Namangan Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 14.25 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi14.25 Kb.
#1261463
Bog'liq
Tavsifnoma(guruh rahbari)


Namangan Davlat Universiteti
fizika-matematika fakulteti
matematika yo’nalishi 403-guruh
talabasi Usmonov Javohir ga
TAVSIFNOMA
Amaliyotchi talaba Usmonov Javohir 2015-yil 19-oktabrdan 28-noyabrgacha bo’lgan davr mobaynida NamDU qoshidagi 1-akademik litseyda pedagogik amaliyot o’tadi. U amaliyot davri mobaynida o’ziga biriktirilgan 101-guruhda o’quvchilar bilan ishlash, tarbiyaviy va ma’naviy ishlar, guruh ishlarini qanday yuritish kerakligi, guruh rahbarining vazifalari bilan to’la tanishib chiqdi.
Guruhda darsdan tashqari to’garak mashg’ulotlarni olib bordi va haftalik ma’naviyat soatlarida ishtirok etdi. O’quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularga psixoligik yosh jihatdan yaxshi munosabatda bo’lib, guruhdagi har bir o’quvchining intelektual va psixologik holatlarini to’la o’rgandi.
O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida, ularning ota-onalari bilan uzviy aloqada bo’lish jarayonlarini o’rgandi va guruh o’quvchilarining ota-onalari yig’ilishini tashkil etishda va ushbu yig’ilishda faol ishtirok etdi.
Amaliyotchi talaba Usmonov Javohir akademik litseydagi pedagogik amaliyot davrida guruh bilan ishlash va guruh rahbari vazifalarini a’lo darajada o’rgandi.

101-guruh rahbari ______ D.Oripov


28.11.2015
Download 14.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling