Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili


Download 1.35 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.35 Mb.
#1018934
Bog'liq
Qadimgi turkiy tilda son so‘z turkumi


Namangan davlat universiteti
Filologiya fakulteti o’zbek tili
yo’nalishi 304- guruh talabalari ning "O‘zbek tili tarixi " fanidan
Taqdimoti
Mavzu:"Qadimgi turkiy
son so'z turkumi"
Reja
1.Son so'z turkumi.
2.Qadimgi turkiy manbalarda sanash tizimi.
3.Qadimgi turkiy tilda sonning ma'no turlari.
"Son so'z turkumi"
Son (tilshunoslikda) —1) mustaqil soʻz turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. Son gʻam sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, Son esa predmetning miqdori, sanogʻi va tartibiga kura belgisini bildiradi.
Turkiy tillarda son sistemasi, har qaysi xalq tilida bo‘lgani kabi birdaniga emas, asta-sekin shakllanib, o‘zgarib kelgan. Bunga ko‘hna manbalar tilini
tadqiq etish jarayonida amin bo‘lish mumkin. Zero, yozma obidalarda sonlarning bir necha turlari qo‘llanilgan. Bu esa, birinchidan, sonlarni imlo va talaffuz me'yorlarini aniqlash, ikkinchidan, ularning etimologiyasini yoritishda qo‘l keladi.
Hozirgi o’zbek tilida esa son so’z turkumi mustaqil so’z turkumi sifatida o’rganiladi. Sonning umumiy grammatik ma’nosi predmetlarning sanog‘i va asosan aniq miqdori uchun ishlatiladigan
so‘z hisoblanadi. Sanaladigan predmet uchun ishlatilganda ularning sanoq va miqdorini anglatadi. Son so‘z turkumi sifatida predmet ifodalovchisi bilan munosabatga kirishib, shu jihati bilan sifat va ravish turkumiga yaqin turadi. Son so’z turkumini paradigma sifatida o’rganar ekanmiz ,avvalo,uning qadimgi turkiy tildagi va hozirgi o’zbek adabiy tili orasidagi o’xshash va farqli tomonlarini tahlil qilishimiz joizdir. Bunda ayniqsa, son so’z turkumining hozirgi o’zbek adabiy tilidagi deyarli barcha shakllari necha yillik tarixiy jarayon natijasida sayqallanib shu ko’rinishga kelganini unutmaslik lozim. Masalan, eski turkiy tilda ham sonning barcha turlari: sanoq son, jamlovchi son, dona son, chama son taqsim son ,kasr son mavjud bo’lgan.Farqli jihati bu sonlarning o’ziga xos ifodalanish turlari va shakllari mavjud bo’lib, ularning ko’pi bugungi kungacha tilimizda saqlanmagan._x0000_
Dastlab sanoq sonlarni tahlil qilar ekanmiz, qadimgi sanoq sistemasi hozirgidan deyarli farq qilmagan.
Bir- 1 on -10 yu(u)z-100
Iki -2 yigirmi -20 min-1000
Yc -3 ottuz -30 tuman- 10 000
Tort -4 qirq -40 lak -100 000
Bes -5 elli -50 yuz tuman-1 000 000
Alti -6 altmis -60
Yeti -7 yetmis- 70
Sekkiz -8 seksan -80
Toqquz -9 toqsan-90_x0000_
Tabğač oq tutuq beš tuman su kaltï.
( Tabg'ach o‘ng tutuqning besh tuman qo'shini keldi.)
Yarïs yazïda on tuman sü tarilti.
(Yariz dashtida o‘n tuman lashkar turibdi)
Qadimgi turkiy tilda sanoq sonlar “bir” dan boshlangan.Chunki ota –bobolarimiz inson tug’ilgan paytidayoq bir yoshga kiradi deb hisoblangan. Shu sababli “bir” so’zi so’zlovchini ya’ni “men”ni anglatgan.Qiziqarli tomoni davrlar o’tib ushbu sondan beri ko’makchisi yasalgan.Ya’ni “bir” so’zi yillar davomida [bir-biru-beru-beri] shaklida o’zgargan va “menga kel, men tomonga kel bu yoqqa kel” degan yo’nalish ma’nosini anglatgan_x0000_
Ikki soni esa tarixiy kelib chiqishiga ko’ra “old:poygak” degan ma’nolarni ifodalagan.Qolgan sonlarning esa bugunga kelib faqat shakli o’zgarganiga guvon bo’lamiz. Agar ularni xronologik o’zgarishlarda tahlil qiladigan bo’lsak,
Ältäriš qağan bilgasin učun alpin učun Tabğaçqa yeti yigirma sünüsdi.
( Eltarish xoqon allomasi bilan bo‘lgani uchun alpi bilan bo‘lgani uchun Tabg‘achga o‘n yetti bor jang qildi).
VI-X asrlardagi yozma yodgorliklarda songa oid xususiyatlrdan biri, bunda kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin keladi: yäti otuz - 27, bir qirq - 31, bir otuz –21, säkiz yetmiš – 68, yüz bäš älig – 145, toquz on bäš - 95. Sanashning bu tartibi XI asrgacha amal qilgan, XI asrdan keyin esa hozirgidek qo‘llangan._x0000_
Qadimgi turkiy manbalarda qayd etilgan sanash tizimi bilan birga, boshqa sanash usuli ham amal qilgan. Ya’ni katta son oldin, kichik son keyin keladi. Bunda tarkibli sanoq son qismlari III shaxs egalik shaklidagi artuqï soʻzi yordamida 1: otuz artuqï tort – 34, qïrq artuqï bäš – 45.
Qirq artuqï yeti yoli sülamiz.
(Qirq yetti marta lashkar tortgan).
Sanoq son
Sonning ma'no turlari
Kasr sonlar
Taqsim son
Chama son
Jamlovchi son
Dona son
Tabğačqa yatï yigirma sünüsdi.
(Tabg'achga o'n yetti bor jang qildi).
Toquzunč ay yiti otuzqa yağ ertürtimiz
(To'qqizinchi oyning yigirma yettisida azasini o'tkazdik).
.Sanoq sonlar konkret miqdorni bildiradi: bir, iki, uč, tört, yigirmi, otuz, yüz, miŋ ..._x0000_
Tartib sonlar sanoq son negiziga – nč, –ïnč, inč, -unč, -nti kabi affikslarni qo‘shish orqali hosil bo‘lgan_x0000_
Taqsim son. Sanoq sonlarga -ar, -är, -rar, -rär , -sar kabi affikslarni qo‘shish bilan hosil qilingan: onar “oʻntadan”, birär “bittadan”, üčär “uchtadan”, ikirä“ikkitadan”, altïrar “oltitadan”, toquzar “toʻqqiztadan” kabi.
Üčär su kalti.(Uchtadan lashkar keldi)
Jamlovchi son qo‘shimchasi -ağu, -ägü shakliga ega: altağu “oltov”; törtägü “toʻrtov
Altağu su kaltï
(Oltovi qo‘shin keldi)
Dona sonlar sanoq sonlarga -ta, - da affikslarni qo‘shish bilan yasalgan:birtä, ikidä.
Dona sonlar qadimgi turkiy tilda hozirgi o’zbek tilidagidan biroz farq qilgan. Ya’ni dona son ma’nosida asosan sanoq son qo’llanilgan._x0000_
Xitoy yurti ikki bo'lur,birisini qara xitoy derlar.
_x0000_
Biz hozirda qo’llaydiganimiz - ta affiksi esa faqatgin bir soniga qo’shilgan va qiziqarli tomoni u davrda hozirgi kabi –ta affiksi ta’sirida bir dagi (r) assimilatsiyaga uchramagan. birta,ikita...
_x0000_
Chama sonlar hozirgi o’zbek adabiy tilidagi shakllaridan deyarli farq qilmagan.Ya’ni turklar chama sonni hosil qilish uchun –cha/-che affiksi, chag’lig’/chag’liq so’zlari yoki sonlarni juftlash usulidan foydalanishgan.
_x0000_
Yigirmi chag’lig’ kiši tort ay sayahat qiliņti.
(Yigirmatacha kishi to'rt oy sayohat qiildi).
_x0000_
Ma’lumki, kasr sonlar qadimdan mavjud bo’lgan .Turkiy xalqlar ham kasr sonlar yordamida hisobni , o’lchovni aniq ayta olishgan.Ular kasr sonni dastlab butun sonni chiqish kelishigi bilan keyin kasr ma’nosini anglatuvchi sonni aytish orqali yashgan._x0000_
Masalan: ondin iki kiši
Yetidan beš
Ikidan bir
Yuz yilda bolmağay mindan biri ham.
Bitiglarda yarim ma'nosi siņar so‘zi bildiradi.
Sïnar susi abïg barquq yulğali bardi, sïņar susi siņusğali kalti.
(Qo‘shninng yarmi uy-joyini bo‘shatgani bordi, yarim qo‘shini jang qilgani keldi).
Harakat nomi
Hisob soʻzlar: yolï “marta”, bağ “bogʻ”, sürük “suruv”, qata “marta”. _x0000_
Akinči yöli Išbara Yamtar baz atig bïnïp tegdi.
(Ikkinchi marta Ishbara Yamtar bo‘z otini minib hujum qildi.)
Hisob so’zlarning ba’zilari ijtimoiy-iqtisodiy jarayon o’zgarishi va ishlab chiqarish va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida muomaladan chiqib ketgan yoki boshqa ma’noda ishlatila boshlagan.
_x0000_
Sonlarning tuzilishiga ko‘ra turlari
Sodda
Juft
Qo‘shma
Takroriy
Sodda sonlar
Tarilip yatmiš ar bolmis.
(Terilib yetmish er bo‘libdi).
Qo‘shma sonlar
Qağim qağan yati yigirma arin tasiqmis.
( Otam xoqon o‘n yetti er bilan tashga chiqib ketgan.)
Juft sonlar
Takroriy sonlar
Xulosa qilib aytganda, Son so’z turkumi qadimgi turkiy til davridan hozirgi turkiy til davrigacha shakllanib kelgan.Jumladan, sanoq sonlarni olaylik, yigirma soni iki-r-mi> yiki-r-mi>yigirmi ko’rinishida , oltmish soni esa alti-mis> , sakson soni sekiz+on shaklida hosil bo’lgan.O’ttiz,to’qqiz sonlari esa ottu+z, toqqu+z shaklida yasalgan_x0000_ _x0000_
Boisi -z qo’shimchasi qadimgi turklarda ko’plikni yoki juftlikni anglatadi degan qarashlar mavjud bo’lib, egi+z,ko’+z so’zlarini bunga misol qilib olingan (ya’ni ko’z ham 2ta a’zoni, egiz ham 2 yoki undan ortiq kishini anglatadi).Sonning turlari ham eski turkiy til davridayoq hozirgi ko’rinishda bo’lgan faqat uning
shakllari , ishlatilish usullari davrlar o’tib biroz o’zgargan.(yuqorida bu jarayonni batafsil ko’rib o’ttik)Buga albatta turkiy xalqlarning bo’linishi va turkiy tilga arab , fors va boshqa qo’shni davlatlar tilining ta’sir etishi ham sabab bo’lgan.
_x0000_
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov “O’zbek tilining tarixiy grammatikasi” O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti – Toshkent – 2008.
2. Nasimxon Rahmonov, Qosimjon Sodiqov “O’zbek tili tarixi” O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti – Toshkent – 2009.
3. H.A.Dadavoyev, Z.T.Xolmonova “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” Toshkent – 2015.
4. N.Abdurahmonov “Qadimgi turkiy til” Toshkent – “O’qituvchi” – 1989._x0000_
E’tiboringiz uchun
Rahmat!
Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling