Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53

 

                       Budda dini  

  Er. avv. I ming yillik o’rtalarida yangi diniy 

e’tiqodlar  vujudga keldi. Ularning eng muhimi budda 

dinining «Uch qimmat»i edi. Bu  Buddaning  o’zi, 

draxma-uning ta'limoti va   sangxa-unga e'tiqod 

qiluvchilar  jamoasi  hisoblanadi.  Budda  dinining 

asoschisi  Shaq'ya  zodagon  urug`idan  bo’lgan  

shaxzoda Sidxartxa Gautama bo’lgan. Uzoq   azob 

chekishlardan so’ng, daraxt soyasida Sidxartxaga 


 

402 


yorug`lik ma'rifati tushadi. Shundan so’ng, Sidxartxa   

ma'rifatli (Budda)  bo’ladi.  

  Budda ta'limotining  o’ziga xos xususiyati u 

hayotni azoblanish deb tushuntiradi. Azoblanish o’lim 

va kasalliklar bilangina bog`liq emas, balki  eng 

yaxshi  bo’lib  qayta  tug`ilishlar  zanjiri  bilan 

bog`langan. Azob ko’rishning sababi yangi hayotda 

boylik, huzur-halovat, yaxshi hayot kechirish yoki 

yaxshi  taqdir  

uchun  kuyib-pishishdir.   

Qiynalishlardan qutilishning yo’li o’z ruxi, yurish-

turishi, ustidan to’la nazorat o`rnatish va buning oxirgi 

maqsadi nirvana («uchish, sun'iy»)bo`lib, shundan 

so`ng, kishi zanjirni yorib o`tadi va u  boshqa 

tug`ilmaydi. Buddaviylikni ilk o’qituvchini tasvirlash 

ananasi yo’q edi, faqat  budda ramziga tayanadigan  

asosiy e'tiqod inshooti  stupa–soyabon ostidagi  sun'iy 

tepalik edi. Dindorlar  stupa  va undagi  Budda sochi 

yoki tishiga   chapdan o`ngga   (quyosh bo’yicha)  

o’zini gunohlardan  holi qilish uchun  bu dune 

hayotidan  u oilasidan, mulkidan  tashqi an'anaviy 

aloqalardan  ruhiy  bog`lanishlardan  kechishi  kerak.   

Budda  muridlari  qizg`ish kiyimda, sochlari taqir 

olinib,  qishloq va shaharlarni kezib,  sadaqa so`rab 

yurganlar.  Ularni  bxikshu (gadoy) deb ataganlar.  

 

Budda dini uchun turmush marosimi hech qanday 



ahamiyatga ega emas edi. Dindorlar  avvalgiday to`y, 

o’lim marosimlariga   braxmanlarni chaqirar edilar.  

Budda matnlari mahalliy  so’zlashuv tillarida  tuzilgan 


 

403 


bo’lib,  aholiga  tushunarli  edi.  Braxmanlar  esa,  

sanskrit  adabiyotini  aholining juda ko’p qismidan  

yashirar edilar.  Budda dini ayniqsa, shahar aholisi 

o’rtasida  keng  tarqaldi,  chunki  shahar  paydo 

bo’lishining o’zi an'anaviy   urug`chilik ijtimoiy 

aloqalarini  yemirilishi,  xususiy  mulkning  paydo 

bo’lishi,  shaxsning jamoadan ajralishi bilan bog`liq 

edi.  


 Buddaviylik  e'tiqodi  yirik  davlatlar 

hukmdorlarining homiyligi  ostida   bo’ldi.  Chunki  

budda matnlarida jahon hukmronligi  g`oyasini ilgari  

surilib,  qaysiki,  bu  hukmdor  orqali  adolat 

podsholigiga asos solinadi degan tushuncha mavjud 

edi. Adolatni tarqalishi bir vaqtni o’zida hukmdorning  

hokimiyatini kuchayishi   bu diniy g`oyaga to’gri 

kelishini bildiradi.  Dastlab budda dini xudosizlar dini 

edi. Keyinchalik Buddaga nisbatan   munosabat 

o’zgardi. Uning tasviri paydo bo’ldi. Ibodatxonalar  

kurilib, budda ilohiy   mavjudot ekanligi aytila 

boshlandi.  Dunyoning   oxirati va uning kelajagida  

qutqaruvchi Buddaning  kelishi tushunchasi shakllana 

boshlaydi. Budda maktablari ikki asosiy yo`nalish: 

«kichik arava» («yoki  qutilishning tor  yo’li») va  

«buyuk arava» («yoki qutilishning keng yuli»)  dan 

iborat edi. Ularning    birinchisi eng qadimiylikka 

da'vo qilib,  Ashoki davridayoq  Lanka orolida  va 

keyin   janubiy–sharqiy Osiyoga tarqaldi. «Buyuk 

arava» ta'limoti yanada kattaroq yutuqlarga erishdi. 



 

404 


Kushon podsholari homiyligi ostida bu yo`nalish 

O’rta Osiyo orqali Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya   va 

Yaponiyaga tarqaldi.  

 

                            Hinduizm 

Hinduizm asosini qadimgi Hindistonning arxaik 

e'tiqodlari  daraxtlar, tog`, suv havzalari, ilon, sigir va 

maymun kabilarga  sig`inish tashkil etadi.  

Hozirgi kunda ham hinduizmda,  qadimgi davrdan 

boshlab ma'buda  onaga sig`inish katta rol o`ynaydi. 

Hinduizmda bosh yaratuvchi – xudo goyasi mavjud. 

Bu xudo  Vishna  bo’lib, u hayvonlar  sirtlon, baliq, 

toshbaqalar, yoki insonlar  odatda qora tanli podsho, 

yoki  cho`pon  (krishnalar)  qiyofalarida  namoyon 

bo’ladi. Vishna boshqa kichik xudolar timsoliga 

kirishi mumkin.    Vishna  odatda podsho tojida, 

ba'zida   dunyo iloniday yastanib yotgan holda 

tasvirlanadi.  

Boshqa  hinduistlar  bosh  xudo  deb  sopol   

parchalarini  osgan  asket  (davrish)  yoki   raqqos  

qiyofasida ifodalanadigan   Shivani  hisoblaydilar. 

Shivaga  ko’pincha unga bag`ishlangan    muqaddas  

ho`kiz  hamkorlik qiladi. Qadimgi davr oxiri va 

hozirgi   kunlarda hinduistlar Vishna va Shivaga 

e'tiqod qiluvchilarga bo’linadi.  

Hinduistlarning  muqaddas  matnlari  vedalar 

hisoblanadi. Hinduizmda   ibodatxonada toat-ibodat 

qilish rasm bo’ldi.  Bayram tantanalarining  eng 


 

405 


muxim qismi tantanali yurishlar, namoyishlar bo’lib,  

xudoning tasviri  olib  yurilgan.  Ibodatxona  oldida  

uning xizmatchilari  koxinlar, raqqoslar, musiqachilar 

yashagan.  

Hinduizm  mafkurasining  asosiy  belgilari 

«Bxagavadgita» («Xudo qo’shiqlari») poemasi bo’lib, 

«Maxabxarot»  tarkibiga  kiritilgan.  Hinduizmning 

axloqida cheksiz sabr-toqat   qilishga chaqiriladi. 

Ijtimoiy munosabatlarda  inson muloqoti  o’z ijtimoiy 

doirasi bilan cheklanish kerak.  Kasta bo’yicha  kasbni 

o’zgartirish ta'qiqlanadi.  Nikohni bolalikda o’kitish  

odati tarqalgan. Bevani o’z erini  gulxanda kuydirgan 

paytda  o’ziga olov berishi eng savob ish hisoblangan.  

 

 

               Qadimgi Hindiston madaniyati 

Adabiyot.   Qadimgi Hind adabiyotida markaziy 

o’rinni  diniy  adabiyot  yodgorliklari  egallaydi. 

Ularning eng qadimgilari  vedalar,  o’qituvchidan 

o’quvchiga og`zaki  uzatilgan.  Veda madhiyalarining 

katta   qismi  qurbonlik  rasm-rusumlariga 

bag`ishlangan.  Er. avv. I ming yillikning II yarmida 

budda adabiyoti shakllangan. Ilmiy va   didaktik 

ruhdagi adabiyotlardan er. avv. V-IV asrlarda  Panini  

tuzgan   sanskrit  grammatikasidir.  Bu 

mutaxassislarning  fikricha  jahon  fanida   XIX  

asrgacha tilning eng yaxshi bayon qilingan  asaridir. 


 

406 


Hindistonda  yozuv kechroq paydo bo’lgan, uning ilk 

namunalaridan biri Ashoki yozuvlaridir.  

Qadimgi hindlar   mantiq, til falsafasida katta 

yutuqlarga erishdilar. Matematika, astronomiya fanlari 

bo’yicha V   asrda mashhur  olim   Ar'iyabxattaxa   

harakatning  nisbiyligi  asosida  yerning  o’z  o`qi  

atrofida aylanishi va uning   quyosh atrofida 

aylanishini  faraz qiladi.  Matematikada   nolni 

kiritilishi, arab  raqamlari deb aytiladigan  raqamlar 

Hindistondan kelib chiqdi.  

Eramizning I  asrlarida  turli adabiy janrlar 

mavjud   bo’lgan. Bu davrda mashhur dramaturg 

Shakun Kalidasa   ijod qiladi. «Panchatatra» deb 

atalgan  kitobda masallar to’planadi, uning arabcha 

tarjimasi «Kalila va Dimna» deb ataladi.  

 

            Me'morchilik va san'at 

Maurilar   davridan so’ng, g`isht va toshdan 

qurilishda keng foydalaniladi. Hozirgacha saqlangan 

obidalar g`arbiy Hindistondagi   budda monastirlari 

diqqatga sazovor. 

Yer ustidagi  monastirlardan biri Sanchida bunyod 

qilingan. Sanchida tepalik   ustida ulkan budda 

monastiri qurilgan. Yana bir noyob san'at yodgorligi 

Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir.  

Maurilardan so’ng, haykaltaroshlikning mahalliy 

maktablari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari 

shimoliy g`arbiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy  


 

407 


Hindistonning markaziy qismidagi   Madxura va 

Dekan viloyatidagi maktablardir. Eramizning birinchi 

asridan  Gandxara maktabi  ellin va Rim madaniyati 

ta'siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar 

davrida  markaziy va sharqiy Osiyoning budda 

madaniyatiga ta'sir qildi.  

Madxura va Dekan maktablari  Hind tasviriy 

san'ati an'analari bilan  ko’proq bog`langan. Ana shu 

maktablar asosida  o’rta asrlar hind va janubiy sharqiy 

Osiyo  mamlakatlari madaniyati shakllandi.  

Maurilar davridan   keyin ming yil davomida hind 

tasviriy san'atining noyob yodgorligi  g`ordagi Ajanta 

ibodatxonasi  va  budda monastirlari   yaratildi. 

Monastirlarning  ba'zi  zallari  devorlarida  budda 

afsonalaridan manzaralar tasvirlangan.  Ajantadagidek   

noyob tasvirlarga o`xshash  tasvirlar  Shri-Lankadan 

ham  topilgan. 

 Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta  qismi 

veda, epik va budda adabiyotlari an'anaviy janrlarga 

tegishli bo’lib,  asrlar davomida  og`zaki shaklda 

yashab keldi.  Aynan  muqaddas matnlarni  eslab 

qolish, uzatish va talqin qilish, lingvistika, falsafa va  

mantiq kabi    fanlarning rivojiga sabab  bo’ldi. 

Janubiy Osiyoda Maurilardan so’ng,  turli davlatlarni 

gullab-yashnashi   dunyoviy adabiyot-drama, poeziya 

va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning 

noyob  yodgorliklarni  yaratilishiga sabab bo’ldi.  I  

ming  yillikning  o’rtalarida  (shimoliy  Hindiston 



 

408 


Guptalar  davri)  qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat 

taraqqiyotining yakuni bo’ldi.  

 

                      Tayanch iboralar  

 Buddizm,  Sidxartxa, hinduizm,  Vishna, Shiva, 

Maxabxorat,  Ramayana,  Shakun  Kalidasi,  

«Panchatatra»,  «Kalila va Dimna»,  Sangi monastiri,  

Ashoki   ustunlari,  Gandxara   Ashoki ibodatxonasi

oqsoqollar, mantiq.   



 

       Tavsiya etiladigan adabiyotlar  

Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак 

йук. T.1998 yil. 

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: 

Восток, Греция, Рим.  «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 2004. 

Êëàññè÷åñêèé äðàìà Äðåâíèé Èíäèè . Ë. 1984 ã. 

Òåìêèí Ý.Í. Ýðìàí Â.Ã. Ìèôîú Äðåâíèé Èíäèè. Ì. 1982 ã. 

Êóëòóðà Äðåâíèé Èíäèè. Ì.1975 ã. 



 

Asosiy sanalar 

Er. avv. I ming yillik o’rtalari   

Budda dini 

vujudga keldi 

Er. avv. I ming yillikning II yarmi  

Budda 


adabiyoti vujudga keldi 

Er. 


avv. 

asr     



olim 

Achiyabxatta 

yerning o’z o’qi  

atrofida aylanishi va 

uning quyosh  


 

409 


atrofida aylanishini faraz 

qildi. 



 

             Mustaqil ish mavzulari 

Hinduizm va buddizmning shakllanish bosqichlari, 

ularning mohiyati va mazmuni 

Qadimgi Hind madaniyatining asosiy yo`nalishlari  

«Maxobxorat» va «Ramayana» Hind madaniyatining  

noyob yodgorliklari sifatida 



 

               Reyting savollari 

Qadimgi  Hind falsafasidagi materialistik  ta'limotni 

ko’rsating?  

A) Chorvak-Lokayata            B) Braxmanizm  

S) Jaynizm                               D) Xarappa            E)  

Hinduizm  

2.XVIII asr hindshunoslari tomonidan    qilingan 

tarjimalar  qaysilar?  

A) Manu qonunlari                            B) Shakuntala, 

Bxagavadgita    

S) Manu qonunlari, Shakuntala         S) Bxagavadgita, 

Shakuntala  

E) Shakuntala 

3.Kshatriy kadimgi Hindistonda … 

A) etnik atama edi           B) qabila nomi edi 

S) tabaqa nomi edi            D) lavozim,  mansab edi      

E) diniy marosim edi  


 

410 


4. Qadimgi Hindiston tarixini urganishda    XVIII  

asrda qo’shilgan asosiy hissani ko’rsating? 

A) «Sharqning  muqaddas kitoblari»ning chop etilishi 

B)  Hind  sivilizatsiyasining  eng  qadimgi 

o`choqlarining  ochilishi 

S)  «Manu  qonunlari»,  «Bxagavadgita», 

«Shakuntala»ni tarjima qilinishi  

D) «Arxashastra»    siyosiy adabiyoti urganildi 

E) «Ramayana» chop etildi 

5.Qadimgi Hindistonda qachon koxinlar  alohida toifa 

bo’lganlar?  

A)  veda  davrida                                     B)  er.avv.  II    asrda                          

S) er.avv. V  asrda  

D) Budda davrida               E) er.avv. X  asrda  

6.Qadimgi Hindistonga  buddaviylik dini  qachon 

kirib kelgan?  

A) er.avv.  II  ming  yillik boshlarida    B) er.avv.  II  

ming oxirlarida  

S) er.avv. I  ming yillik o’rtalarida        D) er.avv.  I  

ming yillik oxirida  

E) er.avv.  III   ming yillik oxirlarida  

7.Buddizmning asoschisi kim?  

A) Shak'ya              B) Sidxartxa  Gautama   

S) Vishna                D) Krishna              E) Xolda  

8.Budda ta'limotining o’ziga xos xususiyati… «u 

hayotni   azoblanish»  deb  tushunadi.  Azoblanish  

nishonlari  nima bilan boglab ko’rsatiladi?  


 

411 


A) o’lim bilan                                          B) kasalliklar 

bilan  


S) yaxshi bo’lib qayta tug`ilish bilan      D) qayta 

tug`ilishlar zanjiri bilan 

E) barcha javoblar to’g`ri 

9.Buddizmga oid «Bxikshu» atamasining ma'nosini 

ko’rsating?  

A) qul ma’nosini bildiradi                      B) hukmdor 

ma’nosini bildiradi  

S) daydi ma’nosini bildiradi                   D) saroy 

boshlig`i ma’nosini bildiradi            

E) qabila ma’nosini bildiradi  

11. Qadimgi  Hindistonda  shaharlar  paydo 

bo’lishining sababini  ko’rsating?  

A) xususiy mulkning paydo bo’lishi  

B) an'anaviy urug`chilik aloqalarning yemirilishi. 

S) shaxsning jamoadan ajralishi 

D) A  va B                    

E) A, B va S  

11. Budda dini dastlab  paydo bo’lganida    Buddani   

qanday tasvirlaganlar?  

A) ayol sifatida                                          B) erkak 

sifatida  

S)  dastlab  Buddaning  tasviri    yo’q  edi            D)  ilon  

qiyofasida  

E) quyosh tepasida turgan ma'buda sifatida  

12. Hinduizmda nimalarga sig`iniladi?  

A) daraxtlarlarga            B) ilon, sigirga  



 

412 


S) maymunga                  D) tog`lar, suv havzalariga         

E) barchasiga  

13. Hinduizmda  yaratuvchi bosh xudoni ko’rsating. 

A) Vishna          B) Krishna  

S) Shiva             D) Budda                 E) Ra  

14. Hinduizmda bosh xudo  Vishna  qanday qiyofada 

tasvirlangan?  

A) hayvon, baliq, toshbaqa 

B) sirtlon, chupon                                      

S) qora tanli podsho  

D) toj kiygan podsho qiyofasida                

E) yuqoridagilarning barchasi 

15.Hinduizm  ibodatxonalari  oldida    kimlar 

yashaganini ko’rsating? 

A) koxinlar                                   B) qullar  

S) raqqoslar, musiqachilar            D) ibodatxona 

xizmatchilari       E) A  va B 

16.Qaysi dinda  bevani o’z erini  jasadini kuydirgan 

paytda   o’ziga olov berishi   eng savob ish 

hisoblashgan?  

A) buddizmda              B) hinduizmda  

S) islomda                    D) xristianlikda        E) A va B  

17.Qadimgi  Hind  adabiyotda  markaziy  o’rinni 

egallagan adabiy yodgorliklarni ko’rsating?  

A)  diniy  adabiyotlar                                           B)  axloqiy  

adabiyotlar  

S)  falsafiy  adabiyotlar                                     D)  siyosiy  

adabiyotlar  



 

413 


E) ilmiy  adabiyotlar  

18.Qadimgi Hindistonda paydo bo’lgan ilk yozuvni 

belgilang.  

A) Ashoki yozuvi          B) sanskrit yozuvi  

S) iyeroglif                    D) mixxat            E) belgi-

rasm  


19. Arab raqamlari deb ataladigan   raqamlar ilk bor 

qayerda paydo bo’ldi?  

A) Xitoyda          B) Arabistonda  

S)  Misrda                        D)  Shumerda                                E)  

Hindistonda  

20. Hind olimlarining  matematika faniga  qo’shgan 

hissasini ko’rsating? 

A) ular  qo`shuv iborasini  kiritdilar 

B) raqamlarni (arab raqamlarni) joriy etdilar 

S) matematikaga nolni kiritdilar  

D) A va S         E) B  va S  

21.  Mashhur  Hind  dramaturgi  Kalidasining 

«Panchatatra» deb ataladigan    asarining arabcha 

nomini belgilang? 

A) «Yetti farishta»             B) «Kalila va  Dimna» 

S) «Yetti iqlim»                 D) «Osmon malikasi» 

E) «Hayotni tushunish kitobi  

 

 



 

 

 



 

414 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

V  BOB 

 

 

Qadimgi Xitoy 



 

 

Mamlakat va aholi 

Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi  eramizdan avvalgi 

V-III  ming yilliklarda Xuanxe daryosining o’rta 

oqimida uzoq vaqt yopiq holda shakllanadi. Er. avv.  I  

ming yillik o’rtalaridan boshlab Yanszi   daryosi 

havzasini ham qamrab oladi.  

Xuanxe  daryosi  havzasi  qadimda   qalin 

o’rmonlar bilan  qoplangan. Eramizdan avalgi IV-II  


 

415 


ming  yilliklarda  Xuanxening  o’rta  oqimlarida 

karkidon,  tapir,  bambuq  kalamushlari  yashagan, 

bambuk  daraxti o’sgan. Vodiyning yumshoq allyuvial    

tuprog`i  dehqonchilik  uchun  qulay  shart-sharoit 

yaratadi. Er. avv.  IV-III  ming yilliklarda  Xuanxe  

havzasida Yanshao madaniyatini  bu yerda yashagan 

poliosiyo  

aholisini  siqib  chiqargan  

protosinotibetliklar   yaratadilar. Er. avv. I ming 

yillikda Xuanxening o’rta oqimida inlar   va 

chjoularning o’zaro ta'siri natijasida qadimgi Xitoy 

etnosi vujudga keladi. Bu  etnosning shakllanishida 

shimolda poliosiyo     va avstroosiyo janubiy Osiyo  

tillarida so’zlashuvchi etnoslar ishtirok etadilar.  

 

Xronologiya va davrlashtirish 

An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida   Xitoy 

tarixini  sulolalar bo’yicha davrlashtirish xarakterlidir.  

Shunga  ko`ra,  afsonaviy   «besh imperatorlar» 

davridan so’ng, «uch sulola» Sya, Shan-In   va Chjou 

davrlari boshlandi. An'ana bo’yicha   Chjou davri 

Chunsyu va  Chjango davrlarini  o’z ichiga olgan ikki 

qism G`arbiy Chjou (er.avv XI-VIII asrlar) va Sharqiy 

Chjou ( er.avv VIII-III asrlar) ga bo’linadi. Sin 

sulolasi (er.avv.  III  asr)  o`rniga hukmronlik vaqti 

g`arbiy  va  sharqiy  davrlarga  bo’linadigan  Xan  

sulolasi  keladi.  Sulolaviy  davrlashtirish  hozirgi 

tadqiqot  talablariga  javob  bermaydi.  Shu  sababli  

jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va 



 

416 


mehnat  qurollari,  tayyorlangan  asosiy  buyumlar 

bo’yicha  jamiyat  taraqqiyotini   bosqichlarga 

bo’ladigan 

arxeologik 

davrlashtirishdan  

foydalanamiz. Demak, Xitoyda   «uch sulola»dan 

oldingi davr neolit davriga to’gri keladi. Shan-In 

davrida  qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kiradi. 

Chun-syu   davri   (er.avv.  VI-V  asrlar)  oxirida  

qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi.  

Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy-

iqtisodiy  taraqqiyoti  mezoni  asosida  qo’yidagi  

davrlashtirishni ko’rish mumkin: 

1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk 

davlatlarning vujudga kelishi.  (er. avv. II  ming yillik 

2. Er. avv. VIII-III  asrlarda qadimgi Xitoy  



3.  Xitoyda  birinchi  markazlashgan  davlat-Sin  

imperiyasi (er. avv. 221-207-yillar)      

4. Qadimgi Xitoy I-III  asrlarda. 

 

 



              Qadimgi Xitoy tarixi manbalari 

Qadimgi  Xitoy  tarixiga  oid   juda  ko’p  aniq   

davrlashtirilgan yozma   yodgorliklar mavjud. Bu 

bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir.  

Yozma manbalar ichida   qadimgi   Xitoy 

yilnomalari eng avvalo Lu  podsholigi    davrida 

tuzilgan er. avv. VIII-V  asrlar voqealari yoritilgan 

«Chunsyu»   yilnomasi muhim ahamiyatga ega. 



 

417 


«Chunsyu» matni bilan an'anaviy ravishda uning 

muallifi qadimgi Xitoy faylasufi Konfusiya nomi 

bog`lanadi. 

 Yilnomalar bilan yaqin bog`langan  eng avvalo, 

«Shan-shu»  («Shiszin»-qo’shiqlar  kitobi)   nomli  

kitob  va boshqa qadimgi Xitoy  tarixiy asarlari 

janridir.  Bu  asarlarda  hukmdorlar  va  ularning  

yaqinlarining  so’zlari mavjud. Bizgacha yetib kelgan 

«Shan-shu» matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash 

mumkin. Chunki bu manbaning ba'zi boblari keyingi 

davrlarga oid.  

Eramizdan avvalgi  I  asrda  qadimgi Xitoyda 

yangi tarixiy asarlar paydo bo’ldi. Bu asarlar  Xitoy 

tarixnavisligida katta o’rin tutadi. Ana shunday 

asarlardan biri  Sima Syanning  (er. avv. 105-90 yillar) 

«Tarixiy yozishmalar»i  edi. Bu asar  qadimgi Xitoy 

ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti to’g`risida boy  

ma'lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni 

bayon qilishda kishilar  faoliyatini bayon qilish usulini 

tanlaydi. 

Sima Syanning  tarixnavislik  usulidan «Xan 

tarixi»  muallifi  Gu    Garbiy  Xan        (er.avv.  206  yil)  

sulolasinining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu  

Xitoy tarixnavisligining yangi «sulolalar   tarixi» 

nomini olgan janr asoschisi bo’lgan.  

Xitoy tarixini  arxeologik  o`rganishda amalga 

oshirilgan ishlar  muhim ahamiyatga ega. Arxeologik 

qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid  Ermitou 


1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling