Namangan davlat universiteti


Uy  hayvonlari  mavzusiga  oid  til  materialining  o‘zlashtirilishiga


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana15.12.2019
Hajmi2.93 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23

Uy  hayvonlari  mavzusiga  oid  til  materialining  o‘zlashtirilishiga 
mo‘ljallangan kommunikativ, syujetli, rolli o‘yin texnologiyasi 
«Lost property office» (Topilmalar idorasi) 
Daraja: A1/2  Sinf: 3-4  O‘quvchilar soni: 15 - 16 ta 
 
 
 
Amaliy  maqsad:  tinglab  tushunish  va  gapirish  ko‘nikmalarini  muloqot 
jarayonida  qo‘llash  malakalarini  rivojlantirish,  uy  hayvonlari  haqida  ma’lumot 
(rangi, yoshi, ismi) berishni o‘rganish, yashash manzil va telefon raqamni aytishni 
o‘rganish. 
Umumta’limiy  maqsad:  til  haqidagi  yangi  sodda  ma’lumotlarni 
o‘zlashtirish, muloqot madaniyatini yuksaltirish. 
Tarbiyaviy  maqsad:  Chet  tilda  salomlashish,  xayrlashish,  predmet  va 
hodisalarning  nomlarini  bilish  va  aytish,  hamkorlikda  faoliyat  olib  borish 
ko‘nikmasini hosil qilish. 
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivatsion 
jihatlarini rivojlantirish,  me’yordagi  lisoniy  va  nutqiy  qiyinchiliklarni engib o‘tish 
orqali o‘quvchi tafakkuri va his-tuyg‘ularini rivojlantirish. 
Til  materiali:  How  can  I  help  you?  Excuse  me.  My  dog  (cat)  is  missing. 
Tell me about your dog (cat). What is your telephone number? What is your home 
address? Here you are. Thank you. Not at all. 
Ta’lim  vositalari:  «Lost  property  office»  yozuvi  tushirilgan  peshtaxta, 
telefon, kuchuk, mushuk, buzoq, qo‘zichoq, uloqcha, bo‘taloq kabi yorlig‘iga ismi 
va  yoshi  yozilgan  o‘yinchoq  yoki  fleshkartalar,  murojaatlarni  qayd  qilish 
blankalari, harbiy nishon (harbiy forma imkoni bo‘lsa). 

160 
 
Tashkiliy qism: 
Birinchi  bosqich.  Bu  bosqichda  o‘qituvchi  o‘quvchilarga  qanday  o‘yin 
o‘ynalmoqchi  ekanligini  batafsil  tushutiradi.  O‘qituvchi  o‘zini  topilmalar  idorasi 
xodimi,  deb  tanishtiradi  va  o‘ziga  ikkita  (yoki  to‘rtta)  yordamchi  xat  tashuvchi 
(mailman) tanlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘yinchoqlarni tarqatadi  va  ularning 
rangi,  ismi  va  yoshini  eslab  qolishlari  zarurligini  tushuntiradi.  Barcha  o‘quvchilar 
o‘yinchoqlarni  eslab  qolganlaridan  keyin  uni  o‘qituvchiga  qaytarib  berishlari 
kerak. O‘quvchilar  navbati  bilan  o‘z o‘yinchoqlari  haqida  gap tuzishadi (e.g.,This 
is my dog. He is black. He is 2 year sold.) va topilmalar qutisiga solib qo‘yishadi.  
Ifoda  birliklarini  takrorlash  bosqichi  (Drilling  stage).  O‘quvchilarga  nutq 
namunalari  tanishtiriladi.  O‘quvchilar  nutq  namunalarini  o‘qituvchidan  keyin 
takrorlashadi. Excuse me. My dog is missing. He is black. He is two years old. His 
name  is  Olapar.  My  telephone  number  is  …….  My  address  is  ……  street  …..  . 
…… district, ……. region. 
Ma’lumot to‘ldirish bosqichi (Information gap stage) 
Barcha o‘quvchilar o‘z ismlarini, telefon raqamlarini va yashash manzillarini 
avvaldan tayyorlab qo‘yilgan (uchburchak  yoki to‘rtburchak) shaklidagi qog‘ozga 
o‘qituvchi  ko‘magida  yozishadi  va  yozuv  ko‘rinib  turgan  tomonini  o‘qituvchiga 
burib qo‘yishadi.  
 
 
Barcha  o‘quvchilar  o‘zlari  haqidagi  ma’lumotlarni  yozib  bo‘lganlaridan 
keyin o‘qituvchi o‘yinni boshlashi mumkin. 
O‘quvchilar  navbati  bilan  ichki  ishlar  boshqarmasiga  telefon  qilishadi  va 
quyidagi tartibda suhbatlashishadi: 

161 
 
Policeman 
Pupil  
Good  morning,  this  is  lost  property 
officer Mr. Green. 
Hello, this is ……. 
What can I do for you ……..? 
My dog is missing. 
Oh,  I  am  so  sorry.  Tell  me  about  your 
dog. 
His name is …….. 
He is ………. (color). 
 
He is ….. years old.  
What is your address? 
.......... ……street …. 
…………… district, 
…………… region.  
What is your telephone number? 
My  telephone  number  is 
………….. 
OK, donot worry. We will find your dog 
verys oon.  
Thankyou, sir.  
 
O‘qituvchi  o‘quvchilar  bilan  suhbatlashish  jarayonida  ular  haqidagi 
ma’lumotlarni avvaldan tayyorlab qo‘yilgan jadvalga kiritib boradi.  
 
Name 
Eshboyeva 
Saodat 
 
 
Missing property 
Pet: dog  
Color: black 
Age: 2  
 
Address  
……….street ….., 
………….. village  
…….. district   ………..region 
 
Telephone number  
+98 998 
000 00 00 
 
 
 
 
O‘qituvchi  barcha  o‘quvchilar  bilan  suhbatlashib  bo‘lganidan  keyin,  ular 
haqidagi  ma’lumotlar  yozilgan  varaqlarni  yordamchilariga  beradi.  Yordamchilar 
esa  varaqlarga  qarab  yo‘qolgan  uy  hayvonlari  kimga  tegishli  ekanligini 
aniqlashadi.  
 
Xat  tashuvchilar  o‘yinchoqlarni  o‘z  egalariga  eltib  berishadi  va  quyidagi 
tartibda dadialog tuziladi. 
 
Postman: Good morning. 
 
Pupil: Good morning. 
 
Postman: Are you …… ?Is this your dog? 

162 
 
 
Pupil: Yes it is my dog.  
Postman: Here you are. Please, sign here.  
Pupil: OK. Thank you. 
Postman: Not at all.  
Tavsiyalar:  ushbu  kommunikativ  o‘yin  texnologiyasini  4-sinf  o‘quvchilari 
bilan  o‘tkazish  ham  mumkin.  O‘qituvchi  mashg‘ulotga  kreativ  yondashishi  va 
mashg‘ulot  mobaynida  imprivizatsiya  qilishi  tavsiya  etiladi.  O‘yinlarni 
muvaffaqiyatini  ta’minlash  uchun  o‘qituvchilardan  turli  mavzularga  mos 
jamlamalarni to‘plash talab etiladi. Bunday jamlamalar jonli til materiali vazifasini 
bajarib,  o‘zlashtirish  samaradorligini  ta’minlaydi.  O‘yinlarga  o‘zgartirish  kiritish 
ham  mumkin.  Masalan,  uy-hayvonlari  emas,  balki  shaxsiy  buyumlar,  transport 
vositalari  yoki  o‘quv  qurollari  kabi  mavzularni  ham  tanlash  mumkin.  O‘yin 
jarayonida  ishlatiladigan  nutq  namunalari  mustahkam  o‘zlashtirib  olinganidan 
keyin ilg‘or o‘quvchilarni bosh rolga taklif qilish maqsadga muvofiqdir.  
Nutq  faoliyati  asosiy  turlarining  o‘zaro  munosabatini  ta’minlash  maqsadida 
gapirish,  tinglash,  o‘qish  va  yozuv  bir-biri  bilan  uyg‘unlashib  ketadi.  O‘quvchi 
gapirganda qo‘llagan birlikni  tinglab  va  o‘qib tushuna oladi,  yozuvda  ham  ishlata 
oladi.  Ko‘rinib  turibdiki,  til  materiali  ma’lum  natq  faoliyati  turidan  boshqasiga 
o‘tib yuradi.  
Ma’lumki,  I-II  sinflarda  mashg‘ulotlar  o‘yin  asosida  tashkil  etilib,  asosiy 
e’tibor tinglab tushunish va gapirish nutq faoliyat turlaridan ko‘nikma va malakalar 
egallanishiga qaratiladi. Chet til o‘qitishga kommunikativ  yondashuvda jonli  nutq 
vaziyatlarini  sinf  mashg‘ulotlariga  bog‘lash  talab  etiladi.  Chet  tilni  boshlang‘ich 
sinflarda  o‘qitish  nazarda  tutiladigan  bo‘lsa,  kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilar 
va 
ularning 
tevarak-atrofida 
sodir 
bo‘ladigan  nutq  vaziyatlarini  sinf 
mashg‘ulotlariga olib kirish lozim.  
Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning  tildan  foydalanidgan  vaziyatlari 
katta  yoshlilar  duch  keladigan  nutq  vaziyatlaridan  farq  qiladi.  Masalan, 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchisi  oila  a’zolari  bilan  ko‘proq  yo‘qotib  qo‘ygan  o‘quv 
qurollari,  maktabda  qaysi  fandan  qanday  baho  olganligi,  o‘qituvchisi  qanday 

163 
 
topshiriq  berganligi  haqida  gaplashsa,  sinfdoshlari  bilan  uyga  berilgan  vazifaning 
bajarilishi,  oila  a’zolari,  ular  bilan  sodir  bo‘lgan  voqealar,  yangi  xarid  qilingan 
kiyim,  tayyorlangan  taom,  tomosha  qilingan  multfilm  haqida  gaplashadi.  Darsda 
esa  bir-birlaridan  ruchka,  qalam  yoki  o‘chirg‘ich  so‘rashadi,  kimdir  kitobini  uyda 
qoldirganligi  haqida  gapirsa,  kimdir  darsda  saqich  chaynab  o‘tirgan  o‘quvchi 
haqida muallimni xabardor qiladi yoki bir-birlaridan shikoyat qilishadi (Mrs, John 
is cheating!).  
Chet  tilni  boshlang‘ich  sinflarda  o‘rganish  va  o‘rgatishga  kommunikativ 
yondashuv  o‘smirlarga  va  kattalarga  chet  til  o‘rgatish  kommunikativ 
yondashuvidan farqlanadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarini shifokor 
yoki  uchuvchi sifatida tasavvur qilib  rol o‘ynashni  yoqtiradilar. Ular  hech  qachon 
bunday  vaziyatga  tushmagan  bo‘lsalar-da,  o‘zlarini  o‘t  o‘chiruvchi  yoki  shifokor 
qiyofasida  ko‘rishdan  zavqlanishadi.  Shu  sababli  dramalashtirilgan,  muloqotga 
yo‘naltirilgan,  syujetli-rolli  o‘yinlar  tashkil  etish  orqali  birinchi  sinflarda 
kommunikativ mashg‘ulotlar tashkil etish mumkin.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

164 
 
AMALIY MASH‘GULOTLAR 
 
1-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitish  metodikasining 
ta’limshunoslik  asoslari:  boshlang‘ich  ta’limda  chet  til  o‘qitish  konsepsiyalari,  
boshlang  ‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o  ‘qitishning  didaktik,  psixologik,  lingvistik, 
metodik tamoyillari 
Amaliy  mash‘gulot  davomida  talabalar  quyidagi  o‘quv-metodik 
topshiriqlarni “Task based language teaching” metodi asosida bajarishadi 
Tavsiya etiladigan texnologiyalar 

 
Intervyu  -  talaba  (yoki  o’quvchi)  ni  savolni  to’gri  tuzish,  savol  bera  olish, 
savolga  to’g’ri  javob  berash.boshqalarni  tinglay  olish  madaniyatiga    o’rgatishiga 
qaratilgan. 
 

 
Ierarxiya  -  oddiydan  murakkabga,  murakkabdan  oddiyga  o’tish  usullarini 
qo’llash orqali talaba (yoki o’quvchi) larni mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlashga 
o’rgatishga qaratilgan. 
 

 
Talaba  -  talaba  (yoki  o’quvchi)  lar  bilan  yakkama-yakka  holda  ishlash 
o’qituvchi  va  talaba  (yoki  o’quvchi)  o’rtasidagi to’siqni  yo’q  qilish,  hamkorlikda 
ishlash yo’llarini o’rgatishga qaratilgan. 
Amaliy mashg‘lot uchun o‘quv-metodik topshiriqlar 
1. 
Konsepsiya atamasiga kengroq ta’rif bering. 
2. 
Kritik Davr Gipotezasi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtiring.   
3. 
Chet  tillarni  boshlang‘ich  ta’lim  o‘quv  dasturiga  kiritish  qarorining 
maqsadlarini tushuntirib bering.   
4. 
O‘zbekistonda boshlang‘ich chet til ta’limining asosiy konsepsiyasini 
aniqlashtiring.  
5. 
Chet til o‘qitish konsepsiyalarini bir-biridan farqini aniqlab oling. 
6. 
Boshlang‘ich sinflarda chet til o‘qitishda  qo‘llaniladigan  tamoyillarni 
nomma-nom ayting. 

165 
 
7. 
Boshlang‘ich  sinflarda  chet  til  o‘qitish  metodikasi  tamoyillari  nechta 
va qanday guruhlarni tashkil etishini bilib oling. 
8. 
Ayrim tamoyillar haqida o‘z fikringizni bayon etishga tayyorlaning. 
9. 
Vizual  yondashuv  va  multisensor  (barcha  nutq  analizatorlarini  to‘liq 
qo‘zg‘atuvchi)  o‘rganishni  tatbiq  etish  bo‘yicha  o‘z  fikringizni  asoslashga 
tayyorlaning.     
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. 
Jalolov J.J. Chet til o‘qitish  metodikasi: Chet tillar oliy o‘quv yurtlari 
(fakultetlari) talabalari uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2012. – 432 b. 
2. 
Saydaliyev  S.S.  Chet  tili  o  ‘qitish  metodikasidan  ocherklar.  –  N.: 
Namangan, 2004. – 238 b. 
3. 
 Edelenbos  P.,  Johnstone  R.,  Kubenak  A.  The  main  pedagogical 
principles  underlying  the  teaching  of  languages  to  very  young  learners.  Final 
Report of the EAC 89/04, Lot 1 study. 2006. – 196 p. 
4. 
Ellis  R.  Principles  of  Instructed  Language  Learning.  –  Asian  EFL 
Journal,  2005.  –  P.  10-26.  Electron  resource:  http://
www.asian-efl-journal–Asian 
EFLJournal.TheEFL Professionals’ Written Forum. 
Access date
: 4.06.2017.
 
 
2-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o ‘quv fanining hususiyatlari
ta’lim sharoiti tushunchalardan kelib chiqib zamonaviy  metodikada kichik maktab 
yoshida  chet  tilni  tabiiy  muhitda  o‘zlashtirish  va  uni  maktab  sharoitida 
o‘rganilishining  ob’ektiv  qonuniyatlarini  ilmiy  jihatdan  asoslovchi  nazariyalar, 
boshlang‘ch  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitishning  maqsad  va  vazifalari,  boshlang‘ich 
sinflarda  ingliz  tili  o‘qitishning  amaliy,  ta’limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi 
maqsadlari,  boshlang‘ch  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitish  vositalari,  o‘qitish  mazmuni, 
til  materiali,  til  birligi,  nutq  mavzusi,  o‘qitish  vositasi,  darslik  majmua,  bilim, 
malaka, ko‘nikma 
 

166 
 
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari:  

 
Murabbiy  va  Jamoa  –  murabbiy  va  jamoa  bilan  ishlash  muammolari 
mohiyatini  aniqlash  malakasini  shakllantirish,  uning  yechimini  izlash  va  topishga 
yo’naltirilgan. 

 
KBI  (kuzatish,  bahslashish,  ishontirish)  –  faol  hayotiy  holatni,sardorlik 
sifatlarini,  jamoada  ishlash  ko’nikmalarini  hamda  o’zgalar  fikrini  hurmat  qilgan 
holda  dalillash,ishontirish,asoslash,munozara  olib  boorish  mahoratini,  murosaga 
kelish va izlash qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan. 
Amaliy  mash‘gulot  davomida  talabalar  quyidagi  o‘quv-metodik 
topshiriqlarni “Skaffolding” texnologiyasi asosida bajarishadi 
O‘quv-metodik topshiriqlar 
1. 
Ta’lim tizimidagi boshqa fanlardan chet tilning farqini aniqlashtiring. 
2. 
Ta’lim sharoiti tushunchasining tarkibiy qismlarini tushunib oling. 
3. 
Chet til o‘qitish metodikasida  “o‘rganish”  va “o‘zlashtirish” deganda 
nima tushuniladi? 
4. 
Chet  tilni  o‘zlashtirish  va  o‘rganilishining  ob’ektiv  qonuniyatlarini 
ilmiy jihatdan asoslovchi nazariyalarni qiyoslang. 
  
5. 
Chet  til  o  ‘qitishda  bilim,  ko‘nikma  va  malaka  tushunchalariga 
berilgan ta’riflarni qiyoslang.  
6. 
Lingvistik  kompetensiya  tarkibidagi  kompetensiyalarning  ta’riflarini 
aniqlashtiring. 
7. 
Sosiolingvistik  va  pragmatik  kompetensiyalarning  farqlanishini 
aniqlashtiring.   
8. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  maktab  kursida  chet  til  o‘rgatishning  amaliy, 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini tushunib oling. 
9. 
 “O‘qitish vositalari” deganda nimani tushunasiz? 
10. 
 Dastur va darslik orasidagi munosabatlarni aniqlang.  
11. 
 Chet til o‘qitish mazmunining tarkibiy qismlarini bayon qiling.  

167 
 
12. 
 Metodik  terminlar  “mavzu”,  “vaziyat”,  “malaka”,  “ko‘nikma”ni 
ifodalaydigan tushunchalar talqinini bayon eting.  
13. 
 Qaysi  nutq  faoliyati  turlari  bo‘yicha  qanday  mavzu  va  vaziyat 
berilishi maqsadga muvofiqligini muhokama qiling.  
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. 
Dronov  V.P.,  Kopilova  V.V.
 
Uchebno-metodicheskoe  obespechenie 
segodnya  –    perexod  k  novim  formam.  Sbornik  statey  mejdunarodnoy  nauchno-
prakticheskoy  konferensii  pamyati  akademika  RAO  Inessi  Lvovni  Bim.    –  M.: 
TEZAURUS, 2013. – S. 211-212. 
2. 
Brown.D.H.  Teaching  by  principles.  An  Integrative  Approach  to 
Language Pedagogy. –NY.: PEARSON Longman, 2007.    
3. 
Koprowski  M.  Investigating  the  usefulness  of  lexical  phrases  in 
contemporary  course  books.  ELT  Journal  Volume  59/4  October  2005.  –  P.  322-
332. 
4.  O‘zbekiston  Respublikasi  uzluksiz  ta’lim  tizimining  Davlat  ta’lim 
standartlari. – Xalq ta’limi. – № 4. – 2013. – B. 4-32. 
5. 
Obsheyevropeyskie  kompetensii  vladeniya  inostrannim  yazikom: 
Izuchenie, obuchenie, otsenka. – M.: MGLPU. Sarma, 2005. – 248 s. 
6. 
Common  European  Framework  of  Reference  for  Languages: 
Learning, Teaching, Assessment. Language Policy Unit, Strasbourg. 2010. – 274 p. 
Electron 
resource: 
http://www.coe.inlA/dg4/Lingustics/Sourse/CEFR_EN.pdf. 
Access date: 6.06.2019. 
7. 
Galskova  N.D.  Sovremennaya  sel  obucheniya  inostrannim  yazikam: 
ot kompleksnogo podxoda k integratsii. // Sbornik statey mejdunarodnoy nauchno-
prakticheskoy  konferensii  pamyati  akademika  RAO  Inessi  Lvovni  Bim.  –  M.: 
Prosveshenie, 2013. – S.25-34. 
 
 

168 
 
3-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  chet  til  o‘qitish  metodikasining 
tilshunoslik  asoslari:  boshlang  ‘ich  sinflarda  chet  til  o  ‘qitish  metodikasining 
lingvistik  asoslari,  lingvistik  kompetensiya,  sosiolingvistik  kompetensiya, 
pragmatik kompetensiya, ingliz-o‘zbek tillarida nutq rivojlanishi filo va ontogenezi 
hamda  leksik  va  grammatik  ko‘nikmalarning  rivojlanishi  bo‘yicha  o‘xshash  va 
farqli xususiyatlari 
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari:  

 
IMAK  (ishontirish  maktabi)  –ishontirish  (murosa  yo’llarini  toppish    ,uni 
asoslab  berish),  tashkilotchilik  qobiliyatini  ,noan’anaviy  vaziyatlarda  o’zini  va 
jamoani  boshqara  olish  hamda  mumkin  bo’lgan  muammoli  vaziyatlarni  oldindan 
ko’ra  bilish,ularni  hal  qilish  yo’llarini  izlab  toppish  mahoratini  shakllantirishga 
yo’naltirilgan. 

 
Uchlik    (SAN  –samarali,  axloqiy,  nazokatli)  –  bezak  ishlari,ijodiy  fikrlash 
ko’nikmalarini  shakllantirish,  ijodiy  tasavvurni  rivojlantirish,  tashkilotchilik 
qobiliyatlarini,  turli  badiiy  eskizlarni  tayyorlash  ko’nikmalarini    shakllantirishga  
yo’naltirilgan. 

 
Senariy  (sahna)  –ijodiy  fikrlashni  rivojlantirish,  tadbirning  reja  senariysini 
tuzish  ko’nimasi  hamda    sahna,  aktyorlik  asoslari,  madaniyat,  rejissura,  tadbirni 
tashkil etish, notiqlik mahoratini shakllantirishga yo’naltirilgan. 
Amaliy  mash‘gulot  davomida  talabalar  quyidagi  o‘quv-metodik 
topshiriqlarni “Aqliy hujum” texnologiyasi asosida bajarishadi 
O‘quv-metodik topshiriqlar 
1. 
Ta’limning mazmunini belgilashda qanday fikrlar mavjud? 
2. 
Til materiali nima va u ta’lim uchun qanday ahamiyat kasb etadi? 
3. 
Til va nutq tushunchalari qanday farqlanadi? 
4. 
Chet  til  o‘qitish  metodikasining  lingvistik  asoslari  o‘qituvchi  uchun 
nimani anglatadi? 
5. 
Boshlang‘ich chet til ta’limida tilga oid kompetensiyaning egallanishi 
muhim sanaladimi, yoki aksincha bo‘lishi lozimmi?   

169 
 
6. 
Ona tili va chet tilda nutq rivojlanishining o‘hshash va farqli jihatlarini 
aniqlashtiring. 
7. 
Nutqning verballshuvi haqidagi bilimlaringizni takomillashtiring. 
      
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
4. 
Gorlova 
N.A. 
Lichnostno-deyatelnostniy 
metod 
obucheniya 
inostrannim  yazikam  doshkolnikov,  mladshix  shkolnikov  i  podrostkov. 
Teoreticheskie osnovi. – M.: MGPU, 2010. – 248 s. 
5. 
Passov E.I., Kuzovleva N.E. Urok inostrannogo yazika. – M.: Glossa-
Press, 2010. – 640 s. 
6. 
Williams  M.,  Burden  R.  L.  Psychology  for  language  Teachers.  A 
social constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – 240 p. 
 
 
4-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  chet  til  o‘qitish  metodikasining 
psixolingvistik  asoslari:  nutq  fiziologiyasi  (lingvofiziologiya)da,  nutqning  sodir 
bo‘lishi  va  uni  idrok  etilishi,  ona  tili  va  chet  tilda  leksik  ko‘nikmalarning 
shakllanishi,  ot  va  fe’llarning  morfologik  xususiyatlari,  ona  tili  va  chet  tilda 
grammatik 
ko‘nikmalarning 
rivojlanishi, 
kontrastiv 
gipoteza, 
tillararo 
interferensiya  
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari:  

 
AJIL  (amaliyotda  jamoaviy  ijodiy  ishlar)  –  jamoaviy,  ijodiy  ishni  tashkil 
qilish,  tayyorlash  va  o’tkazish  uslublarini  o’rganish  hamda  ijodiy  faoliyatni 
shakllantirishga yo’naltirilgan. 

 
Bahslashuv –talaba (yoki o’quvchi)lar o’rtasida bahs,munozaralar o’tkazish 
va  bahslashuv  klublarini  tashkil  etish  hamda  ularni  ba’zi  yanglish  fikrlar,  atrofda 
sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga qarshi kurashish, noo’rin fikrlarga o’z vaqtida 
qarshilik ko’rastish yoki bildirilgan fikrni to’g’ri, noto’g’ri ekanligini aniqlab olish, 

170 
 
o’z  fikrini  boshqalarga  o’tkaza  olish,  ta’sir  eta  olishga  o’rgatish  va  bahslashish 
madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan. 

 
Tanqid qilishni o’rganing – tanqid ko’rinishlarining tasnifi, ularni ishlatish 
yo’llari bilan tanishtirish, tanqidni to’g’ri qabul qilish ko’nikmasi va tanqid qilish 
madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan. 
  
Amaliy  mash‘gulot  davomida  talabalar  quyidagi  o‘quv-metodik 
topshiriqlarni  “Baxs  munozara”  metodi  asosida  bajarishadi.  O`qituvchi  quyidagi 
topshiriqlarni talabalarga juft bo‘lib muhokama qilish topshiri‘gini beradi. 
O‘q‘uv-metodik topshiriqlar 
1. 
Psixologiya  fanidan  metodika  qanday  ilmiy  ma’lumotlar  olishi 
mumkinligini aniqlang. 
2. 
Ta’limshunoslik,  lingvota’limshunoslik  va  lingvometodika  terminlari 
haqida bilimingizni sinab ko‘ring. 
3. 
Kontrastiv gipoteza haqida o‘z fikringizni asoslang. 
4. 
 O‘zbek va ingliz tilllarini qiyosiy o‘rganish orqali har ikki tilning fe’l 
va otlarida morfologik va sintaktik jihatlaridagi farqlarni aniqlashtiring. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
6. 
Alishova  R.K.  Mej’yazikovaya  kirgizsko-angliyskaya  interferensiya 
na urovne fonetiki, grammatiki i leksiki (s pozitsii sosiolingvistiki): Avtoref. dis. ... 
kand. fil. nauk. – B.: Institut inostrannix yazikov Kirgizstana, 2013. – 35 s. 
7. 
Vereshagina  I.N.,  Rogova  G.V.  Metodika  obucheniya  angliyskomu 
yaziku  na  nachalnom  etape  v  obsheobrazovatelnыx  uchrejdeniyax.  –  M.: 
Prosveshenie, 2000. – 261 s. 
8. 
Zimnyaya I.A. Psixologiya obucheniya inostrannim yazikam v shkole. 
– M.: Prosveshenie, 2001. – 228 s. 
9. 
Saydaliev  S.,  GabdulxakovF.  Psixolingvistika.  Maxsus  kurs  bo‘yicha 
ma’ruza matnlari. – Namangan, 2001. – 62 b. 
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling