Namangan muhandislik-texnologiya


Download 1.64 Mb.
bet1/4
Sana09.03.2020
Hajmi1.64 Mb.
  1   2   3   4

O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI

ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA

INSTITUTI

«Oliy matematika»

kafedrasi

«INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR

fanidan 2 semestr 5-tajriba ishlarini bajarish bo’yicha

Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi(to’qimachilik)

USLUBIY KO’RSATMA



Namangan – 2017 yil

Ushbu uslubiy ko’rsatma Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi(to’qimachilik) yo’nalishlardagi ta`lim оlayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib «Infоrmatika va axbоrоt texnоlоgiyalari» fanidan tajriba mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha barcha yo’riqnomalarni va tajriba ishi topshiriqlarini o’z ichiga olgan.

Tuzuvchilar: f-m.f.n.dоtsent N. Sharibayev

ass. Sh. Djurayev

Taqrizchi: NamDU dоtsenti

f-m.f.n.,A.Imоmоv

Ushbu ko’rsatma NamMTI ilmiy uslubiy kengashi tоmоnidan 2017 yil ______________ da tasdiqlangan.

Namangan Muhandislik-texnologiya instituti "Oliy matematika" kafedrasi yig’ilishida muxоkama qilingan.

"_____"__________ 2017 yil.


Tajriba ishi-5

Mavzu: :Milliy davlat saytlari va interaktiv xizmatlardan foydalanish.HTML tili teglari va ular yordamida Web sahifalar yaratish.

O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng yurtimizda computer texnologiyalari kundan kunga rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda insonlarning Internet resurslariga bo`lgan talabini hisobga olga holda Internet texnologigalarni rivojlantirish asosiy masala bo`lib qolmoqda. Ayni paytda Internet foydalanuvchilari o`z ehtiyojini qondira oladigan ma`lumotlarga Internet tarmog`i orqali ega bo`lishi mumkin.   Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Internet tarmog` kun sayin rivojlanib bormoqda. Buning asosiy sababchisi esa jamiyatimizning barcha sohalari qamrab olgon axborot resurslari soning ortib borishi hisoblanadi. Mazkur metodik qo`llanmani web-hujjatlarni yaratish, ularni Internetda chop etish, web-hujjatni ko’rkamlashtirish, qiziqarli va o’ziga tortuvchi qilib yaratish, vaqti kelsa ma’lumotlarni yangilash kabi vazifalarni o’rgatishga mo’ljallangan. Bundan tashqari misol tariqasida ko`rsatib o`tilgan Web sahifalar kodlaridan lavhalar ko`rsatib o`tilgan. Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va gipеrko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web tеxnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga itеraktiv xususiyati bеrildi. Web tеxnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web sеrvеrining ishini еngillashtirish, har xil mayda ishlar uchun Web sеrvеrini bеzovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyutеrining o’zida yaratishdir. Web tеxnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan bеvosita bog’liq bo’lib, CGI dasturlar sеrvеrda joylashgan va sеrvеr imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular sеrvеrga kеlgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi. Web sahifa Intеrnеt tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, vidеo, audio ma'lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Intеrnеt rеsurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tеgishli ma'lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tеjash imkonini bеradi. Shu bois matеmatika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web tеxnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi.


HTML tilida web saxifa yaratish

HTML hujjatlari – bu matnli fayllar bo’lib, ularga belgilash teglari deb nomlangan maxsus kodlar kiritilgan. Bu teglar Web-brauzerlarga matn va grafiklarni qanday qilib sharhlash va aks ettirish lozimligini ko’rsatib turadi. HTML fayl – bu oddiy matnli fayl. Shuning uchun uni istagan matn redaktorida, masalan MS Word yoki oddiy «Bloknot»da yaratish mumkin.HTML sahifa nima? - bu oddiy text fayl bo'lib, .html qisqartmasiga ega. Eslatib o’tish joiz, hujjat yaratilgach, uni matn formatida saqlash kerak. Lekin, bu ishni bajarishdan oldin uning kengaytmasini o’zgartirish, ya'ni TXT o’rniga HTML yoki HTMni qo’yishni esdan chiqarmaslik kerak. HTML va HTM kengaytmasi HTML fayl uchun standart hisoblanadi. Bundan tashqari, bu kengaytmalar kompyuterga faylda matnlardan tashqari HTML kodlari ham mavjudligini ko’rsatib turadi. HTML tili harflar razmeriga befarqdir, ya'ni bosh va kichik harflar bir xil qabul qilinadi. Lekin teglarni yozishda ko’pincha bosh harflardan foydalaniladi. Bundan tashqari, HTML sahifani yaratish uchun maxsus dasturlarni qidirib topib, sotib olish shart emas. Matn tahrirlovchi har qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish mumkin. Masalan: Windows muxitidagi matn muxarrirlari: NotepadTextPadUltraEdit,EdutPlus. Ana shunday matn tahrirlovchi oddiy dasturlardan biri bo'lgan Notepad(Блокнот), Windows muhitida ishlovchi har bir kompuytreda mavjud. Ba'zi matn muxarrirlarida HTML hujjatni web brauzerda sinab ko’rish tugmasi mavjud. HTML xujjatni yaratishga mo’ljallangan maxsus dasturlar (HTML muxarrirlar) ham mavjud:FrontPageAdobe GoLiveMacromedia DreamweaverNestcape Composer. Muharrirlar turga bo’linadi: kod muxarrirlari; WYSIWYG texnologiyasi (What You See Is What You Get – nimani ko’rsang o’shani olasan) asosida ishlaydigan muharrirlar. Bu muharrirlar yordamida foydalanuvchi HTML komandasi va elementlarini yozmaydi, oddiy matn muxarrirlaridek matn yozadi, tasvirlarni kerakli joyga joylashtiradi, formatini o’zgartiradi va h.k. xolos.



Web-sahifa ko’rinishi va aks ettirilayotgan axborotning qanaqaligidan qat'iy nazar, HTML va WWW spetsifikatsiyasiga asosan har bir Web-sahifada ishtirok etishi zarur bo’lgan quyidagi to’rtta teglar mavjud:

1.  brauzerga hujjat HTML tilida yozilganligi to’g’risida xabar beradi.
2.  HTML–hujjatning kirish va bosh qismini belgilaydi.

3.  asosiy matn va axborotni belgilaydi.

4.  bu Web-sahifa to’g’risida ko’proq to’la-to’kis axborot olish uchun kerak bo’ladigan elektron pochta manziliga ega. Bu teglar Web-brauzerga HTML–hujjatning har xil qismlarini aniqlash uchun juda zarurdir, lekin ular Web-sahifaning tashqi ko’rinishiga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etmaydi. Ular HTMLga kiritilgan navbatdagi yangi ma'lumotlar uy sahifalarida to’g’ri sharhlash, shu bilan birga barcha Web-brauzerlarda bir xil ko’rinishga ega bo’lishi uchun juda zarurdir. Demak, HTML tili andozasi bo`yicha hujjatga  va  teglarini kiritish tavsiya etiladi. Brauzer HTML hujjatni o`qiganida, ularning borligi hujjat bo`limlarini aniq ko`rsatadi. Agar ular bo`lmasa ham brauzer HTML hujjatni to`g`ri o`qiydi, lekin hujjat bo`limlari bir-biridan ajralib turmaydi. Shunday qilib, to`g`ri tuzilgan HTML hujjat quyidagi tuzilishga ega:
Sarlavhaga oid ma'lumot Hujjatning mazmuni
, va va teglari egallab olgan matn hujjatning asosiy qismi hisoblanadi. Matnning katta qismi va boshqa axborotlar ham uning tarkibiga kiritiladi. Quyida tegining bir qator parametrlarini keltiramiz. <BODY> tegi parametrlari:


АLINK – faol murojaat (ссылка) ning rangini belgilaydi.
BACKGROUND – fondagi tasvir sifatida foydalaniluvchi tasvirni belgilaydi.
URL - manzilini belgilaydi.
BOTTOMMARGIN – hujjatning quyi chegaralarini piksellarda belgilaydi.
BGCOLOR – hujjat fonining ranglarini belgilaydi.
BGPROPERTIES –agar FIXED qiymati o’rnatilmagan bo’lsa, fon tasviri aylantirilmaydi.
LEFTMARGIN – chap chegaralarni piksellarda belgilaydi.
LINK – xali ko’rib chiqilmagan ssilkaning ranggini belgilaydi.
RIGHTMARGIN – hujjat o’ng chegarasini piksellarda o’rnatadi.
SCROOL – brauzer darchalari xarakatlantirish (prokrutka) yo’laklarini o’rnatadi.
TEXT – matn rangini aniqlaydi.
TOPMARGIN – yuqori chegarasini piksellarda o’rnatadi.
VLINK – ishlatilgan murojaat rangini belgilaydi.

Bottommargin, Leftmargin, Rightmargin va Topmargin pametrlari matn chegarasi va darcha chetlari orasidagi masofani piksellarda belgilaydi.



va
teglari

Bu teglar mazkur sahifaga nisbatan kimdadir savol yoki fikr tug’ilib qolgan taqdirda kimga murojaat qilish kerakligi to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga oladi.


teglari bu axborotlarni asosiy blokdan ajratib olish uchun ishlatiladi. Uy sahifasiga bu teglarni kiritish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
1.  va


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling