Namangan davlat universiteti obid jon karimov


 Cho'Iponshunoslik haqida nimalar bilasiz?


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana15.12.2019
Hajmi3.85 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

287. Cho'Iponshunoslik haqida nimalar bilasiz?
Cho’lpon  adabiyot  sahnasida  ko’rinishi  bilanoq  ko’zga  tashlangan
ijodkorlardan.  Cho’Iponshunoslik  uning  ijodi  bilan  birga  boshlangan  deb  ayta 
olamiz.  Uning  matbuotda  e ’lon  qilingan  birinchi  asari  “Sadoyi  Turkiston”ning 
1914-yil  18-aprelida  “Abdulhamid  Sulaymoniy”  imzosi  bilan  bosilgan 
“Turkistonli  qardoshlarimizga”  she’ridir.  Shoir  haqida  dastlabki  maqolalar  20- 
yillarning boshlarida paydo bo’ldi.  Shulardan birinchisi tatar adibi Zarif Bashiriy 
(1888-1962)ning  1923-yil  4-mayda  “Turkiston”  gazetasida  shoirning  ilk 
to ’plami  “Uyg’onish”ga  yozilgan  taqrizi  edi.  10-dekabrda  munaqqid  Vadud 
Mahmudning  ’’Cho’lponning  “Buloqlar”i”  nomli  taqrizi  bosildi.l924-yilda 
adabiyotshunos  Abdurahmon  Sa’diy,  1925-yilda  Abdulla  Qodiriy  u  haqda 
yozdilar.
1927-yilda  tanqidchi 
Olim 
Sharafiddinovning 
“O ’zbek  shoirlari. 
Cho’lpon”  (“Qizil  O ’zbekiston”  gazetasi,  14-fevral)  maqolasi  bilan  matbuotda 
shoir  ijodi  haqida  katta  bahs  ochildi.  O.  Sharafiddinov  Cho’lpon  ijodiga  sinfiy 
yondashib,  “Cho’lpon boylar, millatchi ziyolilarning mafkurachisidir, shulaming 
shoiridir”,  “Cho’lponning  asarlarini  kuchli  senzuradan  o’tkazib,  muvofiqlarini 
bosish  kerak”  degan  xulosani  beradi.  Unga  javoban  yosh  Oybek  “Cho’lpon 
shoimi  qanday tekshirish  kerak”  maqola yozib,  uning  she’rlarini  mafkura emas, 
san’at  qonunlari  asosida  tekshirish  lozimligini  uqdirdi.  Mashhur  olim  va 
munaqqid  Ozod  Sharafiddinov  1927-yil  mojarosini  “Adabiyotshunoslik  va 
tanqidning  manqurtga  aylanishi”  degan  ko’p  yillik  va  ko’p  pardalik  fojianing 
birinchi pardasi” deydi.
Shu  tariqa  mash’um  fojianing  “ikkinchi  pardasi”  (O.  Sharafiddinov) 
Cho’lponning  hibsga  olinib,  qatl  qilinishi  bilan  yakunlanadi79.  1956-yilda 
Cho’lpon  oqlandi.  1988-yilda  “Kecha  va  kunduz”  romani  O.  Sharafiddinov 
so’zboshisi  bilan  “Sharq  yulduzi”  jum alida  e’lon  qilindi.  “Yulduzcha” 
nashriyoti  “Bahomi  sog’indim”  nomi  bilan  m o’jazgina  she’riy  to’plamini  chop
79 Каранг:  Озод Ш арафнддннов. Чулпонни англаш.Т., “Ёзувчи” нашриёти,  1994, 30-32-бетлар.
160

etdi80.1991-yilda G’. G’ulom nashriyoti adibning “Yana oldim sozimni” kitobini 
bosib chiqardi81.
288. “Cho’Iponni anglash” risolasi muallifl kim, asardan chiqadigan 
xulosalar qaysilar?
“Cho’Iponni  anglash”  risolasi  muallifl  mashur  tanqidchi,  “O’zbekiston 
Qahramoni”  Ozod  Sharafiddinovdir.  Risola  1994-yilda  kitob  holida  bosib 
chiqarilgan.  Adabiyotshunos  olim  Ozod  Sharafiddinov  bu  asarda  Abdulhamid 
Cho’lpon  ijodini  sinchkovlik  bilan  tahlil  qilar  ekan,  haqli  ravishda  quyidagi 
xulosalarga  kelgan: 
“'Cho’Iponni  anglash  -   s o ’z  san’atining  botiniy 
qonuniyatlarini  teran  anglash,  ularning  shoir  ijodida  qanday  zohir  topishini 
anglashdir.  C ho’Iponni  anglash  -   uning  buyuk  umumbashariy  g ’oyalarini, 
uning  yuksak  insoniy  tu yg’ularini  yurakka  singdirib  olishdir.  Cho’Iponni 
anglash  —  Vatanni,  k o ’hna  Turkistonimizni  Cho’lpon  ko’zi  bilan  ko’rib, 
Cho ’Ipon yuragi  bilan  seva  bilmoqdir.  Bir  so ’z  bilan  aytganda,  Cho 'Ipon  har 
bir  adabiyot  muxlisining  yurak  mulkiga  aylanishi  shart.  Buning  uchun  esa 
C ho’lpon  merosini  yangi  tafakkur  asosida  b a g ’rikenglik  bilan  tadqiq  etmoq 
lozim ”82.
289.  Mustaqillik yillarida Cho'Ipon nomini va asarlarini tiklashda 
jonbozlik qilgan olimlar kimlar?
Mustaqillik  Cho’lpon  ijodini  xalqqa  tanitishni  yangi  asoslarga  ko’chirdi. 
“Xazina”  ilmiy-ijodiy  birlashmasi  1993-yildan  ijodkoming  uch  tomlik  asarlari 
nashrini  boshladi83.  Ayni  paytda,  u  haqda  keng  ko’lamda tadqiqotlar maydonga 
kela  boshladi84.  Shu  yili  Zamira  Eshonova  “Cho’lpon  poeziyasining  g’oyaviy- 
badiiy  xususiyatlari”  mavzuida  nomzodlik  dissertatsiyasi  yoqladi.  Bir  yil
80 Ч улпон. Бахорни согиндим. Т., “Юлдузча”,  1989, 64 бет. Тупловчи ва сузбоши муаллифи И. Хаккулов.
81 Чулпон. Яна олдим созимни. Кеча ва кундуз.  Ёркиной.  Шеърлар. Т.,  1991, 576 бет. Масъул мухаррир 
ва сузбоши муаллифи Озод Шарафиддинов.
82 Ш араф иддинов Озод. Чулпонни англаш.  -  Т.: “Ёзувчи”,  1994,46-бет.
83 А бдулхамнд Чулпон. Гузал Туркистон. Т., “Маънавият”.  128 бет.
84 Озод Ш арафиддинов. Чулпо>».  Шоир хакидаги ривоятлар  ва хакикатлар. Т., “Чулпон" нашр.,  1991.  112 
б.  Н аим  Каримов.  Чулпон.  Тошкент, “Фан”,  1991, 84 бет.
161

o’tgach,  D.  Quronov  “Cho’lponning  “Kecha  va  kunduz”  romanida  xarakter 
psixologizmi”  nomida  nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya  qildi.  1998-yilda
ushbu  muallifning “Cho’lpon  nasri  poetikasi” mavzuidagi  doktorlik  ishi  himoya 
qilindi.  Shuningdek,  shoirning adabiy-estetik  qarashlari,  milliy-poetik  tafakkuri, 
publitsistik mahorati  bilan  bog’liqqator  dissertatsiyalar yozildi85  va yozilmoqda. 
Ayni  paytda  bir  qator  risola  va  kitoblar  ham  nashr  qilindi86.  Olim  O. 
Sharafiddinovning  “Cho’lpon”,  “Cho’lponni  anglash”  kabi  kitoblarini  esa 
mohiyatan cho’lponshunoslikning bugungi kun talqinidir, deb aytishga haqlimiz. 
Professor  D.  Quronov ham  Cho’lpon  nasri  bo’yicha  qator tadqiqotlarini  yaratdi 
va yaratmoqda.
290.  "Cho'lpon"  ma’rifiy roman mualiiil kim?
“Cho’lpon”  nomli  m a’rifiy  roman  muallifi  filologiya  fanlari  doktori, 
professor  Naim  Karimovdir.  Roman  2003-yilda  “Sharq”  nashriyotida  bosilib 
chiqqan.  Naim  Karimov  Cho’lpon  haqida  ko’plab  risola,  monografiya  va 
maqolalar  yozgan.  Bu  asari  esa  munaqqidning  yangi  qirralarini  kashf  qildi. 
Tarix,  arxiv  materiallari,  muzeydagi  ma’lumotlar,  mashhur  san’akoming 
yaqinlaridan  to’plagan  m a’lumotlar  asaming  badiiyligini  oshirgan.  Bu 
fikrlarimizni  kitobga yozilgan  annotatsiya  ham  tasduiqlaydi:  “C ho’lpon  o ’zbek 
xalqining  XX   asrda  yetishib  chiqqan  buyiik  siymolaridan  biridir.  U  nafaqat 
itlug’  shoir,  nosir,  dramaturg  va  tarjimon,  balki  o ’zbek  xalqini  istiqlol 
manzillari  sari  yetaklashga  intilgan  siymo  sifatida  ham  biz  uchun  g ’oyat 
qadrlidir...”  Naim  Karimov  uzoq  yillar  mobaynida  turli  arxivlarda  ishlash, 
shoirning  qarindosh-urug’lari  va  zamondoshlari  bilan  suhbatlashish  asosida
8S Каранг:  С ултонов У. Чулпоннинг адабий-эстетак карашлари, НДА, Т.,  1995; Эрназарова Г . \ .  XX аср 
узбек поэзиясида миллим тафаккур ва унинг бадиий талкини ( Чулпон, F. Гулом, А. Орипов шеърияти 
мнсолида), НДА, Т., 2001; Й улдош бекова С .С. Чулпоннинг публицистик ва мухаррирлик 
фаолията.Т.,2002.
96
 Л утфиддинова X. Зеби, Зебона... Т., 1993; Ш арафиддинов О . Чулпонни англаш.  Т.,  1994; К уронов Д. 
Рухий дунё тахлили. Т.,  1995; яна шу муаллиф.: Чулпон хаёти ва ижодий мероси, Т.,  1997; Т улаков И. 
Чулпон махорати. Андижон,  1997; Рузимухаммад Б. Чулпон -то н г юлдузи демак (Чулпоннинг 
педагогик карашлари), Т.,  1997; С. М амаж онов. Бизнинг Чулпон (Бадиий-публицистик маколалар), Т.,
1997;
Н. К аримов. Истиклолни уйготтан шоир.  Т., 2000 ва хоказо.
162

shoiming  hanuzgacha  qorong’i  bo’lib  kelgan  hayot  va  ijod  yo’lini  tiklashga 
erishgan.
Kitob  debocha bilan ochiladi:  “Xayol,  xayol... yo lg ’izx a y o lg o ’zaldir...  ”. 
Cho’lpon bir she’rini  shunday misralar bilan boshlagan va darhol  “Haqiqatning 
ko'zlaridan  q o ’rqaman”  deb  aytgan.  Chindan  ham  Cho’lpon  yashaga davr  o’ta 
og’ir  edi.  Xalq  nihoyatda  qiynalayotgan,  uni  ko’zi  bilan  ko’rgan  odam  oddiy 
xalq  tomonini  ololmasdi.  Cho’lpon  shundan  qiynalgan.  Oydin  kunga  qarab 
qo’yardi,  haq  nurini,  haqiqatni  qachondir  g’olib  kelishiga  ishonardi. 
Yaqinlaridan biri bekorga tong yulduzi -  Cho’lpon deb taxallus bermagan edi.
Kitob  besh  fasldan  iborat,  ular  ramziylikka  asoslangan,  olim  bunda 
Cho’lpon  asarlari  sarlavhalaridab  kelib  chiqqan.  Birinchi  fasl  “Uyg’onish”  deb 
nomlangan va bunga quyidagi misralar epigraf sifatida keltirilgan:
Nechun ochildi ко ’zim,  qayga ketdi uyqularim?
Bu uyg 'onishda to 'lib-toshdi,  oshdi qayg ’ularim
Cho ’Ipon.
E ’tibor  beradigan  bo’lsak,  olim juda  chiroyli,  ramzlarga  boy  misralami 
keltirgan. Bu bilan yozuvchi hayotga nigoh tashlayapti, ko’zlari ochildi, uyqulari 
qochdi. Lekin bu uyg’onish qayg’ularini oshirdi. Buning sababi bizga ma’lum... 
“Zilzila”  nomli  hikoyada  Andijon  ta’rifi  keltiriladi  va ko’plab  buyuk  kishilarga 
beshik  bo’lgan  yurtdan  chiqqan  insonlar  nomi  yeti  iqlimga  mashhur  bo’lgani 
aytib  o’tiladi.  Ular  orasida  Boburshoh,  Shoh  Mashrab,  Nodirabegim  kabi 
mashhur  kishilar  borligi  eslanadi.  1902-yilda  bo’lib  o’tgan  zilzila,  uning 
odamlarga  keltirgan  behisob  ziyoni  ham  misollar  bilan  aytib  o’tilgan. 
Nogahoniy  zilzila  shahami  tanib  bo’lmaydigan  darajaga  solib  qo’ydi. 
Qahramonimiz  shu  paytda  to’rt  yosh  bola  edi,  zilzila  bo’layotgan joydan  olib 
o’tilayotganda  bir  shox  uning  boshiga  tegib  jaraohatlagani  haqida  singlisi 
Foyiqa  aytib  o’tgan.  M a’lumki,  bundan  rosa  280  yil  aw al  ham  Andijonda 
dahshatli  zilzila  bo’lib,  shahami  tep-tekis  qilib  qo’ygandi,  ko’p  odamlar 
g’aflatda  qolib  nobud  bo’lgani  ko’p  litoblarda  yozilgan.  Shulami  hisoblab 
aytiladigan  bo’lsa,  Cho’lpon  1898-yilda  -  sak  yiida  tug’ilgan,  lekin  hujjatlarda
163

1897-yil  deb  ko’rsatilgan.  Buni  Cho’lponning  o’zi  ham  isbotlaydi.  Cho’lpon 
1897-yilda  Andijonning  Qatorterak  mahallasida  savdogar  Sulaymonqul  Mulla
Muhammad  Yunus  xonadonida  dunyoga  keldi,  uning  peshonasiga  XX  asr 
o’zbek  she’riyatining  porloq  yulduzi  bo’lishdek  yuksak  saodat,  noraso  tuzum 
taloto’plarining  qurboni  bo’lishdek  fojia  xat  qilingan  edi.  Bo’lg’usi  shoirning 
otasi el  ichida Sulaymonqul  bazzoz nomi bilan  mashhur savdogar, zamonasining 
o’qimishli,  taraqqiyparvar  kishilaridan  edi.  O ’zbek ma’rifatchilarining to ’ng’ich 
bo’g’iniga 
mansub 
mashhur 
murabbiy 
va 
journalist 
M o’minjon 
Muhammadjonov  u  kishining  “eski  madrasani  bitirgani,  har  kuni gazeta  о 'qib, 
olam  ishlaridan  xabardor  b o ’lib  turgani”*1  haqida  ma’lumot  beradi.  So’z 
san’atiga  ayricha  mehr  qo’ygan,  sharq  adabiyoti  klassiklari  ijodidan 
ilhomlangan  Sulaymonqulning  o’zi  ham  Rasvo,  Vola taxalluslari  bilan  she’rlar 
yozgan.Qizlari  -   Foiqa  Sulaymonova  xonadonida  saqlanayotgan  qo’lyozma 
devondan joy  olgan  g ’azallar,  muxammaslar,  muvashshahlar  uning  durustgina 
ta’bi  nazm  sohibi  bo’lganidan  dalolat  beradi.  N.  Karimov  Foiqa  aya  ulam ing 
shajarasini  ham  keltirib  o ’tganligini  aytadi:  Cho’lponning  otasi  —  M ulla 
Sulaymonqul bazzoz, uning otasi -  Muhammad Yunus, uning otasi -  Abdurasul 
bo’zchi,  uning  otasi  -   D o’stmat  so’fi,  uning  otasi  -   Rajab  so’fi,  uning  otasi  -  
Erka  so’fi.  Ko’rinadiki,  C ho’lponning  avlodlari  boy  va  o’qimishli  bo’lishgan. 
1914-yildan  boshlab  Q o’qonda  “Sadoyi  Farg’ona”  nomli  jaded  gazetasi  nashr 
qilina boshlaydi.  “Sadoyi  Farg’ona”ning  o’sha yil  16-aprelida chiqqan  4-sonida 
gazetaning  Andijondagi  “obuna  va  e’lon  qabul  qiladigan  vakili  Sulaymonqul 
Yunus  o’g’Ii”  ekanligi  qayd  qilingan.  Keyinroq,  gazetaning  6-sonida 
Abdulhamid 
Sulaymonqul 
o ’g ’Ii 
Yunusov 
o ’sha 
vakillar 
qatorida 
sanaladi.Sulaymonqul bazzozning gazeta endigina oyoqqa turayotgan vaqtda uni 
yo’lga solishga ko’maklashgani  fikrimizni tasdiqlaydi.  Bundan  shuni  aytamizki, 
ota-o’g ’il  orasida  hammaslaklik,  hamfikrlik  asosiga  qurilgan  munosabat  hukm 
surgan.  Yozuvchi  V.  Yan  yozishicha,  Cho’lpon  1933-yilda  shunday  hikoya 
qiladi:  “ Yoshlik  chog’imda  F arg’onada  gazmol  bilan  savdo  qiluvchi  otam
87 М. М ухаммаджонов. Турмуш уринишлари. Тошкент,  1964,  129-бет.
164

musulmonchilikka  haddan  ziyod berilgan  b o ’lib,  mullalar  bilan  d o ’st  tutingan 
edi.  U  meni  ham  mullavachcha  qilib  o'stirish  niyatida  tahsil  ko'rish  uchun 
madrasaga  bergan...  Ammo  mudairislik  qilish  o ’rniga  men  milliy  o ’zbek 
yozuvchisi  b o ’lishga  ahd  qildim,  otamdan  ham,mullalardan  ham  qochib 
Toshkentga  bordim  va  и  yerda  she’rlar,  hikoyalar  yozib,  jurnallarga 
yubordim"88...
291. Cho’lponning dastlabki she’r va maqolalari nechanchi yildan 
chiqa boshlagar?
Abdulhamid  Cho’lponning  adabiy-ijodiy faoliyati  1913-yilda boshlangan, 
uning dastlabki  she’r,  hikoya,  ocherk va maqolalari “Sadoyi Farg’ona”, “Sadoyi 
Turkiston”,  “Turkiston viloyatining gazetasi”,  “Oyina”,  “Sho’ro” kabi gazeta va 
jumallarda nashr etilgan.
“Sadoyi  Turkiston”  gazetasining  1914-yil  14-aprel  sonida  15  yashar 
shoiming “Turkistonli qardoshlarimizga” degan she’ri bosiladi.l914-yil 29-aprel 
sonida  shu  gazeta  “Qurboni jaholat”  hikoyasini  -   birinchi  nasriy  asarini  e’lon 
qiladi.  Shundan  keyin  adibning  “Adabiyot  nadur?”  degan  maqolasi,  “Do’xtur 
Muhammadiyor”  hikoyasi  va  yana  boshqa  qator  asarlari  bosiladi.  Bu  asarlari 
“Abdulhamid  Sulaymon”,  “Abdulhamid  Sulaymoniy”  imzolari  bilan  bosilgan. 
So’ngra  “Qalandar”,  “Mirzaqalandar”,”Cho’lpon”  taxalluslari  bilan  chiqdi. 
Tariximizga  Cho’lpon  nomi  bilan  kirdi,  yangi  adabiyotning  iste’dodli  yosh 
vakili  sifatida  tanila  bordi.  Ba’zi  zamondoshlarining  eslashicha,  shoiming 
asarlari  Orenburg,  Ufa,  Qozon  va  Boqchasaroyda  chiqadigan  gazeta-jumallarda 
ham bosilib turgan.
292. Cho’lponning “Adabiyot nadur?” maqolasi haqida nimalar 
bilasiz?
Cho’lponning  1914-yilda  yozilgan  “Adabiyot  nadur?”  maqolasi  hozirgi 
kunda  o’z  qimmatiga  ega.  Cho’lpon  bu  maqolada  adabiyotning  kishilik
88 Кучирма манбаси:  H. К аримов. Чулпон. Тошкент, “Фан”,  1991,  11-бет.
165

jamiyatidagi  o ’mi  va  mas’uliyati  haqida,  yozuvchilami  tarbiyalab  yetishtirish 
umumxalq  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  muhim  ish  ekani  haqida  teran  fikrlarini
yuritgan.  Cho’lpon  avvalo,  “Adabiyot  nadur?”  degan  savolga  javob  berib, 
“Hayotimizning beto ’xtov harakat qilib turmog ’i uchun suv,  havo naqadar zarur 
bo'Isa,  kuridalik  maishatimiz  y o ’linda  ruhimiz  va  vujudimizni  zahmatkash 
falakning qora kirlari,  achchiq qurumlaridan yuvib  turmoq  uchun adabiyot shul 
qadar  zarurdir”89,  -   deb  yozadi.  So’ngra  millatning  istiqboli  adabiyot 
taraqqiyoti  bilanuzviy  bog’liq  ekanini  qayd  etib,  so’z  san’atining  ahamiyatini 
kamsitgan  millatning  kelajagi  porloq  emasligini  ta’kidlaydi.  Jumladan,  “O ’z 
adabiyotining  taraqqiyotinda  har  toifa  adib  va  shoirlar  yetishtirmoq  g ’amini 
yemagan  millat  oxir  bir  кип  hissiyotlardan,  о ’y-fikrlardan  mahrunt  qolib,  oxir- 
natijada т а ’nan  inqiroz sari yuz tutar.  Muni  inkor qilib  b o ’lmas.  Inkor q ilg ’on 
xalq о ’zini inqiroz daryosiga g  ’arq bo ’lurin iqror qilg ’onidir ”90, -  deb yozadi.
293. Cho'lpon qanday taxalluslarda ijod qilgan?
Cho’lpon  dastlabki  asarlarini  “Abdulhamid  Sulaymon”,  “Abdulhamid 
Sulaymoniy”  imzolari  bilan  e’lon  qildi.  Mutaxassislaming  aniqlashlaricha, 
“Sadoyi  Turkiston”  ning  1914-yil  29-aprel  sonida  chop  etilgan  “Qurboni 
jaholat”  hikoyasi  Cho’lponning  birinchi  nasriy  asaridir.  Bu  hikoya  ostiga 
“Abdulhamid  Sulaymon”  imzosini  qo’ygan.  Shundan  keyin  boshqa  ko’plab 
asarlari  “Qalandar”,  “Mirza  Qalandar”,  “Andijonlik”,  “Q.”,  “Cho’lpon”  kabi 
taxalluslari  bilan  chiqdi.  Ijodkor tariximizga  asosan  Cho’lpon  nomi  bilan  kirdi. 
Shoirning “Qalandar ishqi” she’rining oxirgi baytiga e’tibor qarataylik: 
Muhabbat osmonida go ’zal C ho’lpon edim,  do ’stlar, 
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.
89 Чулпон. Адабиёт надур?
90 Ч улпон. Адабиёт надур?
166

294. Cho’lpon Buxoroda qaysi gazetaga muharrirlik qilgan(qachon)?
Cho’lpon  20-yillarda  TurkRosTAda,  “Ishtirokiyun”,  “Qizil  bayroq”, 
“Turkiston”,  “Buxoro  axbori”  gazetalarida  mas’ul  lavozimlarda  ishlagan,  ya’ni 
muharrirlik  qilgan.  U  Buxoroda  Fitrat  hukumat  tarkibida  ishlab  turgan  1920- 
1923-yillarda  xizmat  qilgan.  Ziyo  Said  uning  bir  muddat  1920-1923-yillarda 
xizmat  qilgan.  Ziyo  Said  uning  bir  muddat  1920-1922-yillarda  chiqib  turgan 
“Buxoro axbori”da mas’ul muharrir bo’lganini qayd etadi91.
295.  C ho’lponning xalq og'zaki ijodi asosida yozgan pyesasi qanday 
nomlangan?
Cho’lponning  xalq  og’zaki  ijodi  asosida  yozgan  sahna  asari  “Yorqinoy” 
(1920)  pyesasi  hisoblanadi.  Cho’lpon  pyesani  “Totli  va  boy  tili  bilan  ertak 
(cho 'pchak) aytib berib,  shu dramaning yozilishiga sabab bo ’Igan kampir onaga 
hurmat bilan bag ’ishlayman", -  deb qayd qilgan edi.
Asaming  markazida  xon  sarkardasi  O’lmas  botiming  yolg’iz  qizi- 
Yorqinoy  turadi.  O ’lmas  botir  uni  o’g’ilday  tarbiya  qilgan,  yoshlikdan 
qilichbozlikni o’rgatgan.  Yorqinoy bog’bon Po’latni sevadi, otasi qizini xonning 
og’liga bermoqchi bo’ladi.  Otasi  Po’lat va uning avlodini yo’qotmoqchi bo’ladi. 
Xalq  ham  Po’lat tomonda bo’ladi.  Po’latning  ota-onasi  O ’lmas  botir tomonidan 
o’ldirilib,  o’zi  xizmatkorlikka  olinadi.  Xalq  ishonchini  ustun  bilgan  Po’lat 
tog’larga  chiqib  ketadi.  O ’lmas  botir  qo’shiniga qarshi urushga kiradi.  Aqlli qiz 
otasi  bilan  xalq  o’rtasidagi  urushni  yarashga  aylantiradi.  Po’lat  xon  ko’tariladi, 
adolat  qaror  topadi.  Tanqidchi  Ozod  Sharafiddinov  Cho’lponning  Yorqinoy 
obrazini  yaratishda  “Oloy  malikasi”  nomini  olgan  Qurbonjon  dodxoh  (1811- 
1907)ni ko’zda tutgan bo’lishi mumkinligini aytgan.
296. Cho’lponning tarjimonlik faoliyati haqida nimalar bilasiz?
Biz  bilamizki,  Cho’lpon  rus-tuzem  maktabida  ham  o’qigan.  Ko’plab  rus 
va jahon  adabiyoti  namunalarini  qunt  bilan  o’qigan,  o’rgangan.  Sermahsul  adib
91  Каранг: Зиё Саид. Танланган асарлар. Т.,  1974, 74-бет.
167

A.  Pushkinning  “Dubrovskiy”,  “Boris  Godunov”  hamda  25  she’rini,  Karlo 
Gotsining  “Malikayi  Turandot”,  Gogolning  “Revizor”,I.  Frankoning  “Feruza”,
M.  Gorkiyning  “Ona”,  “Yegor  Bulichov”,  Lohutiyning  “Yevropa  safari”,  V. 
Shekspirning “Gamlet”, A.  Andreevning “Osilgan yetti  kishining hikoyasi” kabi 
mashhur  asarlami,  shuningdek,  Krilov,  Blok,  Bryusov  va  boshqalaming 
she’rlarini  o’zbek tiliga mohirlik bilan tarjima qilgan.
297. C ho’lponning q anday she’riy to 'p lam larin i bilasiz?
Cho’lpon  adabiyotning  juda  ko’p  tur  va  janrlarida  samarali  ijod  etgan 
bo’lsa-da,  u  shoir  sifatida  ko’proq  shuhrat  topdi.  U  XX  asr  adabiyotining 
zabardast  vakili,  yangi  o’zbek  she’riyatining  boniysidir.  Uning  o ’z  davrida 
to ’plamlarda bosilib chiqqan va bugun m a’lum bo’lgan she’rlari juda ko’p emas, 
lekin ular o’zbek ziyolilariga chaqmoq kabi ta’sir qilgan va butun adabiyotni o ’z 
izmiga  olgan  edi.  20-yillar  o’zbek  she’riyatini  boshlab  bergan  Cho’lpon  deb 
aytishga  haqlimiz,  albatta.  Shoirning  “Uyg’onish”  (1922),  “Buloqlar”  (1924), 
“Tong  sirlari”  (1926),  “Soz”  (1935)  to’plamlari  o’zaro  taqqoslansa,  Cho’lpon 
she’riyatidagi  g’oyaviy-badiiy  fazilatlar,  ijodiy  kamolot  yo’lidagi  izlanishlar, 
turfalik  va  ziddiyat  ochiq  ko’rinadi.  Shoir  so’nggi  she’riy  kitobiga  quyidagi 
serma’no satrlami epigraf qilib keltirgan edi:
Bir esib о ’tdilar  “Uyg ’onish ” yellari,
Bir qaynab toshdilar ко 'zyoshi — “Buloqlar".
Ey,  iortgda qaltirab о 'ynashgan yaproqlar,
Тек turing, yoyilsin endi  “ Tong sirlari ”.
Haqiqatan ham, 20-yillarning jang-u jadallar millatni uyg’otdi.  Sevinch va 
alam  yoshlari  to’kildi.  “Buloqlar”  o’sha  ko’z  yoshlaridir.  Hammasi  o’tdi.  Endi 
o’tganni anglamoq va anglatmoq zamonidir. “Sirlar”ni ochmoq zamonidir.  Shoir 
“tongda  qaltirab  o’ynashgan  yaproqlar”ni  -   g ’ofil,  chorasiz  avlodni  tinglashga, 
idrok etishga undaydi.
168

298. Cho’lponning qanday nasriy asarlarini bilasiz?
Cho’lpon  nosir  sifatida  ham  adabiyotimizda  salmoqli  o’rin  tutadi.  1994 
yilda  adibning  uch jildlik  to ’plami  nashr  etilgan.  Uning  ikkinchi jildiga  nasriy 
asarlari  jamlangan.  ’’Qurboni  jaholat”,  “Do’xtur  Muhammadyor”  ,  “Qor 
qo’ynida  lola”,  “Kleopatra”,  ’’Oydin  kechalarda”,  “N ow oy  qiz”,  “Nonushta”, 
“Gavharoy”,  “Yov”  kabi  o’ndan  ortiq  hikoya  va  qissalar  hamda  “Kecha  va 
kunduz” romanlarini yozib,  nasr sohasida ham qimmatli meros qoldira olgan.
299. Qanday dramalarini bilasiz?
Cho’lpon  teatrchilik  bilan  ham  shug’ullandi.  Buxoro  va  Moskvada  lik 
chog’ida bir qator dramalar yozdi. “Boy”, “Xalil farang”, “ Yorqinoy”,”Cho’pon 
sevgisi”,  “Cho’rining isyoni”,  “Zamona xotini ”( yoki ’’Mushtumzo’r”) ,  “O’rtoq 
Qarshiboyev”,”Hujum”  (V.Yan bilan  hamkorlikda )  kabi  sahna asarlari yozgani 
haqida mutaxassislar m a’lumotlar beradilar.  Afsuski,  ulaming ko’pi  bizga yetib 
kelmagan.  Bu  pyesalar  orasida  eng  mukammali  “Yorqinoy”  (1920)  dramasidir. 
Bu yirik sahna asari folklor materiallari asosidayaratilgan. Bu ertak-pyesa 1921- 
yilda Mannon Uyg’ur truppasi tomonidan sahnaga qoyilgan.
300.  "Kecha va kunduz"  romani haqida qanday fikrdasiz?
Cho’lponning  ikki  kitobdan  iborat  bo’lgan  “  Kecha  va  kunduz”(1935- 
yilda  yozilgan,  1936-yilda  alohida  kitob  bo’lib  bosilib  chiqqan)  tarixiy  romani 
adabiyotimizning oltin xazinasidan mustahkam joy egallagan.  Romanda  1-jahon 
urushi  davridagi  Turkiston  hayoti  aks  ettiriladi.  Ayni  zamon  adib  nazdida 
xalqimiz  hayotidagi  qorong’I  kechadirki,  roman  nomi  ham  shunga  ishora: 
birinchi  kitob  “Kecha”,  ikkinchi  kitob  “Kunduz”  deb  ataladi.  Biz  mazkur 
romanning  birinchi  -  o ’tmish  (kecha)  qismiga  egamiz.  Uning  ikkinchi -  sho’ro 
zamoni  (kunduz)  yetib  kelmagan.  Tadqiqotchilaming  fikriga  qaraganda,  u 
nashriyotga  topshirilgan,  hatto  korrekturasi  ham  chiqib  kelgan  biroq  tergov 
jarayonida yo’qolgan.
169
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling