Namangan davlat universiteti geografiya kafedrasi geografiyaning asosiy muammolari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana31.05.2020
Hajmi0.5 Mb.
#112341
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografiyaning asosiy muammolari


 

  O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI 

 

 



NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 



 

 

 



 

GEOGRAFIYA   KAFEDRASI 

 

 



 

GEOGRAFIYANING ASOSIY MUAMMOLARI 

 FANIDAN 

MARUZALAR TO’PLAMI 

 

 



  

 

         

 

 

 

 

 

NAMANGAN-2018

 

                                              O’QUV MATERIALLAR

 

Mavzu-1: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning    hozirgi zamon mazmuni 

tarkibiy tuzilishi va vazifalari. 

Re ja: 

       


1.1.  Iqtisodiy   va  sotsial  geografiya  fanining  o’rganish  ob’ekti,  maqsadi  va 

vazifalari. 

       1.2. Fanning asosiy tamoyillari. 

       1.3. Fanning asosiy tadqiqot usullari. 

       1.4. Iqtisodiy va sotsial geografiyaning vujudga kelishi shart-sharoitlari. 

       1.5. Kondratevni uzun to’lqinlar nazariyasi.    

       1.6. Hozirgi zamon iqtisodiy va sotsial geografiyaning asosiy yo’nalishlari.  

       


1.7.  O’zbekistonda  iqtisodiy  va  sotsial  geografiyaning  vujudga  kelishi  va 

rivojlantirish. 

       

 

Tayanch so’z va iboralar:  geoiqtisod,  mamlakat,  rayon,  jamiyat  taraqqiyoti,     

an’anaviy iqtisodiy geografiya, makon, shtandort nazariyasi, ishlab chiqarish 

kuchlarining joylashuvi, ishlab chiqarish kuchlari, sub’ekti, iqtisodiy kategoriya, 

ijtimoiy hayot, xudud, xususiyat, majmua,   

 

 

 



Jamiyat rivoji bilan uni o’rganuvchi fanlarning tadqiqot ob’ekti ham 

murakkablashib va takomillashib boradi. Bu tabiiy va o’z-o’zicha qonuniy holdir. 

Jumladan, iqtisodiy geografiyaning ob’ekti avvallari ma’lum bir mamlakat yoki 

rayonning xo’jalik va aholisi, ishlab chiqarish kuchlarining joylanishidan iborat 

bo’lgan bo’lsa, keyinchalik u xo’jalik va aholining xududiy tarkibi yoki tizimi, 

hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar (komplekslar) shaklini oldi. Shunga muvofiq 

ushbu fanning vazifasi ham o’zgarib bordi. Chunonchi, ilgari asosiy e’tibor qaerda 

nima borligini o’rganishga qaratilgan bo’lsa, hozirgi kunda esa nima uchun u yoki bu 

voqelik aynan shu joyda vujudga kelganligini ilmiy asosda izoxlab va baholab 

berilishi talab, qilinadi. Bunday qonuniyatlarni chuqur anglash fanning amaliy 

(konstruktiv) ahamiyatini yanada oshiradi. Chunki, u endi turli yiriklikdagi hududiy 

ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning taxlilidan ularning tashhisiga, undan esa bashorat va 

boshqarish darajasiga ko’tarilmoqda. 

Geografiya fani ikki asosiy qismga bo’linadi: tabiiy geografiya va inson 

geografiyasi. Bu ikki qism o’xshash bo’lib, ikkalasi ham fazoviy manzaradan 

(ko’rinish) foydalanadi hamda ikkalasi ham hududni o’rganish va bir hududni 

boshqasi bilan solishtirishni o’rganadi.

1 

"Iqtisodiy geografiya" tushunchasi M.V. Lomonosov tomonidan 1760 yildan 

ishlatila  boshlagan bo’lsada,  iqtisodiy geografik tasavvurlar  insoniyatning 

o’zlashtiruvchi  tashqiot bosqichidan boshlangan. Birinchi yirik ijtimoiy mehnat 

taqsimoti dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, hamda uning ishlab 

chiqaruvchi  tashqiotga o’tishi, sug’orma dehqonchilikning "Buyuk" tarixiy daryolar 

va O’rta Dengiz sohili bo’ylarida yuzaga kelishi, ikkinchi yirik ijtimoiy mehnat 

                                         

1

 (World Regional Geography, 5 page). 



 

taqsimoti hunarmandchilikning rivojlantirish, shaharlarning va savdo sotiqning 



taraqqiyoti iqtisodiy geografik bilimlarga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi va 

iqtisodiy geografik tasavvurlar doirasi kengaydi. Mulkchilik munosabatlarining 

yuzaga kelishi, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari, fan, madaniyat, 

arxitekturaning rivojlantirish, qadimgi davlatlarning shakllanishi va rivojlantirish, 

boshqaruv shakllarining (monarxiya va demokratiya) yuzaga kelishi iqtisodiy 

geografiyani fan sifatida shakllanishi uchun shart-sharoitlarni hozirladi. 

XVI asr va XVII asrning birinchi yarmida texnika taraqqiyoti (Evropa) 

sanoatining rivojlantirishga, transport va savdoga kuchli ta’sir qildi. 

XVII asr o’rtalaridan boshlab fabrika-zavod ishlab chiqarishning bosh sohaga 

aylanishi (Evropada), AQSH (1776), Angliya mamlakatlarining jahon  tashqiotida 

muhim o’rin tutishi, milliy xo’jalik tizimlarining baynalminallashuvi va geografik 

mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning oqilona joylashtirish 

(I.Tyunen) nazariyalarini yuzaga keltiradi. 

XIX asrning 70-yillari va XX asr (1913 yil) boshlariga qadar bo’lgan 

bosqichda yirik sanoat, zamonaviy transport va xalqaro bozor jahon xo’jaligining   

shakllanishi  va  rivojlantirishga  olib  keladi.  Bu  bosqichda  sanoatni  oqilona   

joylashtirish-shtandort nazariyalarini yuzaga kelishi (A.Veber) iqtisodiy geografiyani 

fan sifatida shakllantirdi. 

XX asrning 50-yillarining o’rtalaridan boshlangan ilmiy-texnika inqilobi (ITI) 

tabiyat va jamiyat (T-H) o’rtasidagi munosabatlarni kengaytirdi va chuqurlashtirib 

yubordi, ishlab chiqarish tizimlarida ya xalqaro iqtisodiy munosibatlarda muhim sifat 

o’zgarishlari uchun yo’l ochdi. 

"Ijtimoiy va iqtisodiy geografiya" fani ko’plab fanlar bilan uzviy aloqada 

bo’lsada, bu fanlar bilan qo’shilib ketmaydi va mustaqil fan bo’lib jamiyatni xududiy  

tashqi etish va boshqarishni majmuali o’rganishi bilan ajralib turadi. "Iqtisodiy va 

sotsial geografiya" predmetining asosini ishlab chiqarish kuchlarining turli darajadagi 

tarmoq, tarmoqlararo va xududiy shakllanishi, rivojlantirish, yuritilishi va 

boshqarilishini takomillashtirishdan iborat jarayonlar  tashqi qiladi. Bu jarayonlar 

nihoyatda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va muammolarni o’z ichiga oladi: 

tabiiy muhit va tabiiy resurslar majmuasi, aholining demografik xususiyatlari va 

joylashish tizimlari-kichik qishloqdan (ovul)-to urbanizatsiyaning eng rivojlangan 

shakllariga (megapolis) qadar jarayonlar, moddiy ishlab chiqarishning yetakchi 

sohasi sanoat va uning tabaqalashgan tog’-kon, yoqilj’i-energetika, metallurgiya 

(qora va rangli), mashinasozlik, kimyo, o’rmon-sellyuloza, yengil, oziq-ovqat sanoati 

tarmoqlari, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish majmuasi (ziroatchilik va chorvachilik), 

transport tizimi va uning mamlakat, mintaqaviy, xalqaro mehnat taqsimotidagi 

integratsion hamda aholi xo’jaligi tarmoqlarini (mahalliy, mintaqaviy, xalqaro) 

xududiy  tashqi qilish va ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog’liq rivojlantirish, 

takomillashtirish va istiqbolli, mintaqaviy va umumbashariy muammolardan iborat. 

"Iqtisodiy va sotsial geografiya" fani na faqat ishlab chiqarish kuchlarining 

tarmoq va xududiy joylashtirish jarayonini o’rganibgina qolmay, balki jamiyatning 

xududiy  tashqi etishni takomillashtirish va boshqarish to’g’risidagi fan sifatida ham 

muhim o’rin tutmoqda. 


 

Har qanday fanning predmeti ta’rifi uning asosiy tamoyillarini o’zida aks 



ettirishi  shart.  Geografiya  fanining  tamoyillari:  birinchidan,  hududiylik 

geografiyaning xududiy munosabatlarisiz, makon tushunchasiz tasavvur qilib 

bo’lmaydi. Ammo shu bilan birga xududga o’ziga xos borlik sifatida turlicha 

yondashiladi.    Misol:    muxandislik    (yersozlik) hamda rayon planirovkasida   

ko’proq xududiy  tashqi etishga e’tibor buriladi. 

Ikkinchidan,  komplekslilik, o’rganilayotgan ob’ektga atroflicha yondashuv, 

uning aloqadorlikda ko’rishni taqozo etadi, o’rganilayotgan ob’ektga tizimli 

yondashiladi. 

Uchinchidan,  tarixiylik tamoyili-ijtimoiy va   tashqi jarayonlarni vaqt 

mobaynida o’zgarishi va rivojlanish  xususiyatlari hamda vaqt o’tishini tahlil   qilish 

orqali kelajak imkoniyatlarini o’rganish mumkinligini bildiradi. N.N.Baranskiy 

tarixiylik tamoyilini ko’yidagicha ta’riflaydi. "Mamlakt va rayonlar iqtisodiy 

geografik nuqtai nazardan ular oyog’I bilan yerga geologiya, geomorfologiya va 

tuproqshunoslikka tanasi bilan tarix orqali o’tishi, boshi bilan esa siyosat va 

mafko’raga tayanishi, tarqalishi kerak" deb uqtirgan. Tarixsiz, geografiya bo’lmaydi, 

ular bir-birini to’ldiradi, nemis olimi A.Gettner tarihilik   tamoyilini inkor etadi. U 

xronologiyani rad etib, xorologiyani tan oldi. Bu jihatdan u faylasuf I.Kant 

g’oyalariga asoslangan. 



To’rtinchidan,  ekologik  tamoyili-ishlab  chiqarishni  ijtimoiy  va  xududiy  

tashqi etish shakllari. Xususan ixtisoslashuvi uyg’unlashib ketadi. Masalan,   qancha 

ishlab chiqarishni ihtisoslashuvi, yuqori bo’lsa, (korxona yoki yirik korxonalar bir 

joyda ko’p bo’lsa) ekologik vaziyat buning aksi bo’ladi. 

Masalan: Boshqirdiston poytaxti shaxrining 3 ta yirik neftni qayta ishlash zavodlari 

mavjud. Ukrainaning Mariupol (Jdanov ) shaxrida yoki Rossiyaning Novokuznets 

shaxrida ham 3 ta metallurgiya korxonalari ishlab turibdi. Bu shaharlarning 

rivojlangan yirik sanoat markazlari hisoblanadi.   



Beshinchidan,  demotsentrizm tamoyili yoki antropotsentrizmdir - Ishlab 

chiqarish kuchlarini joylashtirishda, ilmiy-texnika taraqqiyoti va boshqalarda inson 

omili muhim o’rin tutadi. Shunday qilib bu tamoyillar iqtisodiy va sotsial 

geografiyaning mustaqilligini yanada mustahkamlaydi. 

Aytish  joizki,  mazkur  fanning  muayyan  bir  barqaror,  barchani 

qanoatlantiruvchi ta’rifi mavjud emas. Bunga sabab-geografiya fanining keng 

qamrovli, ob’ekt va nomining davr mobaynida o’zgarib turishi bo’lishi mumkin. Shu 

bilan birga iqtisodiy geografiya ta’riflarining ko’pchiligida ishlab chiqarish kuchlari, 

ularning joylashish xususiyatlari ta’kidlanadi.  Bular ushbu fanning o’zak 

tushunchasiga, aksiomasiga aylanib qolgan. 



Ishlab chiqarish vositalari va uning mohiyati - moddiy boyliklar va 

ne’matlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalari hamda ana shu 

ishlab chiqarish vositalarini muayyan ishlab chiqarish tajribasi bilim va mahoratlari 

bilan harakatga soluvchi kishilar jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini  tashqi 

kiladi. 

Ishlab chiqarish kuchlarining eng faol va harakatchan, hal qiluvchi tarkibi-

insonlardir. Insonlar ishlab chiqarishning moddiy-texnik asosini, fan va texnika 

yutuqlarini bilim va malakalarini qo’llab doimiy sur’atda o’zgartiradi. Ishlab 



 

chiqarish qurollari (mashinalar, dastgohlar, asboblar va boshqa) ham ishlab chiqarish 



kuchlarining  o’zgarishi avvalo  ishlab  chiqarish qurollarining o’zgarishidan 

boshlanadi. 



 Tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqadorlik va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni 

tadqiq qilish g’oyat murakkab jarayondir. "Iqtisodiy va sotsial geografiya" fani 

tadqiqotlarida quyidagi usullardan: 

a) tarmoqlar bo’yicha (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo’jaligining alohida 

tarmoqlarini, shuningdek, jahon xo’jaligining tarmoq tarkibini): 

b) rayonlar bo’yicha: (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo’jalik majmuasini): 

v) mahalliy (lokal). ya’ni alohida olingan sanoat korxonasini, firmalar faoliyatini, 

aholi qo’rg’onlari, dehqon-fermer va uy xo’jaliklari, assotsiatsiyalar va boshqa 

korxonalar xo’jalik faoliyatini tadqiq qilishda keng foydalaniladi. 

Tadqiqot usullari bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi: 

-tadqiqot muammosini shakllantirish; 

-ilmiy farazni shakllantirish, ya’ni tadqiqotni amalga oshirish uchun 

ma’lumotlar qanday usulda, qanday qilib to’planadi, shuni aniqlashitirib olish; 

 -ma’lumotlar to’plash;  

-to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash; 

 -xulosalash kabilar.

2 

Iqtisodiy va sotsial geografiya fanida tarmoqlar bo’yicha tadqiqot usullari 

muhim o’rin tutadi. Bu usul orqali jahon xo’jaligi, iqtisodiy rayon va mamlakat 

bo’yicha   tashqiot tarmoqlarining rivojlantirish va joylashishi xususiyatlari, 

tarmoqning iqtisodiy rayon va mamlakat xo’jalik ixtisoslashuvida tutgan o’rni, 

istiqbolda rivojlantirish hamda iqtisodiy rayonlarning shakllanishidagi o’rni tadqiq 

qilinadi;-rayonlar bo’yicha- ya’ni rayon - mamlakat xo’jalik majmuasini, mavjud 

tabiiy sharoit, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy resurslar hamda ilmiy-texnika inqilobi 

yutuqlari asosida samarali xududiy ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish va 

shakllantirish tadqiq qilinadi. Shuningdek, rayon va mamlakat bo’yicha majmuali 

tadqiqotda rayon va mamlakat hududida rivojlanayotgan shakllari, hududiy ishlab 

chiqarish majmualari va agrosanoat majmualari, vertikal va gorizontal ishlab 

chiqarish aloqalari hamda energiya ishlab chiqarish bosqichlari (sikllari) o’rganiladi; 

-"Iqtisodny va sotsial geografiya"  fani tadqiqotlarda tarixiy usul keng 

qo’llaniladi. Tarixiy usul ayni barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida va tabiiy 

fanlar tizimida ham muhim tadqiqot usuli xisoblanadi. "Iqtisodiy va sotsial 

geografiya" fanida tarixiy usul orqali ishlab chiqarish kuchlarining turli tarixiy 

bosqichlarida rivojlantirish, iqtisodiy aloqalar, xalqaro mehnat taqsimotining 

rivojlantirish va shakllanishi, xo’jalik va aholining xududlar bo’yicha joylashishi, 

tabiiy resurslarning o’zlashtirilishi, hududlarning aholi tomonidan o’zlashtirish xolati 

va bugungi ahvoli, xo’jalik rivojlantirish va joylashishi xususiyatlari o’rganiladi; 

-statistik usul-iqtisodiy-geografik va ekologik tadqiqotlarda muhim usullardan 

bo’lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va xududlar bo’yicha majmuali 

ma’lumotlar tizimini tadqiq qilish imkonini beradi. Statistik usul orqali xalqaro, 

                                         

2

 

Nicholas Clifford,Shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography, 34-page 



 

mintaqaviy va mahalliy  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimga doir  fakt  va raqamlar  tahlil 



qilinadi; 

- iqtisodiy rivojlantirish usuli - mamlakatlarning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy 

mintaqalarning mamlakat ichki mehnat taqsimotidagi o’rni, ixtisoslashuv xolatini 

o’rganish, mintaqalar bo’yicha uzoq muddatga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy va 

ekologik siyosatni ishlab chiqarish va amalga oshirish imkonini beradi;   



- sotsiologik so’rov (anketalashtirish) - tadqiqotlarda keng qo’llaniladigan 

usullardan bo’lib, aniq sharoitda hududlar, tarmoqlar bo’yicha keng ma’lumotlar 

olish imkonini beradi. Bu usul, ayniqsa, hududlardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy-

ekologik muammolar majmuasini aniqlashda, ishlab chiqarishni  tashkil qilishning 

turli shakllarida yuzaga kelgan muammolarni o’rganishda shuningdek, aholi va 

mehnat resurslari bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq qilishda zarur bo’lgan muhim 

ma’lumotlar yig’ish imkonini beradi; 

- taqqoslash usuli - xududlar xo’jaligi va aholining umumiy va o’ziga xos 

xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi va ko’proq o’quv maqsadlarida keng 

qo’llaniladi; 

- faktlar tahlili usuli - tarmoqlar o’rtasida va tarmoqlar ichidagi farqlar 

aniqlanadi va korxonalar yo’nalishi belgilanadi. Faktlar tahlili ko’plab xodisalarni 

umumlashtirish hamda tarmoqlarni modellashtirish uchun kerakli ma’lumotlarni 

tayyorlash imkonini beradi; 



- ijtimoiy-matematik modellashtirish-usuli xo’jalik va aholiga doir raqamlar 

majmuani tahlil qilish, o’rganilayotgan jarayonni miqdoriy baholash imkonini beradi;   



           - kameral statistika - yo’nalish  bu yoki siyosiy arifmetika deb ham ataladi.U 

Rossiyada vujudga kelgan. Kameral statistika fanini davlatlarni vujudga kelishi va 

davlatshunoslik asoslari, ya’ni davlatning boyligi tabiiy resurs potentsiali, shuningdek 

iqtisodiy salohiyati ya’ni, soliqlar tizimi, kredit tizimi, aholi daromadlari va harbiy 

sohani rivojlantirish usullarini ham o’rganadi; 

- tijorat geografiyasi- uning vujudga kelishi buyuk geografik kashfiyotlar 

bilan bog’liq. Geografik kashfiyotlar davrida mustamlaka va qaram davlatlar vujudga 

keldi, shuningdek, dengiz transporti rivojlantirish va boshqa omillar, davlatlararo 

savdo-sotiq ishlarini olib borishga tijorat geografiyasini vujudga kelishiga sababchi 

bo’ldi. 

N.D. Kondratevning "uzun to’lqinlar" nazariyasi. Dunyo  xo’jaligining 

uzoq muddatli rivojlanish shkalasidagi o’rnini aniqlashda 1892-1928 yillarda rus 

iqtisodchisi N.D. Kondratev tomonidan birinchi marta katta bosqichlar nazariyasi 

"uzun to’lqinlar" taklif etildi. Dunyo xo’jaligi rivojlantirishda 3 ta katta bosqichlarni, 

-industriyalashgacha bo’lgan rivojlanish, industriyalash bosqichi, industriyalashdan 

keyingi rivojlanish bosqichini va 3 ta birinchi, inkkinchi va uchinchi sanoat 

inqiloblarini hamda "uzun to’lqinlar"davrini, ya’ni N.D. Kondratev belgilagan 5 

davrni ko’rsatib o’tishi mumkin. 

4 ta "uzun to’lqin"ga teng keluvchi birinchi va ikkinchi sanoat inqilobi davrida 

qo’yidagi yetakchi mavzuga ega bo’ldilar. 

1-davrda to’quvchilik, xunarmandchilik 

2-davrda ko’mir ishlab chiqarish, qora metaplurgiyani yaratish, tikuvchilik 

3-davrda-metallurgiya, kimyo va og’ir mashinasozlik. 


 

4-davrda avtomatika, elektronika, organik kimyo,  mamlakatning turli 



tarmoqlari. 

N.Kondrativning 4 ta davri industriyalash bosqichiga to’g’ri keladi. 5-davr, -

rivojlangan davlatlarda industriyalashning keyingi rivojlanish bosqichiga to’g’ri 

keladi va uchinchi sanoat inqilobini anglatadi. Ushbu davrda elektronika, lazer 

texnikasi murakkab biotexnologiya va gen injeneriyasi kabi tarmoqlar yetakchi 

(tarmoqqa) mavqega ega bo’ladi. 

N.D. Kondratevning fikricha, "uzun to’lqin"lar endogen harakterga ega, ya’ni u 

bozor iqtisodiy xo’jaligiga xos bo’lib, ushbu xo’jalikning o’z-o’zini tartibga solishi 

uchun sharoit yaratadi. 

Fanning asosiy yo’nalishlari: 

1.Iqtisodiy geografiya yo’nalishi,  quyidagilarni  o’z  ichiga  oladi:  sanoat 

geografiyasi,  qishloq  xo’jalik  geografiyasi,  transport  geografiyasi, qurilish 

industriyasi, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish geografiyasi. 

2.Sotsial iqtisodiy geografiyasi: Unga quyidagilar kiradi: aholi va aholi punktlari 

geografiyasi, shaharlarning geografiyasi, Geourbanistika ham deb ataladi, qishloq 

joylari geografiyasi (Rur urbanistik), aholiga xizmat ko’rsatish geografiyasi, savdo, 

maorif, madaniy-maishiy, tijorat, meditsina geografiyasi (servis). 

3. Sotsial geografiya yo’nalishi: tibbiyot (nozo geografiya) geografiyasi, rekratsion 

va turizm geografiyasi. 

4.Din geografiyasi 

5.Jinoyat geografiyasi. 

6.Giopsixologiya-xudud: aholisining ruxiy holatini, aholini xulq atvorini o’rganadi. 

Menkantenizm ta’limoti ,XV asrda vujudga kelgan. U birinchi bank tizimini  

tashqi qilgan. Menkantinizm so’zi italyan so’zidan olingan bo’lib, «savdogar» degan 

ma’noni bildiradi. Uning asoschisi Jon Lok. 

Geografiya jamiyatlari: 1821 yil-Parijda, 1830 yil-Londonda, 1828 yil-

Berlinda, 1845 yil-Rossiyada  tashqi etilgan. 

         Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:  

1.   Iqtisodiy va sotsial geografiya fanining o’rganish ob’ekti, maqsadi va vazifalarini 

gapiring? 

2. Fanning asosiy tamoyillarini tushuntiring? 

3. Fanning asosiy tadqiqot usullari qanday? 

4. Iqtisodiy va sotsial geografiyaning vujudga kelishi shart-sharoitlari? 

5. Kondrativni uzun to’lqinlar nazariyasini tushuntiring? 

                    Tavsiya etilgan adabiyotlar 

 1.Чистобаев А.И., Шарыгин М.Д. Экономическая и социальная география.  Л., 

1990  

 2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 



 3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

 4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

 5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A.  P’hysische Geograhfie. Germany. 2002.  



 

7.Nicholas Clifford, Shaun French and Gill Valentine. Key Methods in 



Geography. 2010. 

8.Kulke E. Wirtschafts - geograhfie. -Munxen – Zurich: «Ferdinand  

9.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.  

10.  Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  

     

 

 



            Mavzu -2 : Hududiy mehnat taqsimoti   muammolari

                                  Reja: 

2.1.Hududiy, geografik, akvatorial mehnat taqsimoti. 

2.2.Hududiy mehnat taqsimotining asosiy omillari va darajalari.  

2.3.Hududiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv.  

2.4.Turli bosqichdagi bozorlarning shakllanishi.  

2.5.O’zbekistonda hududiy mehnat taqsimotini rivojlantirish masalalari.  



Tayanch so’z va iboralar: hududiylik, eksport, import, mehnat taqsimoti, Xalqaro 

mehnat.  taqsimoti,  ixtisoslashuv,  xalqaro.  savdo, tashqi.  savdo, konurbatsiya,  

tarixiylik,  axoli, ishchi ko’chi, migratsiya va uning turlari, ishchi ko’chining xalqaro 

migratsiyasi. 

Hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omilidir, U ijtimoiy 

mehnat taqsimotining muhim bir qismi yoki tomoni sifatida jamiyat, ijtimoiy-siyosiy 

rivojlanishga katta ta’sir ko’rsatadi. Maxsus ilmiy adabiyotlarda hududiy mehnat 

taqsimoti tushunchasiga o’xshash yaia boshqa iboralar ham mavjud: 'geografik 

mehiat taqsimoti, regional mehnat taqsimoti, akvatorial mehnat taqsimoti va h.k. 

Ularning orasida jiddiy farq yo’k, binobarin, mazkur tushunchalarni ma’nodoSh 

sifatida qabul qilish mumkin. Ularning ko’pchiligi bevosita yer, hudud, maydon, 

ya’ni "geo" — ga taalluqli bo’lib, faqat akvatorial mehnat taqsimoti dunyo okeani 

qismlarining xo’jalik ahamiyatini aks ettiradi. 

Dastlab hududiy (xalqaro) mehnat taqsimoti ta’limoti ingliz klassik 

iqtisodchilari A.Smit va D.Rikardolar yaratgan. Ular merkantilizmga  qarshi ochiq, 

erkin savdo,  ya’ni fritredizm  g’oyasini oldinga surishgan. Bu g’oyaning asosiy 

mohiyati har bir mamlakat yoki mintaqa o’zida nisbatan qulay va arzon mahsulotlari 

chetga chiqarib, bu yerda ishlab chiqarish harajatlari ko’p va qimmat mahsulotlarmi 

sotib olishdan, import qilishdan iboratdir. Bunday fikrlash asosida mutlaq va nisbiy 

(siyosiy) kulaylik yoki afzallik yotadi. Xuddi shunga o’xshash g’oya ishlab chiqarish 

omillari nuqtai nazaridan shved iqtisodchilari E.Xeksher va B.Olinlar tomonidan ham 

yaratilgan. Buning ma’nosi-har bir mamlakat o’zida arzon omil mahsulotini chiqarib, 

qimmat omil mahsulotini chetdan keltirish demakdir. 

Ko’rinib turibdiki, hududiy mehnat taqsimoti har bir joyning o’zida qulay va 

arzon bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini anglatadi. Ixtisoslashuv 

esa yaratilgan mahsulotning miqdor va sifat jihatidan yaxshi, uni mahalliy bozorlarni 

qondirgan holda boshqa mintaqaviy, xalqaro va jahon bozoriga chiqarish 

imkoniyatini nazarda tutadi yoki raqobatbardoshligini bildiradi. Aynan shu ma’noda 

xududiy mehnat taqsimoti tashqi savdo yuritishning asosi bo’lib xizmat qiladi, savdo 

esa, iqtisodchilar fikricha, har qaiday boylikning yaratuvchisidir. Yuqorida keltirilgan 


 

ilmiy goyalar bo’yicha bunday hududiy mehnat taqsimoti, mintaqalararo va xalqaro 



savdoda har ikki tomon ham yutadi. 

Hududiy mehnat taqsimoti  mamlakat  va  rayonlar  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotining muhim ko’rsatkichi, belgisi bo’lib xizmat qiladi.   

Avvallari,  hududiy mehnat taqsimotining shakllanishida asosan ichki 

omillarga, "Butunittifoq yoki umumittifoq" imtiyozlarga urg’u berilardi. Hozir esa bu 

jarayonni, eng avvalo, bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda  tashqi qilish talab 

etiladi. Demak, hududda faqat nima yetishtirish qulayligi emas, balki yaratilgan 

mahsulotling bozor talabiga mosligi, sifati, haridorgirligi, raqobatbardoshligi 

muhimdir. 

Albatta,"bozorbop"mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ichki imkoniyatlar, 

shart-sharoitlar, qulay investitsiya muhiti ham mavjud bo’lishi kerak. Aks holda 

hudud-mamlakat yoki mintaqaning iqtisodiy faolligi yuzaga kelmaydi. Bu xususda, 

avvalambor, tabiiy sharoit va tabiiy boyliklarning ahamiyati katta. Biroq, ta’kidlash 

joizki, tabiiy boyliklarning miqdori emas, ularning turli-tumanligi hududiy mehnat 

taqsimotini keng rivojlantirishga imkon beradi. Binobarin, tabiiy boyliklarning 

hududiy birikmalari, majmualari mamlakatda xo’jalikni har tomonlama  tashqi 

qilishga sababchi bo’ladi. 

Hududiy mehnat taqsimoti rivojlantirishning yana boshqa bir omili 

transportdir. Transport iqtisodiy muhitning «qon tomiri», harakatlantiruvchi kuchi, 

tashqi miqyosda esa mahsulot ayirboshlash, savdo-sotiq yurgizishning asosiy 

shartidir. Shuningdek, hududiy mehnat taqsimotida ishchi kuchi, mamlakatning 

geosiyosiy va geoiqtisodiy o’rni, ekologik holati, siyosiy barqarorligi, investitsiya va 

infratuzilma, fan-texnika taraqqiyoti kabi omillar ham ahamiyatlidir. 

Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, hududiy mehnat taqsimotini amalga 

oshirishda ham tashqi, ham ichki sharoitlar muhim rol o’ynaydi va faqat bu ikki 

tomonning o’zaro muvofiqlashgan holatidagiia u yaxshi iqtisodiy samara beradi. Shu 

bilan birga, hududiy mehnat taqsimoti mahalliy-ichki ijtimoiy va iqtisodiy 

muammolarni hal qilish, mamlakatning jahon hamjamiyati, xalqaro mehnat 

taqsimotida faol qatnashish maqsadlari ham bir-biri bilan uzviy bog’liq holda amalga 

oshirishi kerak. 

Yuzaki qaraganda, hududiy mehnat taqsimoti o’z mohiyatiga ko’ra mamlakat 

yoki jahon xo’jaligini hududiy bo’laklarga ajratadi, regionlashtiradi, chunki hududlar 

rivojlantirish, ixtisoslashuvi individuallashadi, "qo’shnisida" yoki ko’pgina boshqa 

joylarda rivojlanmagan sohalarga ustuvor ahamiyat beriladi. Ammo bunday tor 

darajada qarash masalaning faqat bir tomonini ifodalaydi, xolos. Sababi-hududiy 

mehnat taqsimoti mamlakat va rayonlar xo’jaligini ajratish asosida ularning o’zaro 

iqtisodiy aloqalariga,  integratsiya jarayonlariga erishiladi.  Bu har qanday 

taraqqyyotning qonuniyatidir, qolaversa, hudud xo’jaliklari tarqoq, qovushmagan 

(amorf) mamlakatda milliy  tashqiot bir butun, yagona tizim shaklida bo’lmaydi. 

Xalqaro miqyosda esa jahon xo’jaligi ham vujudga kelmaydi, globallashuv jarayoni 

kechmaydi. 

Hududiy mehnat taqsimotining turli darajalari, bosqichlari mavjud. Ularni ikki 

yirik guruhga ajratish mumkin: jahon miqyosidagi hamda davlatlarning ichki mehnat 

taqsimoti. O’z navbatida, ular ham bir necha bosqichlarga bo’linadi, Masalan, 


 

10 


birinchi guruxda (1) jahon mamlakatlari va xalqaro, ya’ni alohida mamlakatlararo 

mehnat taqsimoti ajratiladi. Barcha mamlakatlar orasidagi iqtisodiy munosibatlar 

jahon xo’jaliktizimi va bozorini vujudga keltiradi, alohida mamlakatlarning iqtisodiy 

integratsiya jarayonlari esa yirik mintaqalar iqtisodiy hamkorligi va bozorlarni 

shakllantiradi.

3 

Chunonchi, 1957 yilda  tashkil qilingan Umumiy bozor—hozirgi kunda 

o’zining tarkibini muntazam ko’paytirib borayotgan, 27 ga yaqin mamlakatni 

birlashtiruvchi Yevropa Ittifoqi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shuningdek, 

dastavval 1967 yilda asos solingan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining hududiy 

uyushmasi (ASEAN, hozir u 10 davlatni birlashtiradi) yoki 1989 yilda ta’sis etilgan 

Osiyo-Tinch okean iqtisodiy hamkorligi, SHimoliy Amerika erkin savdo uyushmasi 

(NAFTA) ham shular jumlasidandir. Xuddi shunday, hududiy-iqtisodiy ittifoq 

kelajakda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi doirasidaham shakllapishi mumkin. 

Davlat ichidagi (2) mehnat taqsimoti quyidagi bosqichlardan  tashqi topadi: 

2.1. Yirik iqtisodiy rayonlararo mehnat taqsimoti;   

2.2.Viloyat va boshqa turdagi ma’muriy-hududiy birliklar o’rtasidagi mehnat  

taqsimoti; 

2.3. Viloyat ichidagi mehnat taqsimoti . 

2.4. Mahalliy mehnat taqsimoti. 

Bu darajadagi hududiy mehnat taqsimotining tarkibiy  tuzilishi mamlakatlar 

maydonining katta-kichikligi  ijtimoiy-siyosiy vaziyatga ham bog’liq. Jumladan, 

sobiq Ittifoq va jahon sotsialistik tizimiiing barham topishi hududiy mehnat 

taqsimotining barcha bosqichlariga o’z tasirini ko’rsatdi,sotsialistik mamlakatlar 

o’rtasidagi iqtisodiy munosibatlar (o’zaro iqtisodiy  yordam  kengashi), Umumittifoq 

mehnat taqsimoti yo’qoldi. 

Siyosiy tizimning tubdan o’zgarishi,  tashqiotni  tashqi etish va boshqarishda 

markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlik, sotsialistik rejalashtirish tizimidan ochiq va 

erkin bozor munosabatlariga o’tish o’ziga xos, muvaqqat muammolarni yuzaga 

keltirdi. Masalan, sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasidagi (gorizongal) iqtisodiy 

aloqalarning buzilishi oqibatida barcha respublikalar-yangi mustaqil davlatlar ayrim 

qiyinchiliklarga duch keldi. Ayniqsa, bu muammo yuqori darajada rivojlangan, 

sanoatlashgan respublikalarda keskin tus oldi, chunki mazkur hududlardagi sanoat, 

asosan og’ir sanoat tarmoqlari ko’p jihatdan tashqi omillarga, mamlakatlararo 

iqtisodiy  integratsiyaga  bog’liq  bo’lgan.  Qisman  bunday qiyinchiliklarni 

O’zbekistondagi yirik sanoat markazlarida ham ko’rish mumkin. Ma’lumki, hozircha 

Toshkentdagi yirik mashinasozlik korxonalari, CHirchiq, Angren sanoatining 

rivojlanish holati uncha yaxshi emas. 

 Hududiy mehmat taqsimoti qaysi bir ma’noda o’ziga xos iqtisodiy geografik 



jarayon  sanaladi; uning natijasida yangi yerlar o’zlashtiriladi, yangi xo’jalik 

tarmoqlari shakllanadi,  tashqiotning tarmoqlar va hududiy tarkibida o’zgarishlar yuz 

beradi, shahar va iqtisodiy rayonlar, o’sish kutb va markazlari vujudga keladi. Aynan 

shuning  uchun  ham  hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy geografiya fanining 

                                         

3

 



Hagget ‘. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.

 


 

11 


fundamental  tushunchasi  hisoblanadi.  CHunki,  bu  fanning  qolgan  barcha 

tushunchalari bevosita yoki bilvosita hududiy mehnat taqsimotidan kelib chiqadi. 

 Xulosa qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimotining quyidagi jihat yoki 

xususiyatlarini ko’rsatish mumkin: 

- hududiy  mehnat taqsimoti    tashqi  geografiya  fanining 

asosiy tushunchasi; 

- uning shaklanishi va rivojlantirish mamlakat yoki rayonlar 

etukligini belgilovchi ko’rsatkich; 

- hududiy mehnat taqsimoti rivojlantirishda tabiiy sharoitning turli tumanligi, 

tabiiy resurslarning hududiy birikmalari katta ahamiyatga ega; 

-    hudududiy    mehnat    taqsimoti    muayyan    hududda    muayyan 

  mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi; 

-   hududiy   mehnat   taqsimotida   ixtisoslashuv   asosiy   omil hisoblanadi   va   

u,   albatta,   ichki   va   tashqi   bozorda   tovar almashinuvini nazarda tutadi; 

- hududiy mehnat taqsimoti rivojlantirishda transportning o’rni katta va bu 

bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni ham amalga     oshiradi; 

-    hududiy     mehnat     taqsimoti     milliy     va     mintaqaviy  iqtisodiotning 

diversifikatsiyalashuviga olib keladi; 

-     hududiy       mehnat      taqsimoti       tashqi      rayonlar shakllanishining 

moddiy negizi sanaladi va h.k. 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling