Namangan viloyati


Download 153.19 Kb.
bet1/8
Sana09.01.2022
Hajmi153.19 Kb.
#261919
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
namangan malumot


Namangan viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 11 martda tashkil etilgan (1960 yil 25 yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967 yil 18 dekabrda kayta tashkil etildi). Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari – Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharkdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, janubidan Fargʻona, shimoliy va shimoli-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Aholisi 1982,7 ming kishi (2002). Namangan viloyatida 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Haqqulobod), 11 shaharcha (Jomashoʻy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, Oʻnhayat, Yangiqoʻrgʻon, Oqtosh), 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Namangan shahri.

Tabiati. Viloyat hududining asosiy qismi Sirdaryoning oʻng sohilida, keng Fargʻona vodiysida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik boʻlib, shimoliyda qator tepaliklar va Chatqol hamda Qurama togʻlari bilan oʻralgan. Balandligi 350–800 m. Togʻ va adirlar, tor vodiylar, vohalar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarning faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyat hududi geologik faol zonada joylashgan va 8 ballgacha-zilzilalar boʻlib turadi. Keng maydonni egallab yotgan va dehqonchilik obʼyekti boʻlgan Qoraqalpoq choʻli neogen davrida paydo boʻlgan. Foydali qazilmalardan Chodak oltin koni, togʻ kvarsi, sur-ma, mis, neft, gips, ohaktosh va boshqa qurilish materiallari, shifobaxsh mineral suvlar (Chortoqda) topilgan. Chust-Pop yer osti suvining issiqligi 50° (1300 m dan chiqadi). Suv tarkibida yod va brom bor. Chodaksoydan (450 m chuqurlikdan) 23° issiklikdagi vo-dorod-sulfidli suv chiqadi. Chortoq, Shahand, Kosonsoy, Uchqoʻrgʻon suvlari oʻzining minerallanish darajasi va harakteri boʻyicha mashhur Matsesta, Chakrak, Tal suvlaridan qolishmaydi. Yer osti suvlari togʻ, adir, togʻ oldi botiqlarida va yoyilmalarda yirik toshli, shagʻalli va qumli qatlamlarda joylashgan. Sirdaryoga yaqin zonalarda yer osti (sizot) suvlari mavjud. Ikli-mi keskin kontinental. Yozi uzok,, issiq, qishi qisqa, nisbatan sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura 13°. Yanvarda temperatura –25° gacha pasayadi, iyunda 35–45° ga yetadi. Vegetatsiya davri 229 kun. Viloyatning turli qismlarida yogʻin miqdori turlicha. Namanganda oʻrtacha yillik yogʻin miq-dori 230 mm, gʻarbida 90–190 mm, sharkiy tumanlarida 300–400 mm, togʻ etaklarida 600 mm. Yogʻinning eng koʻp kismi bahor va kuzda yogʻadi. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi qor va muzliklardan suv oladi. Namangan viloyatida 16 dare va soy, koʻplab mavsumiy soylar mavjud. Eng katta daryosi – Sirdaryo. U Norin va Qoradaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin va Sirdaryoga Chatqol togʻlaridan oqib tushadigan Pochchaotasoy, Chortoksoy, Chustsoy, Olmossoy, Chodaksoy, Gʻovasoy, Kosonsoy, Namangansoy kabi sersuv togʻ daryolari kuyiladi. Kosonsoy, Chortoq, Eskiyer suv omborlari, Oxunboboyev, Shimoliy Fargʻona, Katta Namangan kanallari qurilgan. Bahor va yoz boshlarida sodir boʻladigan sel hodi-salaridan saqlanish uchun sel omborlari barpo qilingan. Tuproklari pro-lyuvial, oʻtloq, oʻtloqi-botqoq, och tusli boʻz, ayrim joylarda shoʻrxok, och tusli qoʻngʻir, jigarrang . Adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chagʻirtoshlar bilan qoplangan. Bahorda efemer oʻsimliklar oʻsadi, chorva mollari boqiladi. Tekislik qismlarida boʻz, koʻngʻir tuproqlar, qadimdan dehqonchilik qilib kelingnidan tabiiy holati oʻzgargan va unumdorligi oshirilgan. Kosonsoyda tipik va qoramtir boʻz tuproq, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Chust tumanlarida och boʻz tuproq tarqalgan. Tekislik qismining ekin ekilmaydigan yerlarida shoʻra, shuvoq, lola, otquloq, Sirdaryo boʻylarida betaga, astragal va boshqa oʻsadi. Togʻlarda archazorlar, yovvoyi olcha, olma va yongʻoqzorlar uchraydi. Togʻlarning baland qismi subalp oʻtloklari – yozgi yaylovlardan iborat. Namangan viloyatida deyarli oʻrmon yoʻq. Namangan mevali oʻrmon koʻchatzori va Namangan oʻrmon koʻchatzori mavjud. Choʻl va adirlar oʻzlashtirilib yuborilgandan boʻri, tulki, qobon, yumronqoziq kam uchraydi. Togʻlarda togʻ takasi, sugʻur bor. Adirlarda kalamush, dala sichqoni, echkemar, tipratikan, choʻl toshbaqasi, turli xil ilon va kaltakesak koʻp. Qushlardan burgut, kaklik va boshqa bor. Qorabovur, yovvoyi oʻrdak va boshqa ovlanadi. Dare, soy va boshqa suv havzalarida har xil baliq yashaydi, ondatra keng tarqalgan. Pochchaotasoy, Gʻovasoyda qunduz ham uchraydi. Namangan viloyati xududining intensiv oʻzlashtirilishi oqibatida sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, baliklarning koʻp turlari kama-yib bormoqda.

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar (87,8%) tashkil etadi, shuningdek, tojik (9,0%), kirgiz (1,0%), rus (0,8%), tatar, ukrain, ozarbayjon, yahudiy, belorus, arman, qozoq va boshqa millat vakillari ham (jami 89 millat) yashaydi. Aholi zichligi oʻrtacha 1 km² ga 266 kishi. Qishloq aholisi 1238,9 ming kishi, shaharliklar 743,8 ming kishi (2002).



Hojaligi Namangan viloyati respublika ishlab chiqarish va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Viloyat sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari. Namangan viloyatida 170 dan ziyod sanoat korxonalari mavjud. Eng yirik sanoat korxonalaridan – mashinasozlik, avtomobillarni tuzatish, gʻisht, yogʻ-ekstraksiya, paxta tozalash, oziq-ovqat (vino zavodi, pivo kombinati, "Namangan salqin ichimliklari", "Rohat", "Namangankonserva", "Shirinlik", "Kosonsoykonserva" korxonalari), kimyo, "Elektroterm" ishlab chiqarish birlashmasining yetakchi korxonasi, ipak gazlamalar kombinati, badiiy buyumlar fabrikasi va h.k. 3402 kichik, 249 shirkat, 76 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Shular orasida: "Navroʻz" Oʻzbekiston–Kanada, "Shohi Soʻzana", "Nestle-Oʻzbekiston", "Shams LTD", "Hyp", "Ohangar", "Chust pichogʻi", "Namanganshina", "Kosonsoy-Tekmen", "Popfen", "Silk-Road", "Kasmir Deri", "Namanganqogʻoz", "Yanis IV", Oʻzbekistan– Rossiya "Kemtosh", "Shifo" korxonalari, Oʻzbekiston–Xitoy "Channa-Tekstil" qoʻshma korxonasi, Oʻzbekistan–Turkiya "Ko-sonsoytekstil" va boshqa bor.

Transporti. Transport yoʻlilarning uzunligi 138 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,7 ming km (shu jumladan, qattiqqoplamalisi 1,6 ming km). Trolleybus liniyasi uzunligi 80 km. Namangan bilan Toʻraqoʻrgʻon shaharlari oraligʻida ham trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Andijon–Koʻqon, Namangan–Uchqoʻrgʻon oʻrtasida poyezdlar qatnaydi. Namangan–Toshkent, Namangan–Margʻilon–Fargʻona, Namangan– Andijon, Namangan–Qoʻqon–Samarqand yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Fargʻona vodiysini respublika poytaxti bilan bogʻlovchi Toshkent–Oʻsh avtomobil yoʻlining Kamchiq dovonida uzunligi 358 va 891 m dan iborat boʻlgan ikkita tonnel qurilib foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati havo transportining rivojlanishi 1941 yilda aerodrom qurish bilan boshlandi. 1984 yilda zamonaviy havo laynerlariga xizmat qiluvchi uchish va qoʻnish maydoni ishga tushirildi. Oʻrta Osiyo davlatlaridagi shaharlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg , Yekaterinburg , Ufa, Simferopol, Novosibirsk, Magadan, Norilsk, Yakutsk, Krasnoyarsk, Mirniy kabi shaharlari va Ukraina poytaxti Kiyev shahri bilan muntazam aloqa yoʻlga qoʻyildi.

Ekoturizm obyektlarini shakllantirish, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi tomonidan viloyatdagi ekologik landshaft hududlari oʻrganib chiqilib, 10 ga yaqin ekoturizm maskanlari uchun joylar tanlandi.

Jumladan, Sirdaryo daryosining Pop tumani Kenagas qishlogʻi hududidan oqib oʻtgan qismidagi tabiiy orolning 6 gektar yer maydoni, Qamchiq dovonidagi 0,5 gektarlik togʻlik hudud, daryoning Toʻraqoʻrgʻon tumani hududidan oqib oʻtgan qismidagi 2,48 gektar yer maydoni, Mingbuloq tumani “Alami” qishlogʻidagi 3 gektarlik qum barxanlari, Chust tumanidagi Rezaksoy suv omborining 10 gektarlik muhofaza hududlari, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Eskiyer suv omborining 3 gektarlik muhofaza zonasi, Nanay qishlogʻidagi Podshoota soyining 2 gektarlik muhofaza zonasi, Chortoq tumanidagi Chortoq suv omborining 5 gektarlik suv muhofaza zonasi, Norin daryosining Namangan tumani Kaykovus qishlogʻi hududidan oqib oʻtgan qismidagi 2,5 gektar suvni muhofaza zonalari oʻrganib chiqildi.

Oʻrganilgan yer maydonlari ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha maqbul obyektlar boʻlishi bilan bir qatorda viloyat iqtisodiyotini yana-da yuksaltirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi dam olishini tashkil etish va salomatligini tiklashda muhim omil boʻladi.

Ayni paytda mazkur hududlarda zamonaviy talablarga asoslangan ekoturizm manzillari tashkil etish hamda kerakli infratuzilmani shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.


Download 153.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling