Narx Indeksl =


Download 200.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.06.2020
Hajmi200.7 Kb.
#118431
Bog'liq
SafariViewService - 10 июня 2020 г., 13:05


V

V

V

7

7

7

1

1

5

2

0



2

0

Narx



Indeksl

=

14-mavzu. 

Milliy 

iqtisodiyot 

va 

uning

makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot

va uning harakat shakllari

Oldingi boblarda biz iqtisodiy jarayonlar va ularda

sodir bo‘ladigan munosabatlami umumiqtisodiy va

korxonalar darajasida ko‘rib chiqqan edik. Mazkur

bobda iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada

tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy iqtisodiyot va uning

mak- roiqtisodiy ko‘rsatkichlari tavsifi, milliy ishlab

chiqarishning natijasi hisoblangan yalpi ichki mahsulot,

uning tarkibiy qismlarining iqti- sodiy mazmuni va

harakat shakllari yoritiladi. Yalpi ichki mahsulotni

hisoblash tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini

hisoblash usul- lari bayon etiladi.



14.1. 

Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning

makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

Barchamizga ma'lumki, o‘tmishda O‘zbekiston

iqtisodiyo’li so- biq ittifoq iqtisodiyo’lining tarkibiy

qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb

bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta

yakkahokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy

mine- ral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz

foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa

ko‘pgina ishlab chiqarish vosi- talari, iste’mol

tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram

bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Birinchi

Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek,

«O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodi- yo’lga - markazga

butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyo’lga ega

bo‘lgan» mamlakat edi.

Lekin, eng yomoni O‘zbekiston iqtisodiyo’li, asosan,

xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, biryoqlama

rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga tushib

qolgan bo‘lib, iqtisodiyo’lga, ekologiya va aholi

genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta

yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib

kelib qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy,

mineral-xomashyo, mehnat va inson salohi- yatiga ega

bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi

turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji

bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi.

Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat

tarmoqlari- ning vujudga kelishi, ko‘plab yirik

inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi,

yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi

iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, modemizatsiyalash,

yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari

milliy mustaqil iqtisodi- yotni mustahkamlash sari

harakat natijalaridir.

Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor

iqtisodiyo’lining qator infra’luzilmalari: savdo, bozor,

biija, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona

tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoq-

lari barpo etildi. Shxmday qilib, O‘zbekistonda erkin,

zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi,

mustaqil rivojlanayo’lgan, o‘z xalqi, millati

manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot

shakllantirildi.

Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy

unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni

namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda

tarkib topgan munosabatlaming butun majmui

iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.

Milliy  iqtisodiyot  -  barcha  tarmoqlar  va  sohalarni,

mikro-  va  makrodarajadagi  iqtisodiyotlarni,  funksional

iqtisodiyotni, ko‘plab infra’luzilmalarni o‘z ichiga olgan

yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan



tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimo’li rivojining natijasi

hisoblanadi.

Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning

tarkibiy tuzilishi quyidagilar o‘rtasidagi munosabat

sifatida namoyon bo‘ladi:



mavjud ishlab chiqarish resurslari;



resurslaming  ijtimoiy  mehnat  taqsimo’li  asosida

ajralib chiqqan iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi taqsimot

hajmi;




iqtisodiy subyektlaming ishlab chiqarish hajmlari;



milliy  mahsulotning  ishlab  chiqarish,  taqsimlash,

ayirboshlash 

va 


iste'mol 

qilish 


jarayonlarida

shakllanuvchi tarkibiy qismlari.

Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda

ko‘rinishda rasm orqali tasvirlash mumkin (14.1-rasm).



14.1-rasm. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi

 

Milliy iqtisodiyot irte'yorida faoliyat qilish va barqaror



o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish

sohalarining o ‘ zaro bog‘ liqligi va muvozanatli

rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy

tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir

ko‘rsatadi: mavjud bozor kon'yunkturasi, bozorlar

sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning

xalqaro mehnat taqsimo’lidagi ishtiroki, ishlab chiqara-

vchi kuchlaming rivojlanganlik darajasi, fan-texnika

taraqqiyo’lining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish

sur’atlari, ishlab chiqarish resursla- rining sifati,

hududlaming. yer maydonlari va inffa’luzilma obyektlari

bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.

Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish

o‘ta mu- rakkab jarayon bo‘lib, u uzoq muddatli, har

tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga

asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlan- ishda turli

beqarorlik holatlari, inqirozlar ro‘y berib turadi.

Jumladan, 2008-yilda AQSHda boshlangan va hamon

davom etib turgan jahon- moliyaviy iqtisodiy inqirozi

ham milliy iqtisodiyo’limizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay

qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi holatlar orqali namoyon

bo‘lmoqda:

Birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan

mahsulotlar (qim- matbaho va rangli metallar, paxta,

uran, nefl mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va

boshqalar)ning jahon bozoridagi narxlarining keskin

tushib ketishi natijasida eksportdan olinadigan daromad

hajmining pasayib ketishi;

Ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning

keskin tushib ketishi oqibatida mahsulot so’lish

hajmining qisqarishi;

Uchinchidan, jahondagi investitsion faollikning

pasayishi natijasi- da uzoq muddatli investitsion

loyihalarimizni amalga oshirish mud- datlarining

kechikishi va h.k.

Milliy iqtisodiyo’limizning barqaror va muvozanatli

rivojlani- shiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan

ushbu holatlami o‘z vaqtida aniqlab, ulaming oldini olish

va ta'sir oqibatlarini yumsha- tish bo‘yicha amalga

oshirilgan tadbirlar evaziga iqtisodiyo’limizning yuqori

o‘sish sur’atlari saqlab qolindi.

Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish

hajmi va ulaming o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi

orqali, mikro- va mak- roiqtisodiy darajada aniqlanib,

tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot - bu mamlakat

miqyosida iqtisodiyotning o‘zaro aloqada va ta’sirda

harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy

tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy

xo‘jalik tizimidir. Makroiqtisodi- yot o‘z ichiga

iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish

hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini, bank, moliya,

sug‘urta, soliq, boj- xona tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda

jahon iqti- sodiyo’lini ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda

ko‘proq milliy iqtisodi- yot haqida so‘z yuritib, jahon

xo‘jaligi to‘g‘risida keyingi boblarda alohida to‘xtalib

o‘tamiz. Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional

ahamiyati mamlakat aholisining doimiy ravishda o‘sib

boruvchi ijti- moiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda

namoyon bo‘ladi. Milliy iqti- sodiyotning mazkur asosiy

muammosi naqadar samarali hal etilayot- gani

makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi.



Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi - takror ishlab

chiqarish jarayonini obyektiv ravishda aks ettiruvchi

ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan

holat- larni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga

erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilami

ko‘rsatish mumkin:

1) 


asosiy  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlaming  holati  va

harakatini 

obyektiv 

aks 


ettimvchi 

statistik

ma’lumotlaming mavjudligi;

2) 


mamlakat  iqtisodiyo’lini  tahlil  qilishda  keng

miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv;

3) 

iqtisodiy  tizim  salohiyatini  haqqoniy  ravishda



baholamasdan  hamda  iqtisodiy  qonunlaming  obyektiv

amal  qilishini  bilmasdan  turib  mamlakat  iqtisodiyo’liga

aralashuv salbiy holatlami keltirib chiqar- ishini anglash;

4) 


makroiqtisodiy  nazariya  muayyan  mamlakatlaming

iqtisodiyo-  tini  obyektiv  ravishda  tadqiq  etish  asosida

yaratilishini  hamda  undan  boshqa  mamlakatlar

amaliyo’lida  o‘ta  ehtiyotkorlik  bilan  foydalanish

mumkinligini tushunish;

5) 


ishlab  chiqarishni  aholi  daromadlari  va  iste’moli

darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;

6) 

aholi  daromadlari,  siyosiy  va  ijtimoiy  barqarorlik



o‘sishining  yagona  manbai  bo‘lib  mamlakatdagi  barcha

ishchi  kuchlarini  ish  joy-  lari  hamda  ular

daromadlarining  oshishi  bilan  ta’minlovchi  milliy  ish-

lab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini

tushunish.

Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida

korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining

rivojlanish tamoyillari aniq- lansa, makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning

o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.

Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi.

Bu tizim- ga kimvchi turli xil ko‘rsatkichlar,



birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab

chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyot- ning

faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillami

aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning tarkibiy

qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab

chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol

bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini

beradi.

Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi



mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanish

darajasini, iqtisodiyotning turli so- halari, tarmoqlari

o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks

ettiradi.

Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi

muhim mak- roiqtisodiy ko‘rsatkichlar - yalpi ichki

mahsulot (YalM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy

daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi

bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar

hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish

va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar

iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini

qamrab oladi.

14.2. 

Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy

qismlari va harakat shakllari

Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda

tarkibiy ji- hatdan o‘zgarib, yangilanib, miqdoran

ko‘payib va sifat jihatidan ta- komillashib borar ekan, bu

ehtiyojlami qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va

xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham to‘xtovsiz yangilanib,

va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi

ishlab chiqa- rish jarayonlarining muntazam

ravishda yangilanib va takror- lanib turishi ijtimoiy

takror ishlah chiqarish deyiladi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda

amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan

takror ishlab chiqarish.



Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish

va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat

jihatdan o‘zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi.

Odatda bunday ishlab chiqar- ish va xizmat ko‘rsatish

ko‘proq o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan

na’lural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi davri uchun xos

bo‘lgan.

Kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  deb  ishlab

chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqyoslarining muntazam

ravishda  oshib  borgan  holdagi  takrorlanishiga  aytiladi.



Bu  turdagi  takror  ishlab  chiqarish  hozirgi  davrdagi

barcha rivojlangan va rivojlanayo’lgan mamlakatlar

iqtisodiyo’liga xosdir.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natij asida mamlakat

miqyosida mil- liy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot

- mamlakat iqtisodiyo’lida Yaratilgan mahsulot va

xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va

nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlar-

ni o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz

qo‘llayotgan mil- liy hisoblar tizimida yalpi ichki

mahsulot (YalM) deb yuritiladi. Milliy mahsulot

ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq

Sovet ittifoqi iqtisodiyo’lida jami ijtimoiy mahsulot

(JIM) deb, boshqa ko‘pgina mamlakatlarda esa yalpi

milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilar edi. Yalpi milliy

mahsulot - bu o‘z mam- lakati yoki xorijda

joylashgan milliy korxonalar tomonidan Yaratilgan

mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami

qiymatidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy

iqtisodiyot rivoj- lanish darajasini aniqroq ifodalash va

taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YalM)

ko‘rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi davrda

ko‘pgina mamlakatlarda bu ko‘rsatkichdan

foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot - ma’lum vaqt



davomida, masalan, bir yilda Yaratilgan va bevosita

iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor

mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor

narxidagi qiymatidir.

Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy

ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab

chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat

ichida Yaratilgan tovar va xizmat- lar jami qiymatining

bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha

ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar

yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot

xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq

YalM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet

ellardagi ishlab chiqarish omillaridan foydalanib olib

borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlari

kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mam-

lakat korxonalari mahsulo’li kiritiladi. Shuning uchun

YaMM bilan YalM miqdor jihatdan qisman farq qiladi.

YaMM va YalMning o‘zaro farqini quyidagi rasm

orqali yaqqolroq ifodalash mumkin (14.2-rasm).



14.2-rasm. YaMMva YalMo‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar

 

Demak, rasmdan ko‘rinadiki, mamlakat YaMM 100



trln. so‘mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig‘indisi),

YalM esa 104 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar

yig‘indisi) tashkil etadi.

YaMM va YalM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli

emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YalMning ±1

foizni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy

ko‘rsatkich sifatida YalMdan foy- dalanishni tavsiya

etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSH va Yaponi- yada

YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu

mamlakatlar ham YalM ko‘rsatkichini qoTlay

boshladilar.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki piahsulot

ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz

bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot

to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Mamlakatimizda oqilona iqtisodiy siyosat yurgizilib,

taraqqi- yotning o‘zbek modelida belgilangan strategik

tamoyillami izchil amalga oshirish natijasida

makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib kelinmoqda.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom

etayo’lganiga qaramasdan, mamlakatimizda yalpi ichki

mahsulotning barqaror o‘sishi ta’minlanmoqda. Keyingi

12-yil davomida (2004-2015-yil- lar) bu ko‘rsatkichning

o‘sish sur’ati o‘rtacha yiliga 8 foizdan oshiq- roqni

tashkil etdi. 2016-yilda esa yalpi ichki mahsulot 7,8 foiz,

sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,6 foiz,

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 6,8 foiz, qurilish-

montaj ishlari hajmi salkam 12,5 foizga oshdi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini

rivojlantirish- ning harakatlar strategiyasida

“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va

yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish”

 

vazifasi


belgilandi.

Olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida

sanoatning yalpi ich- ki mahsulotdagi ulushi 2000-

yildagi 14,2 foiz o‘miga 2016-yilda 25,7 foizni,

xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o‘miga

49,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida esa aksincha

- bu ko‘rsatkich pasayib, 30,1 foizdan 17,6 foizga’lushdi

(14.1-jadval).



Ko‘rsatkichlar

2000 2004 2008 2012 2013 2014 2015 2016

Sanoat

14,2 17,5 22,3 24,0 24,1 24,1 24,3 25,7

Qishloq xo‘jaligi 30,1 26,4 19,4 17,5 17,4 17,2 16,7 17,6

Qurilish

6,0 4,8 5,6 5,9 6,4 6,8 7,3 7,2

Xizmatlar sohasi 37,2 37,2 43,4 44,9 43,9 43,5 42,9 49,5

Sof soliqlar

12,5 14,1 9,3 7,7 8,2 8,4 8,8 8,7

14.1-jadval

Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, foizda

Manba: O ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo ‘mitasi ma 'lumotlari.

 

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri



hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan

barcha mahsulot va xizmat- lar bir marta hisobga olinishi

zamr. YalM hajmini topishda so’lilgan va qayta so’lilgan

mahsulotlami ko‘p marta hisobga olishlami bar- taraf

qilish uchun, iqtisodiyotning barcha korxona va

tarmoqlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.

 

Qo‘shilgan  qiymat  -  bu  korxonalar  yalpi  mahsulo’li



bozor qiy- matidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari)

joriy  moddiy  xarajatlar  chiqarib  tashlangandan  qolgan

qismidir.

YalM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard

tovarlar va xizmatlaming bozor narxidagi summasi

boiganligi uchun tovaming o‘zi yoki uning nafliligi

ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi

oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish umumiy

hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga

keltirishning eng keng tarqalgan ko‘psatkichi sifatida

foydalaniladi. Shuning uchun yalpi ichki mahsulo’lga

baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga

olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan mil- liy

mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas,

qiyosiy narx- larda hisoblangan milliy mahsulot esa

real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda

ishlab chiqarilgan YalM qiymatini faqat narx

o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash mumkin

bo‘ladi. Bun- dan tashqari narx darajasi bizga

iqtisodiyotda inflyatsiya (narx dara- jasining o‘sishi)

yoki deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o‘rin

tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish

imkonini beradi.



Narx  darajasi  indeks  shaklida  ifodalanadi.  Narx

indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar

to‘plami  narxlari  summasini  xuddi  shunday  tovarlar  va

xizmatlar  miqdorining  ba-  zis  davrdagi  narxlari

summasiga 

taqqoslash 

opqali 

hisoblanadi.



Taqqoslashning  boshlang‘ich  davri  «bazis  yil»

deyiladi.  Agar  bu  ay-  tilganlami  formula  shakliga

keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:

Joriy yild'\qi iste'mol tovarlari narxi Bazis

yildagi iste'mol tovarlari narxi

Amaliyotda bir qator turli xil tovar va xizmatlar

to‘plami yolci iste’mol savatining ftarx indeksidan

foydalaniladi. G’arb mamlakat- lari va xususan AQSHda

bu indekslar ichida eng keng qoTlaniladigani iste’mol

narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tipik

shahar aholisi so’lib oladigan, iste’mol tovar va

xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor

savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo

narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YalM narx



>

 

indeksidan foydalaniladi. YalM narx indeksi ancha keng



tushun- cha boMib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol

tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan

so’lib olinadigan hamda xalqaro bozorda so’lilgan va

so’lib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi.

YalM narx indeksi nominal YalMni real YalMga

aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YalM

shu mahsulot ishlab chiqaril- gan davrda amal qilib

turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini

bildiradi.

Reali

YAIM

 =

Nominal

YAIM

A7

Joriy yildagi nominal YalMni real YalMga

aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli

nominal YalMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, ya’ni:

Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining

ko‘rsatkichi YalM bilan birga, uning tarkibiy qismlari

sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro

bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy

iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.

YaMM va YalM ishlab chiqarish yalpi hajmining

ko‘rsatkichi si- fatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular

mazkur yilda ishlab chiqa- rish jarayonida foydalanilgan

asosiy kapitalning o‘mini qoplash uchun zarur bo‘lgan

qiymatni ham o‘z ichiga oladi.

Mamlakat  iqtisodiyo’lining  qanchalik  rivojlanganligi

va  sama-  rali  ekaniigini  aniq  bilish  uchun  avnan  shu

yilda  jonli  mehnat-  ning  unumli  harakati  natijasida

vujudga  keltirilgan  sof  milliy  mahsulot  (SMM)

ko‘rsatkichidan foydalaniladi.

YalMdan  joriy  yilda  ishlab  chiqarish  jarayonida

iste’mol  qi-  lingan  asosiy  kapital  qiymati  yoki  yillik

amortizatsiya  summasi  ayirib  tashlansa  sof  milliy

mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi:

YAIM — Amortizatsiya yillik summasi = SMM.

SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘matiladigan egri

soliq- lar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona

tomonidan o‘matiladigan​narxga qo‘shimcha hisoblanadi.

Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushib,

natijada ular daromadining bir qismini yo‘qo’ladi.

Hozirgi davrda qo‘llanilayotgan milliy hisoblar tizimida

SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy

daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi:

SMM - Biznesga egri soliq = Milliy daromad.

Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori

bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida

mamlakat miqyosida ulaming miqdori farq qilmasligi

lozim. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning

so’lilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shu- ning

uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof

mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu

holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni

taqozo etadi.

Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy

daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy



daromad - bu yangidan Yaratilgan mahsulotning

butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad - bu

ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil

yo‘qo’lish!ar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada

saqlash- dagi yo‘qo’lishlar va h.k.) va tashqi savdo

qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng. Milliy

daromadni barcha tupdagi daromadlarni (amortizatsiya

ajratmasi va biznesga egri soliqlar- dan tashqari) qo‘shib

chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy

daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga

ajrat- malar, kopxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va

kopxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy

xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi

tomondan esa, uy xo‘jaliklari oladigan daro- madning bir

qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar - ular mehnatining

natijasi hisoblanmaydi.

Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy

daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan

daromadlaming yuqorida- gi uchta turini chiqarib

tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi

hisoblanmagan daromadlami unga qo'shishimiz zarur:



Milliy daromad, - Ijtimoiy sug'urta ajratmasi - Korxona

foydasiga soliqlar



Korxonaning  taqsimlanmaydigan  foydasi  +

Ijtimoiy to'lovlar



SHaxsiy daromad.

Shaxsiy  daromaddan  soliqlar  to‘langandan  keyin  uy

xo‘jaliklarining  to‘liq  tasarrufida  qoladigan  daromad

shaklla- nadi.

Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy

daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan

soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan

hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy

xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad

hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu

daromadlaming bir qismini iste'mol uchun sarflaydilar

va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradilar.



Milliy  mahsulot  hajmining  aniq  baholanishiga

hufyona  iqtisodiyot  ta’sir  ko‘rsatadi.  Xufyona

iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning

jamiyat  tomonidan  nazorat  qilinmaydigan  ha-  rakati,

ya’ni  davlat  boshqaruv  organlaridan  yashirin  holda  alo-

hida  fuqarolar  va  ijtimoiy  guruhlar  o‘rtasida  amalga

oshiriluv-  chi  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlardir.  Bu



munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha

hisobga  olinmagan,  tartibga  solinmagan  turlarini

oladi.  Xufyona  iqtisodiyot  tarkibiga  quyidagilar

kiradi:

1) 


jinoyatga  aloqador  iqtisodiyot  -  rasmiy  iqtisodiyot

tarkibiga  iqtisodiy  jinoyatning  kiritilishi  (boyliklaming

talon-taroj  qilinishi;  nazoratning  har  qanday  shaklidan

yashiringan  holdagi  xufyona  iqti-  sodiy  faoliyat  -

narkobiznes,  qimor  o‘yinlari,  fohishabozlik;  daro-

madlarni  noiqtisodiy  qayta  taqsimlash  shakli  sifatidagi

fuqarolaming  shaxsiy  mulkiga  qarshl  ummnjinoiy

harakatlar  -  bosqinchilik,  shax-  siy  mulkni  zo‘rlik  bilan

tortib olish, o‘g‘irlash, reket);

2) 


soxta  iqtisodiyot  -  hisobga  olish  va  hisobotlaming

amaldagi tizimiga soxta natijalami haqiqiy natija sifatida

kirituvchi rasmiy iqti- sodiyot (qo‘shib yozishlar);

3) 


norasmiy  iqtisodiyot  -  tovar  va  xizmatlaming

ayriboshlash va taqsimlash bo‘yicha iqtisodiy subyektlar

o‘rtasidagi  norasmiy  o‘zaro  aloqalar  tizimi  bo‘lib,  u

mazkur subyektlar o‘rtasidagi shaxsiy muno- sabatlar va

bevosita aloqalarga asoslanadi;

4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot - yakka tartibdagi

va koope- rativ faoliyatning nazoratdan yashiringan,

ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan

tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.



14.3. 

Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari

Yalpi ichki mahsulot (YalM)ni hisoblashda milliy

hisoblar tizimi- dan foydalaniladi. Miiiiy hisoblar

tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni,

takror ishlab chiqarish sharoitlari, jara- yonlari va

natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy .

ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.

MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar

va yor- damchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida

xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan

boshlab qo‘llanila boshladi. Shu davrdan (1953-yildan)

buyon to bugungi kungacha MHT to‘rt marta

o‘zgartirilib, takomillashtirildi. Lekin u hali ham

takomillashtirishga muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning

100 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan

O‘zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan

shakli qoTlanilmoqda.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, ya’ni

1993-yildan boshlab MHTdan foydalana boshladi. Q.

Mambetjanovning fikricha, hozirgi kungacha milliy



hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga

ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq.

Birinchi bosqich XVII asming ikkinchi yarmidan

1930-yilga- cha bo’lgan davmi o‘z ichiga olib, unda

milliy hisoblar tizimi ilk bor shakllana boshladi. Bu

bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va da- romad

ko‘rsatkichlarini hisoblashga qaratilgan. Lekin, bu

bosqichda milliy hisobchilik yagona bir tizim sifatida

shakllanmadi.

Ikkinchi bosqich o‘tgan asming 30-yillaridan

boshlandi va unda keynschilik taTimo’li muhim o‘rin

tutdi. Bu bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va

milliy daromadni hisoblash usullarini takomillashti-

rish, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalaming

harakatini tahlil qilish, makroiqtisodiy tahlil uchun

zarur axborot tizimini shakllantirish, uning davlat

hokimiyatini boshqarishdagi rolini oshirish va milliy

hisoblar tizimining ayrim ko'rsatkichlariga aniqliklar

kiritishga qaratildi.



Uchinchi bosqich (1953-yil) ikkinchi jahon urushidan

keyingi davmi o‘z ichiga olib, davlatlar vayron bo‘lgan

iqtisodiyotni tiklash, iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish

ehtiyojidan kelib chiqib yon- dashildi. Ushbu bosqichda

BMT Statistika komissiyasi tomonidan MHTning

dastlabki andozasi MHT-1953 tasdiqlandi.



To‘rtinchi bosqichda (1968-yil) BMTning MHT-1953

andozasi ancha takomillashtirildi, olingan ma’lumotlami

taqqoslash imkoni tug‘ildi va MHTning boshqa qulay

jihatlari ham ochib berildi.



Beshinchi bosqich. 1993-yilga kelib ayrim

mamlakatlarda milliy hisobchilikni yuritish tartibida

katta farqlar mavjudligi tufayli ular- ning xalqaro qiyosiy

taqqoslash imkoniyati buzildi, jahon bo‘yicha

ko‘rsatkichlami umumlashtirish masalasi

murakkablashdi va jahon iqtisodiyo’lini tahlil qilish

qiyinlashdi. Shu sababli, milliy hisoblar tizimining yangi

10.06.2020, 13)05



Стр. 1 из 1

Download 200.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling