Namangan viloyati Norin tumani 34-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Umirzaqova Gulmiraning


Download 0.53 Mb.
bet1/2
Sana03.05.2020
Hajmi0.53 Mb.
#103074
  1   2
Bog'liq
dars ishlanma asos va qoshimchlar


Namangan viloyati Norin tumani

34-sonli maktabning ona tili va adabiyoti



fani o’qituvchisi Umirzaqova Gulmiraning

6-sinflar uchun tayyorlagan dars ishlanmasi

Mavzu:Asos va qo’shimchalar

Maqsad:Ta’limiy maqsad - o’quvchilarda yordamchi so’z turkumlari haqida bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish

Tarbiyaviy maqsad - O’quvchilar qalbida ona Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, ularda o’zaro hurmat, kitobni sevish kabi axloqiy sifatlarni kamol toptirish

Rivojlantiruvchi maqsad - o'quvchilarni yozma nutqi, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish

Dars turi: yangi bilimlar berish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish

Dars metodi: noan’anaviy

Dars jihozi:darslik, tarqatma, rag’bat kartochkalari, slaydlar, kompyuter

Darsning borishi: tashkiliy qism, salomlashish, davomatni aniqlash, o'quvchilarni darsga tayyorlagini nazorat qilish



Dars 1savolga 6 javob mashqi bilan boshlanadi

O'qituvchi: o'quvchilarga darsimiz ona tili “Ona tili” deganda nimani tushunamiz.

O'quvchilar ona tili haqida o’z fikrlarini bildirgandan so’ng, o’qituvchi bugungi darsni musobaqa tarzida olib borilishini aytadi.



O'quvchilar 3 guruhga bo’linadi:

Guruhlar o’z nomlarini izohlaydi:

Muqaddas makon, sening kindik qoning to’kilgan tuproq, sening ota onang, avlod – ajdoding tug’ilib bosgan joy.

Insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.

ozodlik ,erkinlik ota-bobolarimizning asriy orzusi, xalqimizning eng ulug’ yo’li,o’zlikni anglash demakdir.

O’tilgan mavzuni so’rash:

Mustaqil so’z turkumlari bo’yicha guruhlarda tarqatmalar asosida savol – javob o’tkaziladi.

1-guruh. Ot so’z turkumi bo’yicha savollarga javob beradi.



2-guruh.Sifat so’z turkumi bo’yicha savollarga javob beradi.



3-guruh.Son so’z turkumi bo’yicha savollarga javob beradi.



Uchala guruhdan bittadan o'quvchi chiqib fe’l so’z turkumi,olmosh,ravish so’z turkumlari haqida tezkor savollarga javob beradi.

Fe’l

1 Fe’l so’z turkumi nimani ifodalaydi ?



2 Fe’llar qanday savollarga javob bo’ladi ?

3 Fe’lda nechta zamon bor ?

4-di qaysi zamon qo’shimchasi?

5 Fe’llar qaysi gap bo’lagi vazifasini bajaradi?

Olmosh

1 Olmosh qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llanadi?



2 Kishilik olmoshlarini sanang?

3 So’roq olmoshlari qaysilar?

4 Ko’rsatish olmoshlariga misollar ayting?

5 Olmoshlar qaysi gap bo’lagi vazifasini bajaradi?

Ravish

1 Ravish deb nimaga aytiladi?



2 Ravish bilan sifatni o’xshash va farqi?

3 Ravishlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?

4 Holatni bildiruvchi ravishlarga misollar ayting?

5 Ko’p o’yla,oz soyla ushbu gapda ravish qaysi?

Uy vazifasi nazorat qilib tekshiriladi

Uchala guruhdan bittadan o’quvchi so’z tarkibi bo’yicha sinf taxtasida so’zlarni tarkibiy qismga ajratadi.

Har bir savolga va vazifani to’g’ri bajargan guruh a’zolariga o’z o’rnida rag’bat kartochkalari beriladi.

Yangi mavzu bayoni.



O'quvchilarga monitor orqali gaplar ko’rsatiladi uchala guruhga bittadan quyidagi gaplardagi so’zlarni tarkibiy qismlarga ajratad.

Yangi mavzu bo’yicha o'quvchilar topshiriqlarni bajarish orqali mustaqil olgan bilimlarini nazariy jihatdan mustahkamlash maqsadida darslikdagi

“Bilib oling” ruknida berilgan qoida slayd orqali namoyish etiladi. Ekrandagi qoida bir o'quvchiga o’qitiladi.


So’znng asosiy ma’nosini ifodalab mustaqil qo’llana oladigan qismi


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling