Namanagan davlat universiteti tarix kafedrasi


Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili


Download 339 Kb.
bet4/12
Sana09.09.2022
Hajmi339 Kb.
#803415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI Domladan
'4-МАВЗУ маъруза .doc, '4-МАВЗУ маъруза .doc, 2-lab 215-18 Omonturdiyeva Mahfuza Tarmoq xavfsizligi, 2-lab 215-18 Omonturdiyeva Mahfuza Tarmoq xavfsizligi, 5-056. 290-293, 5-056. 290-293, Rekrutmentning tasnifi varekrument turlari, moliya boyicha, 1-Mustaqil ish. Kimyo
Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyati davomida qabul qilgan rasmiy hujjatlarini alohida to‘plamlar shaklida chop etadigan vazifani ham bajaradi. Shu asnoda 1999-yildan “Oliy ta’lim. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami”ni nashr etib keladi. Ushbu to‘plamning 2013-yilda nashr etilgan 1- va 2-qismlari bitiruv ishida asosiy manba bo‘lib xizmat qildi2. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan talabalar mustaqil ishi bilan bog‘liq ikkita hujjat – 2005-yil 21-fevraldagi 34-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Namunaviy Nizom”3 va 2009-yil 14-avgustdagi 286-sonli buyruq bilan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma”4 asosida bitiruv ishining me’yoriy-huquqiy jihatlari shakllantirildi. Namunaviy nizomda talabalar mustaqil ishining tashkiliy, nazorat va baholash tartiblari ko‘rsatib berilgan bo‘lib, yo‘riqnomada esa talaba faoliyatining mustaqil ishi bilan bog‘liq shakllari tahlil etib berilgan.
Shuningdek, bitiruv ishiga jalb etilgan adabiyotlar orasida talabalar mustaqil ishini takomillashtirish muammolari N. A. Proxorova, A. R. Batirshina, E. I. Belova, E. Galitskix, G. Larionova, I. E. Rudakova asarlarida tahlil etilgan bo‘lsa5, Bolonya jarayoni? sharoitida talabalar mustaqil ishni tashkil etishda yuzaga keladigan muammolar Y. U. Babichev, V. N. Berkovich, A. G. Gryaznova, Ya. I. Melnichenko tomonidan o‘rganilgan. Shu qatorda bitiruv ishiga R. R. Sagitova, A. B. Razumova, G. F. Vechorko, R. M. Maxmudova, A. I. Ashirova, I. I. Boltaeva asarlarida ilgari surilgan fikrlardan ham foydalanilgan bo‘lib, ularning har biri talabalar mustaqil ishining tashkil etish, bilim olish shakllari orasidagi nufuzi, nazorati, baholash tartibi, ijtimoiy mohiyati, xalqaro miqyosda mustaqil ishning amaliy jihatlari xususida o‘z fikrlarini bayon etganlar6.
Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv ishida oliy ta’lim tizimida foydalanilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ular asosida bajarilayotgan talabalar mustaqil ishining shakllari, ularni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha nazariy tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan talabalar mustaqil ishini tashkil etishda, talaba-professor-o‘qituvchi o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqiladigan yo‘riqnomalarda, professor-o‘qituvchining talabaning mustaqil ishi borasidagi mas’uliyati va vazifalarini belgilashda, talaba mustaqil ishini tashkil etish va samaradorligini ta’minlashda ta’lim tizimining har bir ishtirokchisini lavozim vazifalarini aniqlashtirishda, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida mustaqil ishlarni rejalashtirish, baholash va nazorat qilishda foydalanish mumkin.

Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling