Bosh miyaning eng pastki qismi bo’lgan uzunchoq miyada nafas markazi, orqa miyaning bo’yin qismida diafragma harakatini boshqaruvchi nervlarning markazi, orqa miyaning ko’krak qismida qovurg’alararo muskullarning faoliyatini boshqaruvchi nervlar markazi joylashgan.

Uzunchoq miyadagi nafas olish markazidan har 4-5 sekuntda ritmik ravishda nerv impulslari orqa miyaning bo’yin va ko’krak qismida joylashgandiafragma va qovurg’alararo muskullar harakatini boshqaruvchi nerv markazlariga ta’sir qilib, ularni qo’zg’atadi. Bu qo’zg’alish nerv tolalari orqali diafragma va qovurg’alararo muskullarni harakatlantiradi. Natijada nafas olish va chiqarish jarayoni avtomatik ravishda boshqariladi.

Nafas olishni boshqaruvchi oliy nerv markazi bosh miya yarim sharlari po’stlog’da joylashgan. Bu oliy nerv markazi orqali odam nafas olishni ma’lum vaqt davomida ixtiyoriy ravishda to’xtatib turishi mumkin, lekin buning natijasida organizmda karbanat angidrid ko’payib ketishi tufayli uzunchoq miyadadi nafas markazi kuchli qo’zg’alib, avtomatik nafas olish yuzaga keladi.

Nafas olish gumoral boshqarilishi. Qon tarkibidagi karbanat angidrit miqdori nafas olishning boshqarilishida muhim rol o’ynaydi. Qonda karbanat angidrit miqdori ko’paysa, u uzunchoq miyadagi nafas markazini qo’zg’atadi vanafas olish tezlashadi.Qonda karbanat angidrit miqdorining ko’payishi nafas markaziga qo’zg’tuvchi sifatida ta’sir ko’rinishini L.Fredik o’z tajribasida aniqlagan. Buning uchun narkoz yordamida hushsizlantirilgan ikkita itning uyqu arteriyalari va bo’yinturiq venalarini kesib, bir-biriga shunday ulanadiki, bunda qon birinchi itning tanasidan ikkinchi itning boshiga,ikkinchi itning tanasidan biinchi itning boshiga oqib boradigan bo’lgan. Birinchi itning traxeyasini barmoq bilan bosib, uning o’pkasiga xavo kirishi to’xtatiladi. Shu vaqtda ikkinchi it go’yo unga havo etishmagandek tez-tez nafas ola boshlaydi, holbuki uning o’pkasiga hav kirishi to’silmagan. Buning sababi shundaki, birinchi itning traxeyasi bosilib, o’pkasiga havo kirishi to’silganligi tufayli uning qonida karbonat angidrid miqdori ko’payadi va u ulangan qon tomiri orqali ikkinchi itning qoniga o’tib, uning nafas markazini qo’zg’atishi natijasida nafas olishi tezlashadi.

4.Sun’iy nafas oldirish. Odam shikastlanganda, suvga cho’kkanda va boshqa og’ir kasalliklarda miyadagi nafas markazining ishi buzilib, nafas to’xtab qolishi mumkin. Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida sun’iy nafas oldiriladi.

Sun’iy nafas oldirish ikki usulda: “ og’izdan- og’izga “ yoki “ og’izdan –burunga “ usulida amalga oshiriladi. Og’izdan-og’izga sun’iy nafas oldirish quyidagicha bajariladi:



  1. Bemor tekis joyga jalqancha yotqiziladi. Uning og’zidagi ko’pik rezina baloncha yor5damida so’rib olinadi yoki barmoqqa bint o’rab artib olinadi.

  2. Bemorning yelkasi ostiga yupqa yostiq qo’yiladi. So’ngra yordam beruvchi odam bir qo’li bilan bemorning bo’ynini orqa tomonidan, ikkinchi qo’l bilan boshining tepa qismidan ushlab, boshini orqa tomonga egadi. Uning tili orqa tomonga ketib, burun –halqumini yoqib qo’ymasligi uchun u bir oz oldinga tortiladi va kuzatib turiladi.

  3. Bemorning og’ziga ikkiqavat bint yopiladi. Yordam beruvchi uning yon tomonidan o’tirib, bir qo’lini uning bo’ynini orqa tomonidan o’tqazib, ikkinchi qo’li bilan uning burnini qisadi. O’zi chuqur nafas olib, labini bemor labiga qo’yib, bint orqali uning og’ziga bor kuchi bilan puflaydi. Shundan keyin bemorning burnini qisishni to’xtatadi. Shu vaqtda bemorning ko’kragi bir oz ishsa puflagan havo uning o’pkasiga borgan bo’ladi. So’ngra yordam beruvchi odam o’zi yoki ikkinchi yordam beuvchi ikki qo’lining kaftini bemor ko’kragining ikki tomoniga qoyib bosadi. Shu vaqt uning o’pkasidagi havo tashqariga chiqadi. So’ngra bemorning burnini yana qisib, og’zini og’ziga qo’yib puflashni takrorlaydi. Puflash har 4-5 sekuntda takrorlanadi, ya’ni bir minutda 12-15 marta puflanadi va ko’kragini bosib nafas chiqariladi. agar bemorning yuragi ishlab turgn bo’lsa to uning o’zi nafas ola boshlaguncha sun’iy nafas oldirishdavom ettiriladi

  4. Yuqorida aytilganidek asosiy ovoz apparati xiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz xosil bo’lishida til, lablar, og’iz bo’shlig’i burun bo’shlig’i va uning yuz, peshona suyaklari orasida joylashgan qo’shimcha kovaklari, xalqum, kekirdak, bronxlar va o’pkalar ham ishtirok etadi. Odam gapirmay turganda xiqildoqda joylashgan ovoz boylamlarining teshigi ochiq holda bo’ladi ( u uchburchak shaklda). Pichirlab gapirganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo’ladi. So’zlashganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o’pkadan nafas bilan chiqariladigan xavo katta kuch bilan ovoz bo’ylamlariga ta’sir qilib ularning tebranishi natijasida ovoz xosil bo’ladi. Ovoz bo’ylamlari o’pkadan chiqariladigan havo ta’sirida bir sekundda 80 martadan 10 ming martagacha tebranishi mumkin. Tebranish qancha ko’p bo’lsa, ovoz shuncha kuchli bo’ladi. Ovozning o’tkirligi ovoz bo’ylamlarining kalta yoki uzun bo’lishiga bog’liq. ayollarda ularning uzunligi o’rtacha 18-20 erkaklarda 20-22 millimetr. Shuning uchun ayollarning ovozi o’tkir bo’ladi. Bundan tashqari ovozning kuchi hamma odamda bir xil bo’lmaydi. Qo’shiqchilarda ovozning kuchi boshqalarnikiga qaraganda ancha katta bo’ladi. Ba’zi qo’shiqchilar kuylaganda,shipga ilingan qandilni tebratib yuborganligi tarihdan ma’lum.Maxsus tayyorgarlikdan o’tgan qo’shiqchilar huddi tanbur yoki dutor simining turli joylaridan har hil ovoz chiqqanidek, ovoz boylamlarining turli qisimlaridan har hil ovoz chiqarish qobilyatiga ega boladi.

Har bir kishining ovozi o’ziga xos xususiyatga ega. Hatto chaqaioqning yig’iaganidagi ovozi ham o’ziga hos ohangga ,hususiyatga ega bo’iadi va shu orqali ona o’z bolasining ovozini boshqa chaqaloqlar ovozidan farq qiladi. albatta hayot davomida odamning turli yosh davrlarida ovoz ma’lum darajada o’zgaradi. ayniqsa, o’smirlarda (12-18 yoshda) ovozning o’zgarishi juda sezilarli darajada bo’ladi. Chunki shu yoshda xiqildoq va ovoz bo’ylamlarining uzunligi o’g’il bolalarda ikki, qizlarda bir yarim baravar ortadi. Natijasida, ayniqsa, o’smir yoshdagi o’g’il bolalarda ovoz qo’pollashib, do’rillab qoladi. Bundan havotirlanmaslik kerak. Bu fizyalogik xususiyatga ega bo’lib, o’smirlik davri o’tgandan keyin ovoz narmal xolatga keladi. Lekin o’smirlik davrida ba’zi gigiena qoidalariga amal qilish zarur, ya’ni qattiq gapirmaslik , baqirmaslik, kuchli ovoz bilan ashula aytmaslik, chekmaslik,sipirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik, shamollashdan saqlanish, achchiq toamlarga ruju qo’ymaslik kerak va hakozo.

Ba’zilarning fikricha, yosh bola qancha qattiq va ko’p yig’lasa, go’yo uning ovoz apparati shuncha yaxshi rivojlanar emish. Bu noto’g’ri, chunki ko’p va qattiq yig’lagan bola ovoz bo’ylamlarining zo’riqishi natijasida ularda mayda pufakchalar xosil bo’ladi. Buning oqibatida bolaning ovozi qo’pol va xirillagan bo’lib qolishi mumkin. Shuning uchun yosh bolani qattiq va uzoq yig’latmaslik lozim, ya’ni uni tezda ovitish kerak. Nafas xarakatlari nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati qovirg’alarning ko’tarilishi va diafragmaning pastga tushishi orqali ta’minlanadi. Qovirg’alarning ko’tarilishi bo’yin va tashqi qovirg’alararo muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari qisqarishi natijasida sodir bo’ladi. Bu xarakatlar natijasida ko’krak qafasining hajmi kattalashadi, o’pka kengayadi va tashqi muhitdan o’pkaga haho so’rib olinadi.

O’pkaning tiriklik sig’imi. Nafas olish va nafs chiqarish xarakatlari natijasida o’pkalarga, ya’ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muxitdan havo kirib va chiqib turadi.


  1. Nafas olish a’zolarining kasalliklari ikki turga bo’linadi: 1. Nafas olish a’zolarining yallig’lanish kasalliklari. 2. Nafas olish a’zolarining yuqumli kasalliklari.

Nafas olish a’zolaring yallig’lanish kasalliklari. Nafas olish a’zolarining har bir qismi ichki yuzasini qoplab turuvchi shilliq parda tashqi ob-havo haroratining o’zgarishi, havo tarkibidagi chang zarrachalar, kimyoviy moddalar ta’sirida yallig’lanishi mumkin. Nafas olish a’zolarining ayrim qismlari, ya’ni burun, tomoq, hiqildoq, traheyalar, bronhlar va o’pkalarning har biri alohida yallig’lanishi yoki ularning hammasi bir vaqtda yallig’lanishi mumkin. Shuning uchun yuzaga keladigan kasallik belgilari turlicha bo’ladi.

Burun ichki shilliq pardasining yallig’lanishi odamda aksa urish, burundan suv oqishi, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan nomoyon bo’ladi.

Nafas olish a’zolarining yuqumli kasalliklari. Nafas olish azolarining yuqumli kasalliklaridan aholi o’rtasida ko’p uchraydigani gripp va o’pka silidir.

Gripp. Bu kasallikni maxsus gripp viruslari qo’zg’atadi. Ular uch xil: (a1 B1 S )bo’ladi. Bulardan tashqari, adenovirus deb ataluvchi viruslar ham grippga o’xshash kasallikni keltirib chiqaradi.

Gripp kasalligi ko’pincha kuz va qish fasllarida tarqaladi. Ob-havoning sovishi odamning nafas a’zolari yallig’lanishiga sabab bo’ladi. Yallig’langan shilliq pardalarda esa virusning yashashi va ko’payishi uchun qulay sharoit tug’iladi.

Gripp kasalligi yo’talish, aksa urish, burundan suv oqishi, holsizlik, bosh og’rig’i, tana haroratining ko’tarilishi, qo’l oyoqning qaqshab og’rishi, ishtaha pasayishi, ba’zida ko’ngil aynishi va qusish kabi belgilari bilan xarakterlanadi.



Gripp kasalligi bilan og’rigan bemor, kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq alohida xonaga yotqizilishi kerak. U ko’chaga chiqmasligi, hatto shifoxonaga ham bormasligi shart. Chunki bitta bemor o’nlab va yuzlab sog’lom odamlarga kasallik yuqtirishi mumkin. Shuning uchun shifokor uyiga chaqiriladi. Bemorni parvarish qiluvchilar og’iz –burunlariga to’rt qavati doka niqob tutishlari zarur. Uning idish tovoqlari, sochiq va boshqa buyumlari alohida bo’lishi shart. Xonaning eshik dastasiga xloramin yoki xlorli oxakning 0,5 % li eritmasiga namlangan doka bog’lab qo’lidi. Uning havosini tez-tez yangilab turish lozim.

O’pka sili. Sil ( tuberkulyoz ) yuqumli kasallik hisoblanadi. Kasallik qo’zg’atuvchi mikrobni 1882 yilda nemis olimi Robert Kox aniqlagan, shuning uchun uning nmi bilan Kox batsillasi deb ataladi. Kasallikni qo’zg’atuvchi mikrob havo, idish – tovoqlar, qaynatilmagan suv orqali yuqadi. Chunki sil kasali bilan og’rigan bemorning balg’ami va tupuk tomchilaridagi mikroblar havoga tarqlib, idish – tovoqlarni, sochiq va boshqa buyumlarni zaharlashi shu orqali sog’lom odamlarga yuqishi mumkin. Mikroblar kasallangan sigirning ham qaynatilmagan suti orqali ham yuqishi mumkin. SIL kasalining belgilari quyidagilar: darmonsizlik, ishtaha yo’qotishi, uxlagan vaqtda terlash borgan sari oza borishi, rangning oqarib –sarg’ayishi, bo’yin , qo’ltiq osti limfa bezlarining mosh, no’xat hujmida kattalshib, barmoq bilan paypaslaganda sezilishi. Bu belgilar paydo bo’lishi bilanoq kasallik aniqlanib, ung davo qilinmas, asta – sekin bemor yo’talib balg’am ajrata boshlaydi.
Download 22.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling