O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
“SANOAT KORXONALARINING ELEKTR TA‘MINOTI”
fаnidаn
KURS LOYIHASI
So‘z boshi
YAngi elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar va boshqayuqori kuchlanishli agregatlar-bularni hammasi energetik tizimnitashkil etadi. Sanoat korxonalarini elektr bilan ta’minlash uchun esa avvalo uni elektr ta’minoti tizimini tejamli, ishonchli uzluksiz ta’minlashni keltirilgan kurs loyihasini bajarilishini o‘rganib chikish va kurs loyihasi variantlaridan birini talaba bajarib o‘zini mutaxasisligi bo‘yicha bilimini mustahkamlaydi hamda malakaviy bitiruv ishini bajarishiga yaxshi zamin yaratadi. Talaba kurs loyihasini bajarishda shu uslubiy ko‘rsatmada keltirilgandek loyihalayotgan sanoat korxonasi uchun elektr yuklamalarni toifasini aniqlaydi, hisoblash ishlarini bajaradi. Elektr yuklamalar markazini aniqlaydi va kartogrammasini kuradi; tashki, bosh pasaytirgich podstansiya, ichki elektr ta’minoti, sxemalarini texnik iqtisodiy jihatdan taqqoslab tanlaydi. Nuktalardagi Qisqa tutashuv toklarini hisoblab topadi va kommutatsiya apparatlarni tanlaydi Erga ulovchi qurilmaarni hisoblash va yashindan himoya qurilmaarni tanlash ishlarni bajaradi. Bu uslubiy ko‘rsatmada kurs loyihasi variantlari keltirilgan bo‘lib, ular bir nechta sanoat korxonalarini elektr ta’minotini loyihalashni masalasi kuyilgan. Bu xisoblashlarni bajarish bilan talabalar o‘zlarini nazariy bilimlarini mustaxkamlaydilar. Uslubiy ko‘rsatma 5310200 «Elektr energetikasi» (tarmoqlar bo‘yicha) yunalishi va shuningdek elektr texnik mutaxasislik talabalari uchun ham mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |