Narx va qiymatning funksiyalari kurs ishi


Download 135.02 Kb.
bet1/6
Sana12.06.2020
Hajmi135.02 Kb.
#118177
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5323272613730977029


Narx va qiymatning funksiyalari

KURS ISHI

MUNDARIJA


KIRISH 3

1.Narx haqida umumiy tushuncha 6

2.Narx va qiymatning turlari va asosiy funksiyalari 10

3.Qiymat va narx, xarajatlar va tannarx 25

4.Baholash faoliyatida narx va qiymat funksiyalarining o’ziga xos xususiyatlari 29

XULOSA 38

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 39



KIRISH


Har bir mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, aholi turmush farovonligi hamda ularning real daromadlarini muttasil oshirib borishda ichki iste'mol bozorida narx-navoning barqarorligi muhim o‘rin tutadi. Chunki narx-navoning oshib borishi (inflyatsiya) aholi ixtiyoridagi daromadlarning xarid qobiliyatini pasaytirib, ularning ma'lum turdagi tovar va xizmatlar iste'molidan voz kechishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kurs ishi mavzusining dozarbligi. Darhaqiqat, iqtisodiyotda narxlarning barqarorligi deganda narxlarning keskin tushib yoki keskin oshib ketmasligi tushuniladi. Shu boisdan narxlarning barqarorligiga erishish strategik vazifalar sirasiga kiradi. Binobarin, narxlarning keskin tushib ketishi ishlab chiqaruvchilarning foyda me'yorini tushishiga hamda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining pasayishiga sabab bo‘ladi. Bu holat iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning pasayishi, ishsizlik darajasining ortishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Aksincha, narxlarning keskin oshib ketishi, o‘z navbatida, aholi xarid qobiliyati hamda real daromadlarining pasayishi natijasida aholi turmush farovonligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.



Kurs ishini ob’kti. Mamlakatda narxlar barqarorligini ta'minlash yuqoridagi salbiy oqibatlarning oldini olish hamda barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlariga erishish imkonini beradi. 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida, respublikamizda narx-navoning keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada, ya'ni aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash maqsadida o‘tgan yildan hozirgi paytgacha 155 million AQSH dollari miqdorida shakar, o‘simlik yog‘i, kartoshka va tovuq go‘shti kabi mahsulotlar ichki bozorning ehtiyojini qondirish uchun chetdan keltirildi.

Shuningdek, ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘yintirish uchun import asosida olib kelinadigan 6200 turdagi tovarlar bo‘yicha nol qiymatidagi import bojlari o‘rnatildi va 8 mingdan ortiq tovarlar bo‘yicha aksiz va bojxona to‘lovlari ikki marotaba kamaytirildi. 

Amalga oshirilayotgan ishlar shu bilan cheklanmagan holda, 2017-2018-yilning qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga olingan jami 445,2 ming tonnadan ortiq asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (kartoshka, guruch, sabzi va piyoz) ichki bozorga maqbul narxlarda yetkazib berildi.

2018-yilning 1-yanvaridan boshlab esa respublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar bo‘yicha narxlarni belgilash va realizatsiya qilishning bosqichma-bosqich bozor tamoyillari asosida amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Ahamiyatga molik jihati shundaki, bugun mamlakatimizda 27 turdagi, jumladan neft mahsulotlari, sement, qora metallar prokati, mis, paxta tolasi va boshqa yuqori likvidli mahsulot turlari, xom ashyo va materiallarni ichki bozorda faqat birja savdosi orqali bozor tamoyillari asosida sotish tizimi yaratildi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining joriy yilning boshida qabul qilingan Farmoniga asosan, go‘sht mahsulotlari, o‘simlik yog‘i va shakar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchi tashkilotlar 2019-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Ushbu Farmon bilan alohida import qiluvchi korxonalarga berilgan imtiyozlar bekor qilinib, aholining barcha qatlami uchun teng sharoitlar yaratildi. Mazkur holat ham ichki bozorda ushbu mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta'minlash imkonini berdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini yaxshilash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ishonchli ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 820 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ijtimoiy dorixonalar tomonidan ularning sotib olish qiymati yoki ulgurji narxiga 10 foiz cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Shuni aytish joizki, yuqorida tilga olingan kompleks chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, joriy yilning 8 oyida inflyatsiya darajasi 6,2 foizni tashkil qildi. (Inflyatsiya darajasi 2017-yilning mos davrida - 9,0 foizni tashkil etgan edi.) O‘rtacha narxlar esa, masalan, kartoshka bo‘yicha joriy yilning boshidagi 3 580 so‘mdan avgust oyida 1 400 so‘mgacha, tuxum - 660 so‘mdan 485 so‘mgacha, piyoz - 1 950 so‘mdan 980 so‘mgacha pasaydi. 

Tabiiyki, narxlarning pasayish holati barcha mahsulotlarga birdek ta'sir ko‘rsatgani yo‘q. Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sish holatlari ham kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 8 oyi davomida mol go‘shtining narxi 20,9 foizga, qo‘y go‘shtining narxi 20,5 foizga hamda guruchning narxi 43,7 foizga o‘sishi kuzatildi.

Ushbu tovarlar narxlarining barqarorligini ta'minlash maqsadida, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini zaruriy miqdordagi ozuqa-yem mahsulotlari bilan ta'minlash, sohada seleksiya ishlarini rivojlantirish, go‘sht yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, eng zamonaviy va ilg‘or tajribalarni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Hukumatimizning tegishli qaroriga asosan, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub'yektlariga davlat resurslaridan bug‘doy ajratilishi belgilandi. 



Kurs ishini tuzulishi. Kirish, to’rtta reja, hulosa va adabiyotlar ro’yxati.
  1. Narx haqida umumiy tushuncha


Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi.

Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, Narx qiymatdan miqdoran farqlanadi.

Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.

Bozor iqtisodiyotida narx bir nechta vazifalarni bajaradi:

1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —narx vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning narxiga koʻpaytirish opkali hisoblanadi;

2)ragʻbatlantirish vazifasi — narxning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, narx oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi;

3)raqobat vositasi vazifasi — narx raqibni bozordan siqib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-batchilar narxni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar. Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;

4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — narx bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. Narx oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy narxlar qoʻllaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy narxlar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi.

Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.

Erkin bozor narxi (muvozanatli narx) — erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv narxi, yaʼni muvozanatli narx yuzaga keladi; monopol narx — monopol bozorda sotuvchi yoki haridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan narx oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan narx boʻlib, odatdagi narxlardan yuqori boʻladi va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji narx — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga tovarlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji narxlar qoʻllanadi; shartnoma narxlari — sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan narx Bunday narx, odatda, shartnoma muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana narx — tovarlar bevosita isteʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji narxdan yuqori boʻladi; Preyskurant narx— haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma narx boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy narx preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan narx atrofida boʻlishini anglatadi; Davlat otatsiyalangan narx— davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor narxidan pastroq qilib belgilangan narx, narxdagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu narxni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping narx — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan narx, xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.

Bozor koʻlamiga koʻra, narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor narxlariga boʻlinadi. Hududiy narx — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor narxi— bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi narxlardir. Xalq-aro narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga oladi.

Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi. Narx diapazoni narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, oʻrta va yuqori narxlarni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan narx oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar narxlari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) narxining oʻzgarishi bozordagi jami narxlar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi. Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir. Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi mumkin.Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini monopolist hal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yo'q.


  1. Download 135.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling