Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik Instituti Konchilik fakulteti mustaqil ish texnologik va geologik qidiruv skajinalarini burg’ulash fanidan Mavzu


Download 44.15 Kb.
Sana01.05.2020
Hajmi44.15 Kb.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Navoiy davlat konchilik Instituti

Konchilik fakulteti

MUSTAQIL ISH

Texnologik va geologik qidiruv skajinalarini burg’ulash fanidan

Mavzu: Zamonaviy burg’ulash trubalarining asosiy

Parametrlari

Guruh : 17B-18TMJ

Bajardi: Mamatov Temur

Qabul qildi:Djurayev R.

Navoiy-2020

Zamonaviy burg’ulash trubalarining asosiy

parametrlari

Reja:

1. Burg’ulash trubalarini tuzulishi va ularni qullanilish soxalari.

2. Burg’ulash trubalari turlari.

3. Burg’ulash turlari.

Burg’ilashning barcha ma’lum usullarida burg’ilash quvurlaridan tuzilgan burg’ilash kolonnasi burg’ilash dastgohidan jinsni parchalovchi asbobga aylanish va o’q yuklamasi uzatilishini ta’minlashi, jinsni parchvalovchi asbobni sovutishi va suyuqlik yoki havo oqimi bilan parchalanish mahsulotlarini yuzaga chiqarishi kerak, birinchi ikki holda quvur tashqi bo’shlig’idan shlam ko’rinishida, uchinchi holda markaziy kanaldan shlam va kern ko’rinishida. Undan tashqari, burg’ilash kolonnasi tamponaj ishlarida, quduqdagi murakkabliklar bilan kurashishda, avariyalarni bartaraf qilishda, quduqda tadqiqotlar olib borilganda va h.k. bir qator yordamchi vazifalarni bajarishi kerak.



O’z vazifalarini bajarib, burg’ilash kolonnasi yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi, siyqalanish yuklamalarga ham, toliqish yuklamalariga ham bardosh berishi, bir nechta quvur ko’rinishidagi shamlarga yoki ishlashda yengil va qulay bo’lishi kerak bo’lgan alohida quvurlarga (mezana yoki machta balandligiga ko’ra) tez yig’ilishi va ajralishi kerak. Mufta-qulfli birikmali burg’ilash kolonnalarining o’ziga xos xususiyati – ularning birikmalarining diametri quvur diametridan ancha katta bo’lishidir, bu bir tomondan ularning tez yemirilishiga olib keladi, ikkinchi tomondan – quvur bilan quduqning devorlari orasidagi katta zazorlar natijasida paydo bo’ladigan titrashlar tufayli aylanish chastotalarini va o’q yuklamalarini cheklaydi. Aslida, neft va gazga burg’ilash uchun bu kamchiliklar ahamiyatsiz, chunki bu yerdagi aylanish chastotalari juda kichik (150 daq-1 gacha), o’q yuklamalarini yaratish uchun esa, odatda, og’irlashtirilgan burg’ilash quvurlari ishlatiladi, demak, burg’ilash quvurlarining butun kolonnasi cho’zilgan.

Qattiq foydali qazilmalarga geologiya-qidiruv burg’ilashda jinslar parchalanishining unumdorligi yuqori aylanish chastotalari va jinsni parchalovchi asbobga tushadigan solishtirma o’q yuklamalari bilan belgilanadi, burg’ilash dastgohlarida aylanish 1500 daq-1 gacha bo’ladi, olmosli burg’ilash uchun ba’zi chet elnikida esa – 4500 daq-1 gacha. Undan tashqari, chuqur bo’lmagan qidiruv, kartirovka, muhandislik-geologik quduqlarni burg’ilashda og’irlashtirilgan quvurlar nomaqbul. Shuning uchun geologiya-qidiruv burg’ilashda silindrik rezbali maxsus nippelli ulangan burg’ilash quvurlari keng qo’llanadi, ular tufayli quvurlar kolonnasi tashqaridan silliq, bu uning tashqi diametrini quduqning diametriga maksimal yaqinlashtirish, ya’ni yuqori aylanish chastotalarida va o’q yuklamalarida uning ishlashi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish imkonini beradi.

“Geotexnika” SKBda asosan olmosli burg’ilashda qo’llanadigan, nippelli birikmali (LBTN-42; LBTN-54; LBTN-68) yengil qotishmali (alyuminli qotishma D16T) burg’ilash quvurlari ishlab chiqilgan.

Ishlab chiqarish geologiya korxonalarida nippel-qulfli birikmali quvurlardan burg’ilash kolonnalari ishlab chiqilgan va keng joriy qilingan. Masalan, shunday konstruksiyalarning birida 50 mm diametrli uchlari ichkariga chiqarilgan (GOST 7909) va 41,5 mm diametrli ichki silindrik rezbali (GOST 8462) burg’ilash quvurlari shamlarga 50 mm diametrli nippellar bilan ulangan, ularning uchlariga 57 mm diametrli qulflar burab kirgizilgan, bu burg’ilash kolonnasi bilan quduqning devori orasidagi zazorni ancha qisqartirgan. Bu yengil qotishmali quvurlar bilan bo’lgani kabi, aylanish chastotalarini va demakki, olmosli burg’ilash unumdorligini keskin oshirdi.

Ushbu quvurlar yengil qotishmali bilan birgalikda kombinatsiyalangan burg’ilash kolonnalarida ishlatilgani ma’lum, u yerda ular og’irlashtirilgan tubdek ishlagan.

SSK turdagi komplekslar bilan burg’ilash uchun 55, 70, 43 mm diametrli, “quvur ichiga quvur” usulida ulangan yupqa devorli burg’ilash quvurlari ishlab chiqilgan, ushbu ulash usulida trapetsiyasimon profil rezbalari minimal konuslikka (1:32) ega, bu ularni ishlab chiqarishni va tushirish-ko’tarish operatsiyalarida burab ulash – burab ajratish jarayonini qiyinlashtiradi. Ular bevosita quvurning uchlarida chiqarilmasdan va ulash detallarini ishlatmasdan kesiladi, shuning uchun quvurning rezbali qismidagi jism o’ta yupqa bo’ladi. Bu holat kolonkali quvurda yechiladigan kern qabul qilgichni joylashtirish va qattiq jinslarni burg’ilash sharoitlarida koronkaga zarur solishtirma yuklamalarni ta’minlash zarurati natijasidagi, burg’ilash koronkasi matritsasining minimal qalinligi bilan belgilanadi. Yuqori chastotali olmosli burg’ilashda bunday yupqa devorli burg’ilash quvurlarini muvaffaqiyatli qo’llash quvur va quduqning diametrlari maksimal yaqinlashishi (55 va 59, 70 va 76, 43 va 46 mm) va demakki, ularning minimal bukilishi tufayli ta’minlanadi. Undan tashqari, VITR yanada mahkamroq po’latdan yasalgan rezbali uchlari payvandlangan burg’ilash quvurlari yaratildi.

Komplekslar KSSK-76-1200 va KSSK-76-2000 bilan burg’ilash uchun uchlari ichkariga chiqarilgan 70 mm diametrli po’lat burg’ilash quvurlari ishlab chiqilgan, ular 73 mm diametrli muftalar va qulflar bilan ulangan, komplekslar KSSK-76M-2000 va KSSK-76-3000 bilan burg’ilash uchun esa 73 mm diametrli po’lat burg’ilash quvurlari. Yechiladigan va yechilmaydigan rezbalar bir xil bo’ladi: trapetsiyasimon profil va konusligi 1:16. Uchlarini chiqarish va payvand choki SSK kompleks quvurlariga nisbatan KSSK kompleks quvurlarining yanada yuqori mustahkamligini ta’minlaydi. Kompleks KSSK bilan burg’ilashda po’lat quvurlarni o’rnatib ishlash uchun ham shu rezbalarni qo’llab 73 mm diametrli po’lat qulfli 71 mm diametrli yengil qotishmali (qotishma D16T) quvurlar yaratilgan. Po’lat quvurlar kolonnasi tarkibida huddi shunaqa rezbali yengil qotishmali quvurlar mavjud, ular burg’ilash kolonnasining minimal cho’zuvchi yuklamalari va minimal burovchi moment ta’sir qiladigan uchastkalarida joylashishi kerak. Po’lat va yengil qotishmali quvurlarning bunday o’rnatilishi kompleks KSSK-76M-2000 bilan 2750 m gacha chuqurlikdagi quduqlarni burg’ilashi mumkin.

Komplekslar SSK va KSSK ning burg’ilash quvurlarining an’anaviy burg’ilashda qo’llanadigan burg’ilash quvurlaridan asosiy farqi – kattalashgan ichki diametr va yechiladigan kern qabul qilgich bemalol o’tishi uchun zarur bo’lgan, ular hosil qiladigan burg’ilash kolonnasining silliq ichki kanali. Bu rezbali qismda devorlar qalinligini kamaytirish natijasida an’anaviy burg’ilash uchun quvurlarga nisbatan quvurlar mustahkamligining kamayishi bilan ta’minlanadi. Biroq, aytib o’tilgandek, mustahkamlikning kamayishi quduq devorlari bilan burg’ilash quvurlari kolonnasi orasidagi zazor kamayishi va demakki, yechuvchi yuklamalar kamayishi bilan kompensatsiyalanadi.

1980-yillar oxirida geologiya qidiruv burg’ilashning har xil usullari uchun burg’ilash quvurlari konstruksiyalarning xilma-xilligi bilan ko’rsatilgan va ularning diametrlari, devorlarining qalinligi va qo’llanadigan rezbalar bo’yicha unifikatsiya qilish muammosi kelib chiqdi.

“Geotexnika” SKBda GOST R 51510-99 “Geologiya qidiruv burg’ilash quvurlari” ishlab chiqilgan. Sakkiz turdagi barcha quvurlar ularning qo’llanish sohasini tavsiflovchi uchta guruhga bo’lingan: 1-chi an’anaviy kolonkali va kernsiz burg’ilash; 2-chi yechiladigan kern qabul qilgich bilan burg’ilash va 3-chi kern pnevmo- va gidrotransporti bilan burg’ilash.

Birinchi guruhga kiradigan quvurlar:

- 43; 55; 63,5; 70; 85 mm diametrli, huddi shu diametrli qulflar payvandlangan, o’zida ikki xil ulanish afzalliklarini: qulfli rezbalari mustahkam, qulay va tez buraladigan bo’lgan silliq tashqi yuzani mujassam etgan nippelli va mufta-qulfli birikmali quvurlar o’rniga ishlab chiqilgan po’lat universal burg’ilash quvurlari (TBMSU);

- TBSU quvurlari kabi, diametrli yengil qotishmali burg’ilash quvurlari (TBL), LBTN-42, LBTN-54, LBTN-68 turdagi nippelli birikmali quvurlar o’rniga ishlab chiqilgan; TBSU quvurlarning qulfli rezbalari bilan unifikatsiyalangan;

- 57; 73; 89; 108 mm diametrli, huddi shu diametrli qulflar payvandlangan og’irlashtirilgan burg’ilash quvurlari (TBU); UBT-57, UBT-R-73,UBT-89, UBT-108 quvurlar o’rniga ishlab chiqilgan; TBSU va TBL quvurlarning qulfli rezbalari bilan unifikatsiyalangan.

Ikkinchi guruhga kiradigan quvurlar:

- 43; 55; 70; 89; 114 mm diametrli, rezbali bilan payvandlangan po’lat yengil seriya burg’ilash quvurlari (TBSL);

- 55; 70; 85; 102 mm diametrli, diametrlari mos keluvchi quvurlarning diametrlariga maksimal yaqinlashgan qulflar bilan po’lat og’ir seriya burg’ilash quvurlari (TBST);

- TBST quvurlar kabi diametrli yengil qotishmali og’ir seriya burg’ilash quvurlari (TBLT), TBST quvurlar qulfli rezbalari bilan unifikatsiyalangan.

Uchinchi guruhga kiradigan quvurlar:

- 48; 57; 73; 89; 108; 114; 127 mm diametrli, silindrsimon rezbada diametrlari mos keluvchi quvurlarning diametrlariga maksimal yaqinlashgan qulflar ulangan, tashqi po’lat quvur bilan ikki qavatli burg’ilash quvurlari (TBDS), qisman (48; 57; 73 mm diametrli quvurlarda) TBST va TBLT quvurlar qulfli rezbalari bilan unifikatsiyalangan;

- 73; 89; 108; 127 mm diametrli, tashqi yengil qotishmali quvur bilan ikki qavatli burg’ilash quvurlari (TBDL), shu diametrdagi TBDS quvurlar rezbalari bilan unifikatsiyalangan.

An’anaviy burg’ilash usuli uchun gosstandart (GOST R51510) 5.1-rasmda va 5.1-jadvalda ko’rsatilgan uch xil turdagi burg’ilash quvurlarini ko’zda tutgan.

Olinadigan kernilgich bilan burg’ilash uchun burg’ilash quvurlarining ikki turi ko’zda tutilgan.




An’anaviy burg’ilash uchun burg’ilash quvurlari:

a – po’latdan (TBSU); b – yengil qotishmali (TBL); v – og’irlashtirilgan (TBU); 1 – quvur; 2 va 3nippel va qulf muftasi; 4 – payvand choki; 5 – metrik silindrsimon rezbadagi ajralmaydigan birikma
Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling