Navoiy davlat konchilik instituti konchilik fakulteti «konchilik ishi» kafedrasi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana26.11.2020
Hajmi1.5 Mb.
#152460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sohaga kirish fanidan (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

KON METALLUR0GIYA KOMBINATI 

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI 

KONCHILIK FAKULTETI 

«KONCHILIK ISHI» KAFEDRASI 

 

 

«Sohaga kirish» 

fanidan


 

MA'RUZA MATNLARI 

 

 

5540200 – «Konchilik ishlari»  

5140900Kasb ta’limi» (5540200 – «Konchilik 

ishi»), 


5541600 – «Nodir va radioaktiv metal rudalarini 

qazib olish va qayta ishlash » 

yo’nalishlari bo’yicha

 

bakalavrlar uchun  



 

 

 

 

 

 

 

Navoiy-2010 y. 

 

УДК. 622.271.3 

 

“Sohaga kirish” faninig o’quv dasturiga asoslangan holda tayyorlangan ushbu to’plamda 19 



та  ma’ruza  matnlari  keltirilgan.  Ma’ruza  matnlari  konchilik  sanoati,  O’zbekistonda  konchilik 

sanoatining rivojlanish istiqbollari va kon korxonalari, konchilikdagi  konchilikdagi mavjud texnik 

atamalar,  foydali  qazilmalar  va  ularni  qazib  olish  usullari  to’g’risida  tushunchalar,  amalda 

qo’llaniladigan kon-texnika vositalari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. Har bir ma’ruza 

matnining oxirida o’z-o’zini tekshirish uchun nazorat savollari keltirilgan.  

 “Sohaga kirish” fanidan ma’ruzalar to’plami 5540200 – «Konchilik ishlari» 5140900-«Kasb 

ta’limi» (5540200 – «Konchilik ishi»), 5541600 – «Nodir va radioaktiv metal rudalarini qazib olish 

va qayta ishlash » yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar uchun mo’ljallangan.  

 

 

 



 

 

Tuzuvchilar:                            p.f.n. Misliboyev I.T. 

       kat.o’q. Normatova M.J 

Рецензентлар:  

 

  dots. O’. F. Nosirov  



  NKMK markaziy loyiha byurosi muhandisi  

  Qurolov A.A.  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MAVZU 1 



OLIY TA'LIMNING TUZILISHI 

 

Reja 

 

1. Bakalavriatura soxasi. 

 

2. Bakalavrlarga qo’yilgan asosiy talablar. 

            3. Magistratura. 

 

 

Bakalavriat-ixtisosliklar  yo’nalishi  bo’yicha  fundamental  va  amaliy  bilim  beradigan,  o’rta 



maxsus, kasb-hunar ta'limi negizida, muddati kamida to’rt yillik  tayanch oliy ta'lim bosqichidir. 

 

Bakalavr dasturi tugatilgandan so’ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan 



kasb  bo’yicha  «bakalavr»  darajasi  beriladi  va  davlat  tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi,  kasb-

hunar faoliyati bilan shug’ullanish yoki oliy ta'limning keyingi bosqichida o’qishni davom ettirish 

xuquqini beradigan diplom topshiriladi. 

 

Magistratura aniq ixtisoslik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriatdan 



keyin,  uning  negizida  ta'lim  muddati  kamida  ikki  yil  davom  etadigan  oliy  ta'lim  bosqichidir.  

 

«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining yakunidir. 



Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasbiy faoliyat bilan shug’ullanishni yoki  

ta'limning keyingi   turlarida o’qishni davom ettirish xuquqini beradigan diplom topshiriladi. 

 

Ta'lim yo’nalishlari bo’yicha kasbiy ta'lim dasturlari mazmuniga talablar: 



 

 Bakalavriat; 

 

Kasbiy  ta'lim  dasturlari  oliy  ta'limning  birinchi  bosqichi  (bakalavriat)  talaba  tomonidan 



o’zlashtiriladigan quyidagi majburiy fanlar bloklari quyidagilar: 

 

- gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy



 

- matematika va tabiiy; 

 

- umumkasbiy; 



 

- ixtisoslik. 

 

Kasbiy  faoliyat  kunikmalariga  ega  bo’lish  uchun  malakaviy  amaliyotlar  ham  ko’zda 



tutilgan. 

 

Bakalavriat,  kasbiy  ta'lim  dasturlari  bajarilgach,  malakaviy  bitiruv  ishini  yolashni  ham  o’z 



ichiga olgan yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tamomlanadi. 

 

Bakalavrlarga qo’yiladigan umumiy malakaviy talablar. 



 

Bakalavriyat  –  kunduzgi  o’qish  muddati  kamida  4  yil  bo’lgan,  bilim  soxalaridagi 

yo’nalishlarning  biri  bo’yicha  fundamental  va  amaliy  bilimlarni  o’z  ichiga  olgan  tayanch  oliy 

ma'lumot. 

 

Bakalavriatning  kasbiy  ta'lim  dasturlari  bitiruvchini  yakuniy  davlat  attestatsiyasidan 



o’tkazib, unga diplom bilan dalolatlangan bakalavr malaka darajasini berish bilan tugallanadi. 

 

Bakalavr  malaka  darajasi  uning  soxisi  bo’yicha  ishga  kirganda  tayanch  oliy    ma'lumot 



malakaviy  talablarida  nazarda  tutilgan  lavozimlarni  egallash  xuquqini  beradi.  O’zbekiston 

Respublikasida bakalavrlar bilimlarining sakkizta soxasi bo’yicha tayyorlanadi: 

 

- ta'lim ( 111 yo’nalish); 



 

- gumanitar fanlar va san'at ( 28 yo’nalish); 

 

- ijtimoiy fanlar ,biznes va xuquq (32 yo’nalish); 



 

- matematika va tabiiy fanlar (14 yo’nalish); 

 

- injenerlik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari (49 yo’nalish); 



 

 



- qishloq xo’jaligi (27 yo’nalish); 

 

- sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot (18 yo’nalish); 



 

- xizmatlar (14 yo’nalish). 

 

Bakalavr  o’z  ta'limini  kunduzgi  o’qish  muddati  kamida  ikki  yil  bo’lgan  magistraturada 



davom  ettirishi  mumkin.  Magistratura  tabiiy-ilmiy  va  gumanitar  fanlar,  muayyan  bilimlar 

soxasining  tarixiy  va  falsafiy  jixatlari,  ixtisos  fanlar,  shuningdek,  bitiruvchining  ilmiy-tadqiqot  va 

yoki  ilmiy-pedagogik  faoliyatini  nazoratda  tutuvchi  amaliyotini  o’z  ichiga  olgan  kasbiy  ta'lim 

dasturiga  ega.  Ushbu  dastur  malakaviy  bitiruv  ishi  dissertatsiyani  o’z  ichiga  olgan  yakuniy 

attestatsiya  va  bitiruvchiga  diplom  bilan  dalolatgan  «Magistr»  malaka  darajasini  berish  bilan 

tugallanadi. 

 

Ishga dastlab qabul qilingan bakalavrlar ish beruvchilarning o’quv markazlarida 6 oydan 2 



yilgacha davom etuvchi maxsus dasturlar bo’yicha o’qishi mumkin. 

 

 Bakalavr bilimiga umumiy talablar:  



-  gumanitar  va  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar  asoslarini  bilishi,  ijtimoiy  muammo  va 

jarayonlarni  ilmiy  tahlil  qila  olishi,  shu  fanlar  uslublaridan  turli  kasbiy  va  ijtimoiy 

faoliyatda foydalana oldishi, 

-  isonlarga,  jamiyatga,  atrof-muxitga  bo’lgan  munosabatni  belgilaydigan  me'yoriy  va 

qonuniy  asoslarni  bilishi,  ularni    ijtimoiy  va  ekologik  loyixalar  tayyorlashda  qo’llay 

olishi, 


-  jonsiz va jonli tabiatda sodir bo’ladigan jarayon va xodisalarni tuliq tassavur qila olishi, 

tabiatni bilishning zamonaviy ilmiy uslublarini biladigan va uni egallagan bo’lishi, 

-  sog’lom  yashash  tarzi  haqida  ilmiy  tasavvurga,  o’zini  jismoniy  takomillashtirish 

bo’yicha bilim va kunikmalarga ega bo’lishi, 

-  ilg’or tafakkur yuritish madaniyatiga ega bo’lishi, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda 

mantiqan to’g’ri bayon qila olishi, 

-  moliyaviy  va  inson  omillarini  inobatga  olgan  xolda  ishlab  chiqarish  munosabatlari 

asoslari  haqida  tasavvurga  ega  bo’lishi,  kasbiy  faoliyati  soxasida  qullaniladigan 

ma'lumotlarni kompyuter usullarida yig’ish, saqlash va ularni qayta ishlash (taxrir qilish) 

uslublarini bilishi, o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila olishi, 

-  ilm-fan rivoji va o’zgaruvchan ijtimoiy amaliyot sharoitida yig’ilgan tajribalarni baholay 

olishi, o’z imkoniyatlarini  qayta ko’rib chiqib, zamonaviy axborot-o’quv   vositalaridan 

foydalangan xolda, yangi bilimlarni egallash qobiliyatiga ega bo’lishi,      

-  egallayotgan  kasbining  moxiyati  va  ijtimoiy  ahamiyatini  to’liq  tushunishi,  soxa 

faoliyatini  aniqlaydigan  fanlar  muammolarini  bilishi,  ularning  yaxlit  tizimidagi  o’zaro 

bog’liqliklarni ko’ra olishi, 

-  turli  xodisalarni  ta'riflash,  ularning  istiqbolini  belgilovchi  modellarini  yaratish  va 

ishlatishni  bilishi,  xodisalarning  miqdor va  sifat  taxlilini  amalga  oshirish  imkoniga  ega 

bo’lishi, 

-  mexnat  jamoasiga  qo’shila  olishi,  boshqarish  usullarini  qo’llay  olishi,  ijrochilar  ishini 

tashkil qila olishi, turli fikrlar mavjudligi sharoitlarida boshqarish yechimlarini topish va 

qabul  qila  olishi,  pedagogik  faoliyat  asoslarini  bilishi,  o’z  kasbiy  ishlashga  uslubiy  va 

psixologik jixatda tayyor bo’lishi lozim.  

 

Oliy  ta'lim  haqidagi  «Nizom»  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta'lim 



vazirligining 30.10.98 y. 305-sonli buyrug’iga asosan tasdiqlangan. 

 

 



A).  Umumiy  o’rta,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi  negizidagi  oliy  ta'lim  uzliksiz  ta'lim 

tizimining  mustaqil  turi  bo’lib  «Ta'lim  to’g’risida»  hamda  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi 

to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvoffiq amalga oshiriladi. 

 

B). Oliy ta'lim sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillariga asoslanadi: 



-  ta'lim va tarbiyaning gumanistik, demokratik mazmunda ekanligi

-  universitet ta'limining ustivorligi, 

-  o’rta  maxsus,  kasb,  oliy  va  oliy  ta'limdan  keyingi  ta'limning  uzluksizligi  va  ketma-

ketligi, 

-  ta'lim tizimining dunyoviy mazmunda ekanligi, 

-  davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi

-  ta'lim dasturlarini tanlashga umumiy va tavakalashgan yondashuv, 

-  bilimdonlik va iste'dodni rag’batlantirish, 

-  oliy ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlashtirish, 

-  oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvini ta'minlash.      

 

V).  Talabalarni  oliy  ta'lim  muassasalariga  qabul  qilish  davlat  grantlari  va  tulov-kontrakt 



vositasi bilan turlariga binoan aniqlash yo’li orqali amalga oshiriladi. 

 

G). Oliy ta'lim muassasalari – yuridik shaxs, ular oliy ta'lim dasturlarini amalga oshiradilar, 



amaldagi qonuniy tartibda tashkil etiladigan, o’zlarining ustavi va mazkur Nizom asosida faoliyat 

ko’rsatadilar. 

 

Oliy  ta'lim  muassasasi  ustavi  mazkur  Nizom,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 



maxkamasining  1998  yil  5  yanvar  5  –  sonli  qarori  bilan tasdiqlangan  «Ta'lim  muassasasi  ustavini 

ishlab  chiqish  tartibi»ga  muvofiq  tayyorlanadi,  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta'lim  Vazirligi  tomonidan 

tasdiqlanadi, maxalliy ma'muriy idoralarda ro’yxatga olinadi. 

 

Oliy ta'limning maqsadi, vazifalari va tashkil qilinishi quyidagilardan iborat: 



 

A).  Oliy  ta'limning  maqsadi  O’zbekistonni  yuksak  rivojlangan  demokratik  mamlakatlar 

darajasida  ilmiy-texnikaviy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  rivojlanish  bilan  ta'minlay  oladigan, 

yuksak  ma'naviy,  madaniy  va  axloqiy  fazilatlarga  ega  yuqori  malakali  raqobatbardosh  kadrlar 

yetishtirishdir. 

 

B). Oliy ta'limning asosiy vazifalari quyidagilar: 



-  davlat  ta'lim  standartlariga  muvoffiq  ilg’or,  zamonaviy  ta'lim  va  kasb-hunar  dasturlari 

asosida  yuqori  samarali  o’qitishni  tashkil  qilish  va  malakali  kadrlar  yetishtirishni 

ta'minlash, 

-  mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi istiqbollari, jamiyat talablariga binoan fan, 

texnika,  ilg’or  texnologiya,  iqtisodiyot  va  madaniyatning  zamonoviy  yutuqlari  asosida 

kadrlar o’qitishni tashkil qilish va uning uslublarini muntazam takomillash, 

-  yoshlarni  milliy  tiklanish  mafkurasi  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  bilish  asosida, 

mustaqillik g’oyalari, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash

-  o’quv    amaliyotiga  yangi  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  kiritish,  o’qitishni 

shaxsiylashtirish va masofaviy vositalar bilan ta'minlash, 

-  ta'lim,  fan  va  ishlab  chiqarish  birlashuvining  amaliy  tizimlarini  ishlab  chiqkarish  va 

amaliyotga kiritish, 

-  ilmiy-pedagogik  kadrlar  va  talabalarning  ilmiy  tadqiqotlari  va  ijodiy  faoliyatlari  orqali 

fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish,  

-  davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish asosida ta'lim xizmatlari bozorida 

raqobatli muhitni shakllantirish, 



 

-  oliy  ta'lim  muassasalari  boshqaruvini  takomillash  va  ular  mustaqilligini  kengaytirish, 



ta'sischilar,  va'siylar  jamoat  ko’zatuv  kengashlari  shaklida  yangi  jamoat  boshqaruvini 

kiritish, 

-  oliy  ta'lim  soxasida  yuksak  rivojlangan  mamlakatlar  bilan  o’zaro  foydali  hamkorlikni 

rivojlantirish. 

 

D).  Oliy  ta'lim  muassasalari  mutaxassislar  tayyorlashning  «Oliy  ta'lim  yo’nalishlari  va 



ixtisosliklari  Klassifikatori»  ga  muvofik  amalga  oshiradi.  Faqat  davlat  ta'lim  muassasalarida 

tayyorlanadigan  ta'lim  yo’nalishlari  va  ixtisosliklari  ro’yxatini  O’zbekiston  respublikasi  Vazirlar 

Maxkamasi joriy qiladi. 

 

YE).  Oliy  ta'lim  muassasalari  tomonidan  ta'lim  yo’nalishlari  va  ixtisosliklarining  ro’yxati 



ta'lim  va  kadrlar  tayyorlash  soxasidagi  marketing  rivojlanishi  bilan  anihlab  boriladi  va  mexnat 

bozori talabi hisobiga olingan xolda, davriy qayta ko’rib chiqiladi. 



 

 

Nazorat savollari: 

1.  Oliy ta'limning vazifasi nimadan iborat? 

2.  Bakalavriaturada yo’nalishida tayyorlanadigan mutaxassisliklar . 

3.  Magistraturada ta'lim soxasida tayyorlanadigan mutaxassisliklar . 

4.  Bakalavrlar bilimlarining soxalari nimalardan iborat? 

5.  Bakalavr va magistraturaga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat? 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MAVZU 2 



BAKALAVR ISH FAOLIYATI 

 

Reja 

1.  Bakalavrlarning tavsifnomasi. 

2.  Kasbiy-pedagogik  yo’nalish.  

 

 

 Bakalavrlarning  tavsifnomalari  yo’nalishlar  bo’yicha  bakalavr  o’zlashtirishi  shart  bilimlar 



minimumi mazmuniga va tayyorgarlik darajasiga talablar davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish 

uchun  asos  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  malakaviy  talablar  muayyan  ta'lim  yo’nalishidagi  bakalavr 

bajarishi mumkin bo’lgan yoki moslana oladigan kasbiy faoliyat turlarini belgilaydi va buni kadrlar 

buyurtmachilari ham bilishi zarur. 

 

Bakalavriatning  ayrim  yo’nalishlari  bo’yicha  malakaviy  talablarini  hozirgi  kunlarda 



mukamallashtirish ishlari olib borilmoqda.  

 

To’plamga  bundan  tashqari,  ilgari  amalda  bo’lgan  yo’nalishlar  ro’yxati    bilan  yangi  oliy 



ta'lim yo’nalishlari va ixtisosliklari klassifikatori o’rtasidagi muvofiklik ko’rsatkichi ham kiritilgan. 

 

Bunday  ko’rsatkichni  ishlab  chiqish  zaruriyati  shundaki,    O’zbekiston  Respublikasi  oliy 



ta'lim  yo’nalishlari  va  mutaxassislari  klassifikatori  hamda  ta'lim  klassifikatori  standarti  usulida 

tuzilgan,  unga  O’zbekiston  Respublikasining  oliy  ma'lumotli  kadrlar  tayyorlashdagi  hozirgi  va 

kelajakdagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yana 275 bakalavriatning yo’nalishi kiritilgan, shu jumladan 

kasbiy-pedagog tayyorgarlik bo’yicha 19 tasi  va 86 tasi yangi yo’nalishlardir. 

 

Tavsiya  etilgan  ko’rsatkich  amaldagi  ro’yxatdan  yangi  «yo’nalishlar  va  ixtisosliklar 



klassifikatori»ga o’tishda xizmat qiladi. 

Avtomatlashtirish tizimlarini loyixalash.  Qishloq xo’jaligi mashinasozligi ,   tarmoqlarning 

amaldagi  korxonalarning  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirishning  turli  masalalarining 

hal qilish bilan bog’liq katta hajmdagi ishlarni bajarishini ko’zda tutadi. 

 

Avtomatlashtirish tizimlarini  ishlab  chiqish  va  bevosita  ishlab  chiqarish jarayonlariga  joriy 



qilish  ko’p  bosqichli  jarayondir.  Unga  ilmiy  tadqiqot,  loyixalash  va  montaj-sozlash  ishlari, 

shuningdek,  ishlatish  jarayonida  avtomatlashtirish  tizimlarining  ishonchli  ishlashida  ta'minlovchi 

tadbirlar majmuasi kiradi. 

 

Zamonaviy  ishlab  chiqarishning  ishlab  chiqarish  jarayonlari  avtomatlashtirishda  hal 



qilinadigan  masalalar  mutaxassislardan  turli  avtomatlashtirish  asboblarining  tuzilishi  va  ishlash 

prinsiplarini,  avtomatik  tizimlarining  turlari,  ko’rinishlari  va  sinflarini  yasash  metodlarini  bilishni 

ham,  texnologik  jarayonlarini  avtomatlashtirish  soxasidagi  ishlar  bilan  birga  aniq  va  bir  qiymatli 

almashish mumkin bo’lgan umumiy texnika tilini egallashni ham talab qiladi.  

 

Bu  biror  texnologik  jarayonni  avtomatlashtirishni  mantiqiy  hisoblangan  va  texnik  jixatdan 



asoslangan  tizimni  avtomatlashtirish  tizimlarining  montaj  qilish,  sozlash  va  ishlatish  masalalari 

bilan  shug’ullanuvchi  mutaxassislar  uchun  birday  tushunarli  bo’ladigan  tilda  ifodalanishi  kerak 

demakdir.  

 

Bunda  barcha  mutaxassislarda  yaratilayotgan  avtomatlashtirish  tizimining  asbob  bilan 



ta'minlanishi,  berilgan  rostlash  qonunlarini  amalga  oshirish,  asboblarini  va  avtomatlashtirish 

vositalarini montaj qilish usullarini impulsli va komanda liniyalarini va manba liniyalarini o’tkazish 

soxasida tushuncha yagona bo’lishi talab etadi.  

 

Yangi  sanoat  ob'yektlarini  qurish  va  mavjud  korxonalarni  qayta  qurish  loyixa  asosida 



amalga  oshiriladi.  Loyixa  texnikaviy  hujjatlarni  texnikaviy  kompleksidan  iborat  bo’lib,  bularga 

 

ob'yektni  qurish  yoki  qayta  qurish  zaruryatini  printsipial  tarzda  asoslovchi  yozuvlar,  nostandart 



uskunalarni tayyorlash uchun lozim bo’lgan, shuningdek, hamma turdagi qurilish montaj va sozlash 

ishlarini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan hisoblashlar va chizmalar kiradi. 

 

Qurilayotgan  ob'yektning  murakkabligiga  qarab,  loyixa  ma'lum  qismlardan  iborat  bo’ladi. 



Loyixada  texnik-iqtisodiy,  texnologik,  qurilish,  santexnika,  elektr  va  avtomatika  kabi  qismlar 

bo’lishi mumkin.  

 

Avtomatlashtirish  loyixasining  bir  bo’limi  texnologik  jarayonlarni  nazorat  qilish  va 



avtomatik  rostlash  hamda  boshqarish  qismini  shu  soxaga  ixtisoslashtirilgan  tashkilot  yoki 

texnologik loyixalash institutining avtomatlashtirish bo’limi amalga oshiradi. 

 

 Bu  loyixa  texnologik  jarayonlarning  samarali  ishlashini  va  uskunalar  ishidagi  xavfsizlikni 



ta'minlovchi  nazorat  o’lchov  asboblarni,  rostlagichlar  avtomatik  va  signalli  qurilmalarini, 

loyixalashtirayotgan ob'yektda ishlatiladigan texnikaviy hujjatlarni o’z ichiga oladi. 

 

Ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  tizimlarini  loyixalash  bosqichida 



boshqarishning  texnologik  ob'yektlari  mufassal  taxlil  qilinishi  kerak.  Bunday  taxlil  tizimi  bo’lishi 

ishlab  chiqarish jarayonlarini  texnik jixozlash  va  texnologik  xom  ashyo  va  tayyor  maxsulot  sifati, 

jarayonini  boshqarishni  tashkil  etish  nuqtai  nazaridan  tadqiq  etishni  ko’zda  tutish  lozim.  Taxlil 

jarayonida  aniq  ishlab  chiqarishning  texnologik  jarayonlari  o’rganiladi,  jarayonni  ifodalovchi 

katttaliklar aniqlanadi, ular orasidagi o’zaro bog’lanish topiladi. 

 

Boshqarishning  texnologik  ob'yektlari  (BTO)  taxlil  natijalari  avtomatlashtirish  tizimining 



eng  oddiy  to’zilmalari  va  bir  tenglamali  markazlashtirilgan  tizimlar  bo’ladi.  Bunday  tizimlar 

texnologik  jarayonlar  (TJ)  funktsional  bog’lanmagan  yoki  o’zaro  kuchsiz  bog’langan  ishlab 

chiqarishlarda  qullaniladi.  Bu  tizimlarda    har  bir  uchastka  uchun  yoki  ishlab  chiqarish  bo’linmasi 

uchun  shaxsiy  boshqarish  punktlari  (BP)  yaratiladi,  ular  avtomatlashtirish  uchun  zarur  barcha 

vositalar bilan jixozlanadi. Ularda quyidagi vazifalar hal qilinadi:   

-  texnologik  kattaliklarni  o’lchash  va  nazarat  qilish,  ularni  chegara  qiymatlari  haqida 

signal berish; 

-  texnologik reglamayent bilan aniqlanadigan parametrlarni ushlab turish bu sistemalarda 

bir turdagi TJ lar uchun. 

 

Masalan, isitish jarayoni uchun apparatura rasmiylashtirish va qayta ishlanayotgan maxsulot 



xossalaridagi  farqqa  qaramasdan  avtomatlashtirish  bo’yicha  umumiy  yechimlardan  foydalaniladi. 

Avtomatlashtirish  tizimini  zarur  va  yetarlicha  aniq  ma'lumot  bilan  ta'minlovchi  rostlanuvchi 

kattalikni va nazorat nuqtalarini to’g’ri tanlashdir. 

 

Hozirgi  paytda  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  tizimlarini  jixozlash  turli 



darajada  bo’lishi  bilan  ifodalanadi.  Texnologik  boshqarishning  ob'yektlari:  agregatlar, 

kurilmalarning ishlab chikarish tezliklari va tsexlar markazlashgan avtomatlashtirish tizimlari bilan 

borgan sari ko’proq jixozlanmoqda. Bu tizimlarda markaziy boshqaruv pultiga ob'yekt to’g’risidagi 

barcha axborot chiqariladi.  

 

Markazlashtirilgan  tizimlardan  ishlab  chiqarishda  foydalanish  tajribasi  ko’yidagi 



ko’rinishdagi bir qator kamchiliklari aniqlanadi, avtomatlashtirish tizimining ishlashi ishonchliligi 

MBP  ida  xotiralarni  to’zatish  mumkin  bo’lmaganligi  tufayli  pasayadi.  MBP  ni  va  aloqa  ishlarini 

texnik  jixozlashga  ketadigan  harajatlar  oshadi,  bu  MBP  dagi  barcha  operativ  axborotning 

to’planishiga bog’lik MBP da ta'minlash va profilaktik ishlarni bajarish doimiy ishlovchi o’zuluksiz 

TJ li korxonalar uchun mo’ljallanadi. 

 

Texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirish  tizimlarini  hisoblash  mashinalarini  ishlatib 



loyixalashtirishda  shuningdek,  yangi  o’zlashtirilmagan  yoki  juda  murakkab  texnologik  jarayon 

 

ishlab  chiqarish,  yoxud  yangi  uskunalar  ishlatilgan  ob'yektlarni  avtomatlashtirishda  yuqorida 



ko’rsatilgan loyixalashtirish bosqichlaridan avval ilmiy tekshirish yoki tajriba konstruktorlik ishlari 

amalga oshiriladi, ularning natijalaridan esa loyixa tuzishda foydalaniladi. 

 

Ishchi  chizmalarni  yaratishda  shchit  va  pultlarni  tayyorlash,  avtomatlashtirish  vositalari  va 



asboblarini tanlash hamda buyurtma, shuningdek qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish uchun 

yetarli bo’lgan texnikaviy loyixaning vazifalari aniqlanadi va detallashtiriladi.  

 

Avtomatlashtirish  tizimlari  ishchi  chizmalarining  hajmi  va  tarkibi  qurilish  va  montaj 



ishlarini  zamonaviy  usullarda  amalga  oshirish  imkonini  berish  va  montaj  maydonidan  tashqarida 

tayyorlangan bloklardan foydalanishni ham qamrab olish lozim. 

 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling