Namangan davlat universiteti


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/36
Sana03.11.2021
Hajmi1.57 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Sifatli  analiz.  Xromato-mass-spektrometrik  tekshirishlarning  birlamchi 

natijasi  gaz-suyuqlik  xromatografiyasi  usulida  olingan  xromatografiyasi  usulida 

olingan  xromatogrammadir.  Xromatogrammaning  har  bir  nuqtasi  uchun  quyi 

ajralishdagi  elektronli  o‘rishning  mass-  spektrlari  qayd  etiladi.  Shunday  qilib, 

analiz  qilinayotgan  aralashmaning  barcha  komponentlari  uchun  mass-spektrlar 

qayd  etiladi.  Ular  sifatiy  analizda  qo‘llaniladigan  eng  muhim  qo‘shimcha 

xarakteristikadir.  Xromato-mass-spektromeriyada  hal  qiluvchi  ustunlik  bu  bir 

tajribada  analiz  qilinayotgan  aralashmaning  har  qaysi  komponenti  uchun  odatiy 

xromatografiyadagi  kabi  berilgan  sharoitda  nafaqat  ushlanish  kattaliklari,  balki 

to‘liq mass-spektri olinadi. 

Mass-spektrometriya  molekulyar  spektroskopiyaning  bir  ko‘rinishi  sifatida 

organik  molekulalarning struktur analizida  juda  keng qo‘llaniladi.  Chunki boshqa 

molekulyar spektrlar kabi mass-spektrning ko‘rinishi tekshirilayotgan birikmaning 

molekulyar  tuzilishiga  bog‘liq.  Shu  bilan  bir  qatorda  elektronli  urish  natijasida 

fragmentlash  bo‘yicha  ko‘plab  qonuniyatlar  o‘rnatilishiga  qaramasdan  uchuvchan 

moddalar  va  shunga  o‘xshash  birikmalarni  xromato-mass-spektrometriya  usulida 

analizning o‘ziga xos chegaralari bor.  

Ma‘lum  qonuniyatlar  asosida  moddaning  mass-spektrini  nisbatan  oson 

tushuntirish  mumkin,  ya‘ni  molekulyar  strukturasi  aniq  bo‘lgan  moddadan  aniq 

intensivlikdagi u yoki bu ion nima uchun hosil bo‘lishini tushuntirish mumkin.  

Lekin  bunga  teskari  masalani  echish  va  mass-spektr  bo‘yicha  modda 

molekulasining  strukturasini  amaliyotda  aniqlash  mumkin  emas.  Pretsizon 

analizda  mass-spektr  nomu‘lum  moddaning  qaysi  sinfiga,  ya‘ni  qaraladigan 

birikmaning qaysi gruppa yoki organik birikmalar sinfiga [31], taalluqli ekanligini 

aniqlash  mumkin,  kimyoviy  tuzilishi  va  konfeguratsiyasini  aniqlash  boshqa  fizik 

usullardan foydalanishni talab qiladi.  

Yuqorida  qayd  etilganlar  terepenoidlarning  strukturasini  analiz  qilish  uchun 

juda  to‘g‘ri.  Bu  holat  ayniqsa  fazoviy  izomerlarning  elektronli  urish  mass-




 

27 


spektrlari farqlanmay qolganda va ba‘zi tipdagi (holat) izomerlari strukturalarining 

almashgan  aromatik  masalan,  birikmalar  amalda  bir  xil  massspektrlarga  ega 

bo‘lgani  ko‘zatiladi.  3.7-rasmda  amalda  bir  xil  mass-spektrga  ega  bo‘lgan 

seskviterpenli  birikmalarning  jufti  keltirilgan.  Fazoviy  izomerlar  (A,  V,  V  va  G 

juftlar va strukturaviy izomerlar (D va E). Shunday qilib umumiy holda xromato-

mass-spektrometiriya 

komponentlar 

molekulalarining 

tuzilishini 

o‘rnatish 

imkonini  bermaydi,  lekin  ―qul  nusxasi‖  ga  o‘xshash  moddani  tanish uchun  uning 

mass-spektridan foydalanib, identifikatsiyalash imkonini beradi.  

 

1.3.2-rasm.  Elektron  urish  mass-spektrlari  o‘xshash  bo‘lgan  seskviterpen 



uglevodorodlari juftlari: 7-epi-α - sedrin (A) va α - sedrin (B),δ - amorfen (V) va δ 

-  kadinen  (G)  larning  fazoviy  izomerlari;  β  -  kubeben  (D)  va  germakren  D  (E) 

larning struktur izomerlari. 


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling