Namangan muxandislik-pedagogika


Tiristorli o’zgaruvchan tok elektr yuritmasi


Download 1.28 Mb.
bet18/20
Sana18.03.2020
Hajmi1.28 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Tiristorli o’zgaruvchan tok elektr yuritmasi. Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini rostlash uchun tiristorlar stator zanjiriga ulanadi. Bunda ular yordamida stator chulg’amlaridagi sinusoidal kuchlanishning amlitudasini (fazali rostlash) yoki chastotani (chastotali rostlash) rostlash mumkin. Har ikkala xolda ham asinxron dvigatelning aylantirish momenti o’zgaradi. Bu aylanishlar chastotasining o’zgarishiga olib keladi.

Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini tiristorli kuchlanish o’zgartirgichi (TKU) yordamida rostlash sxemasi 12-6 rasmda ko’rsatilgan. TKU ning har bir fazasida ikkita qarama-qarshi (parallel) ulangan tiristor bo’lib, o’zgaruvchan tokning har ikkala yarim davrini o’tkazadi. TKU yordamida kuchlanishni o’zgartirish uchun impul sli faza boshqaruvchi tizim (IFBT) deb ataluvchi qurilma bo’lishi kerak. U ikkita vazifani bajaradi: boshqaruvchi impul sni vujudga keltiradi va uni tarmoq kuchlanishiga nisbatan faza bo’yicha siljitadi. IFBS tiristorli o’zgartirgichning rostlash burchagi a ni 0 dan 180 gradusga o’zgartirish imkonini beradi. (12-6 rasm).
А В С Rasm 12-6. Asinxron dvigatelni aylanishlar

chastotasini tiristorli kuchlanish o’zgartirgichi yordamida rostlash sxemasi.

Boshqaruvchi impul sni tiristorlarga berish laxzalarini o’zgartirib, asinxron dvigatelning stator chulg’amiga berilayotgan kuchlanishni o’zgartirishga va rotorning aylanishlar chastotasini uncha katta bo’lmagan oraliqda o’zgartirishga erishish mumkin. Shu bilan birga kuchlanishni kamaytirish asinxron dvigatelning ishga tushirish va maksimal momentlarini kamaytirishga o lib keladi. Asinxron dvigatelning aylanishlar chast otasini rostlash oralig’ini kengaytirish uchun yopiq yoki chastotali boshqarish tizimlaridan fo ydalanish maqsadga muvofiqdir.

Dvigatellarning aylanishlar chastotasini tarmoq tokining chastotasini o’zgartirib rostlash alohida manba bo’lishini taqozo qiladi. U asinxron dvigatelni ta'minlovchi kuchlanish chastotasini sanoat toki chastotasi (f1q50 Gts) dan oshirish yoki kamaytirishni ravon o’zgartirish imkonini beradi. Bu rostlash usulining kamchiligi ancha murakkab va qimmatbaho chastota o’zgartirgichining talab qilinishidadir. Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini chastota o’zgartirgich yordamida rostlashning blok- sxemasi 12-7 rasmda ko’rsatilgan.


Rasm 12-7. Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasi chastota o’zgartirgich yordamida rostlashning blok sxemasi.

IFBT

IFBT

+ Ld

-U

U

ET

UM

Chastota o’zgartirgich boshqariladigan to’g’rilagich (BT), u uch fazali va f1=const bo’lgan tarmoq kuchlanishini o’zagarmas tok kuchlanishi (U) ga aylantiradi, to’g’rilangan kuchlanishning pul slanishini tekislovchi drosselli Ld fil tr, o’zgarmas tok kuchlanishini o’zgaruvchan chastota f2 li uch fazali o’zgaruvchan tok kuchlanishiga aylantiruvchi invertor I va IFBT lardan iborat. Impul sli faza boshqarish tizimlari IFBS to’g’rilagich va invert or tirist orlarini boshqarishni amalga oshiradi va qurilmaning kerakli ish rejimini ta'minlaydi.

Nazorat savollari

  1. Kontaktsiz apparatlarga nimalar kiradi?

  2. Kontaktsiz apparatlar qanday afzalliklarga ega?

  3. Mantiqiy elementlarni turlari, ta' svirlanishi va funktsiyalarini ayting?

  4. MS Elektr yuritmani mantiqiy elementlar orqali boshqarish struktura sxemasi qanday tuzilgan?

  5. Elektr yuritmani mantiqiy elementlar orqali boshqarish uchun sxemalar uzellari to’g’risida tushuncha bering?

  6. MS Tirist orli o’zgaruvchan tok kontaktorini sxemasini tushuntiring?

  7. AD ni aylanishlar chastotasini chastota o’zgartirgich yordamida rostlash sxemasini tushuntiring?

13. Elektr yuritmalarni boshqarishda berk (uzluksiz harakatdagi) sxemalar va tizimlar

13.1. Elektr yuritmaning boshqarishni berk sistemalarini ko’rish printsipi

Biror tizimning keyingi zvenolaridan energiya olib, so’ngra bu energiya bilan uning oldingi zvenolariga ta'sir etuvchi zanjir teskari bog’lanish deyiladi.

Rostlanadigan qiymat bo’yicha teskari bog’lanishga ega bo’lgan elektr yuritmani avtomatik boshqarish tizimlariga berk (tutashgan) tizimlar deyiladi. Bunday tizimlar tezlikni rostlash, moment va quvvatni bir xilda saqlash uchun tuziladi. Elektr yuritmaning tezligi statik yuk ta'sirida pasayadi. Tezlikni ma'lum chegaralarda saqlab turish uchun ta'minlash va rostlash qurilmalari parametrlariga ta'sir



ko’rsatiladi. Elektr yuritma tezligini rostlab turish uchun boshqarish signaliga uzluksiz energiya o’zgartirgichi (EU) orqali ta'sir ko’rsatib turish kerak. Elektr yuritmani ishga tushirish va tormozlash jarayonlarini bajarish uchun qo’shimcha teskari bog’lanish elementi moment datchigi (MD) kiritiladi. Boshqarish va rostlash sxemalariga ta'sir qilish xarakteri bo’yicha teskari bog’lanishlar musbat va manfiy bo’lishi mumkin. Agar teskari bog’lanish zanjiridagi signal asosiy boshqarish signaliga mos bo’lib, umumiy signalni kuchaytirsa, bunday teskari bog’lanish musbat, aks xolda manfiy teskari bog’lanish deyiladi. Rostlanadigan qiymatlar ortishida musbat teskari bog’lanish uni yanada oshiradi, manfiy teskari bog’lanish esa kamaytiradi. Rasm 13-1 da elektr yuritmaning boshqarishni berk tizimini struktura sxemasi keltirilgan. Sxemada TBK-topshiriq beruvchi qurilma, TE-signallarni taqqoslash elementi, K- kuchaytirgich, EU-energiya o’zgartirgich, M-dvigatel, IM-ishchi mashina, MD-moment datchigi, TG- taxogenerator.

Rasm 13-1. Elektr yuritmaning boshqarishni berk tizimini struktura sxemasi.

Bunday sxemali elektr yuritmalarda teskari bog’lanish zanjiri orqali rostlanuvchi parametr (masalan dvigatelni aylanish tezligi) xaqida ma'lumot yuritmaning kirishiga teskari bog’lanish signali (UTB) ko’rinishida beriladi. Bu signal topshiriq signali (Ut) bilan solishtiriladi va natijaviy kirish signali hosil bo’ladi, bu signal elektr yuritmani boshqarish signali (Ub) deyiladi.

Ub= Ug ± Utg (13.1).

Boshqarish signali energiya o’zgartirgichga (EU) uzatiladi, uni chiqishida Ub ga mutanosib bo’lgan chiqish signali (Uch) hosil bo’ladi va uni ta'sirida dvigatel harakatlanadi.

Agarda ishchi mashinada yuk ortsa dvigatelni aylanish tezligi va unga mos ravishda Utg ham kamayadi va (13.1) ifodaga asosan Ub unga mos ravishda Uch ortadi, natijada, dvigatel tezligi ortadi.

  1. Berk tizimi elektr yuritmalarni avtomatik boshqarish elementlari va qurilmalari

Elektr yuritmalarning berk boshqarish tizimlari topshiriq beruvchi signallarni hosil qilish qurilmalari, signal kuchaytirgichlar, boshqarish va formalashtirish elementlari, datchiklar va o’lchash sxemalaridan tashkil topgan.

Kuchaytirgichlar. Kuchaytirgichlar elektr yuritmalarni avtomatik boshqarish sxemalarida boshqarish kanalidagi signallar quvvatini oshirish uchun xizmat qiladi. Ularning asosiy ko’rsatkichlari: tok, kuchlanish va quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti; kirish quvvati; FIK; sezgirligi. Kuchaytirgichlarni elektrik, gidravlik va pnevmatik turlari mavjud. Elektr yuritmalarda asosan elektron kuchaytirgichlardan foydalaniladi.

Datchiklar. Elektr yuritmalarni avtomatik boshqarish tizimlarini asosiy elementlaridan biri datchiklardir. Datchiklarni vazifasi boshqarilayotgan yoki nazorat qilinayotgan parametrlarni (mexanik yoki elektrik) bevosita yoki bilvosita o’lchab, so’ngra bajarish qurilmalariga ularda ishlatilishi qulay bo’lgan turdagi signalga aylantirib beradi. Elektr yuritmalarda tezlik datchigi sifatida taxogeneratorlar, koordinata va siljishni o’lchash datchiklari sifatida sel sinlar, potentsiometrik datchiklari, kuch momenti datchigi va tezlik relesi ishlatiladi.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling