Народы Азии и Африки в глубокой древности многое сделали для понимания природных явлений и основных законов природы


Fan bo’yicha ta’lim jarayonini tuzilishi


Download 0.76 Mb.
bet7/16
Sana17.06.2022
Hajmi0.76 Mb.
#761434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Грамматическая тема 11, Грамматическая тема 11, Falsafa 7, Falsafa 7, Falsafa 7, Falsafa 7, Falsafa 7, conduct prn , 2 5438428611151402431, Taqriz tashqi Sulton, Jag’li maydalagichlarning tuzilishi hamda ishlash tartibi. Reja, Foydali qazilmalarni asosiy boyitishning texnologik ko`rsatkichlari, YER OSTI SUVLARINING TARKIBI VA XOSSALARI, Foydali qazilmalar konlarining sanoat turlari. Nometall va yonuv
Fan bo’yicha ta’lim jarayonini tuzilishi
O’quv fani bo’yicha talim jarayoni quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqiladi:

  • fan bo’yicha o’quv axborot maqsadi, tuzilmasi, mazmuni va hajmi;

  • DTS tomonidan belgilangan, o’quv rejasida aniqlab berilgan vaqtda va berilgan sharoitda ta’lim berish maqsadiga erishishni kafolatlovchi ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlashning konseptual yondashuvlari.

1. Kirish. Ta’lim jarayonining bu qismida dars mavzusining dolzarbligi asos qilib olinadi, o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi bayon etiladi va ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim berish texnologiyasiga qisqa tavsiflar beriladi.
2. Ta’lim texnologiyasinngi konseptual asoslari. TJning bu qismida quyidagilar yoritiladi:

  • o’quv fanining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, auditoriya soatlarining umumiy hajmi va o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq ularni mavzular bo’yicha taqsimoti, ish turlari;

  • o’quv fanining mazmuni, o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq o’quv fanining mavzu mazmuni bayon etiladi;

  • o’quv mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning konseptual holatlari - ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlashning asosi bo’ladigan, ta’lim texnologiyasini loyihalash va rejalashtirishning konseptual asoslari.

3. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim texnologiyasi. Har bir ta’limiy loyiha ta’lim texnologiyasi, ta’limning texnologik xaritasi, texnologiya xaritasiga ilovalardan iborat bo’ladi.
O’quv fani bo’yicha o’qitish rejasining tuzilishi va mazmunli tarkibi Aniq fan va mavzu bo’yicha mashg’ulotning ta’lim modeli jadval ko’rinishida bo’lib, unda quyidagilar ko’rsatiladi



  • dastlabki ma’lumotlar: o’quv mavzusi, vaqti, talabalar soni;

  • shakl (ma’ruza, seminar va boshq.) va ko’rinishi (masalan, muammoli ma’ruza va bosh.), o’quv mashg’uloti rejasi/tuzilishi, uning maqsadi, o’quv faoliyatining ko’zlanayotgan natijalari, pedagogik vazifalari;

  • tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va o’qitish vositalari;

  • ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar;

  • monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo’l va vositalari:nazorat turi (yozma va og’zaki), nazorat shakli ( tezkor-so’rov, test olish, taqdimot, o’quv topshiriqlari va boshq.)

Ilova. O’quv jarayonining tashkiliy - didaktik vazifasini bajaradi: o’quv/mustaqil ish uchun savol va topshiriqlarni, uni baholash mezonlarini, o’quv ish jarayonida talabalar amal qilishi lozim bo’lgan qoidalar, ta’lim beruvchi foydalanadigan tayanch yozmalar, shuningdek chizma, jadval, slaydlar va boshqa ko’rgazmali materiallar, rejalashtirilgan maqsadlarga erishishni nazorat qilish uchun topshiriqlar (testlar, savollar, topshiriqlar va mashqlar).
Bu yerda taqdim etilayotgan materiallar chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli chizmalarda rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling