Navoiy g’azallarida tashbeh,tazod,husni ta’lil, tashxis sa’natlarining namoyon bo’lishi


Download 15.31 Kb.
Sana19.04.2020
Hajmi15.31 Kb.

Navoiy g’azallarida tashbeh,tazod,husni ta’lil, tashxis sa’natlarining namoyon bo’lishi.

1.Tashbeh- (o’xshatish) nazmiy va nasriy asar tilida ko’p qo’llaniladigan ma’naviy sa’natlardan biri.Tashbeh ikki yoki undan ortiq narsa ,hodisa,xususiyatlarini ular o’rtasidagi o’xshashlik,umumiylik nuqtayi nazaridan qiyoslash.Tashbeh to’rt qismdan iborat : a) mushabih (o’xshatilgan narsa), b) mushabihunbih (o’xshatiyotgan narsa),c)odati tashbeh (o’xshatish vositasi), d) vajhi tashbeh (o’shatish sababi).

Lola kabi yoqut qadah,yo’q tubiga durd,

Bir kishi may andoqki aqiqi yaman erdi.

(Alisher Navoiy)

Mazkur baytda : birinchi misradagi qadah-o’xshatilgan,lola-o’xshagan,kabi-o’xshatish vositasi,yoqut –o’xshash sifat; ikkinchi misradagi tashbehning boshqa unsurlari mavjud bo’lgani holda o’xshash sifat berilmagan.

2.Tazod –zidlantirish ,qarshilantirish degan ma’noni bildirib,baytda bir-birini inkor etuvchi narsalarni qo’llash.

Mengizlari gul-gul,mijalari xor,

Qaboqlari keng-keng,og’izlari tor-tor.

Baytda birinchi misrada gul va xor so’zlari,ikkinchi misrada keng va tor tushunchalari tazod sifatida qo’llangan.

Har necha dedimki,kun-kundin uzay

sendin ko’ngil.

Vahki kun-kundin battarak mubtalo

bo’ldum sanga

“sendan ko’ngil uzay deb har qancha uringanim bilan bo’lmadi,kundan-kunga badtarroq senga mubtalo bo’lib qolaverdim”.Mazkur baytda ham mantiqiy jihatdan tazod sa’nati qo’llangan.

3.Huni ta’lil- fikrni chiroyli dalillash va asoslash.Ammo bu asoslash real,hayotiy bo’lmasdan faqat shoirona asoslash bo’ladi.

Kimki bir ko’ngil buzug’ning xotirin shod

aylag’ay

Oncha borkim,Kaba vayron bo’lsa obod

Aylagay.


Bu baytda bir g’aribning ko’nglini ovlamoq ,Kabani qaytadan qurmoqqa tengligini aytgan.

4.Tashhis- jonsiz narsalarni jonlantirish,shakllantitrish.

Falak g’am yuklarin solg’onda enga,

Yog’irnimga qo’ymish mening og’irni.



Falakda g’am yuki bo’lmaydi.
Download 15.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling