Navoiy davlat pedagogika instituti egamqulova nodira bahodirovnaning abdulla oripov she


Download 187 Kb.
bet1/3
Sana10.12.2020
Hajmi187 Kb.
#163054
  1   2   3
Bog'liq
a.oripov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

EGAMQULOVA NODIRA BAHODIROVNANING
ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATINING LINGVOPOETIK TAHLILI

magistrlik darajasini olish

uchun yozilgan
D I S S E R T AT S I YA

Ilmiy rahbar: f.f.d. N.Q.Murodova

Navoiy – 2011


REJA:

KIRISH
I BOB: ABDULLA ORIPOV SHE’RLARINING LEKSIK-SEMANTIK VA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
II BOB: ABDULLA ORIPOV SHE’RLARIDA MA’NO KO’CHISH YO’LLARI VA ULARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
III BOB: ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA QO’LLANGAN BADIIY TASVIR VOSITALARI VA ULARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

XULOSA


A N N O T A T S I Y A
O’zbek she’riyati tarixidan bizga shu narsa ma’lumki, har bir shoir ijodi o’ziga xos mahorat maktabi sanaladi.

Har qanday yozuvchi yoki shoirning ijodiy kamolotga erishuvi, eng avvalo, uning milliy g’oya va qadriyatlarga sadoqati hamda ularni o’z ijodida poetik jihatidan nechog’lik mahorat bilan yuksak darajada ifodalay olish imkoniyaiga bog’liq. O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, Navoiy mukofoti sovrindori Abdulla Oripovning el qalbiga yo’l topib uning mehru muhabbatiga sazovor bo’lganligining ham sababi shunda. Abdulla Oripov ijodi nafaqat o’zbek adabiyotida, balki umumturkiy adabiyot kontekstida o’ziga xos mavqega ega. Mazkur tadqiqot ichida ana shu betakrorlikni, o’ziga xoslikni, shoir mahoratini namoyon qiluvchi, yuzaga chiqaruvchi til vositalarining qay dajada qo’llanganligini yuzaga chiqaruvchi til vositalarininh qay darajada tadqiq etishga harakat qilingani uning dolzarbligini ifodalaydi.

Abdulla Oripov she’riyati jamiyatni tutib turgan barcha qonun-qoidalar, zamondoshlarining muammolari turli obraz va badiiy san’atlar vositasida mohirona aks ettirgan.

KIRISH


Mavzuning dolzabligi. Badiiy asarning bosh unsuri so’z, umuman, til ekan, ana shu asarning chinakam san’at darajasiga ko’tarila olishida uning tili muallifning til vositalarini qay dajada qo’llay olishi asosiy omildir. Adabiyotimizda iz qoldirgan har qanday ijodkor asarlarining tilini o’rganish, birinchidan, adibning mahoratini o’rganish, shu bilan birga tilimiz rivojiga uning asarlari tili ta’sirini, tadqiqotning esa tilshunosligimiz taraqqiyotiga qay darajada ta’sir ko’rsatayotganini aniq belgilash ehtiyojidan kelib chiqadi.

Hozirgi o’zbek adabiyoti, xususan, she’riyat jamiyatimizning ma’naviy-ma’rifiy jihatidan yuksalishiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz ”1

O’zbek she’riyati tarixidan bizga shu narsa ma’lumki, har bir shoir ijodi o’ziga xos mahorat maktabi sanaladi.

Har qanday yozuvchi yoki shoirning ijodiy kamolotga erishuvi, eng avvalo, uning milliy g’oya va qadriyatlarga sadoqati hamda ularni o’z ijodida poetik jihatidan nechog’lik mahorat bilan yuksak darajada ifodalay olish imkoniyaiga bog’liq. O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, Navoiy mukofoti sovrindori Abdulla Oripovning el qalbiga yo’l topib uning mehru muhabbatiga sazovor bo’lganligining ham sababi shunda. Abdulla Oripov ijodi nafaqat o’zbek adabiyotida, balki umumturkiy adabiyot kontekstida o’ziga xos mavqega ega. Mazkur tadqiqot ichida ana shu betakrorlikni, o’ziga xoslikni, shoir mahoratini namoyon qiluvchi, yuzaga chiqaruvchi til vositalarining qay dajada qo’llanganligini yuzaga chiqaruvchi til vositalarininh qay darajada tadqiq etishga harakat qilingani uning dolzarbligini ifodalaydi.

Abdulla Oripov ijodi ham o’zbek she’riyati tarixida o’ziga xos o’rin tutibgina qolmay, balki XX asr 60 yillarida adabiyotimiz tarixida yangi bir bosqichni boshlab berdi.

XX asr boshida xalqimiz boshiga inqilob niqobi ostida solingan zo’ravonlik, adabiyotda sinfiylik yondashuvining kuchayishi, ura-urachilik, madhiyabozlikning avj olishi XX asr adabiyotiga tamal toshini qo’yayotgan Cho’lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Fitrat singarilar qatag’on qurboning aylanishlarining ma’naviy-ma’rifiy hayotga salbiy ta’siri 60-yillarda hamon sezilib turardi. Turg’unlik davri davom etayotgan bir pallada Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Omon Matjon singari yangi avlod vakillari davr haqiqatlarini o’ziga xos yo’sinda ayta boshladilar. Abdulla Oripov ana shu mas’uliyatli davrda o’zbek adabiyotiga chaqmoqdek yarqirab paydo bo’ldi.

Abdulla Oripov she’riyati jamiyatni tutib turgan barcha qonun-qoidalar, zamondoshlarining muammolari turli obraz va badiiy san’atlar vositasida mohirona aks ettirgan.

Abdulla Oripov she’riyati betakror jozibasi, xalqona ruhi bilan o’quvchi qalbidan chuqur joy egallagan. Shoir she’riyatining o’ziga xosligini ta’minlovchi til vositalarini o’rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.



Mavzuning o’rganilganlik darajasi

Keyingi yillarda badiiy asar tili, badiiy asar nutqining individual xususiyatlarini o’rganishda hamda badiiy asarni lingvopoetik tadqiq qilishga alohida e’tibor berilmoqda.

Abdulla Oripov she’rlari e’lon qilina boshlashi bilan adabiy jamoatchilik e’tiborini tortdi. Ham adabiy tanqidchilar, ham she’riyat muxlislari shoir ijodining ilk davridanoq o’zbek nazmi osmonida yana bir “mitti yulduz” paydo bo’lganligini payqagan edilar.

Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo’shjonovning “Yillar armoni” to’plamiga yozgan “Kamalakdek serjilo” nomli so’zboshisida shoir ijodining tadrijiy rivoji, g’oyaviy ko’lamlarini juda aniq ko’rsatib beradi.1

Adabiyotshunos Ozod Sharafuddinov ham shoir ijodiga bag’ishlangan “She’riyat – qalb yolqini” nomli maqolasida2 Abdulla Oripov ijodining o’zbek adabiyotida yangi bosqich ekanligini ta’kidlaydi va ijodkorning novatorligi g’oyaviylik, tasvir doirasi ekanligini dalillar asosida isbotlaydi.

Abdulla Oripov ijodida yangi bosqich bo’lgan “Haj daftari”ga adabiyotshunos olim Naim Karimov “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan maqolasida ana shu turkumning xususiyalari haqida so’z yuritadi va uni milliy adabiyotimizda mavjud bo’lgan hadislarni she’riy sharhlash an’analari va yangi davr adabiyoti chorrahasida yaratilgan yangicha hodisa sifatida baholaydi.

Adabiyotshunos Ibrohim Haqqulov “Haq senga murod o’lsun…” maqolasida Abdulla Oripov she’rlarining g’oyaviy yo’nalishlari, uslub, tasvir usuli haqida fikr yuritadi. Shuningdek, I.Haqqul “Hakim va ajal” dostoni haqida to’xtalib, tarixiy haqiqat va badiiy talqin muammolarini yoritadi.

Bulardan tashqari hozirgi davr she’riyati xususida yozilgan qator maqolalarda mualliflar Abdulla Oripov ijodining, ayrim she`rlarining u yoki bu xususiyatlari to`g`risida ham to`xtalganlar. S.Meliyev “She`riy so`z va estetik ta`sir”3, “Jonli so`z qudrati”4, Ibrohim G`afurov “She`riyatning dekabri”5, Munavvar Farmonova “Hozirgi o`zbek she`riyatida tabiatnipoetik talqin qilish usullari”6 va shu singari boshqa maqolalarda Abdullo Oripovning ayrim she`rlari xususida ayrim mulohazalarni bayon qiladilar.

Shuningdek, yangi davr she`riyati haqida yaratilgan ayrim dissertatsiyalarda zamonaviy shoirlar qatorida Abdulla Oripov ijodi ham tadqiqot obyekti sifatida tanlangan1.

Adibning so’z tanlashdagi mahoratini tadqiq etishni tilshunosligimiz rivojida o’ziga xos ahamiyatga ega. Chunki aynan ana shu jihat orqali yozuvchining individual uslubi yaqqol ko’rinadi. Shuning uchun ham tilshunosligimizda ijodkor badiiy nutqining o’ziga xosligi, uning til vositalaridan foydalanishi kabi jihatlar bosh mavzu darajasiga ko’tarilib bormoqda. So’nggi yillar ichida Sh.Doniyorov2, R.Normurodov3, M. Yo’ldoshev4, G.Keldiyorova5, D. Ne'matova6,



Tadqiqot maqsadi shoir she’rlarini lingvopoetik jihatidan tahlil qilib, ijodkor tilining badiiy tasvir vositalaridan, shuningdek, umuman tildan foydalanishdagi mahoratini va bu orqali uning o’zbek adabiy tili rivojidagi o’rnini belgilashdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot maqsadini amalgam oshirish quyidagi vazifalarni taqozo etadi:

  • Abdulla Oripov asarlarini lingvopoetik jihatdan o’rganishning dolzarbligini belgilash:

  • shoir ijodining o’zbek tilshunosligida o’rganilgan holatini ilmiy-tanqidiy baholash;

  • Abdulla Oripov she’rlarining leksik-semantik xususiyatlarini lingvopoetika bilan aloqadorlikda tahlil etish;

  • Abdulla Oripov she’riyatida konnotativ ma’noni yuzaga chiqaruvchi vositalarni lingvopoetika jihatidan tahlil qilish;

  • Abdulla Oripovning badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahoratini, o’ziga xosligini ochib berish;

  • shoirning o’zbek she’riyatida tutgan o’rnini, uning o’zbek tiliga, undan foydalanishiga bo’lgan munosabatini belgilash;

Tadqiqotning ilmiy-nazariy yangiligi. Abdulla Oripov she’riyati lisoniy badiiyatini o’rganish jarayonida yuzaga kelgan quyidagi ilmiy, nazariy va amaliy natijalarni o’zbek tilshunosligi fani uchun ahamiyatli bo’lgan yangilik sifatida e’tirof etish mumkin:

- Abdulla Oripov she’riyati badiiy-lisoniy jihatlarining o’rganilishi tarixi birinchi marta xronologik tarzda tadqiq etildi va davrlashtirildi;

- Abdulla Oripov she’riyati va uning badiiyati haqida fikr bildirgan barcha tadqiqotchilarning maqola, risola, monografiyalari haqidagi ma’lumotlar to’plandi, o’rganildi va ularning bibliografiyasi tuzib chiqildi;

- Abdulla Oripov she’riyatining lingvopoetik xususiyatlarini tilshunoslik fani doirasida o’rganishning mohiyati va ahamiyati borasida ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan mulohazalar bildirildi, xulosa va takliflar taqdim etildi;

- Abdulla Oripov she’riyatining lingvopoetik xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan lingvopoetik tahlil tamoyillari ishlab chiqildi;

- Abdulla Oripov she’riyatida badiiy tasvir vositalari qo’llanilishining faolligi o’rganilib, eng ko’p qo’llaniluvchi vositalar aniqlandi;

- Abdulla Oripov she’riyatida qo’llanilgan o’xshatishlarning tabiatidan kelib chiqib, o’xshatishlarga yangicha ta’rif berildi.

- mavzuga doir iste’moldagi atamalarga ma’lum munosabat bildirilib, mantiqiy va nazariy jihatdan asoslangan yangicha atamalar tavsiya qilindi.

Tadqiqotning obyekti va predmeti sifatida Abdulla Oripov she’riyati olindi. Shoir she’rlari bir necha marta turli to’plamlarga bosilib chiqqan bo’lsa-da, 2001 yilda nashr etilgan 4 jildlik “Tanlangan asarlar” kitobining birinchi va ikkinchi jildlari asos qilib olindi, ilmiy tahlil uchun aynan shu nashr tanlandi.

Tadqiqotning metodologik asosi va tadqiq usullari.

Tadqiqotning metodologik asosini falsafaning shakl-mazmun, sabab-oqibat, umumiylik-xususiylik kategoriyalari tashkil qiladi. Asosan, linngvopoetik, uslubiy va qiyosiy tahlil hamda taniflash usullaridan keng foydalanish nazarda tutiladi.

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar



  1. Abdulla Oripov she’riyatida so’z va uning ma’nolari aksar hollarda konnotativ xususiyatga egaligi bilan ajralib turishini, shoir badiy uslubga xos so’zlarni ularning ma’no qirralarini chuqur his qilgan holda qo’llash bilan birga, antonim, sinonim so’zlarning lingvopoetik xususiyatlaridan ham mohirona foydala olganini ko’rsatish.

  2. shoir ijodida maqol va iboralarning she’riyat yoki uslubiyat talabi bilan ijodiy tarzda qo’llanganligi she’rda o’ynoqilik, ta’sirchanlik, falsafiylik kabi xususiyatlarni ta’minlaganligini belgilash. Xalq maqollari va iboralaridan ayrimlarining emosional-ekspressiv bo’yoqdorligini kuchaytirilganligi, tasviriylik va obrazlilikni yaratish maqsadida xizmat qilganligini ko’rsatish.

  3. Til jamiyat taraqqiyotining ko’zgusi ekan, ma’lum ma’noda Abdulla Oripov she’rlari ham hozirgi tilimiz imkoniyatlari, uning nozik ma’no qirralarini, jumladan so’zni mohirona qo’llash, yangi birliklar hosil qilish, xalq tilidan ijodiy foydalanish va boshqalar orqali uning she’rlarida o’z aksini topganligi; xususan, shoir she’rlaridagi yangi yasalmalar o’zining g’ayriodatiyligidan tashqari, obrazlilikni yaqqol ta’minlaganligini belgilash;


Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Ishda lingvistik poetikaning qator muammolariga doir xulosalarimiz kelgusida bu sohada ish olib boruvchi tadqiqotchilar uchun ma’lum yo’l-yo’riqlar berishi mumkin. Badiiy asarning lisoniy-poetik yaxlitlikda o’rganilishi badiiy asar tahlilida yangicha yo’nalishning o’rinlashuvi va takomillashuviga ko’maklashadi.

Lingvopoetik tadqiqotlar tilimiz tabiatiga doir qator kashfiyotlar qilish, shoir poetikasi taraqqiyotining o’ziga xos jihatlari haqida xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Shuningdek, hozirgi adabiy tilimizning yanada boyishiga, ravnaq topishiga xizmat qiladi.



Tadqiqotning joriylanishi. Tadqiqot davomida erishilgan asosiy xulosalar Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tilshunosligi kafedrasi yig’ilishida muhokamadan o’tib, ijobiy baho olgan.

Dissertatsiya mavzusiga doir masalalar yuzasidan uch maqola va tezislar e’lon qilingan.



Dissertatsiyaning tarkibiy qismlari. “Abdulla Oripov she’riyatining lingvopoetik tahlili” mavzusidagi magistrlik ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB

ABDULLA ORIPOV SHE’RLARINING LEKSIK-SEMANTIK VA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Tadqiqot manbai bo’lmish Abdulla Oripov she’riyati o’zbek adфbiyotida o’ziga xos o’ringa ega ekanligi bilan ajralib turadi. “ Shoirlik iste’dodining muhim bir qirrasi shundaki shoir So’z sehrining mukammal egallagan, uning barcha sir-u asroridan xabardor”1 bo’lishi zarur. Abdulla Oripov she’riyatiga o’zgachalik baxsh etgan omillarning eng asosiysi – uning o’ziga xos tili, o’ziga xos tasvir usuli, xalqona ruh edi.

O’zbek xalqi ko’p asrlik og’zaki va yozma madaniy merosga ega bo’lgan xalqdir. Birinchi bobning birinchi bo’limida xalqimiz madaniy merosining ajralmas bo’lagi sanalgan maqol va iboralarning shoir she’riyatidagi o’rni o’rganildi. Gap tarkibida iborani qo’llash orqali nutqning ta’sirchanligi, jozibaliligi oshiriladi, ma’naviy qiyofa shakllantiriladi. Maqol va iboralar qisqa va ma’nodor bo’lganligi uchun muallifning o’z oldiga qo’ygan maqsadni yorqinroq ifodalashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, maqol va iboralarning qo’llanishi asarning xalqchilligidan dalolat beradi. Qadimda ayni shu maqol iboralarni she’r tarkibida qo’llanishi alohida san’at sifatida o’rganilgan va bu san’at irsolu masal deb atalgan. Atoulloh Husayniy bu san’atga “mashhur qavlga ko’ra bir baytga kiritmakdur”1 deb ta’rif beradi.

Umuman asrlar davomida she’riyatimiz uslubini bezab, unga o’ziga xos jilo bag’ishlab kelgan maqol, metal, hikmatli iboralardan foydalnish san’ati – irsoli masal she’riyatimiz hozirgi bosqichida ham keng qo’llanishga loyiqdir.2

Abdulla Oripovning butun ijodi badiiy til mahorati borasidagi ulkan va betakror ibrat maktabidir.

Ta’kidlash lozimki, Abdulla Oripov xalq tilining rango-rang boyliklarini juda katta zavq-shavq va teran ilmiy idrok bilan egallagan. Diqqatga molik biron-bir voqea-hodisadir, urf-odatdir, iboradir, so’zdir adi ularni bevosita xalqning ichidan izlaydi, ularning ma’no qamrovlari, injaliklari, siru sinoatlarini xalq lafzining o’zidan o’rgandi.

Voqelikini obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko’zi o’ngida aniq va to’la gavdalantirishda iboralarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Iboralar, umuman olganda, hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish jarayonida maqbul va nomaqbul harakat-holatlani baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o’ziga xos obrazli ifodalaridir. Shuning uchun ham iboralar, tilshunos A. Mamatov ta’kidlaganidek, “ u yoki bu xalqning yashyotgan joyining tabiati, iqtisodiy tizimi, tarixi, madaniyati, hayot tarsi, og’zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, urf-odati, dini kabilar bilan bog’lanadi” 3. Shu bilan birga ” turg’un vositalarni badiiy mahsulni barkamollashtiruvchi elementga aylantirish uchun yozuvchi tadqiq etayotgan davrni, vaziyatni, mavzuni, ayni vaqtda konteksni badiiy jarayonning tutash xalqalari sifatida diqqat markazida tutish kerak”4

O’zbek xalqi ko’p asrlik og’zaki va yozma madaniy merosga ega bo’lgan xalqdir. Ibora va maqollar ana shu madaniy merosimizning ajralmas bo’lagi sanaladi. Gap tarkibida ularni qo’llash nutqni ta’sirchan, jozibali qilish bilan birga unga ma’naviy qiyofa ham beradi. Maqol va iboralar qisqa va ma’nodor bo’lgani uchun muallifning o’z oldiga qo’ygan maqsadini yorqinroq ifodalashga xizmat qiladi.

Mumtoz she’riyatida keng qo’llanilgan ushbu san’at davrlar o’tishi bilan boyib bordi. Taniqli shoir Abdulla Oripov ham xalq maqollaridan unumli foydalanib xalqchil asarlar yaratishga muvaffaq bo’lgan ijodkordir.

Abdulla Oripov iboralar semantic-strukturual o’zgarishlar bo’yicha quyidagi turlarga bo’lib o’rganildi:



  1. maqol va iboralarni aynan qo’llash;

  2. maqol va iboralarni tarkibini kengaytirish yoki so’zlarni sinonimi bilan almashtirish;

3. maqol va iboralar qismlarini tushirib qoldirish;

Shoir she’riyatlarida qo’llangan maqollar fikrning ixcham va aniq ifodalanishiga, qahramonning ichki kechinmalari, his-tuyg’ularini yorqin gavdalantirishga xizmat qilgan.

Bu zamin kengga keng, torlargadir tor,

Ko’klarga uchgudek qanotlaring bor,

Inon o’z kuchingga jon O’zbekiston!

Parvozing hur bo’lgay, erkin barqaror1.

She’r tarkibida qo’llangan maqolning asl varianti :

Kengga keng dunyo,

Torga tor dunyo2.

Maqol shaklan o’zgarishga uchramagan. Xalq orasida keng qo’llanuvchi ushbu maqolni she’r tarkibiga keltirishdan maqsad, o’quvchi qalbida insoniylik, vatanparvarlik tuyg’ularini uyg’otishdir.

Shoir she’riyatida bir maqolni turli o’rinlarda, turli variantlarda uchrashi kuzatiladi.

Tuz ichgan joyingga, qirq kun salom qil,

Nechun bu hikmatni aylamayin yod.

Shoirning ming ko’zli buloqday asl,

Nazmiy chashmasidan bahramand avlod.

Bandning birinchi misrasida keltirilgan “Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom ber” maqoli xalqimizning kundalik hayotida keng qo’llaniladi. Bandning birinchi misrasi maqoldan iborat. Unda maqol deyarli o`zgarishga uchramagan. Xalq mazkur maqilning turli variantlarini o`zaro muomalada qo`llaydi: “bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom” , “ bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber!” , “ bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom qil!” . shoir faqat vazn taqazosi bilan bo`lsa kerak, “bir” so`zni tushirib qoldirgan. Asosiy maqsad maqolni ishlatish emas , balki misol keltirish orqali fikrni xalqona dalillashdir. Yuqoridagi she`r G`afur G`ulomga bag`ishlangan. Abdulla Oripov G`afur G`ulom adabiy maktabida tahsil ko`rgan vakili sifatida ustozga bo`lgan chuqur ehtiromini ana shunday ifodalaydiki, bul o`quvchidagi immotsianal tuyg`unu kuchaytirishga xizmat qiladi. Aynan shu maqolni shoir “ Bayram she`ri “ da boshqacharoq variantda qo`llaydi:

Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salomdir joiz,

Oqibatli xalqimda maqol bor shundoq qadim.

Ushalsa gar orzular ozodlik bo’lib bois,

Nechoq ehtirom darkor, darkor nechoqlik ta’zim

Shoir she’riyatida maqollarni aynan qo’llashda yana bir holat ko’zga tashlanadi: maqolning aynan o’zini alohida gap sifatida emas, balki gapning tarkibiy qismi yoki qo’shma gapni tashkil qilgan sodda gap o’rnida qo’llash:

Elning shoirlari g’anim zotlar kabi,

Bir-birlarin g’ajib yesalar

Minbarlarga chiqsa ko’cha-kuyning gapi

Andishani qo’rqoq desalar.(2 jild 83 bet)

Bu bandda “Andishani otini qo’rqoq qo’yadi”1 iborasi keltirilgan bo’lib, bu ibora xalq orasida“andishaning otini qo`rqoq qo`yibti” , “ andishaning oti- qo`rqoq” singari variantlarga ega, bu o’rinda ibora to`ldiruvchi o`rnida kelyapti. Shoir mazkur iborani keltirish orqali adabiyotni, ijodni shaxsiy adovat maydoniga aylantirayotgan shaxslar haqida kuyinib yozgan.

Shoir sheriyatida maqol va iboralarni qo’llashda kuzatiladigan yana bir holat – ular tarkibidagi ayrim so’zlarni shunga yaqin so’z bilan almashtirish hodisasidir.

Qachon dong chiqarmish, axir yolg’iz ot,

Farzand oqilbo’lsa - radarga qanot.

Yigitga duch kelsa Hayot yo Mamot,

Do’stlarining diydoridan ayrilmas.(2 jild 296-bet)

Xalq orasida keng qo’llanuvchi maqolning asl varianti: “Yolg’iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong’i chiqmas” she’rda maqolning mazmuni saqlangan bo’lsa-da, ammo, shakliy ko’rinishi o’zgargan holda qo’llangan.

Yana bir misol:

Mana bu kun, ey yurtim, g’oz turibman qarshingda,

Ot aylanib joyini topar, deganlar doim.

Sen haqingda she’r bitish sharafi bor boshimda,

Ey sen, sahroyi xalqim, ey sen, tug’ilgan joyim.

Maqol xalq orasida “ ot aylanib qozig`in topar, yer aylanib yozig`in topar” , “ ot aylanib qozig`in topar” , “ ot aylanib qozig`in topar, suv aylanib yorig`in topar” singari variantlarda tarqalgan. Shoir “qoziq” so`zini “joy” so`zi bilan almshtiradi va ba`zan ikki qismdan iborat bo`lgan maqolning birinchikomponentinigina oladi. She`r nafis, nozik bo`lgani uchun maqoldagi “qoziq “ so`zini ko`tarmaydi, shu bois Abdulla Oripov uni joy so`zi bilan almshtirib, she`riy nazokatni saqlaydi. Shoir o`z yurtiga qaytish sababini maqolni misol keltirish orqali go`zal izohlaydi.

Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,

Meni olib keting o`z diyorimga .

Ikkinchi misradagi maqolning asl shakli “ har kim o`z aravasini o`zi tortadi” shaklida. Ammo shoir qofiya va vazn talabi bilan bo`lsa kerak, “ arava”so`zini “kema”ga almashtiradi. Ammo shunda ham muallif mantiqiylik chegarasini buzmaydi. Bemorlik azoblarini chekayotgan lirik qahramon yurt sog`inchini ham dard deb biladi. Ammo “ g`ayurlar” bor, ular shoirning “meni olib keting o`z diyorimga “ degan iltimosida ham mantiqiylik , milliy mahdudlik izlarini ko`rishlari mumkin. Boburona vatan sog`inchini his qilgan shoir “inson qalbi bilan hazillashadigan “ ana shunday kishilarga yuqoridagi maqol orqali javob beradi, ya`ni har kim o`zidan o`tganini o`zi biladi, deydi. Albatta, maqol ishlatilmasligi ham mumkin edi. Ammo bunda bandning badiiy va ta`sir quvvati, tabiiyki , kamaygan , susaygan bo`lardi. Har ikkala misolda ham shoir maqoldagi so`zlarni mantiqiylik doirasida , sun`iylik sezilmaydigan darajada mahorat bilan almashtirgan..

Quyida keltiriladigan misolda maqol ma’nosiga yaqin sinonim so’z bilan almashtirilgan.

Ota yurt vayron esa,farzandga jahon abas,

Nechundir menga u choq, tanho shuhrat, yolg’iz shon.

Shul sabab, arqonga ham, qil quvvat degan misol

Qadimiy Jayhun sari keldim aylab shitoblar.

Xalqda “ arg`imchiga qil quvvat” tarzida qo`llanadigan ushbu maqol majoziy ma`noda “qiynalib, muhtoj bo`lib turgan odam ozgina yordamlashib yuborsang ham unga ancha quvvat baxsh etgan bo`lasan, u sening shu ozgina yordaming bilan ham o`zini o`nglab olishi mumkin”1 , -demakdir. Lirik qahraminning ham asosiy maqsadi qadimiy ona Jayxunga yordam berish, uning dardlariga ozgina bo`lsada malham bo`la olish . Ana shu maqsad xalq maqolini misol keltirish orqali konkretlashtirilgan.

Ma`lumki, xalq maqollarining bir qismi ikki qismdan iborat bo`ladi. Bunday maqollarda asosiy fikr birinchi qismda ifodalanadi, ba`zan esa ikkinchi qism birinchi qismga parallel yoki sinonimik xarakterda bo`ladi. Ayrim hollarda esa maqolning bir qismi ham ishlatilib ketaveradi. Biz bunga yuqorida “ ot aylanib qozig`ini topar” maqoli misolida guvoh bo`lgan edik. Shuningdek A. Oripov ham she`rda ba`zan ana shu usulni qo`llaydi va maqolning asosiy fikr ifodalangan birinchi komponentini qo`llash orqali maqsadga erishadi:

Men bir tajribasi, g`o`r yigit nechun,

Adashding, deyapman dunyoga, hayhot!

Oh, shoir xanjarni o`zingga urgin,

Sen o`zing adashmay o`sdingmi nahot!

Maqolning asl shakli “pichoqni oldin o`zingga ur, og`rimasa birovga ur” tarzidadir. Abdulla Oripov ana shu maqolning birinchi qismidangina foydalanadi va “pichoq” so`zini “xanjar” so`zi bilan almashtiradi.

Albatta “ pichoq” so`zini o`zi qo`llanaverganda ham na qofiyada , na vaznga dahl qilardi, hatto mazmun ham saqlanardi. Ammo muallif mubolag`a san`atini ishga solgan va pichoqdan o`tkir , mazmunan ta`sirli xanjar so`zini qo`llagan. Birgalikda mamontni ov qilgan ibtidoiy odamlar o`ljani baham ko`rishga birgalik qoidasiga amal qilmaydilar , bu esa shoirga butun insoniyatni yo`ldan ozdirgan ilk jinoyat - adashish bo`lib ko`rinadi. Ammo shoir daf`atan o`zi haqida o`ylab qoladi va “xanjarni o`zingga ur” , ya`ni birovni ayblashdan oldin o`z xatolaring haqida o`yla deydi. Muallif o`zining yoshlik xatolari bilan insoniyat bolaligidagi xatolar o`rtasida allaqanday o`xshashlik ko`radi. Bunday o`xshashlikni asoslashda xalq maqoli asosiy rolni o`ynaydi.

Xalqimizda “ yurgan daryo , o`tirgan buyra” degan maqol bor. Abdulla Oripov “Koliforniyada choyxo`rlik” she`rida mazkur maqolning birinchi komponentinigina qo`llaydi:

Yurgan daryo, der xalqimiz, yursang ko`rgaysan,

Xo`p ajoyib suhbatlarninf gashtin surgaysan.

Maqolli bu bayt she`rdagi voqea bayonidan keying xulosaning boshlanish qismidir. Shoir Koliforniyada choyxo`rlik voqeasini bayon qilgandan so`ng “ sayohat yaxshi odat , u inson qalbiga juda ko`p narsalarni oshno etadi “ degan xulosa chiqaradiki , xulosaning asl mazmuni ana shu maqol orqali ifodalangan.

Maqollarni qo’llashdagi yana bir holat, maqolning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirib, kengaytirib qo’llashdan iborat. Masalan:

Kimsaga baho berish ilinjida yurganlar

Eng avval o’zlariga boqishlari kerakdir.

Qadimiy bobolar ham ming o’ylab bir deganlar,

Har kimning go’ri, boshqa azroili bo’lakdir.

Bandda bir yo’la uch maqol ishlatilgan:



  1. Avval o’zingga boq, keyin nog’ora qoq.

  2. Yetti o’lchab bir kes.

  3. Har kimga bir uy, bir go’r.

Shoir “ Sarhadlar” deb nomlangan bu she`rida raqib bilan suhbatga kirishadi. U raqibga bevosita murojaat qilishdan oldin epigraf xarakterdagi xalq maqollari bilan bezatilgan ushbu to`rtlikni keltiradi. Birinchi maqol ikkinchi komponentli bo`lib, shoir uning birinchi qismidan foydalangan. Ikkinchi maqolning esa sintaktik asosi, mazmuni saqlangan holda , shakli o`zgartirilgan . uchinchi maqolda esa shoir o`zidan bir komponentni kiritgan “ azroili bo`lakdir “. Albatta bu kiritma ham maqol mazmuniga tabiiy singib ketgan, hatto paremaning aslidan bexabar kishi uni shu tarzda qabul qilishi ham mumkin. “Tiriklik” she`rida ham maqollar ketma ketlikda shu tarzda qo`llanadi:

Bir teri ichida ming marta ozib,

Ming marta to`lishar jonivorlar ham.

O`n besh kun jamolin ko`kda ko`rgazib,

O`n besh kun falakda oy topar barham.

Shoir tiriklikning asl ma`nosini ana shu ikki maqol orqali teran ifodalaydi. Tiriklik – bu g`am va shodliklar silsilasi. Tiriklik – bir tomoni yorug`, bir tomoni qorong`u sahna. Tiriklik bu oq va qora kataklardan iborat shaxmat taxtasi. . . Shu bois ham hayot go`zal, yashash zavqi . Yuqoridagi ikki maqol esa ana shu g`oyaning yorqin ifodasini yuzaga chiqargan. Birinchi maqolda shoir ayrim so`zlarni almashtirgan. Paremaning asl shakli “ qo`y bir terining ichida necha semirib, necha ozadi” . Shoir mazmunni kuchaytirish uchun xalq og`zaki ijodiga xos bo`lgan mubolag`a usulidan foydalanadi va “ necha “ so`zi o`rnida “ming marta” so`zini keltiradi. Bu esa hayot chizig’idagi baland-pastliklar nihoyatda ko`pligiga bo`rtma urg`udir. Ikkinchi maqol ham birinchisiga ma`nodosh bo`lib , shoir paremaning mazmunini saqlagan holda o`zgacha shakl tanlagan.

Shoir ayrim hollarda maqollarni inkor qiladi, teskari shaklda qo`llaydi. “Deydilar… “ to`rtligida :

Deydilar, it hurar

-O’tadi karvon,

Ranju balolardan

Yonmasin joning,

Lekin alam qilar

Bir umr giryon

Itlar orasidan o’tsa karvoning.

Dastlabki ikki misrada maqol va unga sharh sifatidagi fikr berilgan. Xalqning ming-million yilli tarixi tajriba asosida chiqarilgan xulosasi shu : It huradi , ammo karvon o`taveradi. Majoziy ma`noda it – pastlik , razillik , munofiqlik timsoli, karvon- ulug`lik, ezgulik timsoli. Nokaslar, noqislar , norasolar har qancha intilgani bilan ulug`lar shuhratiga soya solmaydi, ularning yaxshilik yo`lidagi urinishlari bekor qilolmaydi. Maqoldan kelib chiqadigan ma`no shu . Ammo keying ikki misra tabir joiz bo`lsa, ana shu ming –million yillik tasalliga qarshi isyon, taskinlardan yuz o`girishdir! Agar karvonning atrofida bir umr itlar akkillasa –chi?! Endi bunga chidab bo`lmaydi. Unda xalqning katta tajribaga asoslangan o`gitlari ham taskin-tasalli bera olmaydi. Bir umr it fel odamlar orasida yashash –azob! Daxshat!! Fojia!!! Abdulla Oripovning xuddi shu mavzuda yozilgan “Arslon chorlaganda” nomli she`ri ham bor. Unda shoir “itlar”ga muvoziy keladigan “qumrsqalar” obrazini yaratadi.

Shoir bu she`rning xulosasida ham aynan “ alam qilar” jumlasini ishlatadiki , buni also tasodifga yoki o`z-o`zini takrorga yoyib bo`lmaydi. “Arslon chorlaganda” she`ridagi g`oya, obraz yuqoridagi to`tlikda o`zining tadrijiy rivojiga erishib o`quvchida lirik qahramonni azoblayotgan “it fellar “ muhitiga qarshi g`azab, nafrat uyg`otadi, she`rning ta`sir kuchi , zarbini oshiradi.

Xuddi ana shunday holatni “Surat va siyrat” she`rida ham ko`ramiz:

Mayli suratimga boqqin-u quvon,

Lekin siyratimga tashlama nazar.

Bir yoqdan tuganmas baxt berdi jahon,

Bir yoqdan tuganmas o`kinch va qadar.

Xalqda “Odamning suratiga qarama, siyratiga qara!” degan maqol bor, ya`ni odamni tashqi ko`rinishi, go`zalligi kiyinishiga qarab emas, ma`naviy dunyosi, ichki go`zalligi, axloq-odobiga qarab e`tibor ko`rsat, deyilmoqchi. “Surat va siyrat ‘ da esa buning aksi:

“Suratimga boqu , siyratimga nazar tashlama!” shoir nima demoqchi? U kimga murojaat qilyapti? She`rning keying misralari bu savolga oydinlik kiritadi:

Oh nechuk ranglarga to`liq bu jahon,

Oh nechuk shirin shu tiriklik qadar,

Mayli , suratimga boqqulu quvon

Lekin siyratimga tashlama nazar.

Shoir o`z sevganlariga , do`st-u habiblariga marojaat qilyapti. Taqdir unga bir yoqdan tuganmas baxt, ulkan shoirona qalb, “eng qorong`u tunlarda ham” she`riyat bilan sirlashishdek tole ato etgan , bir tomondan esa uni bir umr xasadgo`y, ig`vogar, nokaslar o`rtasiga tashlab qo`ygan, ne-ne ta’na -yu ma`lomatlar uning qalbida tuganmas o`kinch va qadar solgan. Xuddi shuning uchun ham o`grig’-u anduhlarga to`la qalbi do`stlarini ham iztiroblar ummoniga g`arq qilishini also istamaydi. U bir paytlar “Istamayman, g`amimni tinglab do`stlarimning ma`yus bo`lishin”, deganida ham ana shu andishani nazarda tutgan edi. Ko`rinadiki, shoir maqolni faqat shaklan teskarisiga aylantirgan ammo mazmuniga ko`ra emas. Balki u shakli o`zgargan maqolga yangi ma`noviy poetik vazifa yuklagan.

Abdulla Oripov she’rlarida qo’llangan iboralar she’rning badiiy qiymatini oshirishga, ma’no bo’yog’ini kuchaytirishda xizmat qilgan.

O’n gulimdan biri ham

Ochilmagan deb turgil har vaqt

Hammasini ko’rdim,

To’ydim, degan kuning bilsang,

Yashamoqqa qolmaydi hojat.(1 jild 21-bet)

Bu she’rda “O’n gulidan bir guli ochilmagan” iborasi qo’llanilmoqda.Xalqimiz orasida bu ibora endigina turmush ishiga qadam tashlagan yosh, navqiron yigitga nisbatan ishlatiladi. She’rda shoir bu iborani keltirish orqali, kishilarni hayotga hamisha navqiron yigit ko’zi bilan qarashga, oldiga buyuk maqsad, qo’yib, hamisha unga tomon intilishga chorlaydi.

El aro yurgaydir bir naql,

Xalq uni takrorlab aytadi,

Kimsaga yomonlik qilmagil

Bir kuni o’zingga qaytadi

Darvoqe, pand bersang bir jonga,

U ham tinch turarmu hech zamon

Deydilar, tuflasang osmonga

Betingga tushgaydir begumon. ( 2-jild 248-bet)

She’r tarkibida ikkita maqol qo’llangan. Birinchi maqol “Birovga yomonlik qilsang, o’zingga qaytadi”, xalq orasida ushbu maqolning, “Birovni qarg’asang o’zingga uradi”, “Birovga choh qazisang, unga o’zing tushasan” kabi variantlari uchraydi. Ikkinchi maqol esa she’rning oxirgi misrasida qo’llangan bo’lib, bevosita birinchi maqolni to’ldirib keladi. Ya’ni “Osmonga tupursang betingga tushadi”. Dunyo qonunlari shunday adolat mezonida yozilgan-ki, chindan ham birovga nisbatan yetkazilgan nohaq jabr aslo jazosiz qolmaydi. Bu hikmat dono xalqimizning yuqoridagi maqollarida aks etgan.

Dedingki, mumkinmas senga hayajon,

Kulfatdan yiroq yur, may ham shart emas.

Magar yer yuzini bossa ham to’fon,

Sening to’pig’ingga chiqmasa shu bas.(2 jild 38-bet)

Shoirning “Bir sirki…” deb nomlangan she’ridan olingan yuqoridagi parchada “Dunyoni suv bossa to’pig’iga chiqmaydi” iborasi ishlatilgan.Bu iboraning yana bir varianti ”Dunyoni suv bossa, o’rdakka ne g’am” bo’lib, u beg’am, beparvo, har ishga loqayd qaraydigan, kuydi-pishdini bilmaydigan odamlarga nisbatan ishlatiladi.Shoir ushbu she’rida kishilarni loqaydlikdan uzoq yurishga, hayotga hamisha teran nigoh bilan qarashga chaqiradi. Hayotga qanchalik beparvo boqsang ham, undagi mayda tashvishlar insonni baribir yengishini shoirona mahorat bilan tasvirlaydi. Kishilarni hayotdan “o’rdak” kabi o’tib ketmaslika chaqiradi.

Abdulla Oripov she’riyatida maqol va iboralarni juda ko’p o’rinlarda uchratish mumkin. Har bir o’rinda ular teran mazmun ifoda etishga, she’rga xalqona ruh singdirishga xizmat qilgan. Masalan shoirning “Ona” deb nomlangan she’rini kuzatsak:

Ko’kda yulduz uchsa nogahon,

Bitdi derlar qaysi bir taqdir.

Bunday g’amni ko’tarmak oson,

Bu ehtimol bizlar haqdadir.

Xalqimizda, samodan yulduz uchishi kimningdir taqdiri tugaganliga ishora degan qarash bor. Bir insonning dunyodan o’tishi uning yaqinlariga qancha iztirob olib keladi, bu achchiq alamlarni so’z bilan ifodalab bo’lmaydi. Agar o’sha zot Ona bo’lsa, nafaqat yulduz balki osmon qulab tushsa-da , bu judolik alamini yengillatolmasligini aytib o’tadi.

Shoir hikmatlardan yangi ma’nolar chiqaradi:

Goho, yer mehrini o’ylarkan,

Esga tushar dorning siyog’i.

Ajab hikmat odam o’larkan

Uzilganda… yerdan oyog’i?

Xalqimiz “Oyog’i yerdan uzilgan” iborasi ham qo’llanilib, bu ibora mansab tegishi bilan o’zgalarni nazar-pisand qilmay qoladigan takabbur, mansabparast kishilarga nisbatan ishlatiladi. Bunday toifadagi kishilarning davr-u davroni uzoqqa bormaydi. Shoir bu iborani reallikka asoslayapti, ya’ni dorga tortilgan insonning oyg’i yerdan uzilishi bilan hayoti ham tugaydi. Bu yerda ibora ham majoziy ma’no ifodalashga, ham real ko’rinish yaratishga xizmat qilmoqda.

Shoir she’riyatida qo’llangan maqol va iboralar tasvir maqsadiga muvofiq tanlangan va to’ldirilgan. Shoir frazeolik birliklarning tuzilishi, tarkibi va mazmunini g’oyat ustalik bilan sayqallaydi, ularga yangicha ma’no nozikliklari va ohor berib, asli mazmuni to’q bo’lgan bunday til birliklarini yanada to’yintiradi, boyitadi. Bunday iboralar tabiiyki, asardagi go’zal tasvirni yanada go’zallashtirishi barobarida asar ruhiga tamomila singib ketadi.



Shoir tomonidan frazeologik birliklarga sayqal berilar ekan “qayta ishlashning usullari, ularga yangicha rang va tus, yangicha ma’no talqini berishning yo’llari juda xilma-xildir. Bunga ibora ma’nosini ikkinchi bir ottenka bilan to’ldirish, iboralarning leksik tarkibini o’zgartirish va kengaytirish, yangi iboralar yaratishda majoziy maqollar zamiridagi obrazlardan foydalanish kabi holatlarni ko’rsatish mumkin”1. Shoir bu kabi frazeologik birliklarga sayqal berar ekan, asosan, uch usuldan foydalanganligini kuzatdik:

  1. frazeologik birliklar tarkibidagi ayrim so’zlarni almashtirish;

  2. frazeologik birliklar tarkibini kengaytirish;;

  3. frazeologik birliklar tarkibini qisqartirish;

Bir so’z bilan aytganda, Abdulla Oripov xalq tilidagi maqol va iboralarda unumli foydalanib, ularni qayta ishlaydi, ma’nolarini kengaytirib, yangi qirralarini ochadi. Maqol va iboralarni she’r tarkibida mohirona qo’llab ma’nozikligini kuchaytirishga, aytilmoqchi bo’lgan fikrning aniq va ixcham ifodalanishiga erishgan.

Download 187 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling