Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


O‘quv fanining maqsadi va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet11/42
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1118746
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Kursning asosiy maqsadi o‘zbek tilshunosligi, uning shakllanishi va taraqqiyoti hamda unga katta hissa qo‘shgan yirik olimlarning tadqiqotlari, qarashlari, ilmiy maktablari bo‘yicha bilim berishdan, o‘zbek tilshunosligining jahon tilshunosligi va turkologiya taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatib berish hamda tadqiq muammolarini tavsiflashdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifalari sifatida o‘zbek tilshunosligining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari, o‘zbek lingvistik ta’limoti taraqqiyotida alohida rol o‘ynagan tilshunoslarning ilmiy merosini o‘rganish, ular tadqiqotlarini sharhlash, qarashlariga baho berish, tilshunoslik ilmiy maktablarining tadqiq tamoyillari, vazifalari va yutuqlari haqida, shuningdek, zamonaviy o‘zbek tilshunosligining tadqiq muammolari haqida ma’lumot berish belgilandi.


Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar
O‘zbek tilshunosligi tarixi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
–o‘zbek tilshunosligi shakllanishi va taraqqiyotiga hissa qo‘shgan olimlarning tadqiqotlari, ilmiy-nazariy qarashlari;
–o‘zbek tilshunosligi tarixidagi asosiy ilmiy maktablar, yo‘nalishlar;
–o‘zbek tilining turli sathlari bo‘yicha qilingan tadqiqotlar mazmun-mundarijasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi.
–o‘zbek tili grafikasi va imlosi shakllanishi va takomillashuvi;
–o‘zbek tili fonetika va fonologiyasi shakllanishi va rivojlanishi;
–o‘zbek tili morfemikasining shakllanishi va rivojlanishi;
–o‘zbek tili leksikologiyasining shakllanishi va takomillashuvi;
–o‘zbek tili lekeksikografiyasining shakllanishi va rivojlanishi;
–so‘z yasalishi bo‘limining shakllanishi va taraqqiyoti;
–o‘zbek ilmiy morfologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti;
– o‘zbek tili ilmiy sintaksisining shakllanishi va taraqqiyoti;
–o‘zbek dialektologiyasining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari haqidagi ma’lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
–o‘zbek tilshunosligi tarixiga oid materiallarni ilmiy, amaliy tahlil va talqin etish;
–o‘zbek tili va o‘zbek xalqining shakllanishi, tarixiy taraqqiyotini izohlay olish;
–o‘zbek tilshunosligining shakllanish tarixi, taraqqiyot bosqichlari, yirik olimlar tomonidan yaratilgan ta’limotlar mazmun-mohiyatini tushuntira olish;
–o‘zbek tilshunoslarining turkologiya va jahon tilshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini to‘g‘ri baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling