Namangan davlat universiteti tarix kafedrasi


Download 460.5 Kb.
bet1/16
Sana31.03.2022
Hajmi460.5 Kb.
#620378
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Maruza matni
osimliklar introduktsiyasi, Bu elementlarni o, genomning dnk darajasi taxlili, TASVIRIY SAN, bitiruvchilar, 8-mavzu boyicha maruza matni, Xotira 1 (3), Seasons, gcattctgaggcattctctaacaggttctcgaccctccgccatggccccgtggatgcatctcctcaccgtgctggccctgctggccctctggggacccaactctgttcaggcctattccagccagcacctgtgcggctccaacct, bir qatlamli epiteliy, article structure, frazeologik-birliklarning-lingvomadaniy-xususiyatlari-italyan-tilidagi-iboralar-misolida, I TOM TATU SF 9-aprel, 2022 (2) 1, 1633424698055194daraja



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


TARIX KAFEDRASI
O’ZBEKISTON TARIXI
fanidan


MA’RUZALAR MATNI
2021 – 2022-o’quv yili, Tarix yo’nalishi, kunduzgi ta’lim shakli, 3-kurslari uchun
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soxa
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Bakalavriat yonalishi: 5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo’yicha) yo’nalishi


Namangan – 2021


XIX ASR O’RTALARIDA O’ZBEK XONLIKLARIDAGI SIYOSIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT.
Reja:
1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy axvol.
2. Buxoro amirligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy axvol. Amirlikning davlat boshqaruv tartibi.
3. Xiva xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy axvol. Davlat boshqaruv tartibi. Yer egaligi shakllari.
1. XIX asr boshlarida Qo’qon xonligi O’rta Osiyoning yirik davlatlaridan biri edi. Qo’qon xonligining hududi Umarxonning o’g’li va vorisi Muhammad Alixon (Madalixon) davrida (1822 – 1842) ancha kengaydi. Qo’qon qo’shinlari Farg’onaning janubida joylashgan, asosan, tojik o’troq aholisi yashaydigan va o’z hokimlari bo’lgan Qorategin, Darboz va Ko’lobga yurish qilib, bu yerlarni egalladilar. Madalixon boshqaruvining so’nggi yillarida, Qo’qon xonligida g’alayonlar kuchaygan paytida, Madalining ko’ngli tusagan ishlarni qila berishini qo’llab-quvvatlovchi odamlar ta'siriga tushib qolgan yosh xon o’z marhum otasining eng obro’li a'yonlarini ta'qib qila boshlagan. Muhammad Alixon davrida xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o’rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila boshladi. Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba'zilari qatl etildi, ba'zilari esa Buxoroga qochib ketishdi. Joylarida qolgan amaldorlar esa xon hokimiyatidan norozi bo’lganlarning hammasini o’z atroflariga yig’ib, xonni taxtdan qulatishga tayyorlana boshladilar. Bularning hammasi aholining barcha tabaqalarini Madaliga qarshi qilib qo’ydi. Ruhoniylar xonni turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ’ibol olib borishdi. Xondan norozi bo’lganlar unga qarshi ochiq kurashish uchun yetarli kuchga ega emas edilar. Xonlikdagi vaziyat borgan sari murakkablashib borar edi shunda xon siyosatidan norozi bo’lgan yirik amaldorlar natijasini o’ylab ko’rmay, o’z elchilarini Buxoro amiri Nasrullo huzuriga yuborib, undan yordam so’radilar.
Qo`qon xonligi markaziy hokimiyatida vujudga kelgan notinch vaziyatdan muxolif kuchlar foydalanib, Buxoro amiri Nasrulloxon (1826 – 1860)ni gij-gijlab, uning Qo`qonga qarshi qo`shin tortishiga muvaffaq bo`ldilar. Buxoroning bosqinchilik harakati 1842-yilda sodir bo`lib, uning natijasida Muhammad Alixon va ukasi Sulton Mahmudxon hamda hukmron sulolaning bir necha vakillari qatl qilindi. Amir Nasrullo Ibrohim dodhohni Qo`qonga o`zining noibi etib tayinlab, Buxoroga qaytadi.
Amir Nasrulloning Qo’qon xonligidagi hukmronligi uzoqqa cho’zilmadi. Chunki amirning Qo’qondagi noibi Ibrohim dodxoh Qo’qon xonligi aholisini avval undirib kelingan soliqqa qo’shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham to’lashga majbur qilgan. Natijada, butun Qo’qon xonligi hududida 1842-yili katta qo’zg’olon ko’tariladi. Uning oqibatida amirning Qo’qondagi noib va beklari hokimiyati tugatildi. Qo’zg’olon natijasida Qo’qon xonligining mustaqilligi tiklandi. Taxtga Norbo’tabiyning ukasi Hojibekning o’g’li Sherali (1842 – 1845) o’tqizildi. U 3 – 4 ming qo’shini bilan Qo’qonga keladi. Buxoro amirining Qo’qonni bosib olgandan keyin qo’yib ketgan gumashtasi Ibrohim dodxoh ularning yaqinlashayotganini bilib qolib, Xo’jandga qochib ketadi.
Hokimiyatga kelgan Sheralixon o`z hukmronligining dastlabki kunlaridanoq davlat ishlarini kengashga tayangan xolda hal qilishga harakat qildi. Jumladan, Buxoroning yana harbiy harakat uyushtirishini anglagan Sheralixon, XIX asr muarrixlari Mirzo Olim Mushrif va Mulla Olim Mahdum Hojining ko`rsatishicha, yuqori mavqega ega bo`lgan amaldorlar, mahalliy boshqaruv tizimida faoliyat yurituvchi amin va oqsoqollar bilan mamlakat mudofaasini mustahkamlash borasida kengash o`tkazdi. Kengashda harbiy harajatlar uchun barcha viloyatlardan ulov puli va miltiq puli solig’ini to`plashga farmon berildi. Muarrixlar bu majburiyat mamlakat aholisida hech qanday norozilik uyg’otmagani, aksincha, ular yurt mustaqilligi uchun faol harakat qilganliklarini o`z asarlarida qayd etadilar.
Tashqi xavfga barham berilgandan so`ng boshqaruv tizimidagi mansabdorlar orasida ichki ziddiyatlar yuzaga kela boshladi. Sheralixonning hokimiyat tepasiga kelishida qirg’iz-qipchoqlar asosiy rol’ o`ynagan bo`lib, bu hukmdor davrida ularning siyosiy mavqei ham oshib borgan edi. Buning oqibatida markaziy hokimiyatda siyosiy guruhbozlik yuzaga kelib, qipchoq, qirg’iz va boshqa etnik guruhlar o`rtasida yuqori mansablarga erishish uchun kurash avj oladi. Bu holat markaziy hokimiyatda bir qator o`zgarishlarni yuzaga keltirdi.
Qo`qon xonligi davlat boshqaruvida qipchoqlardan bo`lgan Musulmonquli tufayli qipchoqlarning faoliyati kuchayib, deyarli markaziy hokimiyat to`liq ushbu etnik guruh qo`liga o`tdi. Musulmonquli hatto ba`zi viloyatlarga ham yuqori mavqega ega bo`lgan qipchoqlarni hokim etib tayinlaydi.
Sheralining hukmronligi aholiga og’ir soliqlar solish natijasida Q’o’qon xonligining qator tumanlarida q’o’zg’olonlar bo’lib turgan vaqtga to’g’ri keladi. 1845-yilda O’shda yana bir o’zg’olon boshlanadi, uni bostirish uchun mingboshi Musulmonul boshchiligida qo’shin yuboriladi. Uning yo’qligidan foydalangan Olimxonning o’g’li Murod Sheralini o’ldirib, o’zini xon deb e’lon qiladi. Shuningdek, o’zini Buxoro amirining noibi ham deb hisoblashni e’tirof etadi. Musulmonqul bo’lib o’tgan bu hodisadan xabardor bo’lib, qizini Sheralixonning o’g’li Namangan hokimi Xudoyorxonga turmushga beradi va u bilan birga Q’o’qonga kelib, bor yo’g’i yetti kun xonlik qilishga muvaffaq bo’lgan Murodxonni o’ldiradi.
Xudoyorxon butun umri davomida Qo’qon xonligida uch marta xonlikni (1845 – 1358, 1862 – 1863 va 1863 – 1875-yillar) boshqargan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Musulmonqul rus sharqshunos olimi V.V.Velyaminov-Zernov bilan maxfiy uchrashgan ham. Uning yozishicha, Xudoyorxonning taxtga chiqishi Qo’qon uchun eng og’ir davrning boshlanishi bo’lgan”.
Darhaqiqat, Xudoyorxon davrida taxt uchun kurash yanada avj olgan edi. Jabr-zulm kuchaygan va soliqlar hamda to’lovlar soni juda ham ko’paygan. Go’yoki, Xudoyorxon yosh bo’lganligi uchun davlat ishlarini asosan qayin otasi Musulmonqul olib borardi. Xonlikda qipchoq va qirg’izlarning mavqei kundan kun oshib borar edi. Shu tariqa 1845 – 1850-yillarda davlat ishlarida Musulmonqul homiyligida qipchoqlar hukmronligi kuchaydi. U hatto rus qo’mondonligi bilan ham maxfiy uchrashgani va xatlar yozib, o’z hokimiyati va mavqeini oshirishga uringanligi haqida ma’lumotlar bor.
Xonlikda katta hokimiyatga va mavqega ega bo’lgan Musulmonqul o’sha davr qonun qoidalariga xilof ishlarni ham amalgam oshirgan. Uning nojo’ya xatti-harakatlari nafaqat saroy ayonlari o’rtasida, balkim qipchoqlar o’rtasida ham norozilik tug’dirdi. Ba’zan ular Musulmonqulga qarshi harbiy harakatlar ham olib borishgan. Bu vaqtda Musulmonquldan norozi bo’lgan amaldorlar Toshkentga ketib, unga qarshi yana bir guruh tuzadilar.
Bunday ahvolni ko’rgan Musulmonqul 1847-yil 7-martda 40 ming askar va 2 ta to’p bilan Toshkentga yurish qildn. Biroq, majburiylik bilan tuzilgan bu askarlar bu harakatdan norozi edi. Toshkentda unga qarshi katta kuchlar to’planganligini sezgan Musulmonqul 23-martda Qo’qonga qaytishga majbur bo’ladi. Musulmonqulga qarshi muxolifat kuchlar Xudoyorxonni ham mamlakatdagi Musulmonqulning olib borayotgan ishlarini salbiy oqibatlarini tushuntirish orqali o’zlariga itfoqchi qilib olishga urinishadi. Shunday qilib maxfiy ravishda Xudoyorxon bilan ittifoq tuzib, uni o’z tomonlariga og’dirishib o’z maqsadlariga erishadilar.
Musulmonqul 1852-yil 16-aprelda 30 mingga yaqin askarlar va 8 ta to’p bilan qurollangan holda Toshkent muzoftiga ikkinchi marta yurish qildi. Toshkentda qushbegi Nurmuhammad mudofaa choralarini ko’rib qo’ygan edi. Ayni vaqtda Musulmonqulga qarshi bo’lgan va Toshkentda to’plangan kuchlar ham birlashgan edilar.
Musulmonqul askarlari bilan Toshkent qo’shinlari o’rtasida Chirchiq bo’yida jang bo’ldi. Jang vaqtida Xudoyorxon butunlay Nurmuhammad tomonga o’tadi. Bu voqeadan so’ng Qo’qon qo’shinlari o’rtasida ikkilanish paydo bo’ldi. Shuning uchun ham qo’qonliklar chekina boshladilar. Musulmonqulning o’zi esa qochib ketdi. U qirg’izlar orasiga kirib yashirinishga urinib ko’rdi. Biroq u xon askarlari tomonidan ta’qib etib kelindi va u Namangan viloyatining Uychi qishlog’ida ushlab olinib, asir qilindi va Qo’qonda qatl etildi.
Shunday qilib, Musulmonqulning Qo’qon xonligidagi o’n yillik hukmronligiga xotima berildi. Ammo saroyda va xalq orasida qipchoqlarga nisbatan, ularning zo’ravonligiga qarshi norozilik to’xtamagan. Chunki, Xudoyorxon qipchoqlarga qarshi kurash siyosatini davom etdirdi. Uning farmoniga binoan hatto qipchoqlarning begunoh bolalari va qariyalar ham qatl etilgan. Qipchoqlar ustidan qirg’in o’tkazilgan.
Rus etnografi N.Nalivkining ma’lumotlariga ko’ra, Baliqchi tumani atroflarida 1500 dan ortiq qipchoqlar o’ldirilib ularning jasadlari Sirdaryoga uloqtirib tashlangan. Tirik qolgan qipchoqlar esa qirg’izlar orasiga kirib yashiringanlar. N.Petrovskiy, Qo’qon xonligida 1845 – 1852-yillarda “qipchoqlar partiyasi”, 1853 – 1858-yillarda esa “o’zbek (sart) katta yer egalarining partiyasi hukmronlik qilgan deb ma’lumot bergan.
Darhaqiqat, qipchoq katta yer egalarining Musulmonqul boshchiligidagi hukmronligi ularning fojiasi bilan tugadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1852 – 1853-yillarda 20 mingdan ortiq gunohsiz qipchoqlar qatl qilingan. Ularga qarashli mol-mulklar musodara qilinib, arzon narxlarda sotib yuborilgan. Bularning katta qismi esa xon hazinasiga topshirilgan edi.
Shu davrdan boshlab Xudoyorxonning mustaqil hukmronligi (1853 – 1858) boshlanadi. Bu hukmronlik shunday xususiyatlari bilan farq qilardiki, xonlikni boshqarish natijasida uning oxirgi xonligiday oddiy xalqqa xech qanday g’amxo’rlik, yordam ko’rsatilmay, uning talab-ehtiyojlariga butunlay e’tibor berilmas, jabr-zulm kuchaygan.
Davlat boshqaruvidagi adolatsizliklarga chek qo`yish maqsadida Xudoyorxonning birodari Mallaxon hukumat rahbarlariga o`zining noroziligini ochiq-oydin bildiradi. Shundan so`ng aka-uka Mallaxon va Xudoyorxon o`rtasida siyosiy kurash boshlanadi. Bu kurashda Mallaxon g’alaba qilib, 1858-yilda Qo`qon taxtiga o`tirishga muvaffaq bo`ladi.
Mallaxon (1858 – 1862) mamlakatni boshqarish borasida yuzaga kelgan chigal vaziyatni echish maqsadida bir qator tadbirlarni amalga oshiradi. Jumladan, bu hukmdor boshqaruv tizimidagi bir necha mansabdorlar o`rnini almashtirib, qattiqqo`llik bilan hukumatni idora eta boshlaydi. Rossiya imperiyasining bosqinchilik harakatlariga qarshi faol harakatlar olib bordi. Uning hukumatni idora etishdagi siyosati ayrim amaldorlarga yoqmasdan unga nisbatan suiqasd uyushtirildi va taxtga yangi hukmdor Shohmurodxon chiqarildi. Biroq bu xonning hukmronligi uzoqqa cho`zilmaydi.
Mallaxonning o`limidan xabar topgan va bu vaqtda Buxoroda yashayotgan Xudoyorxon Qo`qon taxtini egallashga bel bog’lab, Toshkent hokimi Qanoatshoh otaliq yordamida o`z maqsadiga erishadi.
1862 – 1863-yillar oralig’ida Qo`qon taxti uchun kurash yana avj ola boshladi. Shohmurodxon o`rnini egallagan Xudoyorxon hukmronligidan sobiq sarkardalar Shodmonxo`ja mingboshi va Aliquli amirlashkar norozi edilar. Chunki, Xudoyorxonning birinchi hukmronligi (1845 – 1858) davrida yuzaga kelgan tartibsizliklarga chek qo`yish maqsadida Mallaxon taxtni aynan shu sarkardalarning ko`magi bilan egallagan edi. Natijada Xudoyorxon va Aliquli o`rtasida kechgan harbiy va siyosiy kurashda mag’lubiyatga uchragan Xudoyorxon yana Buxoroga qaytishga majbur bo`ladi.
Qo`qon xonligidagi ichki va tashqi urushlar, qo`zg’olonlar va taxt uchun kurashlar bozorlardagi narh-navoga o`z ta`sirini o`tkazgan. Muhammad Aziz Marg’iloniy, taxt uchun kurashlar avjiga chiqqan Xudoyorxonning ikkinchi hukmronligi (1862 – 1863) davrida “...katta qimmatchilik bo`ldi, bozorlardagi narhlar bir xil turmadi, bebarakatchilik bo`ldi”, – deb yozgan edi.
Aliquli amirlashkar hamda bir qator yuqori mavqega ega bo`lgan mansabdorlar o`zaro kelishib, Marg’ilon viloyatining ma`muriy markazi bo`lgan Yormozor qo`rg’onidan Mallaxonning o`g’li Sulton Saidni Namangandan olib kelib xon qilib ko`tardilar. Sulton Saidxon yosh bo`lganligi sababli davlatning boshqaruv tizimi yuqorida nomlari zikr etilgan mansabdorlar va hukmron doiraning boshqa vakillari kelishuviga ko`ra to`liq Aliquli ixtiyoriga topshirilib, unga “Amir ul-umaro” unvoni beriladi.
Sulton Saidxon (1863 – 1865)ning ikki yillik hukmronligi davrida hukumatning barcha ishlari bosh vazir Aliquli Amirlashkar tomonidan amalga oshirildi. Bu davrda Qo’qon hukumati hokimiyatni mustahkamlash maqsadida ishni avvalo harbiy va moliyaviy vositalarni tartibga solishda mehnatkashlar gardanidagi soliqlarni yengillashtirishdan boshlaydi. Shu maqsadda Qo’qonda qo’shinlar yig’ilib muayyan shaklga keltirila boshlanadi, zambaraklar quyib tayyorlanadi, shahar mustahkamlanadi.
Bu dairda Rossiya – Qo’qon munosabatlari yomonlashadi. Rossiya o’zining bosqinchilik g’oyalarini kuchaytiradi. Natijada 1864-yilda rus qo’shinlari Chimkent va Turkistonni, 1865-yilda Toshkentni bosib oladi. Alimqul amirlashkarning Toshkent mudofaasida ruslar bilan bo`lgan jangda shahid bo`lishi hokimiyatda yangi o`zgarishlarga olib keldi.
Sulton Saidxon ruslarning hujumini qaytarish uchun Buxoro amiridan yordam so`raganda, amir Muzaffar Buxoroga Sulton Saidxonning o`zi kelsagina qo`shin yuborishini va`da qiladi. Bu vaqtda Qo`qonning sobiq hukmdori bo`lgan Xudoyorxon Buxoro amiri saroyida yashar edi. Bu holat amir Muzaffarning asl maqsadi Sulton Saidxon o`rniga Xudoyorxonni taxtga o`tqazib, Qo`qonni o`ziga vassal qilish edi degan fikrni ilgari surishga imkon beradi.
Hukmdorsiz qolgan Qo`qonda sarkardalar Mirzo Ahmad va Bekmuhammadlar tomonidan Xudoyqulixon Maqsudbek o`g’li xon etib ko`tariladi. Garchi Xudoyqulixon bir haftagina hukmdorlik qilgan bo`lsa-da, o`z nomidan yorliqlar berganligi ma`lum.
Bu orada amir Muzaffar ham o`z maqsadiga erishib Xudoyorxonni uchinchi bor (1865 – 1875) Qo`qon taxtiga o`tqazishga muvaffaq bo`ldi. Bu paytga kelib, Qo`qon xonligining hududi davlatning dastlabki tashkil topishidagi holati bo`lgan Farg’ona vodiysining o`zi bilan chegaralanib qolgan edi.
Xudoyorxonning so`nggi hukmronligida ham mamlakat ravnaqi, fuqarolarning farovon va osoyishta hayot kechirishlari uchun hech qanday tadbir va islohotlar amalga oshirilmadi. Rossiya imperiyasi tomonidan 1867-yilda tuzilgan Turkiston general-gubernatorligi Qo`qon xonligiga to`xtovsiz siyosiy hujumlar olib bordi.
Turkiston general gubernatori etib tayinlangan general-adyutant fon Kaufman xonlikni qolgan hududlariga ham o’z ta'sirini ko’rsatish maqsadida 1868-yilda xon bilan shartnoma tuzdi. Unga ko’ra, xonlikda Rossiya savdogarlariga katta imkoniyatlar berildi va аmаldа Rossiyagа qаrаm bo‘lib qoladi, uning itoаtkorligini tаqdirlаgаn chor hukumati Xu­doyorxonni Rossiya dаvlаti or­deni bilаn mukofotlаydi vа ungа “Аslzodа” degan fаxriy unvon berilаdi.
Xudoyorxon uchinchi hukmronligi davrida o’zining dushmanlarini yo’q qilish bilan birga, o’z yaqinlari, qarindoshlari, farzandlarini muhim vazifalarga qo’ydi. Xususan, Xudoyorxonning so`nggi hukmronligi davrida Marg’ilon viloyatida ukasi Sulton Murodbek, Andijon viloyatida katta o`g’li Nasriddinbek, Namanganda esa ikkinchi o`g’li O`rmonbek hokim bo`lgan va mahalliy boshqaruvda faol ishtirok etgan.
Bu davrda xonlik yerlari ancha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Urush natijasida ko’rilgan zararlar xalq ommasi zimmasiga tushdi, soliq va majburiyatlar ko’paydi. Buning oqibatida xonlikda ichki nizolar, xalq noroziligi kuchayib ketdi.
XIX asrning 70-yillarida Qo’qon xonligida ko’plab qo’zg’olonlar bolib o’tdi. 1872-yili xalq qo‘zg‘oloni ko‘tаriladi. 1876-yilgachа dаvom etgаn bu qo‘zg‘olongа mаrg‘ilonlik Is’hoq Mullа Hаsаn o‘g‘li “Po’latxon” nomi bilan rahbarlik qildi. Qo’qon hukmdori Xudoyorxon qo’zg’olonni bostirish uchun Abdurahmon Oftobachi, Iso Avliyolar boshchiligida qo’shin yubordi. Ular qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib ketadi. Tez orada qo’zg’olonchilar O’sh, Namangan, Andijon, Asaka shaharlari egallashdi. Xonning yaqinlari bo’lgan amaldorlar va uning soqchilari poytaxtni tashlab qochishga majbur bo’ldilar. Voqealar fojiali tugashi mumkinligini his qilgan Xudoyorxon oila a’zolari va a’yonlari bilan 1875-yil 5-avgustda Xo’jand tomonga yurdi va 1875-yil 6-avgust kuni Xudoyorxon Xo’jandga yetib keldi, so’ng Toshkentga yo’1 oldi. U yerda general-gubernator Kaufman bilan uchrashdi va Orenburgga jo’natib yuborildi. Rossiya imperiyasi hukumati Xudoyorxonni o’z himoyasiga oldi.
Bu voqealar Qo’qon xonligini bosib olish uchun bahona bo’ldi. 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbek Marg’ilonda Kaufman bilan shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomaga ko’ra u Kaufman ruxsatisiz harbiy harakatlar olib bormaslikka, Sirdaryoning o’ng sohilidagi hududlar Namangan va Chust shaharlari bilan birga Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tishiga rozi bo’ldi. Farg’ona vodiysining bosib olingan yerlarida I. Skobelev boshchiligida Turkiston general-gubernatorligining Namangan bo’linmasi tuzildi. Biroq qo’zg’alon davom etdi. To’qnashuvlar chinakam urushga aylanib ketdi va u 1876-yil yanvar oxirigacha davom etdi. General Skobelev qarshilik manbalarini fevral oyi boshidagina bostirishga muvaffaq bo’ldi.
1876-yil 18-fevralda podsho ma’muriyati Qo’qon xonligi Rossiya imperiyasiga qo’shib olinishini e’lon qildi. 19-fevralda sobiq Qo’qon xonligi hududini o’z ichiga olgan Farg’ona viloyati tuzildi, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Skobelev viloyatning harbiy gubernatori etib tayinlandi”.
Isoqxon Ibrat aytganidek, “Xo’qand xonlig’i Qoshg’ar va Pomir, ya’ni Shag’non hududig’acha O’rol ko’lina muttasil o’lub, butun Sayhun daryosini komilan shomil o’lub, 1876-milodiyda Rusiya qo’lig’a o’tub uni boshqaruviga qoldu”.
2. Buxoro amirligi tarixida mang’itlar sulolasi hukmronligi tarixi 1756-yilda boshlanib, 1920-yilga qadar davom etdi. Mang’itlarning hokimiyat tepasiga kelishi bilan davlat boshlig’i avval xon, so’ngra amirlik deb atala boshlandi. Buxoro taxtiga birin-ketin Muhammad Rahimxon (1756 – 1758), Doniyolbiy (1758 – 1785), Amir Shohmurod (1785 – 1800), Amir Haydar (1800 – 1825), Amir Husayn (Amir Haydarning o’g’li bo’lib, bor yo’g’i 2,5 oy hukmronlik qilgan), amir Umar (Amir Haydarning o’g’li bo’lib, bor-yo’g’i 4 oy hukmronlik qilgan), Amir Nasrulloh (1827 – 1860), Amir Muzaffar (1860 – 1885), Amir Sayyid Abdulahad Bahodirxon (1885 – 1910) va nihoyat Amir Sayyid Olimxon (1910 – 1920) egalik qildilar.
Buxoro amirligi amir Nasrullo hukmronligi davrida (1826-1860) O’rta Osiyoning qudratli davlatiga aylangan. Amir Nasrullo olib borgan kuchli ichki siyosat ayni paytda tashqi siyosatni ham qattiqqo`llik bilan faol olib borgan. Amir Nasrullo 1837 yili o`tkazilgan harbiy islohotlar natijasida Buxoro amirligi qo`shinining jangovar holati yaxshilandi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar bo`luklari (jami 40000 sarboz) va 250 kishilik to`pchilar guruhi tashkil qilingan. Xorijdan harbiy mutaxassislar jalb etilib, ulardan zamonaviy qurol-yarog’lar tayyorlash va foydadanish sirlari o`rganildi. Masalan, 1834 yili Erondan kelgan Abdusamad Tabriziy yevropacha (Ovro`pacha) usuldagi nizomiy askarlarga tartib bergan va 1837 yili maxsus to`pchilar qo`shinini tuzgan. Buxoroda to`p va zambaraklar quyish uchun alohida to`pxona qurilgan. Ikki yuz kishidan iborat ingliz rusumidagi maxsus askariy guruh tuzilib, unga eroniy qullar kiritilgan.
Nasrulloxon Xiva va Qo`qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga uringan siyosatchi sifatida Turkiston tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun u Qo`qon xonlari tomonidan tortib olingan Bashog’ir, Xo`jand, O`ratepa, Toshkent, Jizzax va Zominni 1840 – 1842 yillar o`rtasida Buxoro amirligiga qaytardi.
Amir Nasrullo 1842 yil 26 aprelda Qo`qon xonligi hududining katta qismini Buxoro amirligi tarkibiga qo`shib oldi. Amir Nasrulloxon tomonidan Qo`qonga Samarqand voliysi (hokimi) lavozimida ishlayotgan Ibrohim parvonachi mang’itning (Qo`qon tarixchilari uni Ibrohim xayol deb tilga olishadi) noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm o`tkazib, soliqlarni ko`paytirgan. 1842 yil aprel’ oyida amir qo`shini tomonidan xonlik poytaxti Qo`qon shahri egallangan. Nasrulloxon farmoni bilan Qo`qon xoni Sulton Mahmudxon, uning birodari Muhammad Alixon, Muhammad Alixonning 14 yoshli o`g’li Muhammad Aminbek uchalasi Qo`qondagi Zarrin degan xos imoratga olib kelinib qatl qilinadi. Biroq Nasrulloxon bu bilan cheklanmasdan, uni haqorat qilgan xonzodalarning onasi – mashhur shoira Nodirabegim (Mohlar oyim), Muhammad Alixonning zavjasi, oyimi va joriyasi – 4 nafar ayolni va boshqa bekzodalarni ham o`ldirtiradi va mudhish xatoga yo`l qo`yadi.
Amir Nasrulloning bu vahshiyona bosqini va boshqa ko`pdan-ko`p nomatlub ishlari borasida gap borganida o`sha davrning tarixchilari xalq undan qattiq norozi bo`lib, amirni o`z ismi bilan emas, balki “Botir qassob” laqabi bilan atay boshlaganini qayd etadilar.
Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi o`rtasidagi ziddiyatlar bu davrda ancha keskinlashdi. Amir Nasrulloning Qo`qon yurishida ekanligidan foydadangan xivaliklar 1842 – 1843 yillarda Buxoro hududiga hujum qilganlar. Xiva xonining Marv turkmanlarini Buxoro amirligi yerlariga hujum qilishga rag’batlantirganligi bu ikki davlat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni xarakterlaydi.
Har ikki o`zbek davlati bu paytda asosan Marvni o`z hududiga kiritish uchun intilgan edi. Pirovardida bu kurashda Nasrulloxon g’olib chiqib, Marv yana amir Shohmurod davrida bo`lgani singari Buxoro amirligi hududining tarkibiy qismiga aylanadi. Faol tashqi siyosat olib borgan Amir Nasrullo 1843 yili Marvni ham o`ziga bo`ysundiradi.
Xiva xoni Olloqulixon (1825– 1842) va uning vorisi Rahimqulixon (1842 – 1845) davrlarida xivaliklar bir necha marta Buxoro yerlariga harbiy yurish qilganlar. Bunga javoban Amir Nasrullo Xiva xonligi ustiga yurish qilib, 1843 yil Hazoraspni qamal qilgan. Biroq Amir Nasrullohning Xiva xonligi yerlarini ham Buxoro davlatiga birlashtirish g’oyalari amalga oshmagan.
Buxoro amiri Sayyid Muzaffariddin Bahodirxon 1860 – 1885-yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan. U mang’itlar sulolasidan bo’lgan amir bo’lib, amir Nasrullohning o’g’li hisoblanadi. U 1819-yili dunyoga kelgan. Yoshlik yillari Qarshida o’tgan. Venger sayohatchisi H.Vamberining aytishicha: “U o’zining qobiliyatliligi bilan juda erta ko’zga tashlangan”. Shuningdek, Vamberi amir Muzaffar va uning otasi amir Nasrulloh o’rtasidagi o’zaro munosabatlar to’g’risida to’xtalib, shunday deb yozadi: “Muzaffariddinning shunday qobiliyatligiga qaramasdan, u otasining ko’ziga balo qazoday ko’rinardi, chunki amir Nasrulloh o’z bolasini taxt uchun talashadigan xavfli raqiblardan biri deb o’ylardi. U doimo Qarshi tomondan o’ziga nisbatan suiqasd uyushtirilishi mumkin deb qo’rqardi. Bu qo’rquvdan xalos bo’lish va o’g’lini nazorat qilish uchun uni Karmanaga noib qilib tayinladi”. 20 yoshida Karmanaga noib etib tayinlangan Muzaffar bu lavozimda 19 yil, ya’ni otasining o’limiga qadar tanholikda, badarg’a qilingan holda yashadi va faoliyat ko’rsatdi. Qizig’i shundaki, bo’lajak amir na otasini kelib ko’rdi, na otasi Karmanaga keldi, na o’glini ko’rish uchun uni Buxoroga chaqirtirdi. Amir Nasrulloh bir yil kasal bo’lib yotib, 1860-yil 20-oktyabrda vafot etadi. Muzaffar otasining vafoti haqidagi xabarnomani eshitib, Buxoroga keladi va otasining janozasida ishtirok etdi. Bir necha oy o’tgach, u Samarqandga keladi va Buxoro amirligi taxtiga ko’tarilib, amirlikni qabul qilish marosimlari o’tkaziladi. Mana shunday qilib, u Buxoro taxti egasiga aylandi.
Amir Muzaffarning 25 yillik hukmronligi davrida juda ko’p voqealar sodir bo’ladi va amir shaxsiga uning zamondoshlari turlicha, ba’zan juda qarama-qarshi baho berishadi. Masalan, tarixchi Mirza Abdulazim as-Somiy amir Muzaffarni “maqtovga loyiq faoliyat ko’rsatgan, xushmuomalali bo’lgan” desa, Ahmad Donish “Amir tabiatan ahmoq va cheklangan”, “axloqsiz va zo’ravon shaxs bo’lgan” deb ko’rsatdi.
Amir Muzaffar o’z hukmronligi davrida ulamolar bilan deyarli ishi bo’lmadi va ularga e’tibor bermadi, hatto ular bilan biron bir masala yuzasidan hech qachon maslahat ham qilmadi. Ulamolar esa uninig nihoyatda qattiq-qo’lligini bilishganligi uchun ham, hech qachon uning ishiga aralashishni o’zlariga ep ko’rishmadi.
Amir Muzaffar Mayda yulg’un yaqinida ruslardan mag’lubiyatga uchragach, u ruslar bilan urushishdan butunlay voz kechishga majbur bo’ldi. Aynan mana shu yerda, doimo uning ichki va davlat ishlariga umuman aralashmagan ulamolar siyosiy maydonga chiqishdi. Ular xalqni ruslarga qarshi ko’tarishdi va din uchun, imon uchun ruslarga qarshi xalqni qo’zg’atishga muyassar bo’lishdi. Aynan mana shu yerda amir Muzaffar ulamolarga yon bosishga majbur bo’ldi.
XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi Jizzax, Samarqand, Panjikent, Chelak, Nurota, Payshanba, Karmana, Kattaqo’rg’on, Xatirchi, Ziyovuddin, Buxoro, Qorako’l, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog’, Shaar (Shahrisabz), Chiroqchi, Sherobod, G’uzor, Matcho, Fon, Falg’ar, Yaxnaob (Yag’nob), Qo’shtut, Boysun, Dehnov, Yurchi, Hisor, Baljuvon, Ko’lob, Qo’rg’ontepa, Qabodiyon kabi jami 44 ta beklikdan iborat bo’lgan.
Buxoro amirligi O’rta Osiyo hududidagi davlatlar, ya’ni xonliklar ichida eng kuchli va aholi ko’p yashaydigan davlatlardan edi. Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez sur’atlar bilan ko’paya boshlagan. XIX asrning boshlariga kelib, amirlik aholisi soni 2 mln dan oshiq, 50-yillarga kelib esa 2,5 mln dan ortiq kishini tashkil qilgan. Buxoro shahrida 60 mingdan, Samarqand shahrida 50 mingdan oshiqroq aholi istiqomat qilishgan. Amirlik aholisining katta qismini o’zbeklar tashkil qilgan bo’lib, ular juda ko’plab urug’lar vakili hisoblangan. O’sha davrda Buxoro amirligida o’zbeklarning umumiy soni 1,5 mln kishi deb ko’rsatilgan. Buxoro amirligi aholisi tarkibida son jihatdan o’zbeklardan so’ng ikkinchi o’rinda tojiklar turishgan. Ularning umumiy soni 500 ming deb berilgan. Boshqa bir manbada ularnnng soni 650 ming deb ko’rsatilgan. Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan katta qismini tashkil etgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Buxoro amirligida yashagan turkmanlar soni tahminan 200 ming kishi deb ko’rsatilgan. Shuningdek, Buxoro amirdigi hududida forslar, yahudiylar, hindlar, lo’lilar, afg’onlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmiqlar ham yashashgan.
XIX asr o`rtalarida Buxoroda 103 ta madrasa, 360 masjid va 83 ta hovuz, 60 ga yaqin karvonsaroy, 20 dan ortiq kichik bozorlar, Shuningdek, pishiq g’ishtdan qurilgan 5 ta yirik bozor faoliyat ko`rsatgan. Bu bozorlarning eng yirigi Registon yaqinidagi maydonda joylashgan bo`lib, bozor bu yerda sotiladigan mahsulotlar nomi bilan ataladigan bir necha o`nlab mayda rastalarga bo`lingan. Buxoroda ichki va shaharlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga oshirilgan.
Buxoro karvonsaroylarida ombor, do’kon, ustaxona, mehmonxonalar bo’lgan. Karvonsaroylarning amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga tegishlilari bo’lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12 – 15 ming tuyada mol kelgan.
XIX asr o`rtalarida Buxoro shahri bozorlarining yillik savdo aylanmasi 40 mln. rublga teng bo`lgan. Shuningdek, Buxoro amirligida Buxoro shahridan tashqari, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz kabi yirik iqtisodiyot va madaniyat markazlari mavjud bo`lgan.
Amirlik shaharlari orasida Samarqandning ahamiyati yuqori bo`lgan. Samarqand amirlikning yirik shaharlaridan biri bo`lib, atrofi baland devor bilan o’rab olingan. Devorning uzunligi 13,9 chaqirim, maydoni 10,4 kv kilometrni tashkil etgan. Shaharda 80 ming aholi istiqomat qilgan.
Samarqand shahri Buxoro amirligining Hindiston, Eron, Afg’oniston va Qo`qon xonligi bilan savdo aloqalarida muhim ahamiyat kasb etgan. Qo`qon va Toshkent shaharlaridan Buxoroga ketayotgan savdo karvonlari doimiy ravishda Samarqandda to`xtab o`tganlar.
XIX asr o`rtalarida Samarqandda pilla bozori mavjud bo`lib, Qo`qon pillasiga Buxoro va Samarqand hunarmandlari orasida talab katta bo`lgan. Samarqand pilla bozori haftada ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari faoliyat ko`rsatgan Rossiyasi imperiyasi bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi 1866 – 1868-yillar oralig’ida bo’lib o’tgan qattiq janglardan so’ng, amirlik mag’lubiyatga uchrab, o’z hududining katta qismidan mahrum bo’ldi. Jizzaxdan tortib Kattaqo’rg’onga qadar bo’lgan hududlar Rossiya hukumati tobeligiga o’tdi. Rossiya – Buxoro o’rtasidagi urushlarda zabt etilgan hududlar hisobiga Turkiston general-gubernatorligining Samarqand viloyati tashkil etildi.

Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling