Namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi» Filologiya fakulteti dekani, p f. n., dots. Abdullayev K


Download 457.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.06.2020
Hajmi457.67 Kb.
#121407
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chet til oqitish metodikasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 



     «Himoyaga ruxsat etildi» 

Filologiya fakulteti dekani, p.f.n.,  

dots. Abdullayev K.___________ 

    «___» _____________ 2018 y.

  

 

5120100-Filologiya va tillarni o`qitish (Nemis tili) 



 Ta’lim yo`nalishi bitiruvchisi 

Valijonova Muhayyo 

 

 



“Chet til o’qitish metodikasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar” 

mavzuidagi 

 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 



 

 

«Himoyaga tavsiya etildi» 



Nemis va fransuz tillari kafedrasi mudiri 

_________    Z.Tursunov

 

 

«___» _____________ 2018 й. 

 

                                       



BMI rahbari:____________ 

f.f.n dotsent 

S.Saydaliyev

 

 



 

Namangan-2018

 



CHET TIL O’QITISH METODIKASIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK 



TEXNOLOGIYALAR 

KIRISH  

 

ASOSIY QISM 

 

1-BOB. CHET TIL O’QITISH METODIKASIDAGI   ZAMONAVIY 

METODLAR 

1.1.  Kommunikativ didaktika metodi 

1.2.  Madaniyatlararo muloqotni o’rgatish metodi 

1.3.    Mashqni tashkil qilish metodi 

 

2-BOB.  ZAMONAVIY  TA’LIM  TIZIMIDA  PEDAGOGIK 

TEXNOLOGIYALAR 

2.1. Chet til o`qitish metodikasida ta`lim texnologiyalari va ularning 

mohiyati 

2.2. Chet til o’qitish jaroyonida qo’llaniladigan zamonaviy texnologiyalar 

va ularning turlari 

2.3.  Chet til o’qitish metodikasida zamonaviy pedtexnologiyalardan 

foydalanish istiqbollari  

 

3-BOB. 



OLMON  TILI  O’QITISHDA  PEDAGOGIK 

TEXNOLOGIYALARNING O’RNI 

3.1.  Olmon tili darslarida zamonaviy pedtexnologiyalardan foydalanish 

3.2.  Olmon tili o`qitishda keys stadi texnologiyasidan foydalanish 

3.3.  Olmon tili o`qitishda klaster texnologiyasidan foydalanish 

 

XULOSA  

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ma’lumki, chet tillarini o’rganish va o’rgatish barcha rivojlangan va 



rivojlanayotgan mamlakatlar qatori Vatanimiz - O’zbekistonda ham zamon 

talabiga aylandi. Chet tillarini o’rganish uchun yoshlarga, qolaversa barcha 

yurtdoshlarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar o’zining ijobiy natijasini 

isbotlab bermoqda, desak mubolag’a bo’lmaydi. Nafaqat chet tillari misolida, 

balki ilm dunyosining barcha jabhalarida jiddiy o’zgarishlar, yangilanishlar 

amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday ulkan bunyodkorlik ishlarining boshida 

yurtboshimizning ko’rsatgan jonbozliklari, yoshlarga bo’lgan e’tibor, kelajakga 

ishonch tuyg’usi yotadi.    

         

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX  sessiyasi  (1997-yil  29-

avgustda) qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng 

ko’lamda,  muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining 

“Ta’lim tog’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrda “Chet tillarini 

o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tatbirlari tog’risida”gi 1875-

sonli PQ qarori mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab 

voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir.  

Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim 

jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan 

birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga 

oshirishi lozim. Jahon ilm fanining zamonaviy yutuqlaridan bahramand bo’lish, 

davr talabidir. Bunga esa faqatgina chet tillarini mukammal bilish, tilga oid 

barcha qonun-qoidalarni egallash zarur. Shu  maqsadda chet tillarini 

o’rganishning yanada samarali yo’llarini izlash, turli xildagi o’qitish metodlarini 

yaratish olimlarimiz, izlanuvchi o’qituvchi va bilimli yoshlarimiz oldida turgan 

dolzarb vazifa hisoblanadi. O’zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimiga chet 

tillarini o’rgatish bo’yicha xalqaro ta’lim standartlarini joriy qilish va chet 

tillarining Umumyevropa kompetensiyalari: o’rganish, o’qitish va baholash 

darajalariga asoslanish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi qaror ijrosini 

ta’minlash maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo’yicha yangi davlat 


 

ta’lim standartini tasdiqlash tog’risida”gi 2013-yil 8-maydagi qarori asosida 



xorijiy tillar fani uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga 

tatbiq etish borasida bir qator ko’rsatmalar belgilab qo’yilgan. 

Jahon amaliyotida talabala-yoshlarning xorijiy tillar bo’yicha kasbiy 

kompetentligini  (layoqatlilik)  rivojlantirishda  chet  tillardagi  nutq 

kompetensiyasini  shakllantirish,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni 

qo’llashga doir innovatsion faoliyatni modernizatsiyalash, og’zaki nutqqa 

differensial yondashgan holda va nutq odobi kompetensiyalarini bosqichma-

bosqich shakllantirish, ta’lim samaradorligini oshirish, o’quv fanlari bo’yicha 

electron o’quv vosita va darsliklar yaratish, ta`lim berishda zamonaviy axborot- 

kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanish  imkoniyatini  kengaytirish  

alohida ahamiyatga molikdir. Bu o’z navbatida, talabala-yoshlarning mazkur 

fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishning aosiy omili bo’lib, ta’lim-

tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.  Mamlakatimizda ta’lim tizimida 

amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar tufayli navqiron avlodning 

zamonaviy bilim olishi, komillikka yetishishi uchun beqiyos imkoniyatlar 

yaratilgan. Bugun O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqorolik 

jamiyati qurish yo’lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi 

tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim 

ustuvorligi qaror topdi. Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni 

tayyorlashda, o’qitishning hozirgi zamon tizimlari va zamonaviy pedagogik 

texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ilg’or, 

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ijobiy hislati shundaki, unda qo’yilgan 

maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va 

natijaviy amalga oshiriladi. Darhaqiqat, dars-mashg’ulotlarining muvaffaqiyatli 

tashkil etishning 80% i ta’lim jarayonini tog’ri loyihalashtirish, tashkil etish va 

uni amalga oshirishga bog’liqdir.    



Bitiruv  malakaviy  ishining  dolzarbligi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada 

rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi tog’risida”gi qarori, 2012- yil 10- 

dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashrirish chora-



 

tadbirlari tog’risida”gi 1875-sonli PQ qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli 



boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda 

ushbu bitiruv malakaviy tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Usbu bitiruv 

malakviy ishining dolzarbligi tog’risida so’z ochishdan avval, “zamonaviy 

ta’lim” tushunchasiga to’xtalib o’tamiz.  

Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g’oyaviy 

uyg’unlik ta’lim-tarbiya  jarayonida  milliy  merosning  ma’naviy–ma’rifiy 

zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaralganda 

buyuk ajdodlarimiz, allomayu mutafakkirlarning asrlar davomida yaratgan boy 

ma’naviy merosi yosh avlodni komillik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati 

bugungi kunda ham o’z ta’sirini yo’qotgani yo’q. Shu o’rinda 1- Prezidentimiz 

I.A. Karimovning quyidagi iboralari yodimga tushdi. “Shuni unutmaslik 

kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha 

aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun 

qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”. Demak, o’qituvchi-pedagogning 

muhim vazifalardan biri bu yosh avlodga yetarli bilim va tarbiya berishdir. 

O’quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, 

kutilayotgan natijani tog;ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini 

tog;ri tanlash, talabalarning bilim, ko’nikma va malakalrini baholashni aniq 

mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg’ulotlarga ajratilgan vaqt ichida 

ularni tog’ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg’unlashuviga e’tiborni qaratish 

maqsadga muvofiqdir. Bunday vazifani amalga oshirish uchun esa, o’quv-

tarbiya jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash va ularni 

amalda natijaviy qo’llash amaliyoti turadi. Ta’lim jarayonini zamonaviy 

pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati Kadrlar tayyorlash milliy 

dasturini ro’yobga chiqarish shartlaridan biridir. Respublikamizning barcha ilm 

dargohlari: maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, 

kasb hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim dargohlarida tahsil 

olayotgan yoshlarni zamonaviy, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari 

bo’yicha yangi bilimlar tizimi bilan quurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr 

talabidir. Pedagogik texnologiyalarni qo’llash muammoli xususiyatlardan biri 



 

sifatida o‘quvchilarning bilimini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va 



amaliy bilish faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. O’quvchi o’z fikrni erkin 

bayon etishi, mavzuni guruh yoki jamoa ichida erkin yoritib berishida esa bu 

kabi pedagogik texnologiyalarning o’rni katta ahamiyatga egadir. Yuqoridagi 

fikr va mulohazalardan ko’rinib turibdiki, ushbu bitiruv malakviy ish mavzusi 

bugungi kunda muallim, metodist va olimlar oldida turgan va yechimini 

kutayotgan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.   



Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.  O’quvchilarga, talaba- 

yoshlarga til o’rgatishda yangi, zamonaviy pedtexnologiyalarni yaratish, ularni 

amalda qo’lash, tatbiq etish hozirgi kunda eng muhim masalalardan biri bo’lib 

kelmoqda. Avvalambor, chet tili va uning metodikasini o’qitishning maqsadlari 

jamiyatimiz va davlat manfaatlari talablariga mos kelishi va javob berishi lozim. 

Bitiruv malakaviy ishining vazifasi sifatida ushbu maqsadni amalga oshirish 

uchun quyidagilar belgilab olindi: 

Ø

  Chet til ta`limi jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash 



borasida chet el va vatanimizning bir qator olimlari nazariy fikrlari, 

metodlari va tavsiyalarini tanqidiy o’rganish va ishimiz uchun 

xulosalar chiqarish; 

Ø

  Pedagogik  texnologiyalarni  qo’llash  masalasida  materiallarni 



tanlash va taqsimlanishi kerak bo’lgan materiallarni to’liq va 

batafsil o’rganib chiqish; 

Ø

  Chet til o’qitish metodikasini o’rgatishda zamonaviy pedagogik 



texnologiyalarni qo’llash, turli texnologiyalardan dars jarayonida 

foydalanish imkoniyatlarini o’rganish; 

Ø

  Ta’lim jarayonida pedtexnologiyalarni qo’llash, tadqiqot natijalarini 



ilmiy jihatdan asoslash va amaliy ishlab chiqish va ularni nemis 

tilini o’rgatish jarayoniga tatbiq etish; 

Ø

  Chet til o’rgatish jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanish 



borasida amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish. 

Tadqiqot  obyekti.  Ushbu “Chet til o’qitish  metodikasida  zamonaviy 

pedtexnologiyalar” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining obyekti bo’lib chet 



 

til  o’rganish  va  o’rgatish  jarayonida  foydalaniladigan  zamonaviy 



pedtexnologiyalar xizmat qiladi.  

Tadqiqot predmeti.  Olmon  tili o’rgatish jarayonida  foydalaniladigan 

zamonaviy pedagogik metodlar tadqiqot predmeti hisoblanadi. 



Metodologik asosi. O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining  asarlarida 

ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim tizimini  qaytadan  isloh  etib,  jahon  ta’lim tizimi 

darajasiga yetkazish, uning dolzarb muammolarini ilmiy tahlil qilish tog’risidagi 

ijtimoiy-falsafiy  fikr-mulohazalari,  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim 

tog’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va 2017-yilning 5-

fevraldagi  “O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo’yicha 

Harakatlar strategiyasi tog’risida“gi qarori bitiruv malakaviy ishimiz uchun 

metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishi materiali sifatida 

o’zbek va chet el tilshunos, metodist, psixolog, pedagog olimlarning ishlaridan 

foydalandik. 



 Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.     Ushbu  bitiruv 

malakaviy ishi kirish, asosiy qism (3-bob va 9-paragrif), xulosa, foydalanilgan 

adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, umumiy hajmi 58-betni tashkil etadi. 

 I-Bob: CHET TIL  O’QITISH METODIKASIDAGI  ZAMONAVIY 

METODLAR  deb nomlangan. Ushbu bobda, chet til o’qitish metodikasi 

haqida, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, chet til o’qitish metodikasida 

qo’llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so’z 

boradi. 



II-Bob: 

ZAMONAVIY  TA’LIM  TIZIMIDA  PEDAGOGIK 

TEXNOLOGIYALAR  deb  atalib,  bu  bobda  pedagogik  texnologiya 

tushunchasining mohiyati, kelib chiqishi, hozirgi zamon ta’lim tizimidagi 

pedagogik texnologiya turlari haqida, olimlarning turli fikr-mulohazalari, 

prezidentimizning shu mavzu to’g’risidagi qaror va ijrolar, ta’lim tizimiga 

pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish va ulardan foydalanish misollar bilan 

izohlab berilgan. 



III-Bob:  OLMON TILI O’QITISHDA PEDTEXNOLOGIYALARNING 

O’RNI deb nomlangan. Bu bobda nemis tili metodikasida, nemis tili o’qitishda 

 

metodlardan unumli foydalanish, keys stadi va klaster metodlaridan olmon tilida 



foydalanish, oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar 

samarasi, natijalari to’g’risida, yangi metodlarni dars jarayonida qo’llash usullari 

to’g’risida so’z boradi. 

 

 



 

 

 



1. BOBChet til o’qitish metodikasida zamonaviy metodlar. 

        


Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish innovatsion pedagogikani 

keltirib chiqardi. Innovatsion-  inglizcha “yangilikni kiritish (tarqatish)” 

ma’nolarini anglatadi. Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti Amerika 

tadqiqotchisi E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni 

qatnashchilarining tasnifi,  ularning  yangilikka  bo’lgan  munosabati va 

boshqalarni o’rgangan.  Ilmiy  yo’nalishlarda  yangilik  va  innovatsiya 

tushunchalari o’zaro farqalanadi. “Yangilik”- bu vosita, yangi metod, metodika, 

texnologiya ma’nosini anglatadi. “Innovatsiya”- bu ta’lim, ma’lum bosqichlari 

bo’yicha rivojlanadigan jarayon hisoblanadi. Jahon ilm-fan taraqqiyoti kundan 

kunga gurkirab, rivojlananib bormoqda. Aynan bu ijobiy rivojlanish bizning 

diyorimizga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Ilm dunyomizga ilg’or innovatsion 

texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Buning ijrosi sifatida, Yurtboshimiz tomonidan 

joriy yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab–

quvvatlash yili” deb nomlashi ham mamlakatimiz yoshlarinining ma’suliyatini 

yanada  oshirdi.  Ta’lim  sohalariga  ilg’or,  zamonaviy  innovatsion 

texnologiyalarning keng tatbiq etilishi ham chet til o’rganayotgan yoshlar uchun 

keng imkoniyatlar, marralar eshigini ochdi, desak xato bo’lmaydi. 

           

Til  o’rganish  kishilik  jamiyatida  bag’oyat  muhim  sohalardan  biri 

hisoblanadi. Muloqot vositasi bo’lmish tilni tabiiy muhitda ya’ni oilada, 

jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til 


 

hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o’rgatiladi. Xalqaro munosabatlar 



avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko’p tillilik ulkan ahamiyat kasb 

etadi. Mamlakatimizda tahsil oladigan o’quvchi va talabalar odatda uch tilni 

o’rganadilar. Ushbu tillar maxsus nomlar bilan yuritiladi. Bular quyidagilar: ona 

tili, ikkinchi til, va chet til.  Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat 

o’taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida so’z yuritilganda, unga 

boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo’shnilar tili sifatida qaraladi 

(Jololov, 2012). 

Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G’arbiy Yevropa (ingliz, 

ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari 

o’qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta’lim muassalarining o’quv rejalaridan o’rin 

olgan. Uchala tilni o’qitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til 

tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o’rganiladi. Chet tildagi muloqot, 

asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchla til orasida chet tilni 

o’rganish va o’rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o’z 

navbatida, tegishli chet til o’qitish texnologiyasini qo’llashni taqozo etadi. Chet 

til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o’zlashtirish orqali o’quvchi- 

talabaning to’plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada 

takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o’rgatish uning metodikasini 

bilishni taqozo etadi. Chet tillarni o’rganish va o’rgatish ko’p jihatdan chet til 

o’qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan ishlab chiqilishiga va 

nazariyaning amalda ijodiy qo’llanilishiga bog’liqdir. Shu sababli chet til 

o’rganish va kelgusida uni boshqalarga o’rgatish uchun bel bog’lagan inson chet 

til o’qitish metodikasi fani predmetini yaqindan anglashi darkor. 



Metodikaning predmeti- chet til predmeti orqali ta’lim- tarbiya berish 

jarayoni va usullari, chet til o’rgatish ilmi, muallim va o’quvchi faoliyatini 

o’rganish metodikaning predmeti sanaladi (Jololov, 2012).   

Metodikaning asosiy tushunchalari- metod, usul, prinsip. Didaktika- nimani 

o’rgatamiz? o’qitish mazmuni hisoblanadi. Metodika- qanday o’rgatamiz? ta’lim 

usullari va metodlari demakdir (Saydaliyev, 2004). Metod- metodika 

tushunchasi grek-lotincha “metodos-“metodus” so’zidan olingan bo’lib, ma’lum 


 

10 


maqsadga eltuvchi yo’llar, usul ma’nosini anglatadi. Turli adabiyotlarda 

atamaning tor va keng ma’nosini uchratish mumkin. “Metodika” atamasi tor 

ma’noda ta’limning konkret dars jarayoni bilan bog’liq tushunchani anglatadi. 

Mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’quv materiallarini tayyorlash bilan bog’liq 

bo’lgan ko’rsatmalarni qamrab oluvchi boshqariladigan dars jarayoni sifatida 

talqin etiladi (Jololov, 2012). “Metod” atamasi keng ma’noda o’quv materialini 

tanlash, tabaqalash va taqsimlanishni nazarda tutadi. Germaniya Federativ 

Respublikasida 60-yillardan boshlab “didaktika” va “metodika” tor ma’noda 

qo’llanilib kelinmoqda. Shunga ko’ra didaktika ta’lim mazmuni nima 

o’rgatiladi? Metodika esa ta’lim usullari qanday o’rgatiladi? Masalalari bilan 

shug’ullanadi (Neuner, 2001). Chet tillarini o’rganish faqat aqliy tarbiya vositasi 

emas, balki o’zga madaniyat ta’limiy boyliklari va qadryatlari bilan tanishish va 

ularni o’z madaniy hayotiga tadbiq qilish orqali kishi shaxsining shakllanish 

jarayoni hisoblanadi. Yevropada chet tillarni o’rganish uzoq vaqt yuqori 

darajadagi ta’lim olishda imtiyoz sanaladi va jamoat maktablarida imtiyozga ega 

bo’lgan kishilarni tarbiyalash deb qaraladi (Neuner, 2001).   

Chet til o’qitish metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu 

davr ichida chet til o’qitish metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini 

kuzatish mumkin. Bunday qarashlardan biri akademik L.V.Shcherbaga mansub 

hisoblanadi. Uning fikricha, har qanday fanni o’qitish metodikasi fan bo’lishiga 

qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi 

(Shcherba, 1974). Jumladan, chet til o’qitish metodikasi ham faqat psixologiya 

dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga 

asoslanadi. Agar tilshunoslik til hodisalarining kelib chiqishi va harakatlanish 

qonuniyatlari bilan shug’ullansa, metodika bu qonuniyatlarga asoslanib zarur til 

hodisasidan amalda foydalanish uchun nima qilish kerak degan savolga javob 

beradi. Metodikaga oid kitoblarning eng qimmatlilari ham tilshunoslar 

tomonidan yozilgan. Bular jumladan XIX asr fonetistlaridan biri va buyuk ingliz 

tilshunosi G.Suit, XIX asr oxiri va XX asr boshida Angliyada eng original 

fonetist va nazariyotchi tilshunos hisoblangan O.Yesperson, XIX asrning oxiri 

va XX asr boshlarida  eng ko’zga ko’ringan fransuz lingvistlaridan F.Bryuns va  


 

11 


Brealya, ko’zga ko’ringan anglist va taniqli fonetist V.Fiyotor va boshqalar 

kiradi. Rossiyada til o’qitish metodikasi masalasi bilan akademik L.V.Shcherba 

va uning ustozi buyuk tilshunos olim I.A.Boduen-de-Kurtone va ularning 

shogirdlari shug’ullanganlar. Chet til o’qitish metodikasiga psixologlar o’zgacha 

munosabatda  bo’ldilar.  Metodika  va  psixologiya  fanlarning  o’zaro 

munosabatlari haqida professor V.A.Artemov qimmatli fikr bildirgan. Uning 

fikricha, psixologiya metodika uchun material beradi.  Metodika o’qituvchining  

qanday dars o’tishini o’rganadi. Psixologiya esa, o’quvchilarning bu predmetni 

qanday o’zlashtirib olayotganliklari bilan shug’ullanadi. Lekin, bu fikrga to’la 

qo’shilib bo’lmaydi. Chunki o’qituvchi dars berish jarayonida, o’quvchi esa 

o’zlashtirish davrida ma’lum ruhiy jarayon va holatlarni boshdan kechiradilar, 

ular xohlaydilarmi, yo’qmi psixologiyaning qonunlariga ro’baro bo’ladilar va 

ta’sirlanadilar (Saydaliyev, 2004). 

Metodika  tarixga  oid  adabiyotlarni  chuqurroq  o’rganish shuni 

ko’rsatadiki, ayrim tadqiqotchilar metodikani san’at deydilar. Ular odatda 

fransuz metodisti Penlash fikriga ishora qiladilar, ya’ni “yaxshi” yoki “yomon” 

metod yo’q “yaxshi” yoki “yomon”  o’qituvchilar bor. Bunday fikrdagi 

kishilarga nemis metodisti E.Ottoning 1924-yilda bayon qilingan fikrlari bilan 

javob berishi mumkin. U jumladan shunday deydi: “Agar kimki metodikani 

san’at deb hisoblar ekan, u fan nazariyasini uning amalda qo’llanishi bilan 

qorishtirib yuboradi” (Saydaliyev, 2004).  

Har bir fanda o’z tushunchalar yig’indisi mavjud. Chet til o’qitish 

metodikasida qabul qilingan asosiy tushunchalar qatoriga quyidagilarni kiritish 

mumkin: ta’lim sistemasi, ta’lim metodi, ta’lim prinsipi, ta’lim vositasi, metodik 

usul.  

Chet til o’qitish metodi-  deyilganda  chet  til o’rgatishning  amaliy, 

umumta’limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  maqsadlariga  erishuvni 

ta’minlovchi muallim va o’quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod 

atamasi “ta’lim usullari yig’indisi” va “ta’limning yo’nalishi” ma’nolarida 

qo’llanadi. Birinchisi ta’lim nazariyasida jarayon metodlar ma`nosida ishlatilsa, 

ikkinchi ma’noda uni o’qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz 



 

12 


mumkin. Masalan, chet til o’qitishning tarjima metodi, tog’ri metod, ongli-

qiyosiy metod, an’anaviy metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi. 

Tabiat va jamiyat hodisalari o’zaro bog’langan va uzluksiz aloqada 

rivojlanadi. Fanlar obyektiv voqelikning inikosi ekanligi uchun ularning hech 

biri boshqalaridan ajralgan holda mavjud emas. Hodisa va predmet ayni 

zamonda bir talay fanlarning tadqiqot manbai bo’la oladi, misol uchun, “til” 

ijtimoiy hodisasini o’z nuqtai nazaridan tilshunoslik (lingvistika), ruxshunoslik 

(psixologiya), ta’limshunoslik (didaktika) o’rganadi. “Chet til metodikasi” 

atamasi kishi ongida quyidagicha ya’ni assotsatsiya  “bog’lanish”  uyg’otadi: 

avvalambor, tilni o’rgatishga qaratilgan metod va metodik usullar yig’indisi 

tushuniladi yoki o’qitish metodlari haqidagi ilmiy bilimlar va nihoyat, mustaqil  

pedagogik  fan  ko’z  oldimizga  keladi.  Chet til o’qitish metodikasi didaktika 

bilan uyg’un, o’zaro bog’langan holda rivojlanib kelgan. Barcha o’quv 

fanlarining o’qitish nazariyalari didaktika faniga asoslanishi, undan ilmiy ozuqa  

olishi  shubhasiz barchamizga ma’lum. Chet til o’qitish ham didaktikaga 

asoslanadi. Didaktika ta’limining umumiy nazariyasi, metodika muayyan o’quv 

predmetini o’qitish ilmi, lingvodidaktika tillarni o’qitish umumiy nazariyasi, 

lingvometodika aniq bir tilni o’qitish ilmi sifatida qaraladi. “Metod” atamasi 

bilim, malaka, ko’nikmani egallash, o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish 

va bilish imkoniyatlarini yaratish yo’lidagi o’ituvchi-pedagog va talabaning ish 

usuli ma’nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha son –sanoqsiz ta’riflarga ega. Chet 

tillar o’qitilishida metodlarni tatbiq etish uzoq davrlardan boshlangan, prinsiplar 

esa nisbatan yangiroq metodik atamalardir. Tarixan metodlar to’rt guruhga 

birlashtirilib, ularning nomlariga “tarjima”, “tog’ri”, “qiyosiy”, “aralash” deb 

atash qabul qilingan.  

Metodlar tarixi atoqli metodist prof. I.V.Raxmanov tomonidan chuqur 

o’rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko’rinishda bo’lib, grammatika-tarjima 

va matn-tarjima metodlari nomi bilan yuritiladi. Grammatika-tarjima metodi 

nuqtayi nazaridan chet til umumta’limiy maqsadda o’rganilgan. Grammatik 

mashqlar til o’rganuvchining  mantiqiy tafakkurini o’stirish maqsadida 



 

13 


bajarilgan. Grammatik bilimlarni bayon etish ta`limning asosiy maqsadi deb 

qabul qilingan. Bu metodning asosiy prinsiplari quyidagilar: 

1.  Til o’rganish yozma nutqqa asoslangan. 

2.  O’rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe 

ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli 

bo’lgan. 

3.  Oldin, grammatik qoida yod olingan, so’ng esa qoidalar asosida gaplar 

tuzish tavsiya qilingan. 

4.  Grammatik shakl va so’zlarning ma’nosi so’zma-so’z tarjima 

vositasida ochib berilgan. 

5.  So’zma-so’z tarjima va quruq yodlash yo’li bilan til materiali 

o’zlashtirilgan. 

6.  So’zlarni kontekstdan tashqarida, yakka yodlash bilan chegaralanilgan 

(Rahmanov, 1975). 



Tarjimasiz metod.  Mazkur metodning turli ko’rinishlari tarixan ma’lum. Ularni 

ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va tog’ri metodlar. Tabiiy metodda 

chet tilni o’rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo’lishi kerak. 

Metodning bosh maqsadi chet tilda gapirishni o’rganish orqali o’qish va 

yozishni o’rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g’oya amaliy maqsad 

tarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi- 

til muhitini yaratishdir. Olg’a surilgan metodik prinsiplarni amalda qo’llash 

bobida turli yondashuvlar paydo bo’lgan. Metod namoyondalarining ijodiy 

faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin. 

     

Chet til ta’limidan ko’zlangan maqsadning yangicha talqinida, asosan, 

pragmatik   tilshunoslik  tadqiqotlari  natijalariga  tayanildi.  Tilshunoslikning  

bu sohasi  tilni  tilga oid  shakl  tizimi  emas,  balki  inson  faoliyati  sohasi  deb  

talqin qiladi.  Chet til  ta’lim  sohasida  70-yillarning  boshidan  beri  to’plana  

boshlangan  yangi  xulosalar  majmui  ta’lim  maqsadini  belgilash  sohasida  

qizg’in  munozaralariga  olib  keldi.  Chet til  ta’limining  asosiy  yo’nalishlarini  

belgilovchi  maqsadi  o’quvchilarga  “muomala  qilishni  o’rgatish”, 

“Befaeigung   zur Kommunikatsion” (kommunikative Kompetenz)   bo’lgan  


 

14 


yangi  o’quv  rejalari  qabul  qilindi. 70-yillarda “kommunikativ metod” bir 

qator urinishlardan  so’ng  bir necha bosqichda  o’z isbotini  topdi. Shunday 

asnoda metodika fani rivojlanib bordi (Neuner, 2001). Hech qaysi chet tilni biz 

uning metodikasini chuqur o’rganmasdan egallay olmaymiz. Chet til o’qitish 

metodikasida “kommunikativ didaktika”  metodi ham ahamiyatga  molik 

sanaladi. Kommunikativ didaktika quyidagilarni o’zida mujassamlashtiradi

-   Ochiq  va moslashuvchan dars konsepsiyasi; 

-   mavzu  va mazmun muhim; 

-   darsdagi asosiy ish shakli suhbatlashish va guruh bo’lib ishlash;   

-  o’quvchilarni faollashtirish va tildan ijodiy va erkin foydalanishga  

    e’tibor  katta bo’lishi zarur; 

-  Tushunishdan fikrni izhor qilishga prinsipi asosida mashqqa kuchli 

e’tibor berish; 

-  Ma’noni ochishda, harakat ko’lamini belgilashda va mashqni tashkil 

qilishda vizualizatsiya (ko’rish tayanchi) muhim ro’l o’ynaydi; 

-  Kundalik nutqiy muloqotni hayotiy vaziyatda o’rganish (dialogni 

mashq qilish); 

-  Tildan og’zaki foydalanish va shu bilan birga asliy matnlarni 

tushunish muhim hisoblanadi (Neuner, 2005). 


Download 457.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling