Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-K guruh talabasi Kuanishbaeva Ulbosinning O’zbek tilidan tayorlagan mustaqil ishi.
Fan o’qituvchi: Izbosarova Sh.
Reja:
Kitob yoki maqolaning asosiy fikrlari annotatsiyada qisqacha bayon qilib beriladi.
Kichkina maqola shaklidagi annotatsiyada asarga qisqacha baho beriladi.
Annotatsiya - xarakteristika kitobning mukammal mazmunini bayon qiladi va muallif to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Annotatsiyaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u o‘qilgan matnning mazmunini juda jiddiy o‘ylab yozishni talab etadi. Shuning uchun ham annotatsiyani yodaki, o‘z so‘zingiz bilan lo‘nda qilib tuzish kerak.
Annotatsiya odatda yarim sahifa bo‘ladi, juda kamdan-kam holatda bir sahifaga boradi. Uni yozganda ham, albatta, qog‘ozning bir tomonidan joy qoldiring. Fransuz psixologi Ten bunday degan edi: «Mazmunini bir bet qog‘ozda ifodalab bo‘lmaydigan kitob yo‘q, shuningdek, bir jumladan butun bir betning mazmunini ham berish mumkin». Yozuvning eng qisqa shakllaridan biri bo‘lgan annotatsiya yozish san’atini egallash uchun tinmay muntazam ravishda mashq qilish kerak. Misol tariqasida quyidagi «O‘zbek tili fe’llarining ma’no tuzilishi» monografiyasiga berilgan annotatsiya bilan tanishtiramiz: Monografiyada o‘zbek tilidagi holat fe’llarining ma’no tuzilishi—ma’no tarkibi haqida fikr yuritiladi. Fe’l ma’nosi tahlil qilinishi natijasida uning tarkibiy qismlari, mantiqiy bo‘laklari (semalari) aniqlanadi va shu asosda fe’l ma’nosi izohlanadi. Ish tilshunoslar, oliy o‘quv yurtlarining talabalari— bakalavr va magistrlari uchun mo‘ljallangan. Telefon Kasalxonaga ikki qulog‘i kuygan yigitni olib kelishibdi. Doktor undan so‘rabdi: — Nima bo‘ldi? —Dazmol qilayotgandim telefon jiringlab qoldi. —Unda ikkinchi qulog‘ingga nima qildi? —Unisi tez yordam chaqirayotganimda ro‘y berdi. Qiziquvchan o‘g‘ri Ikki o‘g‘ri Londondagi mashhur banklardan birini o‘marashibdi. Ishni bitirgach, uyga kelib suhbatlasha boshlabdilar. —Kel, bir sanaylik: qancha pulga ega bo‘ldik ekan? —Namuncha qiziquvchan odamsan, ertangi gazetalarni o‘qi, qanchaligini kaaatta qilib yozishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |