O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
NORIN TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI
16-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
KOMILOVA MAXMUDANING
2017 – 2018 O’QUV YILIDA
TAYYORLAGAN 1 SOATLIK
Darsning mavzusi: Bola Alisher (Oybek).
Darsning maqsadi: O’quvchilarga buyuk bobomizning yoshligi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: Buyuk bobolarimiz hayotlari bilan tanishtirish va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish ruxida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni o’qish tezligini oshirish va ifodali, ravon o’qishga o’rgatish.
Darsning uslubi: Noan’anaviy
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozi: A. Navoiy rasmi, AKT, test, tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorlash, 2 guruhga bo’lib Alisher Navoiy hikmatli so’zlaridan ayttirish.
Oz – o’z o’rganib dono bo’lur,
Qatra – qatra yig’ilib daryo bo’lur.
Chin so’z mo’tabar,
Yaxshi so’z muhtasar.
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash: Ikkala guruhga testlar tarqatish va g’olib guruhni rag’batlantirish.
So’z mulkining sultoni kim?
Alisher Navoiy b) Bobur d) Ibn Sino
Alisher Navoiy necha yoshidan she’r yozgan?
7-8 b) 9 d) 11
O’nlik sanoq sistemasini kim yaratgan?
Beruniy b) Navoiy d) Al-Xorazmiy
Amir Temur kim bo’lgan?
Sarkarda b) shoir d) Yozuvchi
Shu tarzda o’quvchilardan test savollariga javoblar olinadi.
Yangi darsning mavzusi: Bola Alisher (Oybek)
O’quvchilarga Alisher Navoiy haqida ma’umot beraman. Bobomiz Alisher Navoiy 1441 yil Xirot shahrida tavallud topgan. Bobomiz o’zbek tiliga asos slogan mutafakkir olimdir. Bugungi kinda bizga uning juda ko’p she’rlari, g’azallari va dostonlari meros bo’lib qolgan. Bugungi darsimizda biz yozuvchi Oybekning Bola Alisher mavzusini o’tamiz. O’quvchilarga AKT dan Alisher Navoiyning “Kelmadi” g’azalini eshittiraman, so’ng ularga mavzuni ifodali qilib o’qib beraman va tushuntiraman. O’quvchilarga mavzuni navbat bilan o’qitaman.
Alisher yangi taxtachani qo’tig’iga qistirgan shod va mag’rur holda otasining oldida borur edi. Onasi ihlis bilan cho’miltirib, pokiza kiyintirgan Oppoq salla, mulla yoqa ko’ylak ustidan yengil adras to’n kiygan, oyoqlarida etik. G’iyosiddin bek ham soddagina kiyingan. Ustida uzun yaktak, katta salla, oyog’ida mahsi-kavush.
Domulla mo’tabar odam. Hurmat ila salom berib, qo’lini o’p! – deb G’iyosiddin o’glining yelkasini quchdi.
 |