Narxning mohiyati va vazifalari


Download 44.97 Kb.
bet1/22
Sana16.01.2022
Hajmi44.97 Kb.
#350724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
NARXNING MOHIYATI VA VAZIFALARI
Академик қаламтасвир тест тайёр, Джо Диспенза Развивай свой мозг , Джо Диспенза Развивай свой мозг , Джо Диспенза Развивай свой мозг , 4 glassariy, Mustaqil ish, Gulchexra Jo'rayeva, Matritsalar ustida amallar, 28-may 6-variant, 28-may 6-variant, 28-may 6-variant, English The 23 May, 29-34, Айрим ҳаётий масалалар , Айрим ҳаётий масалалар

NARXNING MOHIYATI VA VAZIFALARI
REJA:
KIRISH

1.Narx haqida umumiy tushuncha

2.Narx va qiymatning turlari va asosiy funksiyalari

3.Qiymat va narx, xarajatlar va tannarx

4.Baholash faoliyatida narx va qiymat funksiyalarining o’ziga xos xususiyatlari

XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Kirish

Kurs ishi mavzusining dozarbligi. Darhaqiqat, iqtisodiyotda narxlarning barqarorligi deganda narxlarning keskin tushib yoki keskin oshib ketmasligi tushuniladi. Shu boisdan narxlarning barqarorligiga erishish strategik vazifalar sirasiga kiradi. Binobarin, narxlarning keskin tushib ketishi ishlab chiqaruvchilarning foyda me'yorini tushishiga hamda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining pasayishiga sabab bo‘ladi. Bu holat iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning pasayishi, ishsizlik darajasining ortishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Aksincha, narxlarning keskin oshib ketishi, o‘z navbatida, aholi xarid qobiliyati hamda real daromadlarining pasayishi natijasida aholi turmush farovonligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Kurs ishini ob’kti. Mamlakatda narxlar barqarorligini ta'minlash yuqoridagi salbiy oqibatlarning oldini olish hamda barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlariga erishish imkonini beradi. 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida, respublikamizda narx-navoning keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada, ya'ni aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash maqsadida o‘tgan yildan hozirgi paytgacha 155 million AQSH dollari miqdorida shakar, o‘simlik yog‘i, kartoshka va tovuq go‘shti kabi mahsulotlar ichki bozorning ehtiyojini qondirish uchun chetdan keltirildi.

Shuningdek, ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘yintirish uchun import asosida olib kelinadigan 6200 turdagi tovarlar bo‘yicha nol qiymatidagi import bojlari o‘rnatildi va 8 mingdan ortiq tovarlar bo‘yicha aksiz va bojxona to‘lovlari ikki marotaba kamaytirildi. 

Amalga oshirilayotgan ishlar shu bilan cheklanmagan holda, 2017-2018-yilning qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga olingan jami 445,2 ming tonnadan ortiq asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (kartoshka, guruch, sabzi va piyoz) ichki bozorga maqbul narxlarda yetkazib berildi.

2018-yilning 1-yanvaridan boshlab esa respublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar bo‘yicha narxlarni belgilash va realizatsiya qilishning bosqichma-bosqich bozor tamoyillari asosida amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Ahamiyatga molik jihati shundaki, bugun mamlakatimizda 27 turdagi, jumladan neft mahsulotlari, sement, qora metallar prokati, mis, paxta tolasi va boshqa yuqori likvidli mahsulot turlari, xom ashyo va materiallarni ichki bozorda faqat birja savdosi orqali bozor tamoyillari asosida sotish tizimi yaratildi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining joriy yilning boshida qabul qilingan Farmoniga asosan, go‘sht mahsulotlari, o‘simlik yog‘i va shakar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchi tashkilotlar 2019-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Ushbu Farmon bilan alohida import qiluvchi korxonalarga berilgan imtiyozlar bekor qilinib, aholining barcha qatlami uchun teng sharoitlar yaratildi. Mazkur holat ham ichki bozorda ushbu mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta'minlash imkonini berdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini yaxshilash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ishonchli ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 820 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ijtimoiy dorixonalar tomonidan ularning sotib olish qiymati yoki ulgurji narxiga 10 foiz cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Shuni aytish joizki, yuqorida tilga olingan kompleks chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, joriy yilning 8 oyida inflyatsiya darajasi 6,2 foizni tashkil qildi. (Inflyatsiya darajasi 2017-yilning mos davrida - 9,0 foizni tashkil etgan edi.) O‘rtacha narxlar esa, masalan, kartoshka bo‘yicha joriy yilning boshidagi 3 580 so‘mdan avgust oyida 1 400 so‘mgacha, tuxum - 660 so‘mdan 485 so‘mgacha, piyoz - 1 950 so‘mdan 980 so‘mgacha pasaydi. 

Tabiiyki, narxlarning pasayish holati barcha mahsulotlarga birdek ta'sir ko‘rsatgani yo‘q. Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sish holatlari ham kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 8 oyi davomida mol go‘shtining narxi 20,9 foizga, qo‘y go‘shtining narxi 20,5 foizga hamda guruchning narxi 43,7 foizga o‘sishi kuzatildi.

Ushbu tovarlar narxlarining barqarorligini ta'minlash maqsadida, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini zaruriy miqdordagi ozuqa-yem mahsulotlari bilan ta'minlash, sohada seleksiya ishlarini rivojlantirish, go‘sht yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, eng zamonaviy va ilg‘or tajribalarni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Hukumatimizning tegishli qaroriga asosan, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub'yektlariga davlat resurslaridan bug‘doy ajratilishi belgilandi. 


  1. Download 44.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling