Namangan davlat universiteti obid jon karimov


asarlaridan  34  tasi  tarjima  qilinib,  o’zbekcha  darsliklarga  kiritilgan.  Shular


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana15.12.2019
Hajmi3.85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

asarlaridan  34  tasi  tarjima  qilinib,  o’zbekcha  darsliklarga  kiritilgan.  Shular 
orasida “Ustozi awal” ning ma’lum o’mi bor.
Komil  Xorazmiy
66. Komil kim? Qachon va qayerda tug'ilgan?
Komil Xorazmiy -  shoir,  xattot,  bastakor,  musiqashunos,  tarjimon,  davlat 
arbobi.  Shoirning  ibratli  faoliyati  zamondoshlari  va  keyingi  davr  ilm  ahlining 
katta  e’tirofiga  sazovor  bo’lgan.  Ko’plab  tadqiqotchilar  bu  ulkan  ijodkor  va 
siyosatdon faoliyatiga qiziqish bilan qaraganlar.
Komil  XIX  asr  o’zbek  adabiyoti  va  madaniyatining  yorqin  sahifasini 
tashkil  qiladi.  U,  bir  tomondan,  o’tmishdan  kelayotgan  eng  yaxshi 
an’analarimizni yangi zamonga bog’lagan bo’lsa,  ikkinchi tomondan, yangi davr 
masalalariga javob  berishga  harakat  qildi.  Adabiyotimizni  yangi  asarlar  bilan 
boyitdi.  O’zbek  o’quv-chilarini  fors  adabiyotining  bir  qator  namunalari  bilan 
tanishtirdi. Musiqamizga Yevropa notasini olib kirdi. “Xorazm notasi”ni yaratdi.
XIX  asr  manbalaridan  bo’lmish  Ogahiyning  “Gulshani  davlat”,  M. 
Bayoniy-ning “Shajarayi Xorazmshohiy”, A. Tabibiyning “Majmuatush-shuaro” 
kabi asar-larida Komilning otashzabon shoir va tadbirkor davlat arbobi sifatidagi 
faoliyati yuqori baholangan.
Muhammadniyoz  Komil  1825-yilda  Xivada  tug’ilgan.  Otasi  Abdulla 
oxund  madrasada  mudarrislik  qilgan.  Muhammadniyozga  pahlavon  laqabi 
navqiron  yosh-  larida  jang  maydonida  ko’rsatgan  ajoyib  jasoratlari  e’tirofi 
sifatida berilgan.
Komil  dastlab  eski  maktabda,  so’ng  Xiva  madrasalaridan  birida  o’qiydi. 
Otasi  vafotidan  so’ng  iqtisodiy  tanglik  vajidan  o’qishni  to’xtatadi.  Savdogar 
bobosi  Xo’jash  mahram  yordami  bilan  tahsilni  davom  ettiradi.  Talabalik 
davridayoq uning she’rlari el nazariga tushadi...
36

67. Komil asarlari qachondan chop etila boshlandi?
Komil  Xorazmiy  asarlari  XIX  asming  80-yillaridan  boshlab  chop  etila 
boshladi.  Shoir  devonlari  to’ldirilgan,  qayta  ko’rilgan  holda besh  marta,  1909- 
yilda Toshkentda “Devoni Mavlono Komil  maa tavorixi shohoni Xorazm” nomi 
bilan  nashr  qilindi.  Sho’rolar  davrida  bu  ish  ancha  kechikib  amalga  oshirildi, 
ya’ni  1961-yili “Tanlangan asarlar”i,  1975-yili “Devon”i nashrdan chiqdi
68. Komilning Vatanga ko’rsatgan beqiyos xizmatini kim alohida 
ta’kidlagan?
Komil  shoir  sifatida xalqqa tez taniladi.  Xiva xoni  Sayid Muhammadxon 
saroyga,  mirzalik  lavozimiga  taklif  etadi.  Muhammad  Rahimxoni  Soniy 
hukmfarmonligi  davrida Komil tez orada mirzaboshilik  lavozimiga tayinlanadi. 
Komil o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi.
Mirzaboshi  Komil  faoliyatining  bu  jihati  o’z  yurtidagi  va  xorijdagi 
siyosat-donlar  e’tiborini  tortdi  va  ular  tomonidan  ko’p  hollarda  yuksak 
baholandi. Xiva xonligidagi  1873-yil voqealari haqida ingliz tilida maxsus kitob 
chop  ettirgan  Mak-Gaxan  Komilning  sulhparvar  va  tadbirkor  kishi  ekanini 
ta’kidlasa, Xiva xonligiga qarshi janglarda bevosita ishtirok etgan F. Lobosevich 
uning  to’g’risida  bunday  yozgan  edi:  “Matniyoz  xonlikning  og’ir,  kulfatli 
paytlarida,  Xiva  aholisi  hayot-mamoti  hal  bo ’layotgan  bir  vaqtda  butun  kuch- 
quvvatini sarflab, yuzaga kelgan ixtilof yaxshi natijalar bilan tugashiga harakat 
qildi.  Matniyozning  bu  vaqtda  о
Vataniga  ко ’rsatgan  xizmati  beqiyos  katta 
bo Idi ”.
69. Komil faoliyatini noto’g’ri talqin etgan tazkirachilar kimlar edi?
1873-yil  qirg’inbarotini  o’z  ko’zlari  bilan  ko’rgan  ba’zi  mahalliy 
muarrixlar  keyinroq  bitilgan  asarlarida  Komilning  bu  davrdagi  faoliyatiga 
birmuncha  salbiy  munosabatda  bo’lganlar.  Bu  hoi  xivalik  tazkirachilardan 
Bayoniy  va  Laffasiy  asarlarida  ko’proq  seziladi.  Ammo  o’sha  davrdagi  o’ta
37

og’ir  ahvol  chuqurroq  mulohaza  qilib  ko’rilsa,  Komil  tutgan  yo’l  el-yurt 
manfaatiga muvofiq kelganligi ma’lum bo’ladi.
70. Komil Xorazmiyning ayanchli qismati haqida nim alar bilasiz?
1873-yil  voqealaridan  so’ng  surgunga jo ’natilgan  Matmurod  devonbegi 
o’rniga tayinlangan  Komil  xonlikning  Rusiya  imperiyasi  bilan  munosabatlarini 
sozlash,  poytaxt  korchalonlarining  beboshliklarini  jilovlash  sohasida  muhim 
ishlar-ni  amalga  oshirdi.  Biroq  oradan  yetti  yil  vaqt  o’tib,  Muhammad 
Rahimxon  sobiq  devonbegisi  Matmurodni  Kaluga  surgunidan  ozod  qildirib, 
yana  aw algi  mansabiga  qo’ygach,  Komil  mirzaboshilik  lavozimiga tushiriladi. 
Bu  hoi  unga  qattiq  ta’sir  qiladi.  Matmurod  boshliq  eski  muxoliflargina  emas, 
mustamlaka  ma’muriyati  ham  unga  yomon  munosabatda  bo’ldi,  hatto  uning 
Xiva  xonligi  va Rusiya  imperiyasi  munosabatlarini  sozlash  yo’lidagi  fidoyiligi 
ham  qadrlanmadi.  U  nohaq  kamsitildi,  tahqirlandi.  Umrining  oxirlarida  qattiq 
ko’z  kasaliga  yo’liqib,  dardiga  davo  istab  kelgan  Komilga  mustamlaka 
ma’murlari  loqayd  munosabatda  bo’ladilar,  yig’lay-yig’lay  yurtiga  qaytadi  va 
tez  orada-1897  yilda,  72  yoshda  hayot  bilan  vidolashadi.  Bu  haqdagi  batafsil 
ma’lumotni mashhur muarrix Laffasiy o’z tazkirasida yozgan.
71. Komilning poetik merosi haqida nim alar bilasiz?
Komil  zamonasidayoq  shoir  sifatida  katta  e’tibor  va  e’tirofga  sazovor 
bo’lgan.  Shoir  30  yoshlarida  Ogahiydek  mashhur  shoir  e’tiboriga  tushadi  va 
nomi  “Gulshani  davlat”  asariga  kiritiladi.  1880-1881-yillarda  esa  Shayx 
Sulaymon  Buxoriy  “Lug’ati  chig’atoyi  va  turki  usmoniy”  (“Chig’atoycha  va 
usmoniy  turkcha  lug’at”)da  ayrim  so’zlarga  izoh  berish  uchun  Komil 
she’riaridan ham foydalanadi.
Komil  Xorazmiy  o’z  she’rlarini  to’plab,  devon  qilgan.  Devoni  shoir 
hayotlik  chog’idayoq  nashr  qilingan.  Ilk  nashri  1880-1881-yillarga  to’g’ri 
keladi.  Xivada  toshbosmada  (litografiya  usulida)  bosilgan  edi.  Ikkinchi  marta
38

yana  Xivada  1895-yilda  bosiladi.  Bu  nashr  oldingiga nisbatan to’liqroq.  Kitob 
uchinchi marotaba 1909-yilda Toshkentda nashr etilgan.
72. Komil she’rlaridan namunalar qaysi matbuotda chop etilgan?
Komil  she’rlaridan  namunalar  XIX  asrning  oxiri  XX  asr  boshlarida 
tuzilgan  bir  qator  bayoz  (she’riy  to’plam  va  antologiya)larda  ham  uchraydi. 
Ayrim  she’rlari  “Turkiston  viloyatining  gazeti”da  bosilgan.  Komilning  ko’p 
she’rlari  1891-yildan  boshlab  mazkur gazetada e’lon qilingan.  Shoir she’rlarida 
Xiva xonligi hayotida Rusiya bosqini munosabati bilan ro’y bergan voqealar o’z 
ifodasini topgan.
Shoirning mashhur “Iki sho’x” radifli g’azali ham “Turkiston viloyatining 
gazeti”da e’lon qilingan.
73. Komil g'azallarining mavzusi va g'oyasi haqida nimalar deya
olasiz?
Komil  g’azallarida  ilm-ma’rifat,  do’stlik,  Vatanga  muhabbat  va  sadoqat 
g’oyalari  tarannum  etiladi.  Shoir  g’azallarining  g’oya  va  yo’nalishi,  mavzu- 
mazmuni  ishq haqida.  Ishq esa ikki mazmunni: “ishqi ilohiy", “ishqi majoziy"m 
anglatadi.  Birinchisi  Haq  (yaratgan)  ishqi,  ikkinchisi  yerdagi  go’zalga  oshiqlik 
edi.  Har  ikkisining  ifoda  vositalari,  obraz  timsollarida  o’xshashlik  bor. 
Qolaversa,  tasaw uf ta’limoti  bo’yicha,  borliq,  inson  yoki  go’zal  yor  ham  Haq 
jamolining  jilvasi.  Demak,  unga  muhabbat  Allohga  bo’lgan  ishq  darajasiga 
yetishi kerak. Komil g’azallarida ham bu mavzuga keng o’rin berilgan:
“Ayn”u “shin”u “qof’inga to bo’Idi ko’nglim mubtalo 
“DoP’u “ro”u “dol”u hajringdin dame erman judo.
Baytda  “ayn”,  “shin”,  “qof’ -  “ishq”inga ko’nglim  mubtalo  bo’lganidan 
buyon  “dol”,  “ro”,  “dol”  -   “dard”u  hijroningdin  bir  nafas  (dame)  ham  xoli 
emasman demoqda shoir. Bunday usulni sharq she’r ilmida harf san’ati -  kitobot 
deganlar.  She’r to’laligicha harflar o’yini bilan davom etgan.
39

74. Komilning “Iki sho’x” g’azali qanday munosabat bilan yozilgan?
Komil  g’azallarida  ma’rifatparvarlik  yo’nalishi  katta  o’rin  tutadi.  “Iki 
sho’x” radifli g’azali  ushbu yo’nalishda yozilgan asarlari jumlasiga kiradi.  She’r 
mavzu,  g’oya,  novatorona  ruh  va  mahorat jihatidan  ham  ijodkoming  bungacha 
yaratgan asarlaridan keskin farq qiladi.
“Iki 
sho’x” 
g’azali 
shoirning 
N. 
Ostroumov 
xonadonidagi 
mehmondorchilik  munosabati  asosida yozilgan,  ya’ni  Yevropa va sharq  musiqa 
merosidan  ba’zi  namunalami,  rus  xalq  qo’shiqlarini  fortepyano  jo ’rligida 
tinglash,  missionerning  ikki  qizi  ijro  etgan  bal  raqslarini  tomosha  qilish 
natijasida  yaratilgan.  “Choydan  keyin  biz  mehmonxonaga  o ’tdik,  -  deb  yozadi 
Ostroumov.  -   Pahlavon  Mirzaboshi  divanda  o ’tirib,  katta  qizimning  royal 
chalishini  tingladi.  U  xivacha  hamda  forscha  kuylarni,  “Qiz  munojoti”  va 
boshqa  ba ’zi pyesalarni  chalib  berdi.  Qariya  musiqani  va  rus xalqining  ba ’zi 
q o ’shiqlarini  diqqat  bilan  tingladi”.  Bu  qaydlar  g’azal  qaysi  kuy  va  xonishlar 
bilan,  qaysi  musiqa  asbobida,  kim  tomonidan  ijro  etilganligi,  shoirning 
qanchalik ta’sirlangani  haqida ma’lumot berishi jihatidan ham qimmatli.  Mana, 
o’sha g’azaldan ayrim baytlar:
Solurdi g  ’amzaxadangin kamona ul iki sho ’x,
Mani ul о 'qg ’a qilurlar nishona ul iki sho ’x.
Ham iki gul kibi bir shoxdin ochilmishlar,
Qilur na\'osini ham bulbulona ul iki sho ’x.
75. “Kimni sevar yorisan” g’azali kimniki?
Xorazmlik mashhur xonanda Komiljon Otaniyozovdan boshlab yuzlarcha 
hofizlaming eng sevimli xonishlaridan biri bo’lgan “Kimni sevar yorisan” nomli 
sho’xshang qo’shiq Komil Xorazmiy qalamiga mansub. Undagi:
Qaysi falak burjini mehri puranvorisan,
Qaysi sadaf durjini gavhari shahvorisan,
40

Qaysi Xo 'tan ohusi,  nofai totorisan,
Qaysi chamanzomi lolavu gulnorisan,
So ’yla manga,  ey sanam,  kimni sevar yorisan?..
Ayshu nashot istabon g ’amga duchor о ’Imag'on,
Mehringa dil bastayu zoru nizor о 'Imag ’on,
La ’li labing shahdig ’a bormu xumor о ’Imag ’on,
Dahr aro yo 'qtur sang ’a oshiqi zor о ’Imag ’on,
S o ’yla mang’a,  ey sanam,  kimni sevar yorisan? ~ 
bandlarida,  bir  tomondan,  mumtoz  she’riyat  an’analarini  rad  etish  orqali  yangi 
tim-sollar  yaratilsa,  ikkinchi  tomondan,  unda:  Dahr  aro y o ’qtur  sang’a  oshiqi 
zor о ’Imag’on singari o’ta ehtirosli vajo’shqin misralar uchraydi.
76. Komil Toshkent ta'rifiga bag'ishlab qanday asar yozgan?
Komil  Xorazmiyning  yangicha  ma’rifatparvarlik  yo’nalishidagi  eng 
yaxshi  asarlaridan  bo’lmish  “Dar  bayoni  ta ’rifi  va  tavsifi  Toshkand  ” 
muallifning  1891-yil  avgust-sentabr  oylarida  mazkur  shaharga  safari  vaqtida 
olgan  taassurotlari  mahsuli.  Asar  1892-93-yillar  orasida yozilgan  bo’lib,  1894- 
yil 8-oktabrda “Turkiston viloyatining gazeti”da chop etilgan.
Yuz  misradan  iborat  bu  she’r  qasida janriga  mansub.  Shoir  ikki  marta 
Toshkentda bo’lgan, ana shu taassurotlari she’rda badiiy ifoda etilgan:
Xush havohiq muncha bo 'Isa,  onda ayyomi xazon,
Yo rab.  erkandur nechitk fasli bahori Toshkand?!
Shoiming  Toshkent  ta’rifida  aytgan  so’zlari  o’zidan  oldingi  va  keyingi 
qalamkashlamiki bilan g’oyat hamohang.  She’r an’anaviy qasida janri vositasida 
Vatan  manzaralarini  vasf etish,  yangi  davr voqealarini  o’quvchilarga yetkazish 
va  bu  borada  devon  adabiyoti  imkoniyatlarini  namoyish  etishda  o’ziga  xos 
muhim ahamiyatga ega.
41

77. Komil Xorazmiyning musiqa sohasida qanday xizmatlari bor?
Komil  Xorazmiy  musiqa  san’atidan  yaxshi  xabardor  bo’lgan,  soz 
chalishni  yaxshi  bilgan.  Markaziy Rusiyaga,  Toshkentga safarlari davomida rus 
va  Yevropa  musiqasini  ham  kuzatgan.  Bu  kuzatishlar  davomida  qadim 
an’anaviy  kuylarimizni,  shu jumladan,  Xorazm  musiqasini  yozib  olish,  notaga 
ko’chirish  ishtiyoqi  paydo  bo’lgan.  Buning  uchun  eng  mashhur  soz 
(asbob)lardan  tanburni  tanlagan.  U  xalq  orasida  “Tanbur  notasi”  nomi  bilan 
shuhrat  topdi.Komil  Xorazmiy  bu  ishni  oxiriga  yetkaza  olmadi,  faqat  “Rost” 
maqomining boshlanish  qismini  yozib  ulgurdi.  Komil yaratgan  “Tanbur notasi” 
ikki  katta  kitobdan  iborat  bo’lib,  hozirda  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi 
Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda.
Komil Xorazmiy bir qator kuylar ijod qilib, bastakor sifatida ham shuhrat 
topdi.  “Murabbai  Komil”,  “Peshravi  Komil”  kabi  kuylar uning  ijodiga mansub. 
Bu kuylar “Rost” maqomiga bog’lab yaratilgan va notaga ko’chirilgan.
78. Komilning tarjimonligi haqida nimalar deya olasiz?
Komil  Xorazmiy  tarjimon  hamdir.  U  mohir tarjimon  sifatida talay  ishlar 
qildi. 
XVIII 
asr 
fors 
adabiyoti 
namunalaridan 
“Mahbubul-qulub” 
(“Ko’ngillaming  sevgani”)  va  Ali  Safiyning  “Latoyifut-tavoyif’  (“Turli 
toifalaming  latifalari”),  “Rashahot”  (“Qatralar”),  “Mahmud  va Ayoz”  asarlarini 
o’zbekchalashtirdi.  “Mahbubul-qulub”  xalq  orasida  “Mahfil  oro”  (“Majlisga 
ziynat  beruvchi”)  nomi  bilan  shuhrat  topgan  bo’lib,  ixcham  hikoya va  latifalar 
to’plamidan  iborat  edi.  Muallifi  Barxurdor  bin  Mahmud  turkman  Farohiy 
(adabiy taxallusi Mumtoz)dir.
F e r u z  
79. 
Feruz haqida nimalar bilasiz?
Muhammad Rahimxon  Soniy (Feruz) -  buyuk davlat arbobi,  atoqli shoir, 
madaniyat  va san’at  homiysi,  ma’rifatparvar.  Feruzning Xorazm  xoni  sifatidagi 
faoliyati  Vatanimiz tarixining  eng  murakkab  va ziddiyatli  davriga to’g’ri  keldi.
42

Markaziy Osiyo Rusiya istibdodi girdobiga tushgan bu davrda u davlatni g’oyat 
tadbirkorlik  bilan  boshqardi.  Adabiyot,  san’at,  ilm-fan  va  maorifni
rivojlantirishga  rahnamolik  qildi.  Xivada  bevosita  uning  tashabbusi  bilan 
madaniy-ma’rifiy, adabiy muhit yuzaga keldi.
Feruz XIX  asming  ikkinchi  yarmi  o’zbek adabiyoti  ravnaqiga katta hissa 
qo’shdi:  saroyda  talay  shoirlar  uning  homiyligida  badiiy  ijod  bilan 
shug’ullandilar.  Muhammad  Yusuf Bayoniy,  Muhammad  Rasul  Mirzo,  Ahmad 
Tabibiy,Avaz  O’tar  o’g’Ii,  Chokar,  Rog’ib,  Devoniy,  G’oziy,  Komyob, 
G’ulomiy  kabi  shoirlar  shular jumlasidandir.  Feruzning  saroyida  eliikka yaqin 
shoiru  yozuvchilar,  sozanda  va  go’yandalar,  muarrixlar,  tarjimonlar,  xattotlar, 
noshirlar faoliyat ko’rsatgan.
Ogahiyning  “Shohidul-iqbol”,  Bayoniyning  “Shajarayi  Xorazmshohiy”, 
Ahmad Tabibiyning “Majmuatush-shuaroi Feruzshohiy”, Hasanmurod Laffasiy- 
ning  “Xiva  shoir  va  adabiyotchilarining  tarjimai  holi”,  Bobojon  Tarrohning 
“Xorazm  navozandalari”  kabi  asarlarida  Muhammad  Rahimxon  Feruz  haqida 
ma’lumotlar  berilgan.  XIX  asrning  yirik  madaniyat  va  davlat  arbobi,  shoir 
Komil  Xorazmiy  “Latoyifuz-zaroyif’  asari da  Feruzning  shoirlik  qobiliyatiga 
yuksak baho beradi.
Shoirning  taxallusi  Feruz,  asl  ismi  Bobojondir.  Bobosi  Muhammad 
Rahimxon  (1806-1825-yillarda  xonlik  qilgan)  sharafiga  uni  Muhammad 
Rahimxon  Soniy  deb  ataganlar.  U  1844-yili  navro’z  ayyomida  Xivada  xon 
oilasida  tug’ilgan.  Xivadagi  madrasada  o’qidi.  Unga  zabardast  shoir,  buyuk 
mutafakkir  Ogahiy  ustozlik  qiladi.  Ogahiy  unga  ilmi  aruz,  ilmi  bade’,  ilmi 
qofiya  sirlaridan,  tarix,  falsafa,  mantiq  kabi  ilmlardan  dars beradi.  Muhammad 
Rahimxon  yoshlik  yillarida  ko’proq  she’riyatga  qiziqdi,  arab  va  fors  tillarini 
chuqur o’rgandi.
1863-yilda  otasi  Sayyid  Muhammadxon  vafot  etadi,  19  yoshli 
Muhammad  Rahim  Xiva  taxtiga  ko’tariladi.  U  adolatli  xon,  aql  bilan  siyosat 
yurgizuvchi davlat arbobi sifatida o’ta og’ir sharoitda davlatni boshqaradi.  1863- 
1873-yillarda  (Rusiya  bosqini  xavfi  kun  sayin  oshib  borayotgan  bir  vaqtda)
43

mustaqil hukmdor bo’lgan bo’lsa,  1873-1910-yillarda, ya’ni vafotigacha -  37 yil 
Rusiya imperiyasi mustamlakasi sharoitida hukmdorlik qildi.  Feruz ota-bobolari 
davrida  shakllangan  Xorazm  adabiy  muhitini  yanada  kuchaytirdi.  Bu  muhit 
peshvosi Ogahiy edi. Undan keyin esa Komil Xorazmiy davom ettirdi.
80.  Feruzning adabiyotimizga kirib kelishi qanday kechdi?
Xorazm  adabiyoti  tarixida  XIX  asming  ikkinchi  yarmi  o’ziga  xos  bir 
davrdir  Bu  davrda  Xorazm  adabiyoti  yuksak  taraqqiyot  bosqichiga  ko’tarildi. 
Saroyda  kuchli  bir  adabiy  guruh  maydonga  keldiki,  unda  Feruzning  hissasi 
beqiyos.  Lekin  Feruz  hukmdor,  xon  bo’lgani  uchun  74  yillik  sovetlar  davrida 
e’tibordan  chetda qolib ketdi,  asarlarini o’rganish,  nashr etish man etildi.  Feruz 
unutilayotgan  paytda,  1960-yillarda,  sho’rolar  mafkurasi  ustuvor  bo’lib  turgan 
bir zamonda O’zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla  Qahhor birinchi bo’lib  shoir 
ijodini o ’rganish masalasini ko’tarib chiqdi.
81. Shoirning devoni qanday nomda nashr qilingan?
Feruz  ijodidan  namunalami  “G’azaliyoti  Feruz”,  “Devoni  Feruz”, 
“Majmuat  ush  shuaro”  va  boshqa  bir  qancha  tazkira,  bayozlarda  uchratamiz21. 
1994-yilda  adabiyotshunos  olima Gulsara Ismoilova  “Elga  shohu  ishqqa  qul”22 
nomi bilan shoir she’rlarini devon tartibiga keltirdi. Devondan Feruzning g’azal, 
muxammas,  musaddas,  masnaviy,  ruboiy  kabi janrlardagi  she’rlar  o’rin  olgan. 
Shoir  o’z  she’rla-riga  Feruz  taxallusidan  tashqari  “Feruzbaxt”,“Kamron”  va 
“Komkor”  taxalluslarini  qo’ygan.  Bu  so’zlar  ma’no  jihatdan  “baxt”,  “baxtli”, 
“maqsadga erishgan”, “sulton”, “hukmdor” ma’nolarini anglatadi.
82. Feruz taxtga chiqqanda necha yoshda edi?
1863-yilda Feruzning  otasi  Sayyid  Muhammadxon vafot  etadi,  19  yoshli 
Muhammad  Rahim  Xiva  xonligi  taxtiga  ko’tariladi.  Feruzning  saltanat  sohibi
21  Д а в л а т ё р  Р а х и м ,  Ш и х н а з а р  М а т р а с у л , Н у с р а т у л л о  Ж у м а х у ж а . Ф еруз.  -Т .:  1995,  59-бет.
22  М у х а м м а д  Р а х и м х о н  Ф ер у з.  Элга ш оху иш кка кул. Д евон.  Н аш рга тай ёрловчи Гулсара И см оилова.  - 
Т.:  1994.  160 6.
44

bo’lishi toj-taxt uchun kurashlar, xunrezliklar bilan amalga oshmadi. Balki saroy 
ahllarining,  “shuaro va fuzalo xayli”ning xohish-irodasi bilan amalga oshdi. Bu 
holni  M.  Bayoniy  “Shajarayi  Xorazmshohiy”  asarida  katta  mamnuniyat  bilan 
tasvirlaydi.  Yosh  saltanat  sohibini  qutlash,  bu  voqeaga bag’ishlab  ta’rix hamda 
qasida  bitish  Muhammad  Rizo  Ogahiy  zimmasiga  tushdi,  chunki  u  saroydagi 
eng  martabali  inson  edi.  Uning  92  baytdan  iborat  “Ma’vizatnoma”si  Bayoniy 
asarida  keltirilgan.  Unda  shoir  yosh  xonga  davlatni  adolat  bilan  boshqarish 
haqida  pand-nasihatlar  qiladi,  buning  uchun  u  tarixda  o’tgan  hukmdorlar 
faoliyatini  taxt  vorisi  ko’z  o’ngida jonlantiradi,  ularning  olib  borgan  ishlaridan 
to’g’ri xulosa chiqarishga da’vat etadi:
Bu so ’zlarnikim,  men bayon ayladim,
Necha bayt birla ayon ayladim.
Bularga qayu shahki qilsa amal,
Oning mulkiga yetmas aslo xalal.
Shaho,  olam ichra bugun shohsen,
Burundin bu so ’zlarga ogohsen23.
83. Feruz davrida qanday asarlar yaratildi?
Feruz  butun  imkoniyatlarini  ilm-fan,  adabiyot  va  san’at  ravnaqi, 
mamlakat  obodonchiligiga  safarbar  etdi.  Alloma  Markaziy  Osiyoda  birinchi 
bo’lib  Xivada  bosmaxona  (Podshohi  zamon  tipolitografiyasi)tashkil  qildi  va 
kitob nashrini yo’lga qo’ydi. Feruzshoh buyrug’iga binoan  1880-yillarda Alisher 
Navoiyning  “Hayratul-abror”dostoni,  to’rt  devondan  iborat  “Xazoyinul- 
maoniy”, 
Shermuhammad 
Munisning 
“Munisul-ushshoq”, 
Ogahiyning 
“Ta’vizul-oshiqin”,  Komil  Xorazmiyning  besh  devoni  bosmadan  chiqarildi. 
Nashr  ishlari  bilan  Komil  Xorazmiy,  uning  vafo-tidan  keyin  esa  o’g’Ii 
Muhammad Rasul Mirzo shug’ullandi.
23  М у х ам м ад  Ю су ф   Б а ё н и й . Ш аж арайи Хоразмшохий. Т., Камапак,  1991,  193-194-бетлар.
45

84. “Xorazm navozandalari” kimniki?
“Xorazm  navozandalari”  nomli  tazkira  Feruz  va  Xiva  adabiy  muhitida 
faoliyat ko’rsatgan ko’plab shoirlar haqida ma’lumot beradi.  Bu tazkira muallifl 
Bobojon Tarrohdir.
85. Feruz haqida qaysi olimlar tadqiqotlar yozishgan?
Shoh va shoir Feruz faoliyati va ijodini o’rganish Vatanimiz mustaqillikka 
erishgandan keyin boshlandi.  1991-yili Davlatyor Rahim va Shixnazar Matrasul 
“Feruz:  shoh va shoir qismati” kitobini  bosmadan  chiqardilar.  1994-yilda Feruz 
tavalludining  150  yilligi  Vatanimiz  miqyosida  keng  nishonlandi.  Feruz  haqida 
ilmiy,  badiiy  asarlar  yaratildi.  Shoiming  devoni  1994-yili  “Elga  shohu  ishqqa 
qul” nomi bilan nashr qilindi.  1995-yili Gulsara Ismoilova “Feruz davri Xorazm 
adabiy  muhiti”  mavzuida  nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya  qildi.  1995-yilda 
filologiya  fanlari  doktori  Nusrat  Jumaxo’ja   “Feruz  -   madaniyat  va  san’at 
homiysi” asarini yaratdi.
86. "... Xorazmda birinchi kitob bostirgan odam” kim? Fikrlar 
kimniki?
Sobiq sovet davrida Feruz hukmdor, xon bo’lgani uchun e’tibordan chetda 
qolib  ketdi,  o’ziga  va  ijodiga  salbiy  munosabatlar  bildirilib,  asarlari 
o’rganilmadi.  Feruz  nomi  unutilayotgan  bir  vaqtda,  1960-yillarda,  sevimli 
adibimiz  Abdulla  Qahhor  birinchilardan  bo’lib  shoh  va  shoir  Feruz  ijodini 
o’rganish  masalasini  ko’ta  rib  chiqdi.  “Qizil  O’zbekiston”  gazetasida  Feruz 
ijodini rad etish mazmunidagi maqolaga keskin qarshi chiqib: “Feruz -  mashhur 
lirik  shoir,  musiqashunos,  kom-pozitor,  yaxshi  tarjimon.  Umarxon  singari  о ’z 
zamonasining  shoirlarini  о ’rdasiga yiqqan.  1873-yilda  bosmaxona  sotib  olib, 
Xorazmda birinchi kitob bostirgan odam", — degan edi.
46

87. Urganchda “usuli savtiya” maktabi qachon va kimning farmoni 
bilan chiqqan?
Muhammad  Rahimxonning  farmoniga  binoan,  1904-yilda  Urganchda 
“usuli  satiya”  maktabi  ochiladi.  1906-yili  esa  xuddu  shunday  maktab  qizlar 
uchun ham tashkil  qilinadi.  Bu maktablarga Husayn Kushayev va xotini Komila 
Kushayeva  rahbarlik  qiladi.  Feruz  bu  maktablaming  tartib-intizomi,  o’qitish 
usullari  bilan  tani-shadi,  ulaming  faoliyatini  qo’Ilab-quwatlaydi.  Maktablar 
uchun vaqf mulkidan tashqari davlat daromadidan mablag’ ajratadi.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 83%20Адабиётшунослик
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
83%20Адабиётшунослик -> O zbek mumtoz adabiyoti tarixi
83%20Адабиётшунослик -> Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri
83%20Адабиётшунослик -> O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
83%20Адабиётшунослик -> Abdurahmonov
83%20Адабиётшунослик -> N iz o m iy n o m id a g I t o s h k e n t davlat p e d a g o g ik a u n IV e r s it e t I mamasoli jumaboyev
83%20Адабиётшунослик -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling