Namangan davlat universiteti obid jon karimov


  "Toza hurriyat"  asari muallifl kim?


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana15.12.2019
Hajmi3.85 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

227.  "Toza hurriyat"  asari muallifl kim?
“Toza  hurriyat”  kitobi  1917-yil  24-martda  bosilgan.  Kitob  muallifl
Sirojiddin  Sidqiy.  Asarda Nikolayning taxtdan  ag’darilishini  chin  dildan,  baland 
ruh  bilan  olqish  va sharaflaydi.  Ayni  paytda,  halo  oldinda ishlar juda ko’pligini, 
balki  chinakam  ozodlik  hali  kelmaganini  yaxshi  anglaydi,  poetic  sintaksisda 
“B o’ldi!” enas,“Bo’lsun!” yoki  “B o’lsa!” ni tanlaydi:
Bo ’lg ’ay tie ajab bo ’Isa bu kunlar aro hosil,
Har maqsadu har matlabu har komu har a ’mol,  -  
deb,  “bu  kunlar”ning  “maqsad  va  matlab”g&  yo’l  ochishiga  umid  qiladi. 
Yangicha  qarashlar  bilan  chiqqan  yoshlarga  diqqatni  qaratadi.  Ulaming 
urug’chilik, 
mahalliychilik  nizolaridan, 
ayirmalaridan  xoli, 
umumturk, 
umummillat tuyg’ulari  bilan to’lib  toshgan  elparvar,  yurtparvar avlod  ekanligini 
ta ’kidlaydi:
Tug ’ushg ’ondin ziyoda barcha elg ’a mehribon yoshlar.
(“Yashasun, yoshlar!”)
Shoir  milliy,  diniy  tuyg’usi  baland  fidoyi  avlodga  umid  ko’zini  tikadi... 
Bu asar xalqimiz milliy ongidagi o’zgarishlami kuzatishda, mustaqillik v a uning 
uchun  kurash  g’oyasining  adabiyotga  kirib  kelishi  tadrijini  belgilashda  muhim 
ahamiyatga ega.
228.  "Rusiya inqilobi"  dostoni muallifl kim?
Sirojiddin  Sidqiyning  1917-yil  martida juda  qisqa muddatda yozilib, juda 
tez  bosilib  chiqqan  “Rusiya  inqilobi”  dostoni  mavzu  va  maqsadiga  ko’ra 
adabiyotimiz tarixining  diqqatga sazovor hodisalaridan  biri.  U  Rusiya  inqilobiy 
voqealarini  keng  epik  usulda  tasvir  etuvchi  ilk  asar.  Doston  hajman  katta  (48 
betdan  iborat)  bo’lib,  1502  satmi  tashkil  qiladi.  Asaming  72  satri  fors-tojik 
tilida,  1430  satri  o ’zbek  tilida.  Doston  kirish  va  xulosadan  tashqari  hajmi 
turlicha  bo’lgan  13  bobdan  tashkil  topgan.  Muqaddima  va  xulosa  dostondagi 
voqealar  bilan  bevosita  birlashib  ketgan.  Unda  fevraldagi  inqilobiy  voqealar 
tasviri birinchi bobda berilgan...
126

So’fizoda
229. So'fizoda kim?  Siz u haqda nimalar bilasiz?
O ’zbekiston  xalq  shoiri  Muhammadsharif So’fizoda  XX  asr  boshlaridagi 
ijodiy faoliyati  bilan xalqimizning milliy va ijtimoiy uyg’onishiga salmoqli hissa 
qo’shgan,  20-yillardagi  she’rlari  bilan  esa  yangi  o’zbek  poeziyasiniyaratishda 
samarali  xizmat  qilgan  shoirlarimizdandir.  1926-yilda  O’zbekiston  hukumati 
(1926-yiI  27-fevral  35-son farmon) So’fizodaga “O’zbekiston xalq shoiri” faxriy 
unvonini bergan.
So’fizoda ma’rifatparvar,  murabbiy sifatida ham maorif va madaniyatimiz 
tarixida  salmoqli  o’ringa  ega,  10-yillardayoq  yangi  usuldagi  maktab  ochib, 
bolalarga dars  bergan,  ilm-ma’rifatni xalq orasida yoyishga jonbozlik ko’rsatgan 
kishilardan  bo’lgan.  Uning  iste’dodi  va  faoliyatiga  xos  bo’lgan  ikki  jihatni  -  
ijodkorligi  va  murabbiyligini  alohida  qayd  etish  lozim.  So’fizoda  mana  shu 
jihatlari  bilan  XIX  asming  oxiri  XX  asr  boshidagi  o’zbek  madaniyatining 
Ishoqxon  Ibrat,  Siddiqiy  Ajziy,  Abdulla  Avloniy,  Behbudiy,  Hamza  kabi 
vakillari bilan bir safda turadi.
So’fizoda  she’rlaridan  namunalar  30-yillardayoq  maktab  darsliklariga 
kiritilgan,  shoir  ijodi  haqida  maqolalar  yozilgan.  Lutfulla  Olimiy  1925-yilda  u 
haqda  maqola  yozgan.  1934-yilda  Miyon  Buzruk  Solihov  ’’So’fizoda  va  uning 
ijodi”  degan  kitobcha  chop  ettirgan.  1935-yilning  29-yanvarida  So’fizodaning 
65  yoshga to ’lishi  munosabati  bilan yubiley  o’tkazilgan va 200  dan  ortiq  she’ri 
nashr  uchun  to’plangan  edi...  Biroq  nasib  qilmadi.  Shoir  qatag’on  qurboni 
bo’ldi.
Allomaning  ikkinchi  ijodiy  umri  60-yillardan  boshlandi.  1968-yilda 
adabiyotshunos To’lqin Rasulovning tashabbusi bilan So’fizoda she’rlarining bir 
qismi  kitobcha  holida  bosib  chiqarildi68  .  O’sha  yili  “O’zbek  sovet  adabiyoti 
tarixi”ning  birinchi jildida  olimning  shoir  haqidagi  maqolasi  nashr  etildi,  unda
68 Суфизода. Тароналар. Тошкенг,  1968.
127

So’fizodaning  adabiyotimiz  v a  madaniyatimiz  tarixida  tutgan  o’rni  haqida  fikr 
yuritildi69.
230.  So’fizoda  qachon va q ayerda tug'ilgan?
Muhammadsharif  So’fizoda  1880-yilda  Chustda  hunarmand  oilasida 
tug’ildi.  Otasi Egamberdi  So’fi  picboqchilik bilan sbug’ullangan.  Onasi  Zaynab 
xolaning  harakati  bilan  M uhammadsharif qo’shnisi  Manzura  otin  qo’lida  savod 
chiqaradi,  so’ng  mahallasidagi  eski  maktabda  ta’lim  oladi.  B o’lajak  shoiming 
adabiyotga ko’ngil  qo’yishida g ’azalni  did  bilan  o’quvchi  bu  xushovoz ayolning 
ta ’siri  katta bo’lgan.  Keyin  u  mahalla  maktabida  o’qishni  davom  ettirdi.  1890- 
yillaming o’rtalaridan Qo’qon madrasalarining birida o’qiy boshlaydi.
231. So’fizoda adabiyot maydoniga qachon kirib keldi?
Qo’qon  madrasalarida  o ’qib  yurgan  chog’larida  (ya’ni 
1890-yil 
o’rtalaridan)  adabiy  muhit  unga  kuchli  ta ’sir  etdi.  Muqimiy  boshchiligidagi 
hajvchilik  maktabidan,  Furqat  va  Ishoqxon  Ibratlaming  ma’rifatparvarlik 
ruhdagi  she’rlaridan,  publitsistik  maqolalaridan  bahramand  bo’ldi.  O ’zi  ham 
she’rlar yoza boshladi.
232.  So’fizoda  k im lar bilan b ir davrda ijod  qildi?
So’fizoda  adabiyotimizga  90-yillarda  kirib  keldi.  Muqimiy,  Furqat,  Ibrat, 
Haziniy,  Nodim  Namangoniy,  Zavqiy  va  yana  ko’plab  shoirlar  bu  davrda 
anchagina  tanilib,  ustoz  maqomidagi  ijodkorlar  darajasiga  yetib  qolgan  edilar. 
So’fizoda  she’riyatga  Muqimiy  o ’zining  mashhur  satiralari  bilan  baddi  ijodda 
demokratik  yo’nalishni  tayin  etgan,  Furqat  m a’rifatparvarlik  ruhidagi  she’rlari 
bilan  bu  davr  adabiyotining  muhim  bir  xususiyatini  belgilab  bergan  paytlarda 
kirib  keldi.  uning  dastlabki  she’rlari  mana  shu  ikki  katta  san’at  egalarining 
fusunkor misralari ta ’sirida vujudga keldi.  “G ’uboru  dardu alam”,  “O’pay” kabi 
lirik  g’azallari,  “Dakaning”,  “Bedanang”  kabi  hajviyalari,  ma’rifat  haqidagi
69 Каранг: Т. Расулов. Суфизода. Узбек совет адабиёги тарихи.  1-т. Т.,  1968, 319-бет.
128

qator  she’rlari  uning  adabiyotga  kirib  kelishida  o’ziga  xos  yo’llanma  bo’ldi. 
1893-98-yillarda  Qo’qonda  yashab,  Muqimiy  davrasidan  bahramand  bo’lishi 
shoir dunyoqarashining shakllanishida, badiiy mahoratining o’sishida o’ziga xos 
maktab vazifasini  bajardi.  Juda qisqa muddat ichida oddiy pichoqchi Egamberdi 
So’fining  o ’g’li  Muhammadsharif  “Vahshiy”,  “So’fizoda”  taxalluslari  bilan 
butun Farg’ona vodiysida shuhrat to p d i...
233.  Shoirning ayanchli qismati haqida nim alar bilasiz?
So’fizoda  1899-yilda  Chustga  qaytdi,  uning  she’rlari  o’zidan  oldin 
Chustga  yetib  kelgan,  hajviyalari  ijtimoiy-siyosiy  tuzum  tarafdorlari  va 
mustamlakachi  ma’murlami  tashvishga  sola  boshlagan  edi.  Ular  shoimi 
“badasl”,  “beadab” deb ayblaydilar.  U bu azoblardan qutulish uchun  1900-1910- 
yillarda  vatanini  tashlab  ketishga,  o’zga  yurtlarda  hayot  kechirishga  majbur 
bo’ladi.  U  Markaziy  Osiyoning  yirik  shaharlarida,  Boku,  Tiflis,  Hindiston, 
Turkiya,  Arabiston  kabi  mamlakatlarda  bo’ladi.  So’fizoda  ma’lum  muddat 
Istanbul  universitetida  o’qigan,  ammo  og’ir  iqtisodiy  hayot  o’qishni  davom 
ettirish  imkonini bermadi.  Birmuncha vaqt Boku va Tiflisda yashab,  ozarbayjon 
xalqining 
Jalil 
Muhammadqulizoda, 
Aliakbar 
Tohirzoda 
Sobir 
kabi 
m a’rifatparvarlari va ulaming ijodi bilan tanishadi.
So’fizoda  o’zga  yurtlarda  musofirona  hayot  kechirsa-da,  o’z  she’r  va 
maqolalari  bilan  Kafkaz  matbuotida,  tatar  ma’rifatchisi  Rizo  Faxriddinning 
“Sho’ro”  jurnalida,  “Turkiston  viloyatining  gazeti”,  “Sadoyi  Turkiston” 
gazetalarida  faol  qatnashib  turdi.  Qayerda  bo’lmasin,  u  maorif,  o’quv-o’qituv 
ishlari  bilan  tanishadi,  lekin  amaldorlar  unga  imkon  berishmaydi.  Ochgan 
maktablari  yopiladi,  she’rlarini  o’qish  taqiqlanadi.  Ko’p  vaqt  o’z  yurtiga 
kirolmaydi.
1935-yilda yozuvchi Nazir Safarov shoirning 214 she’rini to’plab, nashrga 
tayyorlash  arafasida  hayotini  Vatan,  millat  istiqloliga  bag’ishlagan  jadid 
mutafakkirlar  qatorida  So’fizoda  ham  sho’ro  hukumatining  ta’qib  va  tazyiqiga
129

uchradi:  1937-yili  pedagog  va  shoir  So’fizoda  avji  ijodiy  kuchga  to’lgan  bir 
paytda- 57 yoshida qatag’on qurboni bo’ldi.
Vatanimiz  mustaqillikka  erishgach,  Muhammadsharif  So’fizodaning 
“Tanlangan  asarlar”i  “Istiqlol  qahramonlari” rukni ostida  1999-yil  “M a’naviyal" 
nashriyotida  chop  etildi.  Hozirda  Namangan  viloyatining  T o’raqo’rg’on 
tumanidagi  1919-yilda So’fizoda tomonidan ochilgan 33-maktab uning m o’tabar 
nomi bilan  ataladi.
F i t r a t
234. Fitrat kim?  Qachon va qayerda tug'ilgan?
Abdurauf  Abdurahim  o ’g ’li  Fitrat  -   qomusiy  bilimlar  sohibi,  daho 
san’atkor,  Millat  va  Vatan  fidoyisi.  Fitrat  XX  asr  Markaziy  Osiyoning  ilk 
bunyodkorlaridan  bo’lib,  buyuk  mutafakkir,  shoir,  adabiyotshunos,  tilshunos, 
san’atshunos  olim,  haqiqiy  m a’noda  yangi  o’zbek  adabiyotining,  jadid 
pedagogikasining  kuchli  nazariyotchisidir.  Uning  har  bir  asarida  Vataniga, 
xalqiga bo’lgan muhabbat ufurib turadi.  Fitrat Mahmudxo’ja  Behbudiy, Abdulla 
Avloniy, Hamza, Abdulla Qodiriy,  Cho’lpon, Sadriddin Ayniy kabi adiblar bilan 
bir  qatorda  ijod  qilgan.  Fitrat  adabiyot  va  madaniyatninggina  emas,  balki 
siyosatning  ham  tan  olingan  arboblaridan  edi.  U  butun  umri  davomida  Ona- 
Vatanni  ozod  va  obod  qilish  dardi  bilan  yashadi.  llm-fan,  adabiyot  va 
san’atimizni  rivojlantirishdagi  ulkan  xizmatlari  uchun  mustaqilligimizning 
dastlabki  yilida  respublikamizning yuksak mukofoti -  Alisher Navoiy  nomidagi 
Davlat mukofoti berildi.
Abdurauf Fitrat  1886-yilda  qadim  ilm-fan  beshiklaridan  bo’lgan  Buxoro 
shahrida  tug’ildi.  Uning  otasi  Abdurahimboysavdo  ishlari  bilan  shug’ullanar, 
o’qimishli,  Buxoro  shahrining  taniqli  kishilaridan  edi.  Abdurauf o’zbek  va  fors 
tilining  nazokatlarini,  elga  mashhur  qo’shiqlarini,  Hadisdagi  donishmand 
fikrlami  ilk  bor  onasi  Bibijon  (to’la  nomi  Nastarbibi,  ayrim  manbalarda 
Mustafbibi) otindan eshitdi.
130

Oilaning  katta  farzandi  bo’lgan  Abdurauf  ukasi  Abdurahmon,  singlisi

Mahbubaga  bolaligidayoq  she’riy  baytlami  yoddan  aytib  berishni  xush  ko’rar
j

edi.  Dastlab  eski  usul  maktabida  o’qidi,  so’ng  o’z  davrining  mashhur  ilm
i

maskani  -   M ir  Arab  madrasasida  ta’lim-tarbiya  oldi.  Bu  dargohda  turk,  fors, 
arab  tillarinio’rgandi.  Umar  Xayyom,  Bedil,  Alisher  Navoiy  asarlariga 
muhabbat  qo’ydi.  1909-1913-yillarda  Turkiyada  o’qidi.  Bu  yillar  Fitrat 
dunyoqarashini  o ’stirdi.  O ’qish  bilan  birga  ijod  bilan  ham  shug’ullandi,  shoir 
taxallusini ham shu yerda oldi.
235. Istambulda bosilgan “Munozara” asari kimniki?
M a’lumki,  A bdurauf  Fitrat  1909-1913-yillarda  Turkiyaning  Istanbul 
dorilfununida o ’qigan.  Fitrat  Turkiyada tahsil  olish  bilan bir qatorda badiiy  ijod 
bilan  ham  shug’ullandi,  taniqli  ma’rifatparvarlar,  adiblar  bilan  tanishdi, 
teatrlarda  bo’ldi,  adabiy  uchrashuvlarda  ishtirok  etdi.  Mashhur  yozuvchimiz 
Sadriddin Ayniy Istanbulga borib o’qigan yoshlar haqida gapira turib, “Fitrat bu 
talabalarning  eng  iste 'dodlisi  va  eng fozili  edi”,  degan  fikmi  aytib  o’tgan  edi. 
Fitratning “Munozara”  (“Hindistonda bir  farangi  ila buxorolik bir mudarrisning 
bir necha masalalar ham  usuli jadida xususida qilg’on munozarasi”)  asari  1909- 
yilda  Istanbulda  chop  etildi.  Fitratning  badiiy  ocherk  tarzidagi  bu  publitsistik 
asarida  milliy  ongni  uyg’otish,  elni,  yurtni,  davlatni  yangicha  boshqarishga 
da’vat,  ekologik  vaziyatni  yaxshilash,  tarbiya  va  madaniyatda  yangilikka 
chorlash,  sanoat,  qishloq  xo’jaligi  va  ishlab  chiqarishda  islohot  islohotlarni 
amalga  oshirib  mustaqillikni  ta’minlash,  tashqi  savdoni  yo’Iga  qo’yish  uchun 
temir yo’llar qurish singari muhim masalalar ko’tarilgan.
S. 
Ayniy  “Munozara”  haqida  gapira  turib,  bu  asar  davr  taraqqiyotiga 
g  ’oyat kuchli va samarali ta ’sir ko ’rsatdi, degan edi.
131

236. Fitratning Boybo'latovga ochiq xat tarzida yozilgan asari qanday 
nomlangan?
Fitratning  Boybo’latovga  ochiq  xat  tarzida  yozgan  asari  “Yopishmagan 
gajaklar”  deb  nomlangan.  Maqola  1929-yilda yozilgan,  u  Fitratning  o’z hayoti, 
achchiq  taqdiri  bilan  chambarchas  aloqador.  Xalqning  asl  farzandini  qatag’on 
qilishning  avj  nuqtasi  1937-yil  bo’lsa-da,  yangi jam iyatga  yot  unsurlarni  izlash 
jazavasi  undan  o’n  yil  ilgari  boshlangan  edi.  Fitratdan jiddiy  ayb,  xato  izlashlar 
o’sha yillarga to’g’ri keladi.  “Yopishmagan  gajaklar”  Fitratning  o’ziga nisbatan 
islomparast, turkparast, o’tmishni  qo’msovchi va uning merosini targ’ib qiluvchi 
-   millatchi  degan  tuhmatni  yopishtiruvchi  g’alamislarga  qarshi  raddiya,  ochiq 
xat sifatida e ’lon qilgan maqolasi edi.
Maqolada  Fitrat  o ’ziga  qo’yilayotgan  siyosiy  ayblar  noto’g’ri  ekanini 
aytish  bilan  birga,  madaniy  merosdan  voz kechish  kerak,  degan  fikrlarga qat’iy 
qarshi chiqadi...
237. Fitrat dramalaridan qaysilarini bilasiz?
Sermahsul  ijodkor  Fitrat  merosida  dramaturgiya  ham  salmoqli  o’rin 
egallaydi.  U  barcha  zamondoshlari  tomonidan  bu  borada yakdillik bilan  e’tirof 
etilgan  ijodkor  edi.  Mutaxassislaming  aniqlashlaricha,  Fitrat  o’n  beshga  yaqin 
dramalar  yozgan.  Bular:  “Begijon”(besh  pardali  fojia,  1916),  “Mavludi  sh arif’, 
“Abo  Muslim”  (1916),  “Temur  sag’anasi”  (1918),  “O’g’uzxon”  (1919),  “Qon” 
(1920),  “Chin  sevish  ”  (1920),  “Hind  ixtilochilari”  (1921),  “Abulfayzxon” 
(1923),  “Shaytonning  tangriga  isyoni”,  “Arslon”,  (1926),  “Vose’  qo’zg’oloni” 
(1927), “To’lqin”, “R o’zalar” (1930) va boshqalardir.
Ular orasida drama, komediya, tragediya va hatto opera librettosi ham bor. 
Biroq  bu  ulkan  dramatik  merosining  yarmidan  ko’pi  nashr  etilmagani  sabab, 
bizgacha yetib kelmagan (hozirgacha topilmagan).
132

238. Fitratning tilshunos olim sifatidagi faoliyati nimada?
Fitrat  XX  asr tilshunosligi  rivojiga munosib  hissa qo’shgan  olim  hamdir. 
“Devonu  lug’atit turk”ni  birinchilar qatorida o’rganishi,  qadimgi mug’ul tilining 
lug’atini  tuzishga  kirishgani,  til  haqida  ko’plab  maqolalardan  tashqari,  qator 
tilshunoslikka  doir  asarlarning  muallifi  ekani  va  ular  bir  necha  bor  nashr 
etilganining  o’ziyoq  Fitratning  iste’dodli  tilshunos  olim  bo’lganini  ko’rsatadi. 
Fitrat  tilshunoslikka  doir  “Sarf”,  “Nahv”,  “O’zbek  tili  qoidalari  to’g’risida  bir 
tajriba”,  “Tilimiz  I”,  “Tilimiz  II”,  ’’O ’zbek  tili  saboqlari”  kabi  bir  qator 
qo’llanma  va  ilmiy  maqolalar  yozgan.  Bular  yozuvchining  iste’dodli  tilshunos 
olim bo’lganini  ko’rsatadi.  Fitratning o’zbek ma’rifati ravnaqiga qo’shgan ulkan 
hissasi  uning  bir  qancha  darslik  va  qo’llanmalarida  namoyon  bo’ladi.  20- 
yillaming  o ’rtalarida  Fitrat  o’zbek  tilining  qonun-qoidalarini  yoritishga  va 
o ’rgatishga bag’ishlangan  “S a r f ’ va “Nahv”  darsliklarini  alohida-alohida nashr 
etdi.  Bu  kabi  dalillar  Fitratni  XX  asr  o’zbek  tilshunosligining  asoschilaridan 
hamda til  faniga oid  darsliklarning  ilk mualliflaridan  biri  deyishga  asos  beradi. 
Fitrat  ayni  vaqtda,  bu  yo’nalishlarda tojik  tiliga  oid  darslik va  tadqiqotlar ham 
yaratdi.
239. F itra tn in g  M oskvadagi faoliyati haqida nim alar bilasiz?
Fitrat  1923-1924-yillarda  Moskva  va  Leningradda  yashadi.  Moskvadagi 
sobiq  Lazarev  Sharq  tillari  institutida  ishladi,  ilmiy  ish  bilan  shug’ullandi. 
Leningrad  davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari tili,  adabiyoti, 
madaniyatidan  m a’ruza  o’qidi,  professorlikka  saylandi.  O’qituvchilik  bilan  bir 
qatorda badiiy  ijod  bilan jiddiy shug’ullandi.  O’zbek adabiyotida birinchi tarixiy 
fojia “Abulfayzxon”  tragediyasini,  “Bedil”,  “Qiyomat”,  “Shaytonning  Tangriga 
isyoni”  asarlarini  Moskvada  yaratdi.  Yana  o’ndan  ortiq  ilmiy  maqola  va 
qo’llanmalari ham Rossiyada yozildi.
133

240. Fitrat qachon Toshkentda bo'ldi va qaysi asarlarini yozdi?
Fitrat  1918-1920-yillarda ma’lum muddat Toshkentda yashadi, madaniyat
va  m a’naviyat  ishlari  bilan  shug’ullandi.  Xadra  atrofidagi  maktabda  va 
dorilfunun  qoshida  tashkil  etilgan  dorilmualliminda  til-adabiyotdan  dars  berdi. 
Fitrat  va  Cho’lpon  birinchi  marotaba  Toshkentda  1919-yilning  boshlarida 
uchrashdilar. 
Fitrat 
1919-1920-yiIlarda 
A fg’onistonning 
Toshkentdagi 
elchixonasidatarjimonlik qiladi.
Fitratning Toshkentdagi  eng katta xizmatlaridan biri  “Chig’atoy  gurungi” 
jamiyati tashkil  etishi  bo’ldi.  Jamiyat 3  yil  (1918-1920) yashadi, lekin o ’zbek tili 
va  adabiyotigina  emas,  balki  o ’zbek  madaniyatining  shakllanish  va  taraqqiyot 
tarixini  yangi  zamonaviy  ilm  asosida  o’rganishni  boshlab  berdi.  Fitratning  Sh. 
Rahimiy  va  Q.  Ramazon  bilan  hammualliflikda  yozgan  “Ona  tili”  (1918) 
darsligi,  “Cho’zg’ilar”  (“Unlilar”)  imlosiga doir  Q.  Ramazon  bilan hamkorlikda 
yozgan  “Bitim  yo’llari”  (1919)  o’quv  qo’llanmasi,  “Insoniyat  haqida 
Navoiyning  fikri”  (1919)  risolasi  shu  davrda  maydonga  kelgandir.  Qiyosan 
olganda,  jamiyat  til  masalalariga  alohida  e ’tibor  bergani  ko’zga  tashlanadi. 
Jamiyat qoshida “Imlo to’dasi”ning tashkil topishi bejiz emas edi.
Fitrat muharrirligida (Botu va Elbek hamkorlikda)  1920-yilning 9-aprelida 
“Tong” jumalining  1-sonini  bosmadan  chiqaradilar.  Bu  sonda:  “
Yashasin  ilmiy, 
adabiy,  ijlimoiy  o'zgarish.  Miya  o ’zgarm agim cha  boshqa  o ’zgarishlar  negiz 
tutmas.  Yashasin  sharq  qutilishi!
”,  -  degan  fikrlar  yozilgan  edi.  Jurnalda 
“Chig’atoy  gurungi”  a’zolarining  barchasi  ishtirok  etgan,  3-soni  chiqqach, 
to’xtab qolgan.
Fitrat  Toshkentda  “O ’g’uzxon”,  “Chin  sevish”,  “Hind  ixtilochilari”  kabi 
asarlarini ham yaratgan.  Turkiston muxtoriyatining fojiali tugatilishi  munosabati 
bilan yozilgan va adibning so’ngsiz iztiroblarini  ifoda etgan bir pardalik “Temur 
sag’anasi” asari ham shu davrda maydonga kelgan.
134

241. Fitratning adabiyot sohasidagi xizmatlari qaysilar?
Fitrat  o’zbek  adabiyotshunosligi  ravnaqiga katta hissa  qo’shdi.  Olim  XX 
asr  o’zbek  adabiyotshunosligining  asoschisidir.  Fitratning  “Farhod  va  Shirin” 
dostoni  to’g ’risida”,  “Ahmad  Yassaviy”,  “Fors  shoiri  Umar  Xayyom”, 
“Firdavsiy  zamoni  va  muhiti”,  “Bedil”,  “Navoiyning  forsiy  shoirligi  va  uning 
forsiy  devoni  to ’g’risida”,  “O ’zbek  shoiri  Turdi”,  “Hibat  ul-haqoyiq”, 
“Mashrab”,  “XVI  asrdan  so’nggi  o’zbek  adabiyotiga bir  qarash”  kabi  ko’pdan- 
ko’p tadqiqotlari, maqolalari  sharq va o’zbek mumtoz adabiyotining mashhur va 
ardoqli vakillari hamda muhim muammolariga bag’ishlandi.
O ’zbek  va  sharq  adabiyoti  tarixining  mumtoz  namunalari,  san’atkorlar 
hayoti  va  ijodi,  nazariy muammolar haqida dastlab  Fitrat ilgari  surgan  fikrlar,  u 
chiqargan  xulosalar  keying  bosqich  tadqiqotchilari  uchun  katta  ijodiy  maktab 
bo’ldi.  Shu  m a’noda  Fitrat  XX  asrda  yetishib  chiqqan  ulkan  o’zbek 
adabiyotshunos  olimlarining  -   mumtoz  adabiyot  bilan  shug’ullanuvchi 
mutaxassislaming  yetakchi  ustozidir.  20-yillardagi  mutaxassislar  olimning 
“Adabiyot  qoidalari.  Adabiyot  muallimlari  va  adabiyot  havaslilari  uchun 
qo’llanma”  (1926)  darsligini  o’qib  voyaga  yetdilar.  Olimning  mazkur  kitobida 
ilk 
bor 
o’zbek 
adabiyotshunosligida 
zamonaviy 
adabiyot 
nazariyasi 
muammolari, tushunchalari yoritildi.
Olim  Fitratning  folkloristika,  matnshunoslik,  mumtoz  adabiyot,  aruz, 
adabiyot  nazariyasini  o’rganish  ilmi  taraqqiyotiga  qo’shgan  hissasi  alohida 
tahsinga  sazovordir.  Alloma  XX  asming  o’rtalarida  “Qutadg’u  bilig”ning 
uchinchi  -   Namangan  nusxasini  topib,  fan  tarixiga  kiritdi  hamda  o’zi  u  haqda 
katta maqola yozdi.
242. Adabiyotimizda tarixiy mavzudagi birinchi drama qaysi?
“Abulfayzxon” adabiyotimizdagi tarixiy mavzuda yozilgan birinchi  sahna 
asari  -   tragediya  (fojia)  bo’ib,  Fitrat  tomonidan  yozilgan.  1924-yili  Moskvada 
milliy  xalqlar markaziy nashriyotida bosilgan.  Asar janriga ko’ra -  tarixiy  fojia. 
Asarda  XVIII  asr  Buxoro  hayoti  -   ashtarxoniylar  sulolasining  oxirgi
135

namoyandalaridan  biri  Abulfayzxon  hokimiyatining  tanazzuli  va  mang’itlar 
sulolasining  dastlabki  bosqichi  tarixiy  haqiqat  asosida  badiiy  yuksak  va  teran 
aks ettirilgan.
Besh  pardali  bu  fojiada  taxt  uchun  aka-uka,  ota-bola,  do’st-birodar  -  
qarindosh-urug’lar o ’rtasida  bo’lib  o ’tgan  cheksiz razolatlar  ko’rsatiladi.  Taxtni 
egallagan  Abulfayz  xon  ko’p  o’tmay  barchadan  shubhalana  boshlaydi.  Kuni 
kecha  taxtni  qo’lga  kiritishga  yordam  bergan  barcha  yaqinlarim  hibsga  oladi, 
qatl etadi.
Abulfayzxonning  Xorazmga  qarshi  urush  boshlab  yuborishi  esa,  o’zini 
holdan  toydirish  bilan  birga  yurtni  ham  xarob  qiladi.  Xorazm  Eron  shohi 
homiyligida  edi.  M ag’lubiyatga  uchragan  xonlik  Eronga  bo’ysunishga  majbur 
bo’ladi.  Mamlakatni  ozod  qilishga  intilgan  farzandlar  qurbon  bo’ladilar.  XVIII 
asrda  kechgan  og’ir  voqealarga  murojaat  qilish  Fitrat  uchun  asosiy  maqsad  va 
muddaoni amalga oshirish vositasi edi.
Abulfayzxon  saroyidagi  yovuzliklar,  razilliklar  qay  darajada  avj  olmasin, 
uning  atrofidagi  aksar  amaldorlar  qanchalik  olchoq,  qanchalik yovuz,  naqadar 
sotqin  bo’lmasin,  saroydagi  sharoit  bu  qadar  fojiona tus  olmasin,  hayot  Farhod 
otaliq,  Ibrohimbiy  kabi jasur,  mard,  boshiga  qilich  kelganda  ham  to’g ’ri  so’zni 
aytishdan  qo’rqmaydigan  insonlar  bilan  purma’no  ekanini  Fitrat  asar  mag’ziga 
chuqur singdirib yuborgan deya olamiz.
Fitrat 
Abulfayzxon  tabiati 
va  taqdiri 
misolida  zo’ravonlik  va 
shafqatsizlikning  g’ayriinsoniy  mohiyatini  ochib  beradi  va  uning  natijasi  alal- 
oqibat fojiadir,  degan o’ta chuqur falsafiy xulosaga keladi.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 83%20Адабиётшунослик
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
83%20Адабиётшунослик -> O zbek mumtoz adabiyoti tarixi
83%20Адабиётшунослик -> Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri
83%20Адабиётшунослик -> O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
83%20Адабиётшунослик -> Abdurahmonov
83%20Адабиётшунослик -> N iz o m iy n o m id a g I t o s h k e n t davlat p e d a g o g ik a u n IV e r s it e t I mamasoli jumaboyev
83%20Адабиётшунослик -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling