Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana10.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#116658
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
umumiy psixologiya


O’zdekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 

 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI 

 

 

 

UMUMIY PSIXOLOGIYA 

Fanidan 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



NAMANGAN - 2015 

 

 

1 - mavzu: Psixologiyaning predmeti 

Reja: 

1. Psixologiya nimadan bahs etadi? 

2. Psixologiya tarixi. 

3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari. 

4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari. 

5. Ong xossalari haqida tushuncha. 



Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 

Assotsiatsiya                 - psixik hodisalar o`rtasidagi aloqa bo`lib, u aniq qonunlar asosida shakllanadi. 

Assotsiativ psixologiya – XVII - XIX asrlarda Angliyada vujudga kelgan yo`nalish bo`lib, assotsiatsiyani 

asos qilib ish olib borgan. 

Bixeviorizm                                    -  XX  asr  boshlarida  AQSHda  vujudga  kelgan  yo`nalish  bo`lib,  asoschilari 

D.Uotson va e.Torndayk. 

Vyurtsburg maktabi    - XX asr boshlarida nemis psixologlari tomonidan tuzilgan maktab. Ular tafakkurni 

tadqiqot ob`ekti qilib olgan. Asoschilari Byuler, Ax va boshqalar. 

Geshtal’t psixologiya  - nemischa “shakl” degan ma`noni bildiradi. Asoschilari Vertgeymer, V. Keler, K. 

Koffka. SHakl-fenomen, idrok va murakkab psixik hodisalarni yaxlit holda o`rgangan. 

Introspektiv psixologiya  – introspektsiya (o`z - o`zini kuzatish) metodini psixologiyaning asosiy metodi 

qilib olgan oqim. 

Psixologiya                     - psixik faktlar va uning mexanizmlari haqidagi fan. 

Psixika                          - ruxiy jarayonlar, bilish  faoliyatlari, individual  psixologik xususiyatlarni  aks 

ettiruvchi va boshqaruvchi xossa. 

Parapsixologiya          - idrok qilish shakllarini tadqiq qilgan soha bo`lib, u hozirgacha muammolidir. 

Freydizm  (psixoanaliz)  -  XX  asrda  paydo  bo`lgan,  asoschisi  avstriyalik  psixiatr  Z.Freyd.  Predmeti 

instinktiv mayllar. Ongning rolini inkor qiladi. 

Funktsional psixologiya    - psixika va shaxsni alohida psixik funktsiya sifatida o`rgangan yo`nalish. 

1.  Psixologiya nimadan bahs etadi? 

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi siyosiy, iqtisodiy islohotlar bilan bir 

qatorda  ma`naviyat  sohasida  ham  o`zgarishlarni  amalga  oshirish  ehtiyoji  vujudga  keldi.  YAngi  jamiyat 

odamlardan  yangicha  fikrlashni,  o`z  -  o`zini  milliy  jihatdan  anglab  etishni,  istiqlol  tafakkuriga  ega 

bo`lishni taqozo etadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta`kidlab o`tganlaridek, “Islohotlar hayotni, hayot esa 

insonlar  tafakkurini  o`zgartiradi.”  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  va  O`zbekiston  Respublikasining 

“Ta`lim  to`g`risida”gi  qonunini  amalga  oshirish,  undan  kelib  chiqadigan  vazifalarni  hal  qilish  ko`p 

jihatdan  turli  darajadagi  psixologik  muammolarning  echilishi  bilan  bog`liq.  Zamon  talabiga  mos 

keladigan,  raqobatbardosh,  yuksak  e`tiqodli,  ma`naviy  jihatdan  yuksak,  mustaqil  fikrlay  oladigan, 

professional  faoliyatlarga  oid  muammolarni  hal  etish  uchun  zarur  ko`nikma  va  malakalarga  ega 

mutaxassislarni  tayyorlashda  psixologiya  fanining  o`rni  va  ahamiyati  beqiyosdir.  Psixologiya  grekcha 

“psyuxe”-  “jon,  rux”,  “logos”  -  “ta`limot”,  “fan”  degan  so`zdan  kelib  chiqkan  bo`lib,  psixik  faktlar, 

ularning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixik faktlarga 

quyidagilar  kiradi:  -  bilish  faoliyatlari:  diqqat,  nutq,  faoliyat;  -  bilish  jarayonlari  :  sezgi,  idrok,  xotira, 

tafakkur  va  xayol;  -  ruxiy  holatlar  yoki  shaxsning  hissiy-irodaviy  sohasi  -  hissiyot,  iroda;  -  ruxiy 

xususiyatlar yoki shaxsning individual-psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyatlar. 

        Professor  V.Karimovaning  fikricha,  psixika  -  inson  ruxiyatining  shunday  holatiki,  u  tashqi  olamni 

(ichki ruxiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya`ni bilishimiz, anglashimizni ta`minlaydi. Professor 

M. G. Davletshin fikricha, psixika deganda oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib

u  ob`ektiv  borliqni  aks  ettirilishida  namoyon  bo`ladi,  sub`ekt  faoliyatni  ma`lum  maqsad  asosida 

yo`naltiradi hamda xulq -atvor negizida shakllanadi. Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks 

ettirishning  o`ziga  xos  usullari  mavjud.  Aks  ettirishni  “Venna  diagrammasi”  interfaol  usuli  yordamida 

quyidagicha ifodalash mumkin: 

 

jonsiz  



materiya 

 

jonli 



materiya 

 

 



 

          Jonsiz  materiya  uchun  aks  ettirishning  mexanik,  kimyoviy  va  fizik  turlari  xosdir.  Masalan, 

ko`zguning  aks  ettirishi,  suvdagi  tasvir  va  boshqalar.  Jonli  materiya  uchun  aks  ettirishning  fiziologik, 


psixik aks ettirish turlari xos bo`lib, ong va o`z - o`zini anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks 

ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 

1. Ob`ektiv borlikni to`g`ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 

2. Shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 

3. Doimo rivojlanib va shakllanib boradi; 

4. Shaxsning individualligi orqali namoyon bo`ladi. 



2. Psixologiya tarixi 

        Psixologiya  haqidagi  fikrlar  qadim  zamonlardan  beri  mavjuddir.  Ilk  davrlarda  psixologik 

xususiyatlarni jonning ishi deb tushunilgan. Jonning o`zini esa odam tanasidagi maxsus ikqilamchi jism 

deb  qaralgan.  Bunday  tasavvurlar  “animizm”  deb  atalgan  (anima  -  jon).  Jon  o`z  mohiyatiga  ko`ra 

olovsimon uchqunchadan (Geraqlit) yoki olov atomidan (Demokrit) iborat deb tushunilgan. 

Platonning  “ideyalar  tug`ma  bo`ladi”  degan  g`oyalar  psixologik  fikr  taraqqiyotiga  juda  katta  hissa 

qo`shdi.  Platon  ta`limotiga  ko`ra,  “ideyalar”  abadiy  va  o`zgarmas  mohiyatdir,  ularning  tabiiy  olamidan 

tashqarida  oliy  olam  mavjud  bo`lib,  ularni  odam  ko`zi  bilan  ko`ra  olmaydi.  Platon  psixologiyada 

“dualizm” oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm ta`limoti moddiy va ruxiy olam, tana va psixikaning 

bir-biriga  bog`liq  bo`lmagan  holda  mavjud  bo`lib,  azaldan  qarama  -  qarshi  narsalar  deb  tushuntiradi. 

Platonning  dualizmi  uning  shogirdlaridan  Arastu  (Aristotel’  eramizdan  oldingi  IV  asr-  384-322  yillar) 

tomonidan  bir  muncha  muvaffaqiyatli  bartaraf  etildi.  Aristotelning  “Jon  haqida”  asari  o`sha  davrdayoq 

psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganligidan dalolat beradi. 

Ana  shu tufayli psixologiya jon  haqidagi  fan sifatida maydonga kelgan.  Hozirgi  kunda psixologiya  fani 

o`z  mazmunini  batamom  o`zgartirgan.  Arastu  kishilik  tafakkuri  tarixida  birinchi  bo`lib  rux  va  jonli 

tananing  ajralmasligini  isbotlab  berdi.  Jon  qismlarga  bo`linmaydi,  lekin  u  faoliyatning  oziqlanishi,  his 

etishi  va  harakatga  kelishi  aql  -  idrok  kabi  turlarga  oid  qobiliyatlarda  namoyon  bo`ladi.  Birinchi 

qobiliyatlar  o`simlik  uchun,  birinchi  va  ikkinchisi  hayvonlar  uchun,  uchinchisi  odamlar  uchun  xosdir. 

O`simliklar, hayvonlar ruxi va aql - idrokli odam ruxi ta`limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning 

negizida  paydo  bo`lishini  bildiradigan  rivojlanish  tamoyilini  joriy  etdi.  Arastu  organizmning  tabiatdan 

olgan  qobiliyatlarni  faqat  o`zining  xususiy  faolligi  orqali  ro`yobga  chiqarishga  asoslangan  holda 

xarakterning  faoliyatda  shakllanishi  to`g`risidagi  nazariyani  ilgari  surdi.  Geraqlit,  Demokrit,  Aflotun, 

Arasto`larning  ta`limotlari  keyingi  asrlarda  psixologik  g`oyalarni  rivojlanishida  tayanch  nuqta  bo`lib 

hisoblanadi.  Asta  - sekin rux haqidagi  tushuncha  hayotning barcha ko`rinishlariga emas, faqat  hozir biz 

psixika  deb  atayotgan  darajaga  nisbatan  qo`llanila  boshlandi.  Psixika  kategoriyasining  zamirida  ong 

haqidagi tushuncha maydonga keldi. 

       Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo`lishida buyuk Sarq mutafakkirlarining roli katta bo`lgan. 

Ular  orasida  -  Al  Xorazmiy  (783-850  yillar),  Al  Forobiy  (873-950  yillar),  Abu  Rayxon  Beruniy  (973-

1048 yillar), Abu Ali  Ibn Sino (980-1037 yillar), Mirzo Ulug`bek (1394-1449 yillar) kabilar o`zlarining 

inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. 

Ular  orasida  ayniqsa  Abu  Ali  ibn  Sinoning  mantiq,  metafizika,  tabiiy  fanlar  (ayniqsa  tibbiyot)  haqidagi 

fikrlari  o`sha  davr  ilmiy  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo`shdi.  U  maxsus  psixologik  muammolar  bilan 

shug`ullangan olimlardan biridir. Uning rux haqida, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. 

Ayniqsa,  Abu  Ali  ibn  Sinoning  temperament  (asab  tizimi)  xususiyatlariga  qarab  yondashish  zarurligi 

haqidagi fikrlari ming yildan so`ng ham, zamonaviy psixologiyada o`z qimmatini yo`qotmagan. Abu Ali 

ibn Sino dunyoda birinchi bo`lib psixoterapevtik usullarni qo`llab ko`rgan olimlardan biridir. 



3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari 

       Psixika  miyaning  xususiyatidir.  “Sezgi,  fikr,  ong,  maxsus  sur`atda  tuzilgan  materiyaning  oliy 

mahsulidir”.  Inson  miyasi  uzoq  evolyutsion  taraqqiyot  mobaynida  rivojlanib,  takomillashib  borgan. 

Uning  og`irligi  1350-1400  g.  bo`lib,  14-15  milliard  hujayradan  iborat.    Inson  miyasining  funktsional 

tuzilishini  A.R.  Luriya  3  ta  blokka  ajratadi:  I  -  blok  -  energetik  blok,  u  miya  pustloq  qismining  normal 

ishlash  tonusini  ta`minlaydi.  Miya  po`stining  yuqoridagi  qismida  joylashgan.  II  -  blok  axborotni  qabul 

qilish,  qayta  ishlash  va  saqlash  bloki  (Ikkala  yarim  sharlarining  orqa  qismiga,  tepa,  chakka  va  ensa 

qismlariga  joylashgan).  III  -  blok  faoliyatni  dasturlashtirish,  boshqarish  va  nazorat  qilishni  ta`minlaydi 

(peshona qismiga joylashgan). Nerv hujayrasi va uning o`simtalari, ularni qoplovchi pardalar neyron deb 

ataladi. Neyronning asosiy vazifasi qo`zg`aluvchanlik va o`tkazuvchanlikdir. 



4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari 

      I.M. Sechenov o`zining “Bosh miya reflekslari” (1863) kitobida shunday fikrni ilgari suradi: “ongli va 

ongsiz hayotning hamma aktlari o`zining yuzaga kelish jihatidan reflekslardan iboratdir”. 


Psixikaning  asosiy  vazifalarini  “Venna  diagrammasi”  usuli  yordamida  quyidagicha  ishlab  chiqish 

mumkin: 


 

Aks 


ettirish 

 

boshqaruvchilik 



 

        Psixik  (ruxiy)  jarayonlar  organizm  hayotida  aks  ettiruvchilik,  signallik  va  boshqaruv  funktsiyasini 

bajaradi.  Organizmning  boshqaruv  faoliyati  organizm  xatti  -  harakatlariga,  muhit  o`zgarishlariga 

muvofiqlashtirish va shu yo`l bilan organizmning muhitga to`g`ri, qulay moslashib olishiga imkon beradi. 

I.M. Sechenov psixik faoliyatning ruxiy jihatdan boshqarilishi reflektor xarakterga ega ekanligi haqidagi 

g`oyani  ilgari  suradi.  Nazariy  jihatdan  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lgan  bu  g`oyalarning  to`g`riligini  I. 

P.Pavlov  tajribada  isbotladi.  I.P.Pavlov  oliy  nerv  faoliyati  qonuniyatlarini  kashf  etdi.  Uning  ana  shu 

qonuniyatlari haqidagi barcha qarashlarini umumlashtirilgan holda ikki xil signal tizimi haqidagi ta`limot 

deb atash mumkin. I.P. Pavlov hayvonlarda birinchi signal tizimini (ranglar, hidlar, obrazlar) insonlarda, 

ikkinchi signal tizimini signallar signali, ya`ni so`zlar tashqil qilishini aniqlagan. 



5. Ong xossalari haqida tushuncha 

       Ong  psixikaninng  eng  yuksak  darajasi  bo`lib,  u  faqat  insongagina  xosdir.  Ong  ijtimoiy  tarixiy 

sharoitda  odam  mehnat  faoliyatining  tarkib  topishida  til  yordamida  boshqa  kishilar  bilan  doimiy 

munosabatda  bo`lishi  natijasidir.  Bu  ma`noda  ong  mutafakkirlar  ta`kidlab  o`tganlaridek,  ijtimoiy 

mahsulotdir.  Ongning  birinchi  xossasi,  bu  -  ong  anglash  demakdir.  Inson  ongi  tevarak  -  atrofdagi  taqi 

olamga  doir  bilimlar  yig`indisidan  iboratdir.  Anglash  taqi  olamdagi  narsalarni  tushunish.  Ong  tarkibiga 

muhim  bilish  jarayonlari  kiradi.  Ongning  ikkinchi  xossasiga  binoan,  ongda  ob`ekt  bilan  sub`ekt 

o`rtasidagi  aniq  farq  o`z  ifodasini  topadi,  ya`ni  odam  “men”  degan  tushunchani  “men  emas” 

tushunchadan farqini ajratadi. Odam o`zini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni psixik faoliyatini, o`z  - 

o`zini  tekshira  oladigan  yagona  mavjudotdir.  Ongning  uchinchi  xossasiga  asosan  ong  yordami  bilan 

odamning maqsadni ko`zlash faoliyati ta`minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi. 

Bunda  faoliyat  motivlari  yuzaga  keladi  va  chamalab  ko`riladi,  irodaviy  qarorlar  qabul  qilinadi, 

harakatlarni bajarish  yo`llari hisobga olinadi. Ongning to`rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan 

ongli  ravishda  turli  his  -  tuyg`ular  yuzaga  keladi.  Ong  kishilar  munosabatlarining  yig`indisidir.  Ongni 

yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi - tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu 

shunday  psixik  jarayonlar  va  holatlar  yig`indisiki,  unda  inson  o`z  xatti  -harakatlariga  javob  bermaydi, 

anglamaydi.  Bo`nga  tush  ko`rish,  ba`zi  patologik  hodisalar,  alahlash,  gallyutsinatsiya  kabilar  kiradi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  psixologiya  hayot  faoliyatining  o`ziga  xos  shakli  bo`lib,  psixik  rivojlanishning 

qonuniyat va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni 

o`rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma`lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shunday 

qonuniyatlarni  ochishga,  ularni  tarkib  topishi  va  rivojlanishini  ochishga  qaratilgandir.  Ushbu 

qonuniyatlarni  bilish,  ularni  boshqarish,  tashqil  etish,  ta`lim  -  tarbiya  jarayonini  to`g`ri  olib  borishga 

yordam beradi. 

Mavzu yuzasidan test savollari: 

1. Psixologiya fani nimani o`rganadi? 

a) psixologiya jon haqidagi fan

b) psixologiya ong haqidagi fan; 

v) psixologiya xulq - atvor haqidagi fan; 

g) psixologiya psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlar haqidagi fan. 

2.  Jon  aql  -  idrok,  jasorat  va  orzu  -  istak  kabi  qismlardan  iborat  bo`lib,  ular  tananing  turli  qismlariga 

(bosh, ko`krak, qorin bo`shlig`i) joylashgan. Bu fikr quyidagi faylasuflarning qaysi biriga taalluqli? 

a) Geraklit; 

 

b) Demokrit; 



v) Aflotun; 

 

g) Arastu; 



Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 

1. Psixologiya fanining ahamiyatini qanday baholaysiz? 

2. Psixologiya fani nimadan bahs yuritadi? 

3. Psixologiya tarixi haqida nimalarni bilasiz? 

4. Psixikaning asosiy yo`nalishlari nimadan iborat? 

5. Sнarq mutafakkirlarining psixologiya fani rivojlanishiga qo`shgan hissasi qanday? 

6. Inson ongining eng muhim xossalarini xarakterlang? 


Psixologik masalalar: 

1. Darsda intizomsiz talabaga o`qituvchi doimo bir xil tarzda ogohlantirish berardi, lekin bu jazo talabaga 

ta`sir etmasdi. Nima uchun? Izohlang. 

2. Talabadan doska  yoniga  chiqib fikr bildirish so`ralsa, nimagadir u materialni bilsa ham  erkin so`zlay 

olmaydi. Sababi nimada? 

3. Darsga kirish uchun qo`ng`iroq chalinsa ham talabalar tinchlik saqlay olmaydilar. Nega shunday? 



 

2 - mavzu: Hozirgi zamon psixologiyasining metodologik masalalari 

R e j a : 

1. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari: 

a) determinizm; b) ong va faoliyat birligi; v) psixikaning faoliyatda rivojlanishi. 

2. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi. 

3. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy -tadqiqot uslublari: 

a) asosiy uslublar; b) yordamchi uslublar; 

4. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni. 

Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 

Psixologiya sohalari — faoliyat, taraqqiyot, shaxsning jamiyatga munosabatiga ko`ra. 

Determinizm — sababiy bog`liqlik. 

Eksperiment -- tajriba usuli 

Introspektsiya — o`z - o`zini kuzatish 

Bixeviorizm — xulq - atvorni o`rganuvchi oqim. 

Freydizm — instinktiv mayllarni o`rganuvchi oqim. 

Test metodi — standartlashtirilgan , aqliy taraqqiyotni aniqlovchi usul. 



1. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari 

       Psixologiya tamoyillarini Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo`nalishlari ham ishlab chiqqan. 

XX asr boshlarida bixeviorizm va freydizm  yo`nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm psixologiyasi 

hayvonlarda  o`tkazilgan  kuzatishlar  natijasiga  asoslangan  bo`lib,  uning  namoyondalari  Torndayk  va 

Uotson  (Bixeviorizm  ingliz  tilida  «xulq  -  atvor»  degan  ma`noni  bildiradi).  Bu  oqim  psixika  va  ongni 

inkor  qiladi,  xulq  bilan  tashqi  muhit  o`rtasidagi  munosabatlarni,  qonuniyatlarni  tekshirishni  taklif 

qiladilar.  Ularning  fikricha,  psixologiyaning  vazifasi  stimulga  (qo`zg`atuvchi),  ya`ni  sezgi  a`zolariga 

ta`sir  qilayotgan  qo`zg`atuvchiga  o`q  otish,  biror  suratni  ko`rsatish  o`nga  qanday  javob  reaktsiyasi 

bo`lishini  yoki  bunday  reaktsiyani  qanday  stimul  tug`dirishini  oldindan  aytib  bera  olishdan  iborat. 

Bixevioristlarning formulasi “S - R” dir. 

         Freydizm yo`nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko`ra 

hayvonga  o`xshaydi.  Odamni  xulq  -  atvori  va  harakatlari  ikkita  tamoyilga  “Roxatlanish”  va  “Reallik” 

tamoyiliga  bo`ysundirilgan  bo`ladi.  Bu  oqim  ham  insonning  ongiga  ishonmaydi.  Freyd  o`zining 

psixologik  nazariyasini  odam  haqidagi,  jamiyat  va  madaniyat  haqidagi  umumiy  ta`limotga  aylantirib, 

g`arb  mamlakatlarida  katta  e`tibor  qozondi.  1923  yilda  Psixonevrologlarning  I  -s`ezdida  K.N.Kornilov 

psixologiyani  qayta  qurish  vazifasini  ilgari  surdi.  Psixologiya  fanini  yuzaga  kelishida  juda  katta  rol’ 

o`ynagan  ilmiy  kadrlar  etishib  chiqdi.  Masalan,  B.  Anan’ev,  P.  Blonskiy,  L.S.Rubinshteyn  shuningdek, 

keyinchalik  O`zbekistonda  ham  yirik  olimlar  etishib  chiqdi,  masalan:  M.G.Davletshin,  M.Voxidov, 

e.G`oziev,  V.V.Tokareva,  R.T.Gaynutdinov,  V.M.Karimova,  G`.B.  SHoumarov,  R.Sunnatova  kabilar. 

YUqoridagi  nomlari  tilga  olingan  olimlar  o`zlarining  g`oyalari,  milliy  mafkuralari  bilan  yoshlarda 

tafakkur  sifatlari:  mustaqillik,  tanqidiylik  kabilarni  shakllantirishga  e`tibor  bermoqdalar.  O`z  ilmiy 

fikrlarini yoshlar, talabalar ongiga singdirmoqdalar. Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo`lgan 

talab,  ehtiyoj  juda  kuchayib  ketdi.  YOshlarni  ma`naviyatini  boyitish  uchun  ularni  dunyoqarashi, 

tafakkuri,  irodasi,  umuman  ongini  o`stirish  zarur.  Buning  uchun  biz  olimlar  eksperimental  ishlarni 

kuchaytirishimiz,  ta`lim  jarayonini  yangi  texnologiyalar  asosida  qayta  qurishimiz  zarur.  Hozirda 

respublikamizdagi universitetlarda psixologiya bo`limlari, kafedra, laboratoriyalar ilmiy fikrlar markaziga 

aylantirildi. Hozirgi  zamon  psixologiyasining tamoyillari  quyidagicha:  1. Determinizm  tamoyili; 2. Ong 

va faoliyat birligi tamoyili; 3. Psixikaning faoliyatda rivojlanish tamo - 

yili  ishlab  chiqildi.  Determinizm  tamoyiliga  ko`ra,  psixika  yashash  sharoiti  bilan  belgilanadi  va  sharoit 

o`zgarishi  bilan  o`zgaradi.  Hayvonlar  psixikasining  taraqqiyoti  tabiiy  saralanish  bilan,  odam  psixikasi 

taraqqiyoti esa paydo bo`lishi,  shakllari, taraqqiyoti, moddiy narsalar ishlab chiqarish usullari  - ijtimoiy 

taraqqiyotning qonunlari bilan belgilanadi. Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko`ra, ong va faoliyat bir  - 

biriga qarama - qarshi ham, aynan bir narsa ham emas, ular bir butunlikni tashqil etadi. Ong faoliyatning 


ichki rejasini, dasto`rini tashqil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq - atvori, xatti - harakatlari va 

faoliyatini  o`rganish  orqali  xatti  -  harakatlaridan  ko`zlangan  maqsadlarga,  muvaffaqiyatlarga  erishishni 

ta`minlovchi  ichki  psixologik  mexanizmlar,  ya`ni  psixikani  ob`ektiv  qonuniyatlarini  ochishlariga  imkon 

beradi. Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy  etish  tamoyiliga ko`ra, psixikaga taraqqiyot  mahsuloti  va 

faoliyat  natijasi  deb  qaralsa,  uni  to`g`ri  tushunish  hamda  tushuntirib  berish  mumkin.  Bu  tamoyil 

L.S.Vo`gotskiy,  S.L.Rubinshteyn,  V.M.Teplov  kabi  psixologlarning  ishlarida  aks  etgan.  L.S.Vo`gotskiy 

ta`lim  psixikani  rivojlanishini  yo`naltiradi,  P.  P.  Blonskiy  esa  tafakkurning  kichik  maktab  yoshida 

o`yinlar  bilan,  o`spirinlik  yoshida  o`qish  bilan  bog`liq  tarzda  rivojlanishini  tahlil  qildi.  S.L.Rubinshteyn 

“ong faoliyatda paydo bo`lib, faoliyatda shakllanadi” degan edi. 

2. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi 

         Professor A.V.Petrovskiy psixologiyani quyidagi tasnif bo`yicha: 

I. Konkret faoliyat turiga; 

II. Rivojlanishni o`rganishga; 

III. Shaxsni jamiyatga munosabatiga ko`ra sohalarga bo`lgan. 

I. Konkret faoliyat turiga ko`ra psixologiyaning quyidagicha sohalari bor: 1. Mehnat psixologiyasi - inson 

mehnat  faoliyatining  psixologik  xususiyatlarini,  mehnatni  ilmiy  asosda  tashqil  qilishning  psixologik 

tomonlarini o`rganadi. 

Mehnat psixologiyasining bir necha bo`limlari bor: 

a)  muxandislik  psixologiyasi  -  inson  bilan  mashina  o`rtasidagi  vazifalarni  taqsimlash  masalalarini  hal 

qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o`rganadi. 

b)  aviatsiya  psixologiyasi  -  uchishga  o`rgatish  jarayonida  va  uchishni  boshqarishda  inson  faoliyatining 

psixologik qonunlarini o`rganadi. 

v)  kosmik  psixologiya  -  vaznsizlik  holati  fazoviy  tasavvurlar  chalkashib  ketgan  vaqtda  va  organizmga 

juda  ko`p  ortiqcha  ta`sirlar  yuklangan  paytda  yuzaga  keladigan  asab  va  ruxiy  zo`r  berish  bilan  bog`liq 

bo`lgan alohida holatlar tug`ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o`rganadi. 

2.  Pedagogik  psixologiya  -  uning  predmeti  o`quvchilarga  ta`lim  -  tarbiya  berishning  psixologik 

qonuniyatlarini  o`rganish,  o`quvchilar  tafakkurini  tarkib  topishi,  intellektual  faoliyat  malakalari  va 

usullarini  o`zlashtirish  jarayonini  boshqarish  masalalarini  o`rganadi.  Pedagogik  psixologiya  bo`limlari 

quyidagilardir:  a)  ta`lim  psixologiyasi;  b)  tarbiya  psixologiyasi;  v)  o`qituvchi  psixologiyasi;  g)  anomal 

bolalar psixologiyasi. 

3. Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq - atvori psixologik jihatlarini o`rganadi. U 

psixik 

hodisalar 



bilan 

miyadagi 

fiziologik 

tuzilishlapr 

o`rtasidagi 

nisbatini 

o`rganadigan 

neyropsixologiyaga, 

dorivor 

moddalarning 

shaxs 

ruxiy 


faoliyatiga 

ta`sirini 

o`rganadigan 

psixofarmaqologiyaga,  bemorni  davolash  uchun  ruxiy  ta`sir  vositalarini  o`rganuvchi  psixoterapiyaga 

bo`linadi. 

4.  YUridik  psixologiya  —  xuquq  tizimiga  amal  qilish  bilan  bog`liq  bo`lgan  psixologik  masalalarni 

o`rganadi.  U  jinoiy  jarayon  ishtiroqchilarining  xulq  -  atvorini,  ruxiy  xususiyatlarini  tadqiq  qiluvchi  sud 

psixologiyasiga,  jinoyatchining  xulq  -atvori  shaxsini  shakllanishiga  doir  psixologik  masalalarni, 

jinoyatning motivlari bilan shug`ullanuvchi kriminal psixologiyaga bo`linadi. 

5.  Harbiy  psixologiya  -  kishining  harbiy  harakatlari  sharoitidagi  xulq  -  atvorini,  boshliqlar  va  xodimlar 

o`rtasidagi  o`zaro  munosabatlarni,  psixologik  targ`ibot  metodlarini;  harbiy  texnikani  boshqarishning 

psixologik muammolarini o`rganadi. 

6.  Sport  psixologiyasi  sportchilar  shaxsi  va  faoliyatini  xususiyatlarini  -  ularni  psixologik  jihatdan 

tayyorlashning  shart  -  sharoitlari,  musobaqalarni  tashqil  etish  va  o`tkazish  bilan  bog`liq  psixologik 

omillarni o`rganadi. 

7. Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo`lib, kishilar ruxiyotiga 

tijorat  ta`sirini,  psixologik  shart  -sharoitni,  xaridorlarga  xizmat  ko`rsatishning  psixologik  omillarini 

aniqlaydi, modalar psixologiyasini tadqiq qiladi. 

II. Rivojlanishining psixologik tomonlarini o`rganadigan sohalari: 

1.  YOsh  psixologiyasi  -  inson  shaxsining  psixologik  xususiyatlari  va  bilish  jarayonnining  ontogenez 

rivojlanishni  o`rganadi.  YOsh  psixologiyasi:  bolalar  psixologiyasi,  o`smirlar  psixologiyasi,  o`spirinlik 

psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi. 

2. Maxsus psixologiya yoki anomal taraqqiyot psixologiyasi - miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib 

chiqadigan  turli  shakldagi  ruxiy  rivojlanishdan  chetlanishni  o`rganuvchi    patopsixologiya,  miyaning 

tug`ma  kamchiliklari  tufayli  paydo  bo`ladigan  bo`linmalarni  o`rganuvchi  oligofrenopsixologiyasi, 

eshitish  faoliyatida  jiddiy  nuqsonlari  bo`lgan  bolalar  rivojlanishini  o`rganuvchi  surdopsixologiyasi, 



ko`rish  qobiliyati  past  yoki  umuman  ko`rmaydigan  kishi  faoliyatini  o`rganuvchi  tiflopsixologiya  kabi 

tarmoqlarga bo`linadi. 

3.  Qiyosiy  psixologiya  -  psixologiya  hayotning  filegenetik  shakllarini  o`rganuvchi  psixologiya  sohasi 

bo`lib,  inson  va  hayvonlar  psixologiyasini  solishtirish  orqali  o`xshashlik  va  farq  qiluvchi  tomonlarini 

aniqlaydi. 

III. Shaxs va jamiyat munosabatlarini psixologik jihatlarini o`rganuvchi sohalar. 

1.  Ijtimoiy  psixologiya  uyushgan  va  uyushmagan  ijtimoiy  guruhlardagi  shaxslararo  o`zaro  ta`sir 

jarayonida paydo bo`ladigan psixologik hodisalarni o`rganadi. 

2. Shaxs psixologiyasi - shaxsning shakllanishi individual - psixologik xususiyatlar yo`naltirilganligi kabi 

xususiyatlarni o`rganadi. 

3. Din psixologiyasi - inson ongiga diniy qarashlarning ta`siri va masalalarini o`rganadi. 

Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorga qo`yish noto`g`ri, chunki umumiy psixologiya inson 

ruxiyatining  umumiy  qonuniyatlarini,  metodologik  va  nazariy  tamoyillari  asosida  o`rganish  bilan 

shug`ullanadi. 



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling