Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53

 

 

Janubiy-sharqiy  Osiyo mamlakatlari 

qadimda 

Botqoqli vodiylar, kichik tog` daryolari, tropik  

o’rmonlar bilan qoplangan  baland tog`lar janubiy-

Sharqiy Osiyo uchun xarakterli   hol.   Bu yerda  

eramizdan avvalgi VIII  ming  yilikdayoq mezolit 

davrida o’troq manzilgohlar  paydo bo’lgan. Neolit 

davrida esa sholikorlik xo’jaligi qadimgi janubiy-

sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. 

Janubiy-sharqiy Osiyoning kontinental qismida 

yashagan qadimgi xalqlar austroosiyoliklar (monlar, 

kxmerlar va boshqalar)  orollarda  austroneyziylar 

(malayalar,  yavalilar  va  boshqalar),  etnograflar 

ularning  barchasini  qo’shib   austri  xalqlari  deb  

ataydilar. 

 

Qadimda  eng  rivojlangani  austroosiyo 



viloyatlaridan janubiy  hindi-xitoy tekisliklaridir. Bu 

yerda eramizdan avvalgi  III  ming  yillikda  aholi 

dastlab  mis   keyinchalik  jez davriga   mustaqil  

o’tadilar. Er. avv. II  ming  yillikda  janubiy-sharqiy 

Osiyo taraqqiyotda qo’shni   viloyatlardan   orqada  

qola  boshlaydi.  Daryolarning  murakkab  tizimi  



 

457 


xo`jalikning  bosh yo`nalishi bo’lgan sholikorlik zarur 

bo’lgan  sun'iy sug`orish  tizimini barpo qilishni 

qiyinlashtirgan.    Uzoq vaqt jamiyatning  asosiy 

bo`g`ini bo’lib,  sholikorlik bilan shug`ullanadigan 

kichikroq qishloq  jamoalari   qolavergan.  

Faqat so’nggi jez  asrida  er. avv. I  ming yillikda 

Dongshon sivilizatsiyasi vaqtida (Dongshon qishlog`i 

yonida bu madaniyatning  birinchi qabri topilgan) 

janubi-sharqiy  Osiyoning katta  va  o’rta  daryolari  

vodiylarida katta-katta   dehqonchilik   manzilgohlari  

paydo bo’ladi. Bu davrda omoch  dehqonchiligi paydo 

bo’ladi, jamiyat ijtimoiy  tuzilmasi murakkablashadi. 

Yaqinda  topilgan juda  kam sonli  o’ziga  xos  

iyerogliflarga o`xshash yozuvlardagi  qadimiy  yozma 

manbalar mavjud.  Janubi-sharqiy Osiyoning qadimgi  

tarixini  qayta tiklashda ilk  o’rta asr (vyet, mon va 

boshqalar) xronikalari hamda qadimgi Xitoy, qadimgi 

hind, antik mualliflar asarlari va manbalari muhim rol  

o`ynaydi.  Ilk sinfiy jamiyatlar  qadimgi austroosiyo 

va ularga qarindosh  qadimgi vyetlarda paydo bo’lib 

Garbiy Hindixitoyda hozirgi   shimoliy  Vetnam orqali 

Yanszi quyi oqimigacha  cho`zilib ketgan. Ularning 

orasida   davlatlarning to’rt guruhini   ko’rsatish 

mumkin: shimoli-sharqiy Hindixitoy va janubiy Xitoy 

dengiz   qirg`og`i: janubiy Hindixitoy davlatlari; 

Malakka yarim oroli va arxipelagida   qadimgi 

Indoneziya  davlatlari;  shimoliy   Hindixitoyning 


 

458 


markaziy  qismi va tay tilli, birma tilli xalqlar 

joylashgan qo’shni hududlar  davlatlari. 

 

Qadimgi Vyet davlatlari va ularning 

qo’shnilari 

Shimoliy Vetnamdagi  va Janubiy dengizning 

shimoliy  qismidagi  davlatlardan  shimolroqdagi 

qadimgi Xitoy an'analariga ko’ra birinchi  navbatda 

«varvar» (Xitoy an'anasi nuqtai-nazaridan) Eyu (Vyet)  

podsholigi tarixda yaxshiroq ma'lum. 

Yue podsholigi er. avv. VII   asrda Yanszi 

daryosining quyi oqimida  paydo bo’lgan. Uning 

ijtimoiy  tuzilishi  qadimgi  Xitoy  podsholiklariga 

qaraganda  soddaroq  bo’lgan.  Aholining  asosiy 

mashg`uloti sug`orma sholikorlikdir. Er. avv. IV-III  

asrlarda Yanszi daryosining  yuqori qismida  besh 

davlat: Xanchxa, quyi qismida Vanglang (keyin 

Aulak),  sharqda   Teyau, Namvyet  va boshqalar 

mavjud bo’lgan. Ular yuqori ijtimoiy  taraqqiyot 

darajasida bo’lganlar. Janubiy podsholiklarda xan 

madaniyatini qabul qilish shimolga qaraganda  ancha 

yuqori bo’ladi.  

Er. avv. III asrda hududdagi eng rivojlangan 

davlatlardan  Xongxa daryosining quyi qismi va unga 

qo’shni hududlarda Siszyan pastida  vetnamliklarning 

ajdodlari lakvyetlar joylashgan davlat Namvyet edi. 

Aulakda aholining asosiy qismini jamoachilardan 

iborat mayda  ishlab  chiqaruvchilar tashkil qilgan. 



 

459 


Turli  manbalar  Namvyet  jamiyatida  qullar  

mavjudligini  ko’rsatadi. Hukmron sinflar  jamiyatda 

katta yer-mulk egalari hukmron tabaqa bo’lib, ular 

bilan bog`langan  xizmat zodagonlari, qullar va mayda 

ishlab  chiqaruvchilar  bo’lgan.  Davlat  tepasida  

hukmdor turgan. Qadimgi vyetlar madaniyati o’ziga 

xos  edi. Ayniqsa, ajdodlarga e'tiqod, yer ruhiga, 

timsoh-ajdar va suvda suzuvchi qushlarga  sig`inish 

keng tarqalgan. 

 Er.  avv.  221-214-yillarda  Aulak,  Teyau  va 

Namvyet  davlatlari  Sin  imperiyasi  bilan  o’z  

mustaqilliklari uchun  urush olib boradilar. Urushlar  

jarayonida Aulak o’z mustaqilligini   saqlab qoladi va 

Teyauning bir qismini o’ziga qo’shib oladi. Namvyet 

bir necha  yil Sin  qo’shinlari tomonidan bosib 

olingan.   Er. avv. 207 yilda Namvyet va Aulak 

davlatlari birlashadi. Bu davlat er. avv.   II   asrda   

janubiy –sharqiy  Osiyoda eng kuchli  davlat bo’lib, 

faqat  Xan  imperiyasidan  kuchsizroq  bo’lgan. 

Eramizdan  avvalgi  II   asr  boshlarida  Namvyet  

Vo'ongi (hokimi) o’zini Xan  imperatoriga teng deb 

e'lon qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini asosini sholikor 

hududlar tashkil qiladi. Bu davlatda yirik  shaharlar,  

rivojlangan ichki va tashqi  savdo, hunarmandchilik 

mavjud edi.  

Er. avv. II   asr boshlarida Namvyet-Aulak 

hukmdorlari   urushlar va diplomatik  yo`l bilan 

qo’shni  davlatlarni qo’shib olishga harakat   qiladilar, 



 

460 


ammo er. avv. III   asrda mamlakat Xan imperatori U-

di   tomonidan bosib olinadi. Xan   imperiyasi 

mamlakat  ichki  ishlariga aralashmaydi.  Imperiya 

«varvarlarni varvaralar boshqaradi» siyosatini olib 

boradi.  

Er. avv. III-II  asrlarda  Janubiy-Sharqiy Osiyoni 

tog`li  hududlarida qadimgi Tay Diyen  va Yelan 

davlatlari alohida  guruhni  tashkil etadi. Bu yerda  

dehqonchilik zaif bo’lib, chorvachilik yetakchi o’rin 

egallagan.  Shu bilan birga bu yerda qandaydir birma 

tilli guruhlar va Markaziy Osiyo chorvador aholisi 

bilan  birgalikda  ilk  sinfiy  jamiyatlar 

shakllantirilgan.Qullarning  safi  mahalliy  etnik  

birliklarni qaram qilish hisobidan to`ldirildi.  

Er. avv. I  asr boshlarida Xan ma'muriyati hozirgi  

Shimoliy  Vetnamdagi  lanvyetlarni  ommaviy  

assimilyatsiya qilish  siyosatini  olib borgan. Bu 

siyosat  kuchli  qarshilikka uchraydi va zodagonlar  

boshchiligida  qo’zg`olonlar ko`tariladi. 40-50 yillarda 

Lanvyetlar  «ikki   opa-singil»  boshchiligida  

qo’zg`olon ko`tarib Xan hokimiyatini   ag`darib 

tashlaydilar va o’z mustaqilliklarini qayta tiklaydilar. 

Xan imperiyasi uzoq  urushlardan so’ng,  mamlakatda 

o’z nazoratini  qayta tiklaydi, lekin mahalliy aholini 

assimilyatsiya  qilish  siyosatidan  voz  kechishga 

majbur bo’ladi.  

Eramizning I-V asrlarida Vetnamga Hindistondan 

buddizm, Xitoydan xitoy madaniyati kirib keladi. 



 

461 


Buddaviylik XII va  XIII asrlargacha  hukmron  dinga 

aylanadi. 



 

Mon-Kxmer va Indoneziyaliklarning davlat 

birlashmalari 

Eramizning boshlarida  Hindixitoy va Indoneziya  

yirik daryo  vodiylarida sinfiy  jamiyat va davlatlar 

shakllanadi. So’nggi jez davrida  xo’jalikning yuqori 

taraqqiyoti, temir qurollaridan keng foydalanishga 

o`tish, davlatni shakllanishiga olib keladi.  

Janubiy Hindistonning dravid xalqlari   orqali 

shimoliy Hindiston, Yaqin Sharq va o’rtayer dengizi 

bilan   doimiy  aloqalar  o`rnatiladi.  Tekislikda  

vyetlarda  bo’lgani kabi  yetakchi  ijtimoiy   birlik  

kichik   qishloq jamoasi edi. Vodiylarda yuqori 

darajada rivojlangan dehqonchilik, tog`li   viloyatlarda  

ovchi-termachilik xo’jaligi mavjud bo’lgan.  

Mahalliy  jamiyatlarning  o’ziga  xosligi  bir 

etnolingivistik  guruh  ichida  tekislikda  yuqori 

taraqqiyot darajasiga erishgan dehqonlar bilan qo’shni 

tog`lik  vohadagi  ovchi-terimchilarning  birgalikda 

yashashi edi. Ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy har xillik 

sinfiy  jamiyat  va  davlatni  ibtidoiy  jamoa 

munosabatlari  hukm  surgan  viloyatlar  bilan 

ajratilishiga sabab bo’ldi. 

Aulak, Bapnom (Funan), Shrikistra (Tarekittara), 

Suvannabxumi (Janubiy Birma) dagi va Tyao Praye 

(Menam), Malakk yarimorolidagi va arxipelagidagi 



 

462 


Malay, ilk Yava davlatlari ma'lum bir siyosiy-

iqtisodiy yadro-aholi zich joylashgan sholikor voha va 

uning poytaxti atrofida joylashgan edilar. 

Hukmdor barcha yer zahirasini oliy egasi edi. Bir 

qism yer zodagonlarning merosiy yeri, ibodatxona va 

koxinlarning «abadiy» yerlari bo’lgan. Aholining 

asosiy qismi erkin jamoatchilardan iborat bo’lib, 

koxinlar, zodagonlar qatlami mavjud bo’lgan. Qullar 

kam sonli bo’lgan.  

Ko’pgina Mon va Kxmer davlatlari eramizning I 

asrlari atrofida paydo bo’ladi. Ular bir-birlari bilan 

yaqin aloqada bog`langanlar. Bu davlatlar ichida eng 

kattasi Bapnom (Funan) imperiyasi bo’lib, u o’zining 

gullab yashnagan davrida Janubiy Hindixitoyning 

butun mon va kxmer tekisligini egallagan. 

Bapnom davlati yangi eraning birinchi asrlarida 

vujudga keldi. Eramizning II-III asrlarida mamlakatni 

birlashtirilish tugagach qadimgi kxmer hukmdorlari 

istilochilik  urushlarini  olib  boradilar.  Kxmer 

hukmdorlaridan eng mashhuri Fanishman bo’lgan. U 

kuchli flot quradi va qator qo’shni viloyatlarni bosib 

oladi. Bapnomning harbiy, dengiz va savdo qudrati er. 

avv   IV asrgacha o’sib boradi. Irrigasiya va 

ibodatxonalar qurilishi keng miqyosda olib boriladi, 

mamlakatda xinduizm va budda e'tiqodlari tarqaladi 

va hukmdor hokimiyati kuchayadi. 

V-IV    asr boshlarigacha qadimgi kxmer 

jamiyatida shimoliy guruhlar kuchaydi. Ular ilgari 



 

463 


savdoda ishtirok  etmagan edilar. Sekin-asta ular 

dengiz bo`yi hududlarini bo’ysundiradilar. Bapnom 

imperiyasi zaiflashib  inqirozga  yuz tutadi.   

Mon-Kxmer  xalqlari  janubiy  Hindiston 

madaniyatining ayrim unsurlarini jumladan  yozuv, 

diniy til, ayrim diniy tasavvurlarni, monlar asosan 

buddizmni, kxmerlar hinduizmni qabul qilganlar.  

 

Indoneziya xalqlarining qadimgi davlatlari 

I-IV   asrlarda orollarda davlatlarning g`arbiy 

(malaya), sharqiy (yava) guruhlari paydo bo’ladi. 

Garbiy guruh Sumatra davlatlarini tashkil qildi, 

ularning ichida ayniqsa markaziy Sumatraning tekislik 

qismida  Malakka yarim orolining kichik davlatlari 

boshchiligida markazlashuv jarayoni tez  boradi. Bu 

davlatlar hayotida   tashqi savdo, tranzit savdo 

(ko’pgina ziravorlar, Molukka orollari bilan savdo 

qilingan)  yetakchi  o’rin  tutadi.  Janubiy–sharqiy 

Osiyoning bu  asrlardagi dengizchilari Mon-kxmer va 

indoneziyaliklar  edi.  Shalmaladvipi  (Malakka 

orolining qadimgi nomi) davlatlaridan eng  mashhuri 

(II  asrdan) Kataxa va Tambralinga edi. Ular nisbatan 

kuchli qo’shinga ega  bo’lgan boy davlatlar bo’lgan. 

Bu davlatlarda madaniy taraqqiyot  darajasi yuqori 

bo’lib, shahar aholisi orasida sanskrit adabiyoti, yozuv 

va tili, hinduizm va budda diniy ta'limoti keng 

tarqalgan.  



 

464 


Yava va Kalimantandagi Malaya va Yava 

davlatlari agrar mamlakatlar edi. Garbiy Yavadagi 

Taruma va Mulavarman davlatlari (IV-V   asrlar) 

sun'iy sug`orish inshootlarini qurishni   amalga 

oshiradilar.  Qullar, chorva va yer-mulkni xususiy 

mulkligini induizm koxinlari qo’llab-quvvatlaydilar.  

Hindixitoy yarim  orollarining sharqiy qirgogida 

indoneziya tillari oilasiga mansub xalklar yashaydigan 

Tyampa boshdan kuchli dengiz flotiga ega bo’lgan, 

yirik savdo davlati bo’lgan. Tyampa hokimlari qirg`oq 

bo’yidagi  qo’shnilarini  talash  bilan shug`ullanar, 

dengizdagi o’z qudratini  muntazam  namoyish  qilar 

edilar. Madaniyatda  Tyampa Indoneziya dunyosiga 

tegishli bo’lib, ko’p hollarda  ularga kxmerning ta'siri 

kuchli bo’lgan. Xan Xitoyi bilan urushlar, doimiy 

diplomatik va savdo aloqalari bilan almashinib 

turilgan.  

 

                    Tayanch  iboralar  

  Koreya,  Manjuriya, Lyaodoun,  Choson, 

Yaponiya, Kogure davlati, Kyusyu, Silla, Pekche, 

Xonsyu,  protoyapon,  Vey-chji  asari,  “xaniva”, 

Yamato, «Kurgonlar» davri,  lanyetlar,  mon-kxmer,  

Malaya va Yava davlatlari, “pastki hovlilar”, Tuatra.   

 

             Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. 

T.1998 yil. 



 

465 


Ладынин И. А. и др. История древнего мира: 

Восток, Греция, Рим.  «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 2004. 

Èñòîðèÿ äðåâíåãî ìèðà. Ì. 1988 ã. 

Àðõåîëîãèÿ çàðóáåæíîé Àçèè. Ì. 1985 ã.  

Èîôàí Í.À. Êóëòóðà Äðåâíåé ßïîíèè. Ì. 1974 ã. 

 

                          Asosiy sanalar 

Er. 

avv. 


IV-III 

asrlar    

ilk 

vetnam 


davlatlari 

Er. 


avv. 

III 


asr     

Aulak 


davlati 

Er. 


avv. 

asr     



Mon-kxmer 

davlatlarining paydo bo’lishi 

Er. avv. I ming  yillikning II yarmida   

yapon 


orollariga qabilalarning  

migratsiyasi 

Eramizning 

II-III 


asrlari    

Bapnom 


davlatining kuchayishi 

Eramizning I-VI  

asrlari    

Indoneziyada 

Sharqiy  (Yava) G`arbiy  

(Sumatra) 

davlat 

birlashmalarining  



tashkil topishi 

Eramizning  

I-III  

asrlari    



Yaponiyada 

Yematay, Yamato  

davlatlarining   paydo 

bo’lishi 

Eramizning IV-VII 

asrlari   

«Qo`rg`onlar 

davri» 



 

466 


 

Mustaqil ish  mavzulari 

Qadimgi yapon davlatlari 

Janubiy-sharqiy Osiyo  mamlakatlari  va Qadimgi 

Xitoy 


Janubiy-sharqiy  Osiyo  xalqlarining  qadimgi 

madaniyati 

 

 

                       Reyting  savollari 



1.Er. avv. I ming yillik o’rtalarida qadimgi koreyslar 

yashagan hududlarni ko’rsating? 

A) Koreya yarim oroli                    

B) Janubiy Manjuriya 

S) Lyaodun yarim oroli 

D) Koreya  yarim orolining  shimoli           

E) A va S  

2. Koreyslar  qachondan  boshlab jez qurollaridan 

foydalana boshlaganlar? 

A) er.avv. V  asrdan               B) er.avv. III  asrdan  

S) er.avv. VII asrdan               D) er.avv. IX  asrdan        

E) er.avv. II  asrdan  

3.Ilk Koreya davlatini ko’rsating? 

A) Choson    B)  Silla       S) Pekche       D) Koruge        

E) Yamato  

4. Qadimgi Koreys   jamiyatida qullar qaysi 

mamlakatga  sotilgan?  

A) Yaponiyada                 B) Indoneziyada 



 

467 


S) Xitoyda                        D) Hindistonda                E) 

Eronda  


5. Qadimgi Koreyada «pastki hovlilar» deb atalgan 

ijtimoiy tabaqalarni ko’rsating? 

A)   iqtisodiy  qaram bo’lgan  mayda  ishlab 

chiqaruvchilar  

B) qullar                 S) davlatga qaram, shaxsan ozod 

bo’lgan  kishilar  

D) ruhoniylar          E) harbiylar  

6.Eramizning  I-III  asrlaridagi eng kuchli  koreys 

davlatini ko’rsating? 

A) Kogure          B) Choson          S) Lyaodun         

D) Silla               E) Pekche  

7. Qadimgi Koreya davlatlarining  tashqi siyosatidagi 

asosiy vazifasi o’zining eng kuchli raqibi hisoblangan 

davlatga qarshi kurashish edi. Bu qaysi davlat edi?  

A) Yaponiya                  B) Xitoy  

S) Hindiston                  D) Vetnam               E) 

Indoneziya 

8.Yaponiya orollarida eramizdan avvalgi III    ming  

yillikda qanday voqea ro`y bergan?  

A) qadimgi neolit  madaniyati tarqalgan  

B) qabilalar migrasiyasi boshlangan  

S) temirdan foydalanish boshlangan  

D) ilk davlatlar shakllangan  

E) sun'iy sug`orish  tizimi yaratilgan  

9. Neolit davrida Yaponiyada asosan qaysi ekinlar  

ekilgan? 



 

468 


A) tariq, grechixa, sholi         B) bug`doy, arpa, sholi  

S) xurmo,  arpa                                              

D)  arpa,  paxta                                    

E) uzum, bug`doy  

10. Qadimgi Yaponiya orollarida yashagan aholi 

shug`ullangan xo’jalik turini  ko’rsating?  

A) qirg`oq baliqchiligi, temirchilik  

B) ovchilik                       

S) chorvachilik  

D) hunarmandchilik         

E) A va B  

11.  Yaponiyaga   migrantlar  bilan  kelib  qolgan  

hayvonlarni ko’rsating?  

A) ot             B) sigir           S) qo`y              D) tuya             

E) A va B 

12.  Qadimgi  Yaponiyada  odamlar  orasida  o’z 

badanlarini bo’yash “tatuirovka qilish”  an'anasi keng 

tarqalgan edi. «Vey Chjei» asarining muallifi buning 

sababini   qaysi  kasb bilan bog`lagan?  

A) baliqchilik kasbi bilan                           B) ovchilik 

bilan 

S) tuyachilik, yilqichilik kasblari bilan       D) 



dehqonchilik bilan      

E) chorvachilik bilan  

13. Er. avv. 56-yilda Loyandagi Guan U-di saroyida 

elchilar qabul  qilinadi, ularga   sovg`aga berilgan 

buyumni  ko’rsating?  

A) kitob                  B) tanga 

S) tilla idish            D) muxr               E) kema  


 

469 


14.  Qadimgi  Yaponiyada  Yematay  davlatida  

ma'muriy  tizim shakllangan bo’lib,  asosiy   ma'muriy 

hududiy birlik… 

A) provinsiya edi.              B) nom edi 

S) viloyat edi                     D) dafu  edi              E) 

bo`lim edi 

15. Yaponiya tarixining arxeologik  davrlashtirishda 

«qo`rgonlar davri» deb  ataladigan  asrni ko’rsating?  

A) er.avv. V-III  asrlar    B) er.avv. IV-VII  asrlar    S) 

er.avv. III-II  asrlar  

D) IX-X  asrlar                E) XI-XIII asrlar  

16. Yaponiyaga “qo`rgonlar davri”da kirib kelgan 

qabilalar qayerdan  kelganligini ko’rsating?  

A) Hindistondan                  B) Koreya yarim orolidan  

S)  Markaziy  Osiyodan         

D)  Indoneziyadan                  

E) Malayziyadan  

17. Janubiy-sharqiy Osiyoda ilk o’troq manzilgohlar 

qachon paydo bo’lgan?  

A) paleolit davrida          B) neolit davrida  

S)  mezolit  davrida                      D)  eneolit  davrida        E)  

so’nggi paleolit davrida  

18. Janubiy-sharqiy     Osiyoda yashagan  “austri 

xalqlari”ga qaysi qabilalar  kirishini  ko’rsating?  

A) Monlar, kxmerlar         B) malayalar, yavaliklar 

S) dravidlar, hindlar           D) bengallar, osurlar            

E) A va B 

19. Qadimgi Vyet davlatlarida  aholining  asosiy 

mashg`uloti:  


 

470 


A) sug`orma dehqonchilik  edi     B)  sug`orma 

sholikorlik edi 

S) chorvachilik edi                        D) hunarmandchilik 

edi      E) baliqchilik   edi 

20. Qadimgi Vyet  madaniyatiga  xos  xususiyatlarni  

ko’rsating?  

A) ajdodlarga e'tiqod               B) yer ruhiga sig`inish 

S) timsoh-ajdarga sig`inish       D) suvda suzuvchi  

qushlarga sig`inish  

E) yuqoridagilarning barchasi to’g`ri  

21. Vetnamga budda dini    kirib kelgan sanani 

belgilang? 

A) er.avv. V  asrda                    B) eramizning  I-V  

asrlarida  

S) eramizning II-III  asrlarida   D) er.avv. VII asrda    

E) er.avv. IV-VIII  asrlarda  

22. Hindixitoy  va Indoneziyaning yirik  daryo 

vodiylarida  sinfiy  jamiyatlar  va davlatlar qachon 

shakllangan?  

A) eramizning boshlarida               B) eramizning X  

asrida  

S) eramizning  X-XIX  asrlarida    D) er. avv. XI-X  

asrlarda  

E) er. avv. XV-VIII  asrlarda  

23.  Qadimgi  Indoneziyadagi  Shalmaladivipi 

davlatlaridan eng mashhurlarini  ko’rsating? 

A)  Kataxa  va  Tambralinga                 B)  Mon-Kxmer,  

Kataxa 


 

471 


S) Malaya va Yava                     D) Tyampa, Taruma      

E) Mulavarma, Tyampa  

24. Janubiy-sharqiy Osiyoda er.avv. II  asrdagi eng 

kuchli davlat  Namvyet edi. (ammo uni Xitoy bosib  

oldi). Namvyet mustaqilligini  qachon tikladi?  

A) er. avv. 200 yilda           B) er.avv. 205  yilda  

S) er. avv. 207 yilda             D) er.avv. 253 yilda         

E) er. avv. 105 yilda  

25. Er. avv. III  yilda Namvyet – Aulak davlatini 

bosib olgan davlatni  belgilang? 

A) Xitoy            B) Tyampa  

S) Choson          D) Sidda            E) Mon-Kxmer  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling