2
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga elektr toki, elektr zanjirlari, elektr mashinalar, elektrotexnik qurilmalar va maishiy texnika jihozlari, yarim o`tkazgich va elektron asboblar, o`zgaruvchan tokni to`g`rilash zanjirlari, filtrlar, kuchaytirgichlar va invertorlar haqida umumiy tushunchalar berish va ulardan foydalanish qoidalarini o`rgatish hamda olgan bilimlarini amaliyotda tadbiq qilish ko`nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga elektr va elektron zanjirlarning sxemalarini tuzish, ularni tahlil qilish, turli ko`rinishdagi elektr va elektron zanjir sxemalarini hisoblash usullarini o`rgatish va olingan natijalarni kompyuter dasturlari asosida tekshirish bilimlarini shakllantirishdan iborat.
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi – elektrotexnika va elektronika fani o’rganadigan bilimlarni chuqur egallashi uchun talaba oldin “Fizika”, “Matematika”, “Kimyo” kabi fanlarni o’zlashtirishi shart. Talaba elektrotexnika va elektronika fanini o’zlashtirganda elektr zanjirlar, transformatorlar, elektr mashinalar, elektr yuritmalar, elektr ta`minoti va elektronika asoslarining mazmun-mohiyatini hamda iqtisodiyot tarmoqlarida ulardan foydalanish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Talaba “Energiya tejamkor texnologiyalarni loyihalash va samaradorligini baholash”, “Elektr ta`minoti tizimlarida energiya tejash”, “Elektr mexanik tizimlarda energiya tejamkorlik” kabi ixtisoslik fanlarini o’zlashtirgandan so`ng elektrotexnik qurilmalar va tizimlardagi texnik muammolar bo`yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo’ladi.
II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari).
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
60710900 – Energiya tejamkorligi va energoaudit yo`nalishi uchun
1-mavzu. Uch fazali EYuK, kuchlanish va tok sistemasini hosil qilish.
Ko`p fazali o`zgaruvchan tok. Uch fazali elektr toki haqida tushuncha. Uch fazali E.Yu.K. ni hosil qilish. Simmetrik va nosimmetrik uch fazali elektr energiya manbalari. Faza E.Yu.K. larining shartli musbat yo`nalishi. Uch fazali sistemada E.Yu.K. ni vektor diagramma ko`rinishla kompleks tekislikda ifodalanishi.
|