Namanagan davlat universiteti tarix kafedrasi


II BOB. TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TAShKIL ETISH TARTIBI VA TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI BO‘YICHA YONDASHUVLAR


Download 339 Kb.
bet8/12
Sana09.09.2022
Hajmi339 Kb.
#803415
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BMI Domladan
'4-МАВЗУ маъруза .doc, '4-МАВЗУ маъруза .doc, 2-lab 215-18 Omonturdiyeva Mahfuza Tarmoq xavfsizligi, 2-lab 215-18 Omonturdiyeva Mahfuza Tarmoq xavfsizligi, 5-056. 290-293, 5-056. 290-293, Rekrutmentning tasnifi varekrument turlari, moliya boyicha, 1-Mustaqil ish. Kimyo
II BOB. TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TAShKIL ETISH TARTIBI VA TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI BO‘YICHA YONDASHUVLAR
2.1. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan talabalar mustaqil ishining asosiy shakllari va ularni takomillashtirish bo‘yicha vazifalar

Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga hizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat kiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.


Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar. Ko‘p hollarda bu holat uy vazifalarini bajarish chog‘ida yuzaga keladi va mavjud savollarni auditoriyadan tashqarida o‘qituvchiga taqdim etishi lozim. Bu bilan mustaqil ishning muhim majburiyati talaba-professor-o‘qituvchi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini jonlanishiga sabab bo‘ladi.
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Albatta bajarilayotgan ish o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar olgan holda bajarilishi hamda yakunlangan referatni kafedrada yoki guruhda ekspertlar ishtirokida himoya qilinish jarayonini takomillashtirish, qat’iylashtirish lozim.
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h-k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi. Unda eng muhim xususiyat dunyoqarash shakllanishiga xizmat qiladi, nafosatni tarbiyalaydi. Mehnatni ulug‘lashni o‘rgatadi.
Mavzu buyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish topshiriladi. Albatta, bu jarayonda professor-o‘qituvchi tashabbusni, etakchilikni o‘z qo‘liga olishi zarur, talabani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish vazifasini a’lo darajada uddalashi zarur.
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali vaziyatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi. Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo‘yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba albatta, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi. Bu borada dastlabki qadamlar talabalar an’anaviy anjumanlarida tashlanadi va sayqallanadi. Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza ilmiy jamoatchilikka, anjuman qatnashchilariga havola etiladi. Kamchiliklar ustida shu bosqichda yoki keyingi tadqiqotlar jarayonida ishlash tavsiya etiladi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash. Ushbu shakldagi mustaqil ish topshiriqlarini bajarish uchun talabadan egallagan bilimlari asosida tizimli tahlilning oddiy elementlaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Talabaga ushbu shaklda bir mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy axamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish, o‘qituvchi bilan xamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda tizimli yondoshish masalasi asosiy o‘rinda turadi. Shuningdek, mustaqil ish topshirig‘ini bajarishning barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish, tizimli va qat’iy belgilangan grafik asosida mustaqil ish bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, mustaqil ishni tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur. Bu holat har bir professor-o‘qituvchining o‘quv yili uchun takomillashgan mustaqil ish topshiriqlarini yangilab borishini talab etadi va bu ta’lim sifatini ta’minlashda o‘zaro hamkorlik tamoyilining muhim ahamiyatini isbotlaydi.
Talaba tomonidan mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar to‘liq bajarilishi lozim: talabaning mustaqil ishni bajarishdan maqsadi aniq asoslanishi; professor-o‘qituvchining konsultatsiyalarida mustaqil ish bo‘yicha vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi; topshiriqlarni bajarish yo‘llari va metodlaridan talabalarning etarli darajada xabardor bo‘lishida professor-o‘qituvchining yuqori darajadagi kommunikabelligi; maslahat va boshqa yordam turlarining aniq, to‘g‘ri belgilanishi; talabaning mustaqil ta’lim bo‘yicha hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash, bunda eng asosiysi baholash mezoni motivatsiya bo‘lishini qat’iy nazarda tutish kerak; mustaqil ishlarni bajarishning talaba o‘quv bosqichiga qarab nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olinishi muhim ahamiyatga ega.
Yo‘riqnomada talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkita katta qismlarga ajratilgan: auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari va auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari.
Auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari: o‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi. Xorij tajribasi asosida ushbu faoliyat turi ko‘pincha boshqariladigan mustaqil ishlar toifasiga kiritiladi. Bu faoliyat turida professor-o‘qituvchi bilan birgalikda individual konsultatsiyalar, diskussiyalar, tezkor so‘rovlar, og‘zaki so‘rovlar, ma’ruza konspektlarini tekshirish, kollokviumlar va boshqa topshiriqlarni bajarish mumkin.
Auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari: o‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va boshqalar. Xorij tajribasida bu faoliyat shakli nazorat qilinadigan mustaqil ish faoliyati sifatida qabul qilinadi. Bu jarayon baholashning asosiy mazmunini tashkil etib, professor-o‘qituvchilan qat’iy tartib intizomni talab qiladi. Doimiy nazoratni olib borish talaba mas’uliyatini oshiradi hamda har bir muloqot yo‘naltiruvchanlik vazifasini o‘taydi.
Auditoriyada bajariladigan yoxud boshqariladigan mustaqil ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suxbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib ko‘rish va boshqa usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat) qilinadi.
Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirish va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi.
Auditoriyadan tashqarida bajariladigan yoxud nazorat qilinadigan mustaqil ishlar fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsultatsiya soatlarida amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishini baholash tartibi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 11-iyunda qabul qilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi” 204-sonli buyrug‘ining 17-bandida belgilab berilgan. Talabalar mustaqil ishi natijalari ana shu Nizomga asosan baholab boriladi17. Ammo, uning ayrim baholash xususiyatlarini konkretlashtirish, talabaga motivatsiya beradigan tomonlariga alohida e’tibor berish talab etadi.
Talabalar mustaqil ishining muvaffaqiyatli bajarilishida uning bajarilishi bo‘yicha tashkil etilgan konsultatsiyalarning o‘rni va samaradoligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shu sababdan, talabalar mustaqil ishi bo‘yicha konsultatsiyalar darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo‘ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uni bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi. Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha konsultatsiya darsi fanning kalendar tematik rejasiga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash zarur va albatta konsultatsiya darsi tegishli fan o‘qituvchisi-mutaxassis tomonidan o‘tkazilishi kerak.
Mutaxassis fan o‘qituvchisi konsultatsiya darsida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
• Talabalar mustaqil ishi topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanma beradi;
• topshiriq bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;
• tegishli adabiyotlar va axborot manbalarini tavsiya etadi;
• Talabalar mustaqil ishi yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat, hisob-kitob va topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.
TMI bo‘yicha konsultatsiyalar o‘quv jarayonining birinchi yoki ikkinchi smenada tashkil etilishiga qarab talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida dars jadvaliga kiritiladi. Bunday holatda dars jadvalidagi soatlar ortishiga emas, professor-o‘qituvchi majburiylik, qat’iylik hamda talabalarning unda o‘z ixtiyorlari bilan ishtirok etishlariga katta e’tibor qaratish lozim.




    1. Download 339 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling