Navoiy davlat peddagogika instituti tarix fakulteti


Download 92.74 Kb.
bet1/3
Sana17.05.2020
Hajmi92.74 Kb.
#107161
  1   2   3
Bog'liq
Shomurodov Sherzod BMI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDDAGOGIKA INSTITUTI

TARIX FAKULTETI
Bajaruvchi: Shomurodov Sherzod Shohimardonovich


MAVZU: XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA BUXORO JADIDLARI

BITIRUV MALAKAVIY

ISHI

Ilmiy rahbar: t.f.n. dots. Qarshiyev


MAVZU: XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA BUXORO JADIDLARI

Kirish……………………………………………………………..3-8

I-bob. Buxoroda jadidchilikning vujudga kelishiga shart-sharoyitlar………9-34

    1. Jadidchilik harakatining. vujudga kelishi va Buxorolik ilg’or namoyondalar………9-26

    2. Buxoro jadidlarining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy zamini Turkiston Muxtoriyatini tashkil etishdagi ishtiroki……………26-34

II-bob. XX asr boshlarida Buxoro jadidchilik harakati mavzusini O‘zbekiston tarixi darslarida o‘qitish usullari…………….35-52

2.1 Matbuotda jadidlarning yutuq va kamchilik hamda muammolari yoritib borilishi……………………………………35-41

2.2. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro jadidlari darsida zamonoviy ta’lim - texnologiyalaridan foydalanishning samaralidorligi……..41-52

III-bob…………………………………….53-58

Xulosa……………………………………53-56

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………..57-58

Agar ular hayot bo’lib,qatag’on bo’lmaganlarida edi,hozir O’zbekistonning rivojlanishi mutlaqo boshqa yo’lda bo’lardi.Men bunga ishonaman buning tagida hamma asoslar bor

Sh.Mirziyoyev

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillaridan so‘ng tariximizni erkin, holis, haqqoniy o‘rganish uchun to‘liq shart-sharoitlar yaratildi va shu asosda o‘zlikni anglash hamda milliy ma’naviyatimizni tiklashga kuchli ehtiyoj paydo bo‘lib, tarix fani oldiga yangi talablar qo‘yildi.

Milliy ma’naviyat mamlakat barqarorligini va mamlakatning muxim sharti va kafolatidir. Birma-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat insoniyat ruxiy poklanish va yo‘qsalishiga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning imon irodasini, e’tiqodini mustaxkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchdir. Shuning uchun ham mustaqillik dastlabki kunlardanoq ma’naviyatni yuksaltirish vatanimiz taraqqiyotining ustivor yo‘nalishi deb belgilandi.

Ma’naviyatni yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini belgilashning, ma’naviy merosimizning, qadriyatlarimizning o‘rni katta. Mustaqillik yillarida boy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Milliy madaniyatimizga jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga buyuk xissa qo‘shgan ajdodlarimiz, bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi. Mustaqillik tufayli ma’naviy me’rosimiz chuqur o‘rganila boshlandi. Buyuk allomalar, mutafakkirlarimizning yubileylari nishonlanmoqda, ularning asarlari nashr qilinmoqda, ularga yodgorliklar o‘rnatilmoqda.

Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimizning, madaniyatimizning muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan jadidchilik harakatini tiklashga, o‘rganishga ham ahamiyat berila boshlandi. Sobiq ittifoq davrida jadidchilik harakati tarixi oqlanmadi, jadid adabiyoti taqiqlandi.

Garchi 60-yillardan keyin bu harakat nomoyondalarining ayrimlari adabiy doiralarda tilga olina boshlagan bo‘lsalarda, ularga nisbatan umumiy taqiqlar o‘zgarmay qolaverdi. Faqat mustaqillikkina bu borada tub o‘zgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratdi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida xalqimiz tarixida yangi davr – milliy uyg‘onish, o‘zlikni anglash xarakati boshlandi. Bu xarakatning boshida jadidlar turdilar.

Jadidlar o‘z nomi bilan yangilik tarafdorlari va targ‘ibotchilari sifatida maydonga chiqdilar. Endi esa ularning faoliyati va namoyondalari fikr muloxazalarini o‘rganish davr taqozosiga aylanib borayotganligining o‘zi ochiq haqiqatdir. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib jadidchilik va uning milliy istiqlolchilik xarakati masalasini keng o‘rganishga katta e’tibor berilmoqda.

Prezidentimiz I.A.Karimov ham “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarida bunga aloxida urg‘u berib o‘tganlar.

Jadidchilik davlat, tizim boshqaruvni isloh qilish millatni o‘z milliy qadrini belgilash, jamiyatni tarixiy-tadrijiy yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiquvchi maqsad va g‘oyalar, aniq amaliy tadbirlarni o‘ziga jo etgan tizimdir1.

Turkiston jadidlari millat manfaatlari uning ravnaqi, millat sifatida gullab yashnashi, milliy manfaatlarini himoya qilish, amalga oshishi, milliy qadriyatlar an’analar, milliy madaniyatni, milliy tilni rivojlantirish jadidlar faoliyatining bosh g‘oyasi edi.

Turkiston jadidlarida G‘arb va Ovrupa madaniyati, ayniqsa fransuz ma’rifatparvarlaridan o‘rganilgan joylar ko‘p.

“Yurtimizda tarixiy shaxslar, shaharlar, madaniy yodgorliklarni e’zozlash, avaylab-asrash, xurmatini joy-joyiga qo‘yish yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Bu yerda gap tantanada emas, muximi biz ajdodlarimizni o‘z davrida kelajak davlatlar uchun qoldirgan salmoqli merosi, ijobiy ishlari, kerak bo‘lsa, umumjaxon sivilizasiyalariga qo‘shgan xissalarini qadirlashimizdadir. Albatta har bir millat o‘z ota-bobolarini eslashi zarur.

Chunki millat, davlat, jamiyat taqdiri xal bo‘layotgan pallada o‘zligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik katta ahamiyatga ega.

Turkistonda jadidchilik xarakatinish vujudga kelish va shakllanish tarixi o‘rganila boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lganicha yo‘q. Ammo shunga qaramay, xozirgining o‘zidayoq bu masala yuzasidan talaygina ishlar amalga oshirildi. Jadidchilik xarakatiga bo‘lgan qiziqishining tobora keng qanot yozayotgani va bu mavzu bilan Germaniya, Fransiya, AQSh, Yaponiya va Turkiya singari mamlakatlaridagi olimlarning shug‘ullanayotgani sababli, Turkiston tarixini murakkab davri keng ko‘lamda o‘rganilmoqda. Biroq, xuddi shu xol tufayli ayrim masalalar qarashlar ham paydo bo‘lmoqda.



BMIning o‘rganilganlik darajasi: XX asr boshlarida Buxoro jadidchilik tarixiy ma’lumotlarga asoslanadi. Jadidchilikning shakllanish taraqqiyoti va faoliyat darajasi aks ettirilgan. Xususan jadidlar ma’rifat bilangina emas, balki mavjud tartiblarni o‘zgartirish yo‘lidan borganligi haqiqatdir. Aynan sobiq ittifoq davrida ham jadidchilikning o‘zi g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan oqlanmadi. Jadidlar adabiyoti ta’qiqlandi. Faqat mustaqillikda bu borada tub o‘zgarishlar qilish uchun imkoniyat ochdi.

Adabiyotlar taxlilining ko‘rsatishicha, o‘rganilayotgan mavzu hozirgacha ilmiy biligining mustaqil obyekti sifatida tadqiq etilmagan. Uning ayrim jihatlari alohida xolda va jadidchilik harakatining umumiy masalalari majmuasida ko‘rib chiqilgan. BMIda jadidlar faoliyatiga bag‘ashlangan ilmiy adabiyotlar xronologik jihatdan uch davrga bo‘linadi:

1) XIX asr oxiridan - 1917 yil oktyabr to‘ntarilishigacha;

2) sovet davri tadqiqotlari;

3) O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyin o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar.

Birinchidan, jadidchilik ijtimoiy-siyosiy xarakat sifatida e’tirof etildi, uning milliy ozodlik yo‘lidagi xizmatlari tan olindi.

Ikkinchidan, jadid adabiyoti milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida baxolanib, o‘nlab kitoblar, turli asarlar nashr etila boshlandi. Aynan shu fikrlar majmui adolatli haqiqatni tiklanganligidan dalolat beradi2.

Buxoroda jadidlarining harakati haqidagi birinchi ma’lumotlar XX asr boshlaridagi mahalliy matbuot sahifalarida uchraydi. Bu asosan aholining Yevropa qismi tarkibidan chiqqan mualliflarning matbuot sahifalaridagi ishlari edi. Bular asosan jadidlar faoliyatining alohida tomonlarini, ko‘proq yangicha o‘qitish uslubining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan ishlardir.

Milliy matbuot nashrlarning paydo bo‘lishi bilan bir paytda jadidchilik harakati ishtirokchilarining nashrlari ham ko‘payib bordi.

Jadidlar chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi chiqib, Turkiston jamiyatini ijtimoiy-siyosiy qayta qurish milliy davlatchilikni tiklash, xalq, maorifi borasidagi qarashlarini o‘zlarining «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuxrat», «Oyna», «Sadoi Turkiston», «Kengash», «Hurriyat» va boshqa shu kabi gazeta va jurnallar sahifalarida yoritib bordilar. Ular jadidchilik g‘oyalarini faqatgina ma’rifat bilan emas, balki uning siyosiy mavqyeini tubdan o‘zgartirish, mustaqillikka erishish bilan ham bog‘lab targ‘ibot qilgan edilar. Hozirgi kunda bu nashrlar jadidchilik harakatini o‘rganishda, jadidlarning o‘lka ijtimoiy-siyosiy va manaviy-madaniy hayotidagi rolini aniqlashda eng muhim manbalardan hisoblanadi.

BMI ning maqsad va vazifalari: Tadqiqotning asosiy maqsadi Buxoro jadidlarining yoshlar muammolari masalasini hal qilish yo‘lidagi dunyoqarashlarnning zamonaviy g‘oyaviy-metodologik asoslarini har tomonlama o‘rganishdir.

Qo‘yilgan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi:


  • Buxoro jadidlarining tadqiq qilinayotgan masalalar bo‘yicha g‘oyaviy qarashlarini o‘rganish;

  • jadidchilik mafkurasi orqali o‘lka jadid maktablarining faoliyatini va ularda o‘qitish uslublarini yoritish:

  • ma’rifat g‘oyalari konteksti orqali jadidlarning yoshlarni tarbiyalashda ta’limdan foydalanishdagi yosh avlodni ishlab chiqarishda va Buxoro jamiyatning madaniy hayotida faol qatnashishga jalb qilishdagi tashkilotchilik rolini aniqlab berish;

Jadidlar millatning boshqalar tomonidan “yutilish”ning asosiy sababini ilmsizlikda ko‘rdilar.

Mavzuning nazariy-metadologik asoslari: XX asr boshlarida Buxoro jadidlari g‘oyaga intilib orzu qilib kelganlar. Umuman ilmiyligi uning batafsil yoritilishida yurtboshimiz I.A.Karimovning asarlaridan hamda tarixchi olimlar, akademiklar, xususan B.Qosimov (milliy uyg‘onish) kitoblaridan va turli ilmiy ommabop jurnallar, gazetalardan foydalanganligi, fikr va xulosalar alohida nazariy-metodologik ahamiyatga ega bo‘ldi. Ularda mustaqil milliy taraqqiyot strategiyasining asosiy prinsiplari ifodalangan, Xozirgi tarix fanining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Respublika ta’lim modelining va barkamol yosh avlodni tarbiyalashning yangi tamoyillar, yoshlarni jamiyatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalaridagi rolini kuchaytirish asoslab berilgan. Bu jadidlar harakati tarixini va jadidlarning Turkiston jamiyatini zamonaviylashtirishdagi rolini yoritishda AL va KHLlarda darslikka qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.



BMI mavzusini yoritishda bitiruvchi tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy kabi ma’rifatparvarlar, shuningdek hozirgi tarix fanining D. Alimova, S. Azamxo‘jayev, R. Abdullayev, X. Ziyayev, D. Ziyayeva, B.Qosimov, D. Rashidova, Q. Rajabov, S. Xolboyev va boshqa taniqli fan namoyandalarining nazariy fikr hamda mulohazalaridan foydalanildi.

Metodologik asosi o‘rganilish asosida analiz, sintezni aks ettirganligi o‘rganayotgan mavzuning aynan alohida fan tarmog‘i sifatidagi targ‘ibotga asoslanganligidir.



Mavzuning obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyektini asosan Buxoro jadidlari va unga bag‘ishlangan manbalarni tadqiq etish tashkil etadi. Predmetini esa, o‘rganilayotgan manbalardagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali jadidlar haqida xolis ilmiy fikrlarni yoritish tashqil etadi.

BMIdagi ilmiy yangiliklar: XX asr boshlarida Buxoro jadidchilik harakati mavzusini O‘zbekistontarixi darslarida o‘qitish usullari mavzu yuzasidan to‘plangan mashg‘ulotlardan ma’lum bo‘ldiki, jadidchilik demokratik davlat qurish uchun bo‘lgan harakatdir va u xozirgi kunimizning taxmin qilingan g‘oyaviy asosi bo‘lib vazifa bajarganligi.

BMIning tuzilish xajmi: Bitiruv malakaviy ish 2 bob va har bir bob I-Bob 2 ta paragrifdan, II-Bob 2 ta paragrifdan iborat bo‘lib, yana xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.

I-bob. Buxoroda jadidchilikning vujudga kelishiga shart-sharoyitlar

    1. Jadidchilik harakatining. vujudga kelishi va Buxorolik ilg’or namoyondalar

Turkistonda jadidchilik boshlanishi misolida yaqin vaqtlarga qadar tarixchi va adabiyotshunos olimlar davrasida yaqinda bo‘lgan. Ular jadidchilikning asr boshlarida Rossiya, Turkiya va Eonda ro‘y bergan inqilobiy xarakatlar tasirida maydonga kelgani haqida fikrda bo‘lganlar. Ammo keyingi yillarda xuddi shu momilada o‘zgacha fikrlar ham o‘rtaga tashlanmoqda.

O‘zbek xalqi tarixining xorijiy tadqiqotchilaridan biri Boymirza Xayitovning fikriga ko‘ra, jadidchilik 19 asrning oxirlarida bo‘lganga» turkistondagi bu ma’rifatparvarli xarakati ko‘ringan namoyondalarini sanaganda, Bexbudiyil Fitrat, Cho‘lpon singari tom ma’noda birga Komil Xorazmiy, Muqimiy, Fitrat, Abay, Mulla Nafas, Buxoriy singari marifatparvar shoirlarni ham nomlarini tilga olgan. So‘ngi yillarda o‘zbek olimlari orasida ham jadidchilik xarakati vujudga kelish vaqtini bir oldinga urush, shuningdek, jadidlar safini kengaytirishga tamoyili yo‘q emas3.

Jadidchilikning qachon boshlangandagi prinsipial ahamiyatta molik. Agar biz, bu xarakatning 19-asrning oxirlarida boshlanganligi tug‘ridagi fikr uning qaysi omillar ta’sirida paydo bo‘lganligi va moxiyati masalasiga ham oydinlik kiritish lozim bo‘ladi, Kolaversa, Komil Xorazmiy, Muqimiy va Furqat bilan Bexbudiy, Fitrat va Cho‘lpon o‘rtasidagi jadid ham asoslab berish zarur.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun, avvalo, «jadid» so‘zining qachon va kimlarga nisbatan qo‘llanilganini yana bir bor eslashimiz lozim.

Turkistondagi jadidchilik xarakatining taniqli namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy o‘zining tarjimoi xolida 1900 yilda uylangani va oila bolaligini eslab, bunday yozgan; «Bu vaqtda butun oilani boqmoq uchun qish kunlarida ishlamoq to‘g‘ri kelmogligidan quvvati muxofaza o‘rta daraja bo‘lgon xolda madrasani tashlab ketuvga to‘g‘ri keldi. Shul chog‘larda o‘zim mehnat ichida yashaganligimdan mullalarga qarshi she’rlar yoza boshladim. Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim. Turli gazetalar o‘qishga tutindim. Shul zamonlarda Rassiyaning turli shaharlaridan chiqqan matbuot gazeta va jurnallar bilan tanishib, o‘qib ma’lumotimni orttira bordim. «Tarjimon» gazetasini o‘qib, zamondan xabardor bo‘ldim. Shul zamonda yerli xalqlar orasida eskilik yangilik janjali boshlandi. Gazeta talabalarni mullalar «jadidchi» nomi bilan atar edilar. Men ham shu jadidchilar qatoriga kirdim. 1904 yildan jadidchilar to‘dasida ishlay boshladim. «Jadid maktabi» ochib, o‘qituvchilik qila boshladim.

Agar Abdulla Avloniyning 1878 yili tug‘ilgani va o‘zbek jadidchilik xarakatining otasi Maxmudxuja Bexbudiydan bor yo‘g‘i 3 yoshga kichik ekanligini e’tiborga olsak, uning jadid yozuvchilarning to‘ng‘ich buginiga mansub ekanligi ma’lum bo‘ladi. Demak u 1900-1904 yillar orligida gazetasini o‘qib, zamondan xabardor bo‘lgan va jadidchilar to‘dasida ishlay boshlagan, jadidlar bilan qadimlar (yoxud qadim) o‘rtasidagi kurash ham xuddi shu davrda boshlangan4.

A.Avloniydan 11 yosh kichik bo‘lgan Hamzaning «Tarjumon» singari davrning taraqqiyparvar gazetalari bilan tanishuvi esa 1907-1908 yillarda boshlangan. Uning tarjimai xolida bu xakda quyidagi so‘zlarni o‘qiymiz: «1907 yili, soat xajmiga ketishi munosabati bilan birga Qashgargacha uzatish munosabatila sayoxatga borib, birinchi marotaba «Vaqt», «Boqchasaroy» gazetalarini o‘qishiga shuni o‘rganib qaytdim. Shulardan boshlab kundan-kun yoki xurofotlarni, madrasi o‘qishlarani, xalq tirikchiligidagi o‘zgarishlarni madaniyat, iqtisod degan masalalarni Hamza “yigitlar tovushi» degan maqolasida yana shu masalaga qaytib, bunday yozgan: emas, 1908 yillarda ham madrasada o‘qib yurgan vaqtimizda gazet, jurnallarni birovlar nomiga yozdirib olib, qo‘ltig‘imiz yashirib madrasaning qozon quyadigan korong‘u xujralarida eshikni ichdan beklab, ushanda ham qurqib-qurqib o‘qir edik»5.

Abdulla Avloniy va Hamzalarni bir so‘zlarini keltirishdan maqsad, o‘zbek jadidlarining “Tarjumon” singari gazetalar ta’sirida XX-asrning boshlarida paydo bo‘lganlarini tasdiqlatdi.

Turkistonda o‘sha davrdagi siyosiy kurashning markazida turgan siymolardan biri, xozirgina ismi zikr etib o‘tilgan Axmad Zakiy Validiy Tuton (1890-1970) edi.

Validiy 1920 yil dekabrdan to 1921 yil noyabrgacha Buxoro shahrida yashab, Turkiston Xorazmdagi istiqlolchilik harakatini yagona markazga aylantirish uchun katta ishlarni qildi. U Buhoro xukumatining raxbarlari F.Xo‘jayev, UsmonXo‘jayev, Abdulqodir Muxiddinov bilan o‘z rejalarini maslaxatlashadi. Zakiy Validiy keyinchalik o‘zining masho‘ur «Xotiralar kitobida eslashicha Turkiyadan kelgan Anvar Podsho (1881-1922) va F.Xo‘jayev Validiy o‘rtasida 1921 yil oktyabr-noyabr oylarida Buxoro shaxrida qizg‘in munozaralar bo‘lgan. Bu munozaralarning asosiy mavzusi butun Turkiston mintakasida bo‘lgani singari, Buxoro jumxuriyatida ham avj olib borayotgan istiqlolchilik xarakatiga (bosmachilikka) nisbatan o‘tkaziladigan siyosiy yo‘lni aniqlash edi. Shunisi xarakterliki, turkiy xalqlarning bu uch buyuk siymosi Turkiston ozodligi va birligi uchun kurashning uch qutbida turib, bir-birlaridan farq qiladigan vaziyatda aloxida sharoitlarda faoliyat olib borishlariga tug‘ri keldi. Ularning xayot shami ham dunyoning turli manzillarida turlicha tarzda sundi. Lekin yakka uchlik faoliyatini yagona nuqtaga birlashtirib turgan g‘oya, bu ota-yurt Turkioton Mustakilligi g‘oyasi edi.

Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, istiqlolchilik xarakatiga g‘oyaviy raxbarlik qilish borasida jadidlar bilan islom ulomochilari o‘rtasida o‘zaro raqobat mavjud edi, Istiklolchilarning yo‘lboshchilariga dastlabki paytlarda jadid munavarlarining (“Shuroi Islomiya”, «Ittixod va Taraqqiy», «Milliy ittixod», «Milliy istiqlol» azolarining) tasiri kuchli bo‘lgan bo‘lsa, kurash jarayonida ustunlik ulomochilari qo‘liga o‘tdi. Buni mujoxid raxbarlarining «Jihod va g‘oyat» xaqidagi shiorlaridan ham bilib olsa bo‘ladi. Natijada milliy ozodlik xarakatining xarakteri ayrim muttanosib ruxoniylarning amallari oqibatida ko‘pincha, faqat islom g‘oyalari bilan cheklanib koldi. Shunisi taasuflanarliki, eshon va kozilarning katta qismi keyinchilik sovetlar xizmatiga o‘tdi .

Istiqlolchilik harakatining bosh maqsadi - butun Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi g‘oyasi o‘zgarmagan bo‘lsa-da kurash jarayonida bunday xollarning nomoyon bo‘lishi harakatning yanada kengayishina to‘sqinlik yaratdi.



XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridagi Turkistondagi tarixiy vaziyatning manzarasini tavsiflashdan boshlash maqsadga muvofiq.

Adabiyotshunos va jadidshunos olim N.Karimovning qayd etishicha: «Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelish va shakllanish tarixi o‘rganila boshlanganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ammo shunga qaramay, hozirning o‘zidayoq bu masala yuzasidan talaygina ishlar amalga oshirildi. Jadidchilik harakatta bo‘lgan qiziqishning tobora keng qanot yozayotganligi va bu mavzu bilan Germaniya, Fransiya, AQSh, Yaponiya va Turkiya singari mamlakatlardagi olimlarning ham shug‘ullanayotganligi sababli, Turkiston xalqlari tarixining bu murakkab davri keng ko‘lamda o‘rganilmoqsa. Biroq, xuddi shu xol tufayli ayrim masalalar yuzasidan bir-biriga zid qarashlar ham paydo bo‘lmoqda»6.

Turkistonda jadidchilik harakatining boshlanishi masalasida yaqin vaqtlarga qadar tarixchi va adabiyotshunos olimlar orasida yakdillik mavjud bo‘lgan. Ular, jadidchilik XX asr boshlarida Rossiya, Turkiya va Eronda ro‘y bergan inqilobiy harakatlar ta’sirida maydonga kelganligini ilgari surgan edilar. Ammo keyingi yillarda xudi shu masalada o‘zgacha fikrlar ham o‘rtaga tashlanmoqda Chunonchi, o‘zbek xalqi tarixining xorijiy tadqiqotchilaridan biri Boymirza Hayitning fikriga ko‘ra, jadidchilik XIX asr oxirlarida paydo bo‘la boshlagan. U Turkistondagi bu ma’rifatparvarlik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalarini sanaganda, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon singari tom ma’nodagi jadidlar bilan birga Komil Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Abay, Mulla Nafas, Zinhoriy singari ma’rifatparvar shoirlarning ham nomlarini tilga olgandi. Shunga ko‘ra, jadididchilik harakati XIX asr oxirlaridan vujudga kelganligi nuqtai-nazarini ilgari surgan. Yana shuni qayd etishlarini, so‘nggi yillarda o‘zbek olimlari orasida ham jadidchilik harakatining vujudga kelish vaqtini bir oz oldinga surish, shuningdek, jadidlar safini yuqoridagi singari kengaytirishga o‘rinish tamoyili ham yo‘q emas7.

«Jadidchilikning qachon boshlanganligi, - deb yozadi jadidshunos olim N.Karimov, - prinsipial ahamiyatga molik. Agar biz, bu harakatning XIX asrning oxirlarida boshlanganligi to‘g‘risidagi fikrga qo‘shilsak, u holda uning qaysi olimlar ta’sirida paydo bo‘lganligi va mohiyati masalasiga ham oydinlik kiritish lozim bo‘ladi. Qolaversa, Komil Xorazmiy, Muqimiy va Furqat bilan Behbudiy, Fitrat va Cho‘lpon o‘rtasidagi jadidchilikni ham asoslab berish zarur»1.

Ta’kidlanganlardan Turkistonda jadidchilik harakatining paydo bo‘lishi va yoyilishi munozarali, bahsli ekanligini ifodalab, hozirga qadar yanada o‘z tadqiqotchilarini qo‘ymoqda. Jadidchilik harakatining paydo bo‘lishi bevosita o‘sha davrdagi ichki hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy muxit va vaziyat bilan bog‘liq bo‘ldi.

Jadidchilik harakatining vujudga kelishida va katta ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqishida eng avvalo Turkistonning o‘zida yetarli darajada ozuqa bo‘lib xizmat qilgan tarixiy sharoit bor edi. Tarixga nazar solsak, o‘lkamizda jadidchilik harakatining yuzaga kelishi va yoyilishi Amir Temur davlatining parchalanishidan keyin va undan keyingi ziddiyatli vaziyatlarga borib taqaladi.

Ma’lumki, bir zamonlar yer kurrasida eng qudratli bo‘lgan Temur saltanati XIX asrning o‘rtalariga kelib, o‘zining xarbiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini mutlaqo yo‘qotgan, uch kichik xonlikka ajralgan va azbaroyi holsizlanganligidan rus qo‘shinlari tomonidan oson-garov bosib olingan edi. Bunday sharoitda Turkiston xalqlari bir tomondan, mustamlakachilar hokimiyati, ikkinchi tomondan mahalliy boylar va amaldorlarning qattiq siquvi ostida yashardi. Ana shu ikki tomonlama zulm va ikki tomonlama siquv Turkiston xalqlarining nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy va ma’naviy hayotiga mislsiz darajada salbiy ta’sir o‘tkazdi. Nafaqat, chor hokimiyati, balki mahalliy davlat idorasi ham xalqning ijtimoiy ongining oshishi, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish, boshqa xalqlar va mamlakatlar hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lishidan manfaatdor emas edi. Shuning uchun chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlarning zulmi xalqning ko‘zini ocha boshladi, ularning ilg‘or vakillari ijtimoiy va madaniy hayotni yaxshilash yo‘lidan salbiy holatlarga qarshi kurashga unday boshladi. Ana shunday sharoitda xalq orasidan, xususan ziyolilardan jadidchilik harakati paydo bo‘lib, saflarini tobora kengaytira boshlaganlar. Muqimiy, Furqat, Ahmad Donish, Avaz O‘tar, Berdaq va boshqalarning ilg‘or va demokratik qarashlarida progressiv jadidchilik xarakatining kurtaklari bor edi.



XX asrning boshlariga Toshkent, Axshabod va Turkistonning boshqa shaharlarida keng tarqala boshlagan va xalqning madaniy-ma’rifiy darajasini ko‘tarishda katta faoliyat ko‘rsatib jadidchilikning paydo bo‘lishida ham muayyan omil bo‘ldi. Birgina Toshkentning o‘zida «Turkiston», «Isloh» va «Osiyo», va boshqa kutubxonalar, qiroatxonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular xalqimizning turli qatamlari vakillariga ma’rifat tarqatish, ma’naviy darajasini o‘stirish, siyosiy va milliy ongini uyg‘otishda iz qoldirib, o‘lkada tanqidchilikning yuzaga kelishi va yoyilishiga turtki bergan edi.

Jaloliddin Afg‘oniy (1839-1897) va Muhammad Abdalar asos solgan musulmon dunyosidagi islohotchilik va «naxda» (uyg‘onish) harakatlari Turkistondagi aksilmonarxistik konstitusion demokratik, ijtimoiy, milliy uyg‘onish harakatlari: Tarjimot (1840-1850), Yosh usmonlilar (1865-80 yillargacha), Yosh turklar (1889-1918) va 1908-1909 yillardagi demokratik-inqilobiy harakatlar muhim rol o‘ynadi8.

Turkistonda jadidizmning shakllanishi va rivojlanishiga Turkiya, Tatariston va Boshqirdiston ilg‘or ziyolilari katta ta’sir ko‘rsatdilar. Jadidlar ular bilan shaxsiy aloqalar o‘rnatdilar, ularning gazeta va jurnallari Turkistonda keng tarqala boshladi,

Yuqorida qayd etilgan tarixiy vaziyat va omillarning ta’siri bilan jadidchilik XIX asr oxiri va XX asrning birinchi choragida turkiy-musulmon o‘lkalarida (Qirim, Kavkaz, Volga-bo‘yi-Bulg‘or va Janubiy Ural hovzasi, Turkiston) shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya muhitida vujudga kelgan. Lekin jadidlar harakatining bosib o‘tgan davrlari xaqida ilmiy-ommabop adabiyotlarda yagona nuqtai-nazar yo‘q hamda u turlicha davrlashtirildi. Masalan, «Mustaqillik izoxli ilmiy-ommabop lug‘ati» jadidchilik Turkistondagi tadrijiy quyidagi davr va bosqichlarga ajratilgan: 1885-1895 yillar: Ismoilbekning «Tarjimon» gazetasi ta’sirida O‘lkamizdada yangi jadid usulidagi maktablar ochish harakatlari boshlanib, ular asta-sekin, rus-tuzem maktablari bilan raqobatlasha boshlagan. Qrimdagi Gaspra shahridan G.Ismoilbeyning Buxoro va Samarqandga tashrifi, Buxoro amiri bilan uchrashuvi natijasida 1885 yilda jadid maktablarini tashkil etish davri boshlanadi. Buxoroda Jo‘raboy, Samarqandda A.Shakuriy, S.Aziziy, A.Munzim, Mulla Qilich va boshqa siymolar ochgan jadid maktablari o‘z faoliyatlarini olib boradi.

1905-1914 yillar jadidning maktab-maorifdan kengroq-gazetachilik, ya’ni ro‘znomalar va gazetalarda chop etish, matbaa ishlarini yo‘lga qo‘yish, ilm-fan, adabiyot, madaniyat-maorifni milliylashtirish bosqichi. 1914-1917 yillar jadidning o‘ta ijtimoiy-siyosiy yo‘nalish kasb etishi, jadidchilik siyosiy firqalarining tuzilishi va ularning uch xil turli talablar qo‘yishi:

1) Rossiyadan to‘la ajralib chiqish;

2) Rossiya Federasiyasi tarkibida «milliy-hududiy muxtoriyat» tuzish;

3) Rossiya unitarizm tarkibida faqat ma’naviy-diniy muxtoriyat huquqlari kafolatiga ega bo‘lish.

1917 yil oktyabri 1918 yil Qo‘qonda «Turkiston Muxtoriyati»ning tuzilishi va uning qonga botirilib, mahv etilishi davri.

1918-1924 yillar sho‘ro tuzimi tarkibida maorif matbaa ishlarida «Chig‘atoy gurungi»ni tuzish bilan ajratib turadi.

Turkiston parchalanib (1924), jadidning keyingi taraqqiyoti «milliy jumhuriyatlar» doirasida bordi. Jadidchilik asosan madaniyat, maorif, maktab va matbaa ishlarida namoyon bo‘ladi. «Chig‘atoy gurungi» jadid g‘oyalarini zimdan amalga oshirishga, milliy ozodlik harakatini jonlantirishga urindi.

1931 yildan to 1937-1938 yillar, 50-yillarning birinchi yarmigacha qatag‘on davri9.

Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishi bo‘lib, uning namoyandalari mamlakatni feodal qoloqlikdan chiqarish va milliy taraqqiyotga erishish hamda Turkiston mustaqilligi uchun kurash kabi bir qancha g‘oyalarni ilgari surdilar. Jadidchilikning asosiy maqsad va g‘oyalari Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni zamonaviy mutaraqqiy yo‘lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish. konstitusion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi va milliy qo‘shin tuzish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat xukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada o‘lkaning qolgan hududlarida konstitusion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika o‘rnatish orqali yurtni obod va Vatanni mustaqil qilish, Toshkent, Farg‘ona, Buxoro Samarqand va Xivada xurfikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan shu maqsadlar uchun foydalanish va h.k.

Buxorodagi «Yosh buxoroliklar» qizg‘in ijtimoiy jadidchilik harakatining paydo bo‘lishi bunga yorqin dalilidir. Jadidchilar harakati faqat madaniy-ma’rifiy xarakat, ya’ni eski maktablarning qiyin o‘qitish tizimiga nisbatan Yangi usuliga asoslangan Yangi uslub (metod) asosidagi o‘qitishga o‘qitishdangina iborat emasdi. U ayni chog‘da keng, chuqur mazmundagi ma’naviy-ma’rifiy, milliy taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham o‘z ichiga olgan edi. «Turkiston jadidlari, - deb ta’kidlanadi. «O‘zbekiston tarixi» ma’lumotnomada, - adolat, erk va ozodlik uchun kurashda o‘z faoliyatlarini uch yo‘nalishda olib bordilar: birinchidan, yuqorida qayd etilganidek, yangi usuldagi jadid maktablari ochish, ikkinchidan, umidli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish va uchinchidan turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish yo‘li bilan omma o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etish:

«Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo‘nalishdan iborat bo‘lgan:

  1. Yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish

  2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish;

  3. Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish».

Jadidchilik bunday g‘oyalarning mintaqaviy-hududiy va tarixiy shakllarida o‘zlarining yetakchilari va rahbarlariga ega edi. Chunonchi, Qrim, Kavkaz, Volgabo‘yi-Bulg‘or va Janubiy Uroldagi jadidchilikka Ismoil Gaspirali, Jovid Husaynzoda, Muso Jorulloh Qozoniy, Rizouddin ibn Faxriddin rahnamolik qilishgan edi10.

Turkistonda Munavvar Qori, Behbudiy va boshqalar yetakchilik qilishgan edi. Buxoroda «Yosh buxoroliklar» hukumati, Jumhur rais Usmonxo‘ja, Fitrat va boshqalar yo‘lboshchilik qilishgan edi.



Umuman Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Azjiy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaev (Ubaydulla Xo‘jaev), Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov11 (Toshkent), Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev, Abdulvohid Burxonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, Cho‘lpon, Isxoqxon Ibrat, Muham-madsharif So‘fizoda (Farg‘ona vodiysi), Polvonniyoz Hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) turardi.

Jadidchilik harakatining muayyan hududlarda o‘z yetakchi va rahbarlariga ega bo‘lib, ularning faoliyati va amalga oshirgan ishlarida jadidchilikning maqsadlari, qarashlari va g‘oyalari o‘z ifodasini topgan edi. Shuning uchun jadidchilik xarakatining I.Gaspirali, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov A.Fitrat kabilarning xayoti, faoliyati va g‘oyalari bilan qisqacha bo‘lsada tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Jadidchilik harakatining asoschisi va yirik namoyondalaridan biri, yozuvchi va publisist Ismoil Gaspirinskiy (Gaspirali) edi. U 1851 yidda Qrimda Boqchasaroy yaqinidan Ajiko‘y (Avjib) qishlog‘ida yuqori aslzodalar oilasida tug‘iladi. Gaspirinskiyning otasi Mustafo Gaspirinskiy. Ismoilbek 1864-67 yillarida Qrimdagi musulmon diniy maktabida diniy ta’lim, Oqmachit (hozirgi Simferopol) gimnaziyasi va Voronejda, Moskvada qadimiylar korpusida o‘qib, harbiy ta’lim ham oladi. 1871-75 yillarda Istanbul va Sarbonna (Parij) universitetlarida o‘qidi hamda Jazoir, Tunis, Misr, Gresiyada bo‘ldi va tahsil oldi. Parijda fransuz sosialistlari va liberallariga yaqinlashdi.

Gaspirinskiy «Rusiya musulmonligi» (Simferopol, 1881) ilk risolasida Yevropa sivilizasiyasidan ko‘r-ko‘rona andoza olishga qarshi chiqib, uni tanqidiy qabul qilishga, musulmonlarni ilm-fanni egallashga, texnika yutukdaridan foydalanishga da’vat etdi.

Ismoilbek Gaspirinskiy 1884 yilda Boqchasaroyda dastlabki «Usuli jadid» (Yangi usul) maktabini ochdi. 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o‘qitish usuli «Usuli savtiya» ya’ni «Yangi usul» nomi bilan shuhrat qozondi. Ismoilbek g‘oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari o‘z faoliyatiga arabcha «Jadid» ya’ni «Yangi» degan so‘zni qo‘llab, o‘zlarini yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g‘oyalarini esa «jadidchilik» degan nomni oldi.

Turkiston general gubernatori N.O.Rozenbaxga musulmon maktablarini isloh qilish loyihasini yubordi, lekin undan rad javobini oladi. Ismoil Gaspirinskiyning rus va turkiy tillarda Chop etilgan «Tarjimon» (1883-1914) gazetasi, «Rossiya musulmonligi» (1881), «Ovrupo madaniyatiga bir nazar muvozini» (1885) va boshqa asarlari hamda jadid maktabi uchun yozgan darslik va qo‘llanmalarini yozadi va unda yangi g‘oyalarni ilgari suradi12.

Fransiyada ikki yil (1871-74) yil yashagan edi va Istanbulda (1874-75) tahsil olgan. Turkiy tilda chiqadigan «Tarjimon» gazetasiga muharrirlik qilgan bir necha tumanlar nashr etgan. U o‘sha vaqtda Qrim orolida yashagan aholining 25% ni tashkil etgan Qrim-tatarlaridan chiqqani bois, turk tilining saqlab kolishini bu tatarlar uchun millat sharoitida omon qolishning birdan-bir vositasi deb bildi. Ayni chog‘da Gaspirinskiy islomni yangilash, ilohiyot va turk tilida o‘qitiladigan yangi usul maktablarini joriy qilishni Qrim tatarlarining turk tilini saqlab qolish yo‘li deb tushunadi. Gaspirinskiyning yangi g‘oyalari boshqa hududlarga, xususan, Turkistonda ham tez orada kirib keladi. U o‘z g‘oyalarini yoyish va amalga oshirish maqsadida 1893 yilda Turkistonga kelib, Buxoro, Samarqand, Toshkentda bo‘lib, taraqqiyparvar ziyolilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ismoil Gaspirinskiy harakatlari natijasida Buxoro amiri unga birinchi jadid maktabini ochishga ruxsat berdi. Biroq, uning va Toshkentdagi orzulari ushalmadi. Shularga qaramay, Gaspirinskiyning maktab-maorif haqidagi g‘oyalari Turkistonda ham, Buxoro va Xorazmda ham o‘z samarasini berdi. Gaspirinskiy jadidchilik g‘oyalarini kengroq yoyish uchun «Tarjimon» (1893 yil 10 apreldan), «Millat» (1908), «Bolalar olami» (1908-15), «Uyg‘onish» (Qoxira, arab tilida) gazetalari, «Ayollar olami» jurnali (1908-10), «Ha-ha-ha!» hajviy haftanomasini chiqardi.

Jadid maktablari uchun «Xo‘jai sibyon» («Bolalar muallimi») darsligini, «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh» (1898) kitobini yozdi. Gaspirinskiy musulmon milliy ozodlik harakatining yo‘lboshchisi sifatida tanildi. U Kavkaz, Volgabo‘yi, Misr va Hindistonga borib, umummusulmonlar qurultoyini chaqirishga harakat qildi.

Maxmudxo‘ja Behbudiy 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo‘ja Solixxo‘ja o‘g‘li turkistonlik Ahmad. Imom xatiblik bilan shug‘ullanib kelgan otasi Behbudxo‘ja 1894 yil vafot etgach, yosh Maxmudxo‘ja tog‘asi qozi Muhammad Siddiqning tarbiyasi va qaramog‘ida o‘sib voyaga yetadi. Yoshligidan ilm olishga qiziqqan Mahmudxo‘ja dastlab Samarqand madrasasida, so‘ngra Buxoroda yaxshigina tahsilda bo‘lib, hisob, huquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi. An’anaviy tahsil, so‘ng esa o‘z ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u 18 yoshidan qozixonada mirzolik qilaboshlaydi, keyin esa shariatning yuksak maqomlari - qozi mufti darajasiga ko‘tariladi.

U yangi maktablar uchun o‘zbek va tojik tillarida «Qisqacha umumiy geografiya», «Bolalar uchun kitob», «Islomning qisqacha tarixi», «Amaliyoti Islom», «Aholi jo‘g‘rofiyasi», «Rossiyaning qisqacha geografiyasi» kabi qator darsliklar va ko‘llanmalar haqida badiiy asarlar yozadi. Uning asosiy asari xalq ta’limi, umuman yoshlar va katta o‘rtasidagi munosabatlarni o‘ziga xos badiiy ifoda etgan, goyat jiddiy, nozik va qaltis bosh masala sifatida ota-onalar bilan bolalar, xususan, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani nodonlik va jaholat oqibati ekanligiga bag‘ishlangan 1911 yilda yozilgan «Padarkush» dramasi bo‘lib, uning sahnalashtirilishi muallifga katta shuhrat keltirgan13.

Bulardan tashqari Mahmudxo‘ja Behbudiy ko‘plab, qariyb 200-300 ta publisistik maqolalar yozgan Chunonchi, Behbudiy, talabalarni va yoshlarni Makka, Madina, Misr va Istambulga yuborish bilan birga, Rossiya universitetlari va texnik o‘quv yurtlariga, xuddi xususan, Kavkaz, Qrim, Orenburg va Qozon shaharlariga yuborish zarurligini uqtiradi. Yangi usul maktablarini, ularda ta’lim-tarbiya ishlarini yo‘naltirishga yetakchilik va rahnamolik qilgan Mahmudxo‘ja Behbudiy 1918 yilda Samarqandda «Musulmon ishchi va dehqon sho‘rosi»14 tuzilganda u maorif ishlari komissari etib tayinlanadi.

Bu xaqda Behbudiy degandi: “Biz joriy etgan qonunlar, yaxudiylarning ham, nasroniylarning ham, musulmonlarning ham va umuman barchaning manfatlarini ximoya qilishi kerak. Agar biz Turksiton musulmonlari birgalikda isloxatlar o‘tkazishni istasak, bizning ziyolilar, ma’rifatparvarlar, boylar, ruxoniylar va olimlar, millat va Vatan farovonligiga xizmat qilishlari kerak. Agar bizni mustamlakachilik qonunlari bilan boshqaryottan ekanlar, buning sababchisi, avvalo, o‘zimizning noittifoqligimizdir!».15



Ozodlik uchun o‘z jonini ham tikishga tayyor bo‘lgan millat fidoyisi, Turkiston jadidlarining yetakchisi, mufti Mahmudxo‘ja Bexbudiy o‘lkamiz va xalqimizning chor Rossiyasi mustamlakachiligida ezilib, undan qutulish chorasini izlashga tushgan yurt ziyolilaridan birinchi xukmronlik keltirib chiqargan illatlarni taxlil qilar ekan, shunday xulosaga kelgan: «Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo‘lur»16.

Gap shundaki, jadidlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tadbirlarda Behbudiyning faol ishtiroki, ayniqsa uning omma orasida targ‘ibot-tashviqotlarni olib borishi bilan birga Turkiston xalqlarining ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun kurash yo‘lida qat’iy turib harakat qilishlari o‘sha murakkab davrda hukmron doiralarga, hali hokimiyat tepasida turgan Buxoro amiriga va yangi sho‘rolar tuzumining rahbarlariga ham yoqavermas edi. Shu boisdan jamiyatdagi qora kuchlar allomani ko‘rolmasdi va uni qanday bo‘lmasin yo‘q qilish payiga tushdilar17.

1919 yilda Buxoro amiri uchun «bolsheviklarning ayg‘oqchilaridan», ruhoniylar esa uni «dahriy» deb aybladilar. Qora kuchlarning bu «maqsadlari» ning amalga oshishi «Ishtixodi taraqqiy» («Taraqqiyparvar uyushmasi») tashkilotiga a’zo sifatida 1919 yilda Istanbulga yuboriladigan delegasiya tarkibiga Toshkentdan Ubaydulla Asadullaxo‘jaev va Saidnosir Mirjalilov, Samarqanddan Mahmudxo‘ja Behbudiy Mardonqul va Muhammadqulning kiritilishi qo‘l keldi. Bu delegasiyaning yashirin missiyasi va Turkistondan chiqib ketishidan MK xodimlari xabardor bo‘lib qolgan. Shuning uchun U.Asadullaxo‘jaev Moskvada, S.Mirjalilov Tiflisda yashirinishga mone bo‘lgan.

Shu yilning erta bahorida M.Behbudiy va uning sheriklari mamlakatdan tashqariga ketayotganda Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya ayg‘oqchilari ko‘magida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qo‘lga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda ba’zi adabiyotlarda aytilganidek to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qarshiga emas avval Buxoroga, so‘ngra u erda ikki oy chamasi saqlanganidan keyin Qarshiga keltiriladi, hamda zindonga tashlanadi. Bu erda amir zindonida yotib sheriklar bilan Qarshi begi Tog‘aybek tomonidan yovuzlarcha qatl ettiriladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti fojiali to‘xtagan bo‘lsada uning jadidchilik harakatining asoschisi Ismoil Gaspirinskiy ta’sirida shakllangan dunyoqarashi va g‘oyalari Turkistonda ushbu harakatning tashkil topishi va kengayishidagi xizmatlari katta bo‘ldi.

Xullas, Mahmudxo‘ja Behbudiy shu qadar yuksak va o‘tkir bo‘lganki, u deyarli yuz yil muqaddam endilikda mustaqilligimiz sharofati bilan xal etilayotgan vazifalarni belgilab bergan edi. Uning ko‘plab fikrlari va g‘oyalari bugungi kunda O‘zbekistonda yurtboshimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan ulug‘vor ishlarga hamohangdir18.

Munavvarqori Abdurashidxonov jadidchilikning Turkistondagi yana bir ko‘zga ko‘ringan namoyondasidir. Munavvarqori 1878 yilda Toshkent shahrida Shayxontohur dahasi Darxon mahallasida ziyoli oilada tug‘ildi. Otasi Abdurashidxon madrasada mudarris, onasi o‘qimishli otin bo‘lgan. Munavvarqori boshlang‘ich ma’lumotni uyda onasidan oldi, so‘ngra Toshkent va Buxorodagi madrasalarda o‘qidi. U Toshkent «Taraqqiy», «Xurshid», «Sur’at», «Osiyo», «Haqiqat» ro‘znomalarini nashr etib, ularda mustamlakachilik siyosati, mustaqillik, xalq erki haqidagi fikrlarini bayon etdi. 1908 yilda «Sabzavor» (badiiy asarlar to‘plami), «Yer yuzi» (Geografiyaga oid), «Tajvid» (Qur’oni Karimni o‘qish usuli yoritilgan) kitoblari nashr etildi.

Munavvarqori 1917 yilda «Najot», «Kengash» ro‘znomalarini tashkil etib, ularning muharriri bo‘lib xizmat qildi. U 1917 yil inqilobidan keyin yangi o‘rta maxsus va oliy ta’lim asoschilaridan, Toshkent dorilfununining poydevorini qurganlardan biri sifatida faoliyat ko‘rsatdi, xalq maorifi, ilm-fan, madaniyat rivojida faol qatnashdi, mavjud madrasalaridagi ta’limni isloh qilish, ularda dunyoviy bilimlarni (matematika, geografiya, tarix va boshqa fanlarni) o‘qitish, kadrlar tayyorlash g‘oyasini olg‘a surdi: uning homiyligida bir necha yoshlar Germaniyaga o‘qishga yuborildi.

Munavvarqori ham boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va mshshat ravnaqining asosiy omili deb halqni savodli va ma’rifatli qilishni tushundi. U ana shunday fikrdan kelib chiqib, Toshkentda 1901 yilda yangi uslubdagi maktabni ochadi, unga rahbarlik qilib, musulmon bolalarini o‘qitadi. U ko‘proq stimlarni, beva-bechoralarning bolalarini o‘qitishga ahamiyat beradi va bu maktab uchun o‘z zamonasiga moslab 1907 yidda «Adibi avval» («Birinchi adib») alifbe va «Adibi soniy» («Ikkinchi adib») o‘qish kitobini nashr ettirdi. U tashkil etgan maktabda bolalar o‘qish va yozishga o‘rgatiddi, darslarning ko‘rgazmali bo‘lishiga, bilimning amaliyotda tatbiq etilishiga ahamiyat berildi.

Munavvarqori maktabda asosiy e’tiborni ta’limning demokratik asosda bo‘lishiga qaratdi, bolalarga diniy va dunyoviy fanlardan saboq berdi. U har bir fan bo‘yicha dastur tuzib, unda bolalarning aqliy, jismoniy va axloqiy jihatdan rivoj topishini, ta’lim usullarini takomillashtirishni nazarda tutdi. Munavvarqori o‘z pedagogik faoliyatida bolalarning istak-xohishini xisobga oldi. Faqat pedagogika sohasida emas, ijtimoiy hayotda ham o‘z mahoratini namoyon qildi. U teatr san’atini millatning ma’naviy rivojida, yoshlar tarbiyasida asosiy vosita hisobladi, 1918 yilda «Turon» nomida havaskorlar jamiyatini tuzdi19.

Munavvarqori xalqning ozod va erkin yashashi, uni istiqbolga olib chiqish orzusida yashadi, kurashdi, ulug‘ mutafakkir olim, ustoz sifatida shuhrat qozondi. Ammo, u ham 1937 yillardagi qatag‘onlarning qurboni bo‘ldi. Munavvarqori Abdurashid xonovning ulug‘ mutafakkir olim va pedagog sifatida xalq maorifi tizimini isloh qilish, xalqni, millatni ilm-ma’rifatli qilish, vatan ozodligi uchun fidoyi bo‘lish, yoshlarni zamonaviy ilm-fanni egallagan barkamol inson qilib yetishtirish haqida bildirgan fikrlari o‘z davrida qanchalik ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ham shunday ahamiyatlidir.

Turkistondagi jadidchilik harakatining yana bir namoyondasi XX asr o‘zbek adabiyoti, o‘zbek fani va madaniyatining yirik vakili Fitratdir. U qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, o‘tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovor publisist, shoir va jurnalist, iste’dodli davlat va jamoat arbobi Abdurauf Fitratdur (1884-1938) Abdurauf Fitrat 1884 yilda Buxoroda tug‘ildi. Fitrat Abduraufning taxallusi bo‘lib, «tug‘ma iste’dod, tug‘ma tabiat, porlamoq ma’nolarini anglatadi. Uning otasi Abduraxim savdogarchilik bilan shug‘ullangan dindor, o‘qimishli, shaxs bo‘lgan, onasi Mustafobibi nozikta’b, savodli ayol bo‘lib, asosan farzandlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullangan.

Fitrat dastlab eski maktab va Mir Arab madrasasida ta’lim olib, 1909 yili «Jamiyati xayriya»ning ko‘magida bir guruh yoshlar bilan birga, Rossiya shaharlari orqali Turkiyaning Istanbul shahriga o‘qishga yuboriladi. U 1909-1913 yillarda Turkiyada tahsil oladi. U erda Istanbul dorilfununining va’zxonlik fakultetida o‘qiydi.

Fitrat Istanbulda tashkil etilgan «Buxoro ta’limi maorif jamiyati»ning faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan birga, u, turk inqilobchi yoshlari harakatiga ham arapashadi va bu faoliyatini keyinroq o‘z vatanida, yosh buxoroliklar jamiyatining inqilobiy kurashida davom ettiradi. Uning dastlab yaratilgan «Munozara» (1909), «Hind sayyohi» (1911), «Rahbari najot» (1915) asarlari nafaqat badiiy va diniy, balki ijtimoiy va falsafiy, ma’rifiy va axloqiy ruxdagi asarlar edi. Ularning mohiyatida jadidchilik g‘oyalari yotar edi.

1917 yil fevral inqilobidan keyin yosh buxoroliklarning inqilobiy partiyasi tuzildi. Markaziy qo‘mita a’zolari orasida Fitrat sarkotib sifatida va Fayzulla Xo‘jaev a’zo sifatida ishtirok etishdi. Fitrat matbuot orqali ham o‘z g‘oyalarini targ‘ib etishga intildi. 1917 yilda Samarqanddagi «Hurriyat» gazetasiga muharrirlik qildi. 1917 yilda Qo‘qon muxtoriyati tuzilganda Fitrat Samarqandda edi. Shu erdan unga a’zo qilib saylandi20.

Fitrat 1921 yilda Buxoroga kelib davlat ishlarida faol ishtirok etdi. 1923 yilda Fitrat Moskvaga ketishga majbur bo‘ladi. U Petrograd dorilfununini Sharq fakultetida ma’ruzalar o‘qib yurgan kezlari, o‘zbek olimlaridan birinchi bo‘lib, 1924 yilda professorlik unvoniga sazovor bo‘ladi. U Britaniya ensiklopediyasi saxifasida o‘zbek faylasuf olimi sifatida qayd etilgan adibdir. U Sharq tillari institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladi. 1924 yili unga professorlik unvoni beriladi. Fitrat Moskvadan qaytib kelgach, Buxoro, Samarqand, Toshkent universitetlarida dars berdi, O‘zbekiston Davlat ilmiy-tadqiqot institutida, Til va adabiyot institutida, O‘zbekiston Fanlar qo‘mitasida ishladi.

Ulkan ma’rifatparvar olim va shoir Fitratning ilmiy merosi xozirgi kunda olimlar tomonidan o‘rganilmoqda, Fitratning Vatan, jamiyat, insonparvarlik va ilm-ma’rifatning mohiyati haqidagi g‘oyalariga muhim o‘rin berilmoqda.

Abdurauf Fitrat Vatanni sevdi, Vatanni bizning valene’matimiz deb bildi.

Fitrat o‘z asarlarida Vatan go‘zalligini zavq bilan tasvirlab deydi:

Qardoshlarim, mana, sizga bir o‘lka,

Kim topilmas er yuzida singari.



Har yonida keng, yam-yashil uchmoxdar,

Jon suvidan etishgandir gullari...



Umuman, Fitrat Vatan ravnaqi, xalq, millat ozodligi, farovonligi uchun kurashdi. Bu yo‘lda o‘zi fidoyilik timsoli namunasi bo‘ldi. Yoshlar haqida qayg‘urib, ularni jismonan sog‘lom, ilm-fan sohibi qilib kamol toptirish xususida fikr bildirdi. Uning vatanparvarlik, xalqparvarlik, ilm-fan taraqqiyoti haqidagi g‘oyalari hozirgi davr uchun ham qimmatlidir.

    1. Buxoro jadidlarining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy zamini Turkiston Muxtoriyatini tashkil etishdagi ishtiroki.

O‘tayotgan har bir kun, har bir daqiqa tarixdir. Biz kechagi kunimizni, o‘tmishimizni. ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz yashab o‘tgan va qoldirgan boy moddiy, madaniy. tarixiy merosimizni sira unutmasligimiz kerak. Shunday ekan tarixiy-ijtimoiy davr taqozosi bilan yuzaga kelgan hodisalarni haqqoniy va ro‘y-rost ko‘rsatish, u qanday ro‘y bergan bo‘lsa. avlodlarga shundayligicha taqdim va talqin etishimiz lozim.

Afsuski bugungi kunda moziyni o‘rganish va avlodlarga yetkazishda ham bir talay muammolar, tariximizda ko‘plab «oq dog‘lar» o‘qilmagan, hatto buzib ko‘rsatib kelingan sahifalar mavjud. O‘rta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida katta o‘rin tutgan jadidchilik harakati yaqin-yaqinlargacha shunday «oq dog‘lar»dan biri bo‘lib keldi, uni o‘rganish va baholashda ham xilma-xil nuqtai nazarlar o‘zaro to‘qnashib keldi.

Sirasini aytganda, turkistonlik o‘zbek va boshqa xalqlarda XX asr boshlaridagi qoloq hayot va qoloq davlat tuzumini o‘zgartirish g‘oyasi jadidchilik harakati tufayli maydonga kelgan. Binobarin, shu davrda tarix sahnasiga chiqqan “Yosh buxoroliklar” harakati O‘rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik uchun olib borgan kurashida katta rol o‘ynadi.

Jalidchilik mafkurasi O‘rta Osiyoga marksizm-leninizm ta’limoti kirib kelguniga qadar asosiy mafkura, xalqimizning milliy va ijtimoiy uyg‘onishida, o‘zligini anglashida zulm va ekspluatasiyaga qarshi kurashida muhim qurol bo‘lgan.

Turkiston, Buxoro va Xivada bo‘lib o‘tgan inqilobiy harakatlarda ozmi-ko‘pmi ishtirok etgan mahalliy aholi vakillarining, bu mintaqada sovet hokimiyatini o‘rnatish va mustahkamlashda xizmat qilgan ko‘plab mahalliy siyosiy arboblarning, hatto Turkiston muxtoriyati hukumati aksar tashkilotchilarining ham tarjimai holiga jadidchilik o‘z muhrini bosgan. 20 yillarda sosializm qurish uchun astoydil kurashgan, ommaga yetakchilik qilgan, partiya, sovet, xo‘jalik tashkilotlariga rahbar bo‘lgan mamlakatimizning madaniy-mafkuraviy hayotida katta rol o‘ynagan ko‘plab siymolar ham jadidchilik beshigida katta bo‘lganlar.

Bu kabi mulohazalar jadidchilikning 20 yillar hayotiga ham ma’lum darajada tasir ko‘rsatganini anglatadi. Shu bois XIX asr oxiridan XX asrning 20-30-yillarigacha bo‘lgan davrdagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixidagi juda ko‘p mavzu va masalalar jadidchilikka yo bevosita, yo bilvosita bog‘liqdir. Jadidchilik harakatini, uning maydonga kelish va rivojlanish bosqichlarini, umuman e’tiborga olmagan holda shu davr tarixini to‘laqonli yaratib bo‘lmaydi.

Rossiyadagi fevral inqilobi, 300 yildan ortiqroq hukmronlik qilgan Romanovlar sulolasining taxtdan ag‘darilishi o‘lkadagi taraqqiyotparvar kuchlar tomonidan ham zo‘r xursandchilik bilan qarshi olindi.

1917 yilda Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muxum masalalardan biri bu Turkistonda yangi boshqruv usulidagi davlatchilikni tashkil etish edi. Vatanimiz tarixiy shart-sharoitlarda milliy davlatchilikka ega bo‘lish g‘oyasi turli tashkilot va partiyalarning o‘zaro kurashida asosiy qurolga aylangan edi. Jadidlarning intilishlari Turkistonda federasiya asosida milliy-demokratik davlatchilikni barpo etishga qaratilgan edi. Jadidlarning muxtoriyat (avtonomiya), davlatchilik to‘g‘risidagi g‘oyalari o‘z paytdagi Rossiyada mavjud siyosiy-ijtimoiy va inqilobiy ahvol bilan bogliq holda shakllanib keldi. Ular mustamlaka xalqlarning Rossiyadan butunlai mustaqil bo‘lib chiqib ketishlarini hali kun tartibiga qo‘yolmagan edilar. Chunki Rossiyadek qudratli imperiya changalidan asta-sekinlik bilan, oqilona nozik siyosat yurg‘izish orqali butunlay mystaqillikka erishish mumkinligini jadidlar yaxshi anglaganlar21.

Maxalliy ilgor ziyolilar zudlik bilan milliy jamiyat va nashrlar uchun xarakat boshladilar.

1917 yil mart oyining boshlarida o‘lka musulmon ziyolilarining «Sho‘roiy Islomiya» jamiyati tuzildi. Bu tashkilotning vujudga kelishi tasodifiy bo‘lmay, balki Turkiston xalqlari siyosiy fikrlari tadrijiy rivojlanishining qonuniy mahsuli edi. Uning tarkibini turli xil dunyoqarashdagi, biroq milliy ozodlik g‘oyalarini o‘zlarining asosiy maktabi deb bilgan o‘lka ziyolilari tashkil qilar edi.

Ushbu tashkilotning yuzaga kelishida Turkiston jadidlari muhum ro‘l o‘ynadilar. Taniqli jadid Mirmulla Shermuhammad o‘g‘li dastlabki onlardanoq barchani «Sho‘roiy Islomiya» qo‘llab-quvvatlashga va hamjihatlikka da’vat etgan edi: Aziz dindoshlar! Ushbu vaqt g‘oyat muhim. Hamda har minutdan bekor o‘tkazmasdan ishga tutunarlik vaqt; taassub jaholat, nifoqlarni oramizdan ko‘tarub, bir birimiz ila qo‘l ushlashub ittifoq o‘zaro qusurlarimizni maydonga ko‘tarmoq va uni choralarini so‘ylamoqqa tashabbus etmoq keraq tafakkurlik balosi, ittifoqsizlik kasallari, bizlarni xar bir taraqdaylarimiz sal chekkanlarin hayolimizdan chiqarmayluk. «Sho‘roiy Islomiya»ga moddiy va ma’naviy jihatlardan yorham berub, olarni quvvat topmog‘iga bor hizmatimizni sarf etmog‘imiz kerak!...»22. Bu fikrni Maromnomaning quyidagi bandlari bilan izoxlash mumkin: «Firqaning maqsadi:

1)Rossiyada mahalliy va milliy ahamiyati markaziyat (federasiya) asosi o‘zaro Xalq Jumxuriyati tashkil etmoqdir.

2) Firqa Turkiston, Qirg‘iziston, Qozon va Boshqirdiston qit’alari ( o‘lkalari) uchun va boshqa milliy va mahalliy muxtoriyat, Idil bo‘ylarida Qirim totorlari uchun va boshqa Rossiyada yashaydirg‘on turk qavmlari uchun milliy muxtoriyat talab qiladur.

3) Millatning yigirma yoshga yetub, qadiryat payado qilgon har bir farzi: er bo‘lsin, xotun bo‘lsin-sinf, din va mazhab ayirmasiga bo‘lmasdan saylamoq va saylanmoq haqqina molikdur.

4) Yuqorida mazkur barcha muxtoriyatli markaziy xukumat ila Vatan mudofasi, pul chiqdirmaq boj vaz. xorijiy xukumatlar ila munosabatda bo‘lolmos xususlarida alohida (bog‘liqligini) muxofaza qilur.

5) Muxtoriyatli aqidalar doxiliy mas’alalar (idoriy, moliy, shar’iy, madaniy, adliy va maorif ishlari)da mustaqildur». Demak demokratik Rossiya tarkibida muxtoriyat tashkil qilish uchun kurash 1917 yil davomida taraqqiyparvarlarning asosiy maqsad-intilishlari bo‘ldi.

Jamiyat o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygan edi.

1) Ko‘chmanchi aholini Rossiyadagi yangi davlat tuzumi qoidalari bilan tanishtirish;

2) Ta’sis Majlisiga tayyorgarliq

3) Yangi ijtimoiy-siyosiy jamiyat uchun tayanch bo‘luvchi jamoatchi kuchlarni tashkil qilish;



O‘lkadaga milliy harakatlar rivojlanish jarayonini o‘zida ifoda etgan ko‘plab yig‘inlar bo‘lib o‘tdi. Biroq 1917 yil oktyabr-noyabr oyiga kelganda o‘lkadagi siyosiy vaziyat keskin o‘zgardi. Petrogradda hokimiyatni bolsheviklar tomonidan zo‘rlik bilan qo‘lga olinishi Turkiston taraqqiyparvarlarini o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur etdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Toshkentda 15-22 noyabr kunlari ishchi, soldat va xristiyan deputatlari Sovetlarining o‘lka syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd sud esser, bolshevik va maksimalistlardan iborat Turkiston Xalq Komissarlari Soveta (raisi-F.I.Kolesov) tuzilganligini e’lon qildi23. Hukumat tarkibiga mahalliy aholidan bironta ham vakil kiritilmadi. Turkiston Xalq Komissarlari Soveti dastlabki kunlardanoq o‘zining shovinistik yangicha ko‘rinishdagi mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Yangi xukumat mahalliy aholiga pas nazar bilan qarab, umumiy aholining 95%i dan ortigini tashkil etuvchi yerli millat vakillarini xukumatga yaqinlashtirmaslik ularning diniy va milliy urf-odat va an’analarini mensimaslik kabi siyosatni olib bordi. Bundan norozi bo‘lgan o‘lka taraqqiyparvarlari kutilayotgan Ta’sis Majlisidan umidlarini uzdilar hamda faoliyatlarini sharoitga moslashtirgan holda davom ettirdilar.«Sho‘roiy Islomiya» va boshqa maxalliy tashkilotlarning tashabbusi bilan 1917 yil 26-29 noyabr kunlari Qo‘qonda o‘lka musulmonlarining IV favqulodda syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd ishida Turkistonning barcha xududlaridan 300 dan ortiq, jumladan, rus tashkilotlari vakillaridan ham delegat shitirok etdi 27 noyabr kuni syezd Ta’sis Majlisining chaqirilshiga hech qanday umid solmaganligi va yagona yo‘l muxtoriyati ekanligini e’tirof etgan holda, Turkiston Muxtoriyati tuzilganligini e’lon qildi. Sovetlarning III O‘lka syezdi shovinistik qarorlariga qarama-qarshi o‘laroq musulmon quriltoyi o‘z ishining barcha bosqichlarida chinakam baynalmilalchilik tamoyili, o‘lkaning ko‘p millatli, shu jumladan, yevropali qismi aholisi manfaatlarini hisobga olishdan kelib chiqdi. Bunday insonparvarlik yondashuvi IV musulmon quriltoyi ochilgan paytdanoq namoyon bo‘ldi. Jumladan, Maxdudxuja Behbudiy syezdning huquqiy asosga egaligi haqidagi nomada shuni aloxida ta’kidladiki, «Uezdda Turkistonning yevropalik aholisi vakillari ishtirok etayotgani uchun ham syezd qarorlari yanada obro‘lidir»24 M.Bebudiy syezd hay’atiga turli musulmon, rus yaxudiy va hokazo guruhlardan vakillar kiritilishini taklif etdi, Undan keyin so‘zga chiqqan Qo‘qon vakili Obidjon Maxmudov ham «Hayatga saylovlarda viloyat va ayrim diniy hamda milliy guruhlar bo‘yicha emas, balki bilimdon va ishchan kishilarni tanlash asosida kirishish» zaruriyati haqida gapirdi25. Mahalliy xalq joylarda ushbu xabarni shodu-xurramlik bilan kutib oldi. Syezda xukumat organlari: Turkiston Muxtoriyatining muvaqlat xukumati va Milliy Xalq Majlisi tuzildi. Xalq Majlisi 54 kishidan tashkil topgan bo‘lib, 1/3 o‘rin yevropalik millat vakillari uchun ajratildi. Turkiston Muxtoriyati tarkibida ko‘plab Farg‘onalik jadidlar mas’ul lavozimlarda ishladilar. Farg‘onalik jadid­lar butun faoliyatlari davomida Muxtoriyatni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni targ‘ib va tashviq qildilar. Xalq majlisiga Farg‘ona viloyatidan Shoislom Shoaxmedov, Abdurahmon O‘razayev, Hidoyatbek Nurali Akayev, Nosirxontura, Toshxo‘ja Ashurxo‘jayev, Mirodil Mirzaaxmedov, Abdulqodir Qo‘qobegiyev, Obidjon Maxmudov, Jamshidbek Qirrabekovlar kirdilar, Syezdda milliy pul jamgarmasi tashkil etilib, Farg‘onalik taraqqiyparvarlardan Mirodil Mirzaahmedov 10000 rubl miqdorida pul o‘tkazdi yil 10-11 yanvar kunlari Andijonda «Muayyan ul-islom» jamiyati idorasida musulmon jamoat tashkilotlarining syezdi bo‘lib o‘tdi, Delegatlar tomondan uyezd ma’muriyatidagi barcha shaxslardan Turkiston Muxtoriyati Muavaqat Xukumatini tan olganligi xaqidagi tilxatni olish uchun syezd prezidiumi a’zolaridan maxsus komissiya tuzish haqida taklif bildiradi. Bundan tashqari, Muxtoriyatni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun har bir oblostdan vakillar jalb etgan holda xalq militsiyasini tashkil qilish haqida qaror qilindi.

Muxtoriyat xukumati tomonidan madaniy - ma’rifiy ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus «Musulmon xalq maorifi» bo‘limi tashkil qilindi. Uning raxbari etib, «Sho‘roiy Islomiya»sining faollaridan Sayyid Nosirxonto‘ra tayinlandi.

Biroq, xujjatli ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi va uning o‘lka mahalliy aholisi manfaatlariga mos tushuvchi siyosati bolsheviklar tomonidan salbiy tarzda kutib olindi. Voqealar rivoji Qo‘qonda tuzilgan Muxtor Xukumatning 1918 yilning fevral oyida qonga botirilishi bilan xotima topdi 18 fevraldan 19 fevralga o‘tar kechasi Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tomonidan yuborilgan 11 harbiy qismlar Qo‘qonga yetib keldi. Otliq askarlar, artilleriya va piyoda qismlari bilan birga harbiy komissar Ye. O. Perfilyev ham keldi. Tish tirnog‘i bilan qurollangan bolsheviklar Turkiston Muxtoriyatini zo‘rlik bilan tor-mor qildi.

Turkiston Muxtoriyati xukumatining tor-mor etilishi va shundan keyin mahalliy aholiga qarshi jazo kompaniyasining avj olishi vodiyda istiqlolchilik harakatining kelib chiqishiga, Vatan va millatning, avvalo, Farg‘onaning asl farzandlarini erk va ozodlik uchun qo‘llariga qurol olishga majbur etdi26.

Shunday qilib aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyati millatlarning o‘z taqdirini o‘zi boshlash masalasini demokratik yo‘l bilan hal etishga bel bog‘lagan xalq irodasi va ilg‘or ziyolilarning ko‘tarinki xatti-xarakatlari zaminida vujudga keldi. Tabiiyki, zo‘ravonlik shovinizm bilan qurollangan yangi mustabid bolsheviklar milliy mustaqillikka erishishning har qanday ko‘rinishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi edilar. Sinovdan o‘tgan eski usul-xalqni aldash, shafqatsiz qirish talash usuli bu gal ham ishga solindi va ezgu niyatlar katta maqsadlar bilan yuzaga kelgan hayotbaxsh g‘oyalar kurtakligidayoq ezib tashlandi. Bu darahtning boshida turgan ilg‘or, xur fikrli ziyolilar, fidoyi insonlar esa uzoq-uzoqlargacha «xalq dushmani» degan soxta nom bilan badnom etib kelindi.

Buxoro jadidlari ijtimoiy-siyosiy faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ularni asosan faoliyatiga ko‘ra, o‘zaro muholifatsiz bo‘lgan to‘rtta yirik yo‘nalishga ajratish mumkin: Sarmoyadorlar guruhi, jadid dramaturgiyasi va teatri vakillari, jadid muallimlari guruhi, taraqqiyparvar ulamolar guruhi. Ularning qo‘llab - quvvatlanishi va himoyasi ostida ko‘plab jadid maktablari tashkil etildi. Keyinchalik esa, siyosiy jabhalarda ham ular jadidlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritdilar.

XIX asrning so‘nggi choragidan boshlab yangi usul maktablari tashkil topdi. Bu maktablarda dastlab, Orenburg, Toshkentda nashr etilgan o‘quv darsliklaridan foydalanildi. XX asrning 10-yillaridan e’tiboran esa mahalliy jadidlar tomonidan ham ko‘plab darsliklar nashr ettirildi.

Jadidlar uchun ma’rifatparvarlik doimo ustivor yo‘nalishlardan biri sifatida qolaverdi. Jumladan, ular chor tuzumining zulmi nisbatan yumshagan sharoitda yangi usuldagi maktablarni tashkil etish bo‘yicha kuch-g‘ayratlarini sezilarli darajada kuchaytirishdi.

1918 yil fevral boshlariga kelib chor xukumati tomonidan Turkistonda 4 mingdan ortiq bola o‘qiydigan 100 ga yaqin yangi usuldagi maktablar ro‘yxatdan o‘tkazilgan1. Ularni hammasi xususiy mablag‘lar hisobiga faoliyat yuritgan bo‘lib, o‘qish uchun oyiga 50 tiyindan 3 so‘mgacha haq olinar edi27.

Ma’rifatchilikni jadidlar dastlab maktab tashkil etishdan boshlagan edilar. 1916 yilga kelganda esa, maxalliy taraqqiyparvarlar tomonidan Buxoroda Oliy o‘quv yurtini tashkil etish uchun ham harakatlar bo‘ldi. Teatr san’ati orqali ma’rifatchilik g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun ko‘plab dramatik asarlar yaratildi va ijro etildi. Shu bilan birga ular xalq maishiy turmush tarzida ham ma’rifatli qilishning targ‘ibotchilari bo‘lib maydonga chiqdilar. Millatni iqtisodiy-siyosiy, maishiy turmush sohasida ma’rifatli Qilishga intilib faoliyat olib bordilar. Ular o‘z ma’rifiy faoliyatlari bilan bexat va xurofotga, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan har qanday holatga qarshi murosasiz kurash olib bordilar.

Fevral inqilobini taraqqiyparvarlar zo‘r quvonch bilan kutib olib, uni Xurriyat deb atadilar. «Sho‘roiy Islomiya» va “Sho‘roiy Ulamo” jamiyatlarining va boshqa tashkilotlarning sho‘balari tuzildi, Milliy ziyolilarning siyosiy faolligi oshdi. Ta’sis Majlisiga tayyorgarlik ishlarida jadidlar izchil amaliyotga kirishdilar. Turkiston Muxtoriyatini tuzishda faol ishtirok etgan Farg‘ona va Buxoro jadidlari keyinchalik uni mustahkamlashda ham alohda xizmatlar ko‘rsatdilar. 1917 yil fevralidan keyin vodiyda tez orada «Kengash», «Yurt», «Tirik so‘z», «Xurriyat» kabi gazeta-jurnallar dunyo yuzini ko‘rdi. Jadidlari matbuot sahifalarida chop ettirgan maqolalari orqali mavjud ijtimoiy jarayonlarga nisbatan o‘zlarining siyosiy munosabatlarini bildirib bordilar28.

Farg‘onada Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish uchun kurash jarayonida Buxoro jadidlarning ham o‘z o‘rinlari bor. Buxoro Jadidlar o‘z faoliyatlari davomida doimo milliy manfaatlar, xalq baxtu-saodati yo‘lida faoliyat olib bordilar.



Download 92.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling