Navoi kon-metallurgiya kombinati navoi davlat konchilik instituti


Download 304.4 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi304.4 Kb.
#155076
Bog'liq
AVA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOI KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOI DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
TASDIQLAYMAN”

Navoi davlat konchilik instituti

“Avtomatlashtirish va boshqaruv”

kafedrasi mudiri

__________O.A.Jumayev.

“___” _____________2020 yil



AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARISH ASOSLARI FANIDAN bakalavriatning





5311000– Texnologik jarayonlar va ishlab

chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish



Yo’nalishlari uchun sillabus

(Sillabus kafedraning 2020 yil “____” _____________dagi

______-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan)
Navoiy – 2020



Fan nomi:

Fizika

Fan turi:

majburiy

Fan kodi:

ABA

Bosqich:

1

Semestr:

1,2

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

120

Ma’ruza

60

Amaliy mashg‘ulotlar

30

Laboratoriya mashg‘ulotlari

-

Seminar

-

Mustaqil ta’lim

150

Sinov birligi miqdori:

100

Baholash shakli:

Imtixon

Fan tili:

O‘zbek




Dastur mualliflari:

Jumayev O.A Jumaboyev E.O

E-mail:




Telefon raqami:

ХХХХХХХХ

Tashkilot:

Navoi davlat konchilik instituti, “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi




Kurs haqidaqi qisqacha ma’lumot (QM)

QM1

talabalarga yo‘nalish bo‘yicha umumiy ma’lumotlar berish va ularning ta’lim olish davomidagi maqsad va vazifalarini, o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilim va malakalariga qo‘yilgan talablar to‘g‘risidagi tasavvurni to‘la shakllantirishdan iborat.

Kursga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar

1.

Fanning vazifasi – talabalarga texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish yo‘nalishi profilidagi kadrlarga qo‘yiladigan talablar, yo‘nalishga oid fanlar bo‘yicha boshlang‘ich tushuncha va atamalar, avtomatlashtirish vositalari va ob’yektlarining vazifalari, ularni loyihalash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar, ishlab chiqarish operatorlarining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli va vazifasini o‘rgatishdan iborat.


Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)

soat



Kirish.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari. Fanning maqsadi va vazifalari.






Avtomatikaning asosiy tushunchalari va terminlari. Mexanizasilash va avtomatlashtirish tushunchalari. Avtomatlashtirish turlari.






Texnologik jarayonni boshqarish tizimlari. Ochiq va berk boshqarish tizimlari. Turli boshqarish tizimlari afzalliklari va kamchiliklari






Avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari . Zamonaviy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari haqida ma’lumot. Korxonani boshqarish tizimlari haqida tushunchalar.






Avtomatik boshqarish tizimlari sinflari va ularni rivojlanish istiqbollari . Avtomatik rostlash tizimi (ART), avtomatik blokirvkalash tizimi (ABT); Dasturiy boshqarish tizimi (DBT); Operativ boshqarish tizimi (OBT).






Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan texnik vositalar. Avtomatlashtirishning texnik vositalarining klassifikasiyasi, ko‘llash soxalari va tipik tavsiflari. Texnik vosita komplekslari.






Avtomatik boshqarish tizimi elementlari. Elementlarning asosiy tavsiflari va parametrlari, dinamik xossalari, xatoliklari va ishonchliligi. Boshkarish sistemasi – elementlar majmuasi sifatida. Funksional vazifalari buyicha elementlarning sinflanishi. Birlamchi o‘zgartirgichlar (datchiklar), umumiy ma’lumotlar, tavsiflar va datchiklarga ko‘yiladigan talablar.






Texnologik jarayonlar ob’yektlari to‘grisida asosiy tushunchalar va aniqliklar. Texnologik jarayonlarning turlari. Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari.






Texnologik jarayonlarni avtomatik rostlash va rostlashning vazifalari. Rostlash prinsiplari. Texnologik jarayonlarni avtomatik rostlash va rostlashning vazifalari. Avtomatik rostlash tizimlarining ishlash prinsiplari haqida ma’lumot. Avtomatik rostlashgi misollar (harorat, bosim, sarf, sath bo‘yicha). Galayon bo‘yicha rostlash, kombinirlashgan rostlash prinsiplari. Og‘ish bo‘yicha boshqarish tamoyili. Kompenslash tamoyi bo‘yicha boshqarish. Boshqarishning aralash prinsipi.






Asosiy o‘lchash usullari va o‘lchash sxemalari (noelektrik kattaliklarni o‘lchash, ko‘prikli, differensial, kompensasion o‘lchash sxemalari). O‘lchashlar haqida ma’lumot. O‘lchash usullarining tasnifi. O‘lchash vositalari va ularning tasnifi, xatoliklari






Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (TJABT). Operator “maslahatchisi” rejimida ishlovchi BHMli TJABT, markaziydan boshqaruvchi BHMli TJABT, to‘gidan to‘gri raqamli boshqarish rejimida ishlovchi BHM li TJABT






Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari sinflanishi (TJABT). Disrektli texnologik jarayonlarni ABT, uzluksiz texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi (ABT), uzluksiz –diskretli texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi. Tashkiliy ishlab chiqarish tizimidagi o‘rni bo‘yicha TJ ABT. (4 soat)






Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari strukturasi (TJABT). TJABT pastki, o‘rta, yuqori, ko‘p darajali boshqarish tizimlari.






Avtomatik boshqarish tizimlari zvenolari. Sodda dinamik zvenolar va ularning tavsiflari. Uzatish funksiyalari haqida tushuncha. Texnologik jarayonlarni rostlash tizimlarini tashkil etuvchi zvenolarning o‘zaro bog‘lanish turlari.






Avtomatik rostlash tizimi turgunligi. Turgunlik tushunchasi. Turgunlik mezonlari. Texnologik jarayonlarning chiziqli tizimlarining turg‘unlik shartlari bilan tanishuv. Turg‘unlikning Gurvis mezoni.






Mikroprosessorlar, EHM va robotlar texnologik jarayonlarni boshqarish jarayonida nazorat va boshqarishda dasturlanadigan texnik vositalar, sanoat robotlari.






Raqamli qurilmalarning elementlari.

Analog-raqamli va raqamli-analog o‘zgartirgichlar. Tuzilish prinsiplari va o‘zgartirish usullari. Xotira kurilmalari va elementlari. Umumiy ma’lumotlar. Triggerlar, schetchiklar, registrlar, summatorlar.






Texnologik jarayonlarning loyihalarida ishlatiladigan shartli belgilar. Loyihalarda ishlatiladigan shartli harfiy belgilanishlar va ularning ma’nolari bilan tanishuv. Loyihalarda ishlatiladigan shartli grafik belgilanishlar va ularning vazifalari bilan tanishuv.




Jami

30

Mashg‘ulotlar shakli: Amaliyot

A1

Yo‘nalishga oid adabiyotlar bilan ishlashni nazorat qilish. Berilgan mavzu bo‘yicha tegishli adabiyotlar qidirish va referat tayyorlash.




A2

Texnologik jarayonlarning turlari. Mexanik va kimyoviy turdagi texnologik jarayonlarning tavsiflari va parametrlarini aniqlash usullari.




A3

Texnologik parametrlarni nazorat qilish va rostlash bo‘yicha sodda konturlarni tuzish.




A4

Texnologik jarayon tizimlarining tipik zvenolarini ketma-ket, parallel, aralash va teskari aloqali bog‘lanishi bo‘yichani uzatish funksiyalarini hisoblash.




A5

Texnologik jarayonlarning turg‘unligi mezonlari bilan tanishuv




A6

Gurvis mezoni bo‘yicha sodda, chiziqli tizimlarni turg‘unlikka tekshirish.




A7

Loyihalashda ishlatiladigan shartli harfiy va grafik belgilarni tuzish va ularni o‘qish.



Ta’lim strategiyasi



Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga yo‘nalish bo‘yicha umumiy ma’lumotlar berish va ularning ta’lim olish davomidagi maqsad va vazifalarini, o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilim va malakalariga qo‘yilgan talablar to‘g‘risidagi tasavvurni to‘la shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifasi – talabalarga texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish yo‘nalishi profilidagi kadrlarga qo‘yiladigan talablar, yo‘nalishga oid fanlar bo‘yicha boshlang‘ich tushuncha va atamalar, avtomatlashtirish vositalari va ob’yektlarining vazifalari, ularni loyihalash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar, ishlab chiqarish operatorlarining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli va vazifasini o‘rgatishdan iborat.

Talabalarni baholash

Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘qitish materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (test, topshiriq va yozma ishnatijasi)ga asoslangan.

Avtomatlashtirish va boshqaruv kursi davomida talabalar 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan 50% ball davomat, joriy va oraliq natijasiga 50% ball esa yakuniy nazorat natijasiga ajratiladi. Joriy va oraliq ballarning umumiy natijasi 30 ball dan past bo‘lgan talabalar yakuniy nazorat imtixoniga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratda 30 va undan ko‘p ball to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.

Joriy oraliq va yakuniy nazorat ballari quyidagicha taqsimlanadi:




Topshiriq Amaliyot

Maksimal ball




Amaliyot-1

1

Joriy nazorat bo‘yicha maksimal

20ball

Amaliyot-2

1

Amaliyot-3

2

Amaliyot-4

1

Amaliyot-5

2

Amaliyot-6

1

Amaliyot-7

2

Davomat bo‘yicha maksimal ball

5

Oraliq nazorat bo‘yicha maksimal ball

25

Yakuniy nazorat bo‘yicha maksimal ball

50

Jami:

100

100 ball

Foydalanilayotgan asosiy darsliklar va o‘quv

qo‘llanmalar ro‘yxati



  1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gʻulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2010. – 502 b.

  2. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gʻulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.- 704 b.

  3. Yusupbekov N.R., Muxamedov V.I., GulyamovSh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. - Toshkent. O’qituvchi, 2011. - 576b.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Uzbekistan davlatini

birgalikda barpo etamiz. Uzbekistan Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining kushma majlisidagi nutki. -T.: “Uzbekistan” NMIU,2016. -56 b.

2. Mirziyoyev Sh.M. K,onun ustvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt tarakkiyoti va xalk farovonligining garovi. Uzbekistan Respublikasi Konstitusiyasi kabul kilinganining 24 yilligiga bagishlan gan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr. T.“Uzbekistan” NMIU, 2016. -48 b.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalkimiz bilan birga kuramiz. - T.: “Uzbekistan” NMIU, 2017. -488 b.

Uzbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Xarakatlar strategiyasi tugrisida. T.: 2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli farmoni.

5. Shishmarev V.K). Tipovыye elementы sistem avtomaticheskogo upravleniya:

M.: Izdatelskiy syentr «Akademiya», 2004. -304 s.

6. Popov A.N. Datchiki sistem upravleniya. - M: Izd. MEI, 2000.

7. Podlesnыy N.I., Rubanov V.G. Elementы sistem avtomaticheskogoupravleniya i kontrolya. Uchebnik.-M.: Vыsshaya shkola, 1991.-461 s.



  1. «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish yo‘nalishi uchun» Davlat ta’lim standarti. – T.: O‘zstandart, 2010y.

  2. Internetdan olingan ma’lumotlar: elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari.

  3. Ushbu yo‘nalishga tegishli davriy jurnallar: «Kimyoviy texnologiya, nazoratva boshqaruv», «Datchiki i sistemы», «Priborы i sistemы upravleniya», «Promыshlennыye ASU i kontrollerы», «Avtomatizasiya v promыshlennosti», Ensiklopediya «Izmereniya, kontrol, avtomatizasiya», «Avtomatika i telemexanika», «Teoriya i sistemы upravleniya».

  4. Ivanova G.V. Avtomatizasiya texnologicheskix prosessov osnovnыx ximicheskix proizvodstv. Metodicheskiye materialы po kurs leksiy. -S.Peterburgskiy GTU, 2003.

  5. Shandrov B.V., Chudakov A.D. Texnicheskiye sredstva avtomatizasii. -M.: Izd. syentr. «Akademiya», 2007. -368s.

Elektron resurslar

  1. www.zivonet.uz.

  2. http://e.lanbook.com.

  3. www.matlab.com

  4. www.5baIlov.ru

  5. Wikipedia.org.

  6. Bibliofond.ru.

  7. Studopedia.org

  8. Twirpx.com

  9. Knowledge.Allbest.ru

10.Techlib.com
Download 304.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling