Namangan davlat universiteti stajyor-o`qituvchisi Alijonova Durdona Farhodjon qizi Ubaydullayeva Fotima Xabidullo qizi, Sayfullayeva Madina Bahodir qizi Annotatsiya


Download 32.24 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2022
Hajmi32.24 Kb.
#650069
  1   2
Bog'liq
Alijonova Durdona MAqola
signallarga spektrial ishlov berishning tezkor algoritmlarining dasturiy kompleksini yaratish, investitsiyalar kapital qoyilmalar ularnin iqtisodiy samaradorligi, investitsiyalar kapital qoyilmalar ularnin iqtisodiy samaradorligi, investitsiyalar kapital qoyilmalar ularnin iqtisodiy samaradorligi, Kurs ishi To'mtt, js darslik, 1427353534 60838, 9 вар, 9 вар, 16-amaliy raqamli, DSA11, 19.Gennaro Auletta, 252-буйрык пан айлык, Ózbek til juwap, Algebra va sonlar Yakuniy nazorat(1)

Tovush fe’llarining leksik-semantik tasnifi
Namangan davlat universiteti stajyor-o`qituvchisi
Alijonova Durdona Farhodjon qizi
Ubaydullayeva Fotima Xabidullo qizi, Sayfullayeva Madina Bahodir qizi

Annotatsiya: ushbu maqolada fe’llarning harakat natijasida hosil bo‘ladigan ovozni ifodalab keluvchi fe’llar tadqiqi yoritib berildi.
Kalit so‘zlar: tovush fe’llari, semantika, leksik-semantik guruh, fe’lning ma’noviy guruhlari.
O‘zbek tilshunosligida fe’llarning tadqiqiga doir ishlar keng miqyosda olib borilgan. Jumladan, tilshunos olim M.Sodiqovaning “Fe’l stilistikasi” kitobida fe’lning grammatik kategoriyalari mayllari, zamon, nisbat, shaxs-son formalari va ularning stilistik xususiyatlari o‘rganilgan. Olim fe’l bo‘lishsizligining grammatik va stilistik xususiyatlari, harakat-holat fe’llari va munosabat fe’llarini chuqur tahlil qilgan. Tilshunos olim SH.SHukurovning “Fe’l tarixidan” kitobida XI asr tilshunosi Mahmud Koshg‘ariy davridan boshlab fe’lning o‘rganilishi haqida ma’lumotlar keltirgan. Olim fe’lning zamon,nisbat va mayl shakllari ustida ham tadqiqot ishlarini olib borgan. H. Yusufxo‘jayevning “O‘zbek tili izohli lug‘atida fe’llarning ishlanishi” monografiyasi fe’llarning ishlanish prinsiplariga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan fe’llarning lug‘atlarda bosh so‘z sifatida berilish masalalari, harakatning kuchli-kuchsizligi va takroriyligini ko‘rsatuvchi fe’l formalari tahlil qilingan. SH.SHukurovning “O‘zbek tilida fe’l mayllari taraqqiyoti” kitobi o‘zbek tilida fe’l mayllari va zamonlari taraqqiyotini o‘rganishga bag‘ishlangan va o‘zbek tilida fe’l mayllari tarixi va taraqqiyoti keng tahlil qilingan. Akademik Azim Hojiyevning “To‘liqsiz fe’l” monografiyasi tilshunoslikda kam o‘rganilgan masalalardan biri to‘liqsiz fe’l formalari va ular yordamida yasaluvchi fe’l formalarining ma’nolari, vazifalari va qo‘llanishdagi xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.1 R.Rasulovning “O‘zbek tilidagi holat fe’llari obligator valentliklari” kitobida holat fe’llarining leksik-semantik guruhlari ajratilgan, tahlil qilingan. Bunda holat fe’llarining quyidagi guruhlarini ko’rish mumkin:

  1. davomli holat fe’llari;

  2. harakat natijasi bo’lgan holat fe’llari;

  3. ijro holat fe’llari;

  4. harakat

  5. malaka

  6. obrazli

  7. biologik

Mustaqillik yillaridan keyin ham fe’l so‘z turkumi olimlar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Xususan, tilshunos D.G‘aniyevaning “O‘zbek tilidagi fe’lning funksional shakllarida sinkretiklik va polifunksionallik” mavzusiga bag‘ishlangan dissertatsiya ishi fikrimizning dalilidir. , harakat natijasida hosil bo‘ladigan ovozni ifodalab keluvchi fe’llar tadqiqi ushbu maqolada yoritib berildi. Shunday ekan, fe’lning ma`noviy guruhlari tarkibiga yana bir guruh qo’shiladi.
Fe’lning ma’noviy guruhlari:
1. Yumush fe`llari: ishladi, mehnat qildi, ter to`kdi
2. Tafakkur fe`llari: o`yladi, o`qidi, kashf qildi
3. Sezgi fe`llari: sezdi, his qildi
4. Ruhiy holat fe`llari: kuldi, xursand bo`ldi, qayg`urdi, iztirob chekdi,
5. Nutq fe`llari: gapirdi, so`zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming`illadi, do`ng`illadi.
6. Ishora fe`llari: imo qildi, labini burdi, ko`zini qisdi
7. Jismoniy holat fe`llari: og`ridi, isitma qildi, xastalandi, sog`aydi, kuchaydi, charchadi, kabi.
8. Tabiiy holat fe`llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi
9. Ko`rish fe`llari: qaradi, ko`rdi, boqdi, termuldi. Yuqoridagi fe`l turlarining har qaysisi bir necha fe`llarni o`z ichiga oladi.2
10. Tovush fe’llari: akillamoq, bizillamoq, vovullamoq, shivirlamoq, kukulamoq, hurmoq.
Tovush fe’llarini ham bir necha leksik-semantik guruhlarga bo’lib tahlil qilish mumkin:
A) insonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar;
B) hayvonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar;
D) parrandalarga xos ovoz harakatlarni ifodalovchi fe`llar:
E) tabiat hodisalarini ifodalovchi fe`llar:
F) hasharotlarga tovushlarni ifodalovchi fe`llar.
Insonlarga xos tovushlarni ifodalovchi fe`llar – insonlarning ma’lum bir tovushga taqlid qilishidan hosil bo`ladi. Vadavanglatmoq – og‘zaki nutqda ishlatiladi: biror qo‘shiq ish, cholg‘u tovushini avjiga chiqarish ma’nosida qo‘llanadi. Vag‘irlamoq, vag‘illamoq – nutq fe’llari sifatida talqin qilinsa ham bo‘ladi. Baqirib, shovqin solib gapirish ma’nosida qo‘llanadi. Visirlamoq, pichirlamoq fe’lllari sinonim tarzda ishlatiladi.
Narsalarning harakati natijasida hosil bo‘luvchi fe’llar: vang‘illamoq, varaqlamoq, vashillamoq, vaqirlamoq kabilar.
Vaqillamoq – qurbaqaning tovushini ifodalovchi fe’l.
Vijirlamoq – qaldirg‘och chiqaruvchi tovushga nisabatan ishlatiladi, so’zlashuv nutqida esa insonlarga xos nutqiy harakat fe’li sifatida ishlatiladi.
Ayrim tovush bildiruvchi fe’llar bir necha semantik ma’nolarda qo‘llanadi: vizillamoq 1) hasharotlar tovushini ifodalaydi; 2) tabiat hodisasini, shamolga xos ovozni bildiradi; 3) narsalarni harakati natijasida chiqadigan tovushni ham ataydi: o‘q vizillab o‘tdi.
Tabiat hodisalarini ifodalovchi tovushga taqlid so’zlardan hosil qilingan ovoz fe’llari kompozitsion hamda affiksatsiya usullarida hosil qilinadi:
Gumbur etmoq – portlash chog’ida chiqadigan yoki portlashga o’xshash kuchli, davomli tovush haqida, osmon gumburlashi ham bunga misol bo’la oladi. Tag’in xonani titratib momaqaldiroq gumburladi (A.Muxtor. ’’Bo’ronlarda bordek halovat’’).
Guldur-guldur qilmoq, gumburlamoq, gumburlatmoq – momaqaldiroq ovozi: Xuddi shu paytda butun cho’lni sutdek yoritib chaqmoq chaqdi-yu, momaqaldiroq guldurab o’tdi (M.Mansurov,’’Yombi’’).
Gurullamoq, gursullatmoq3 fe’llari ham insonga xos harakat tovushini, narsalarning ovoz chiqarishini ifodalab keladi.
Guv-guv etmoq – guvillamoq, shiddatli harakat, yonish natijasida chiqadigan bo’g’iq tovush, shamol esishiga nisbatan ham ishlatiladi.
G‘arch-g‘urch qilmoq – g’arch-g’urch tovush chiqarmoq. Ko’cha va hovlilarda muzlab yotganqor oyoq tagida g’archillardi (P.Tursun,’’O’qiguvchi’’). Kishilarning oyoq bosishlari zarbidan qorning g’arch-g’urchi qilgan nolasi eshitilardi.
G’ir-g’ir etmoq – g’ir-g’ir shabada ovozini ifodalaydi, shuningdek, g’uv-g’uv etmoq, g’uvullamoq kabi fe’llarni ham keltirish mumkin: Tashqarida quturgan shamol g’uvullab, darchani itarar, uning tirqishlaridan qor uchqunlarini irg’itardi (M.Ismoiliy ‘’Farg’ona tong otguncha’’).
Sharillamoq – shar, shar-shar etgan tovush chiqarmoq; shaldiramoq (suv, suyuqlik haqida). Yomg’ir tarnovdan sharillab tushyapti. Suvi qaytib, toshloq qirg’oqlari shaqirlab qolgan soy bir tekis sharillardi (S.Anorboyev ,’’Oqsoy’’). Vorillamoq – ravon, tez suvning oqishi jarayonida chiqadigan tovush.
Tovushni ifodalovchi fe`llar – jonli-jonsiz narsalarning tovush chiqarish harakati bilan hosil qilingan fe’llardir. Albatta, bunday fe’llar tovushga taqlid so`zga ma’lum fe’l yasovchi affiksni keltirish bilan hosil qilinadi.

Download 32.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling