Navoiy shahar xtmfmtteb


Download 191.45 Kb.
bet2/2
Sana27.02.2020
Hajmi191.45 Kb.
1   2

8-sinf

I chorak 8-dars

Mavzu: Atom yadrosining tarkibi
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Darsning maqsadi:

O‘quvchilarga atom yadrosining tuzilishi, proton, neytron, yadro tuzilishining proton-neytron modeli, nuklonlar, izotoplar haqidagi bilimlarni ko‘rgazmali vositalar asosida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib tushuntirish, formulalardan foydalanib umumiy massa, zaryad miqdori, neytronlar sonini topish haqidagi ko‘nikmalarni shakllantirish;

Vazifalari:

O‘quvchilarga atom yadrolari tuzilishi haqidagi bilimlarni berish orqali, ularda topqirlik, ijodkorlik, qiziquvchanlik, hamkorlikda va individual ishlash, darslik bilan ishlash, formulalarda matemtik amallarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish;

O‘quv jarayonining mazmuni:

O‘quvchilarda proton elektron neytron kabi kichik zarrachalari haqidagi bilimlarni yetkazish yadroning proton-neytron modeli hamda yadro tuzilishi haqida tadqiq olib borgan olimlar haqida ma’lumotlar va tushunchalarini bosqichma-bosqich tushuntirish assosida mavzuga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars shakli: kombinatsiyalashgan (aralash) dars.

Metod:Tezkor savol-javob, “Aqliy hujum”, didaktik mashqlar, kichik guruhlarda va individual ishlash.

Jihozlar: 8- sinf kimyo darsligi, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, kimyodan savol va masalalar to‘plami, fizik olimlarning suratlari, D. I. Mendeleyev davriy jadvali, atom tuzilishining planetar modeli, yadro tuzilishi haqidagi videoroliklar;

kompyuter, videoproyektor, ekran, slaydlar



Nazorat:Og‘zaki-yozma

Baholash: Rag‘batlantirish va 5 ballik reyting tizim asosida

Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi

O‘quvchilarda yadro tuzilishi hamda proton neytron elektron kabi zarrachalar, ularning zaryadi, massasi haqida tasavvur hosil qilish va shu bilimlar asosida matematik hisob-kitoblarni bajarishga o‘rgatish.



O‘quvchi

O‘quvchilar atom va yadrot uzilishi proton neytron elektron kabi zarrachalarni zaryadi va massasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi hamda ular bilan bog‘liq kashfiyotlar haqidagi ma`lumotlarga ega bo‘ladilar.




Kelgusi rejalar (tahlil, o`zgarishlar)

O‘qituvchi

Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni darsda qo‘llaydi va ularni takomillashtirishga erishadi.Darslarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtiradi.



O‘quvchi

Mavzuga doir ma`lumotlarni izlashni o‘rganadi. Guruhda ishlashda jipslikka e’tibor beradi. Mavzu yuzasidan mustaqil ma’lumotlar izlashni o‘rganadi, moddiyat va uni tashkil etgan kichik zarrachalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar;




DARSNING BLOK SXEMASI

T/r

Dars bosqichlari

Vaqti

1.

Tashkiliy qism

3 minut

2.

Interfaol usullardan foydalanib o‘tgan mavzuni so‘rash va umumlashtirish, mustahkamlash

8 minut

3.

Yangi mavzu bayoni

18 minut

4.

Mavzuni mustahkamlash (Interfaol usullar asosida )

12 minut

5.

Dars yakuni:

  1. G‘olib o‘quvchilar va guruhlarni aniqlash, baholash, rag‘batlantirish

2 minut


6.

Uyga vazifa

2 minut


Darsning borishi:

Asosiy tushuncha va atamalar:

-proton;


-neytron;

- nuklonlar;

-massa soni;

Darsning shiori:

O‘qidim- o‘rgandim,

Bajardim- bilib oldim.

(Arastu)



I.Tashkiliy qism: (3 minut).

  • Psixologik muhit yaratish

  • Salomlashish,davomatni aniqlash

  • Sinf tozaligi va o‘quvchilarning darsga tayyorligini nazorat qilish.

  • O‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratish, guruhlarni nomlash, sardorlarni aniqlash

I-guruh.“Rezerford”

II-guruh. “Kyuri”

III-guruh.“Geyzenberg”

Darsning oltin qoidalarini ishlab chiqish.

  • O‘zaro hurmat

  • O‘zgalar fikrinihurmat qilish

  • Intizomlilik

  • Qiziquvchanlik

  • Topqirlik

  • Ijodkorlik

  • Kimyoviy tanishuv (guruh sardorlari bilan)

Ushbu shartda har bir guruh sardori o‘zining ismi-sharifini e’lon qiladiva guruh nomidagi olimning kashfiyoti yuzasidan qisqa ma‘lumot beradi.

I-guruh.Rezerford- atom tuzilishining planetar modelini yaratgan.

II-guruh.Kyurilar- atom yadrosini keng miqyosida tadqiqotlar olib borib, radiaktiv elementlarni kashf qilgan olimlar.

III-guruh.Geyzenberg - yadro tuzilishining proton-neytron modelini taklif qilgan olim.
II.O‘tilgan mavzuni so‘rash (8 minut).

Guruhlarga berilgan savollarda to‘g‘ri javob (+), noto‘g‘ri javobga (-) qo‘yilishi tushuntiriladi.

Rezerford” guruhiga


  1. Valentlik tushunchasini fanga kim qachon kiritgan

J: 1853-Franklend

  1. Ishqoriy metallar qanday xossalarga ega

J:barcha birikmalarida bir valentli, ularning gidroksidlari ishqoralar, ular suvda yaxshi eriydi, atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o’zgarib boradi

Kyuri” guruhiga



  1. Galogenlar oilasiga mansub elementlar qatorini ko’rsating

Xilor, fitor, birom va yod

  1. Galogenlarning umumiy xossalarini sanab bering

J: vodorod bn uchuvchan gidridlar hosil qiladi, gidridlarining suvdagi eritmasi kislotalardir, galogen gidridlarda, metal bn hosil qilgan tuzlarda bir valentlidir, kislorod bn hosil qilgan yuqori oksidlarida (fitordan tashqari) VII valentli ...

Geyzenberg” guruhiga



  1. Massaning saqlanish qonunini kashf etgan olim

1756-yilda M.V.Lomonosov

  1. Tuzlar deb nimaga aytiladi va ular qanday guruhlarga bulinadi

J: o’rta yoki normal tuzlar, nordon tuzlar, asosli yoki gidroksid tuzlar, qo’sh tuzlar, aralash tuzlar.

III.Yangi mavzu bayoni (18minut).

Reja:

1. Proton qanday zarra?

2.Yadro tuzilishining proton-neytron modeli.

3.Neytron haqida ma’lumot.



Ma’lumki, eramizdan avvalgi 460-370 yillarda yashagan olim Demokrit tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalardan ya’ni, “atom”lardan tashkil topgan va atom bo‘linmaydi deb aytgan edi. 865-925 yillarda yashagan Markaziy Osiyolik Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy atomlar bo‘linadigan zarrachalar bo‘lib, ular ning ichi bo‘shliq va mayda bo‘lakchalardan iborat bo‘ladi. degan fikrni aytgan. Atomlar doimo harakatda va ular orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblagan. 979-1048 yillarda yashagan vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalardir deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarralar ekanligini e’tirof etgan. 1911 yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi.Buning uchun tabiiy radioaktiv elementlardan ajralib chiqayotgan α-nurlarni metaldan yasalgan juda yupqa plastinkadan o‘tkazdi. Metall plastinkasidan o‘tayotgan α-nurlarning asosan ko‘p qismi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatini davom ettirdi. Oz qismi esa ma’lum burchakostida harakat yo‘nalishini biroz o‘zgartiradi. Juda oz qismi, taxminan 8 mingta α-zarrachalarning bittasi o‘z harakati yo‘nalishini butunlay o‘zgartirdi (1-rasmga qarang). Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib quyidagicha xulosalarga keldi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Atomning markazida musbat zaryadlangan yadro bor. Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi. Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng. Atomlarning yadrolari radioaktiv elementlardan ajralib chiqayotgan α-zarrachalar bilan to‘qnashganda, ya’ni α-zarrachalar bilan “bombardimon” qilinganda yadrodan proton va neytronlar otilib chiqadi.

Protonlarning zaryadi +1, massasi 1 ga teng bo‘lgan zarracha bo‘lib, 1 p bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi va massasi 1 ga teng bo‘lgan vodorod atomining yadrosidir. Neytronlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, massasi birga teng. Neytronni 0 1n bilan belgilanadi.

Atom yadrosi atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi. Elektronlarning massasi protonlarning massasidan 1840 marta kichik, demak, uning massasini amalda hisoblash qiyin bo‘lganligi sababli 0 deb olamiz, za ryadi esa -1 bo‘lgan zarrachalardir. Elek tronni ē bilan belgilaymiz. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni elektronlar soniga teng deb ayta olamiz. Alyuminiy ning tartib raqami 13, demak, uning atomi yadrosida 13 taproton bo‘ladi. Yadro zaryadi+13. Yadro atrofida ham 13 ta elektron harakat qiladi, ya’nimanfiy zaryadlar yig‘indisi ham –13 ga teng. Moddaning kimyoviy hodisalar oqibatida bo‘linmaydigan eng kichik zarrachasi atomdir. Atom musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat yadro qobig‘idan iborat.Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi.Vodorod atomining yadrosida bitta proton bo‘ladi. Zaryadi +1, massasi 1 a.m.b. Uning yadrosi atrofida bitta elektron harakat qiladi. Atomning massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng. Ar=N+Z N - tartib raqami (ptotonlar soni), Z- neytronlar soni.
Ayrim kimyoviy elementlar yadrolaridagi nuklonlar haqida ma’lumot


Tartib raqami

Nomi

Belgilanishi

Z

N

A

3

Litiy



3

4

7

4

Berilliy



4

5

9

6

Uglerod



6

6

12

8

Kislorod



8

8

16

11

Natriy



11

12

23

17

Xlor



17

18

35

50

Rux



50

69

119

79

Oltin



79

118

197

88

Radiy



88

138

226

92

uran



92

146

238


IV.Mustahkamlash: (12 minut).

Aql charxi (Guruhlarga Mendeleev davriy jadvalidan 4 ta element berilib, o‘quvchi bu elementni tartib raqami, proton soni, elektron soni, atom massasi, nuklonlar soni, yadrodagi umumiy protonlar, neytronlar va atomdagi elektronlar massasi va zaryadi, yadro massasini topish talab etiladi)

Rezerford” guruhiga



Ne

Kyuri” guruhiga



Al

Geyzenberg” guruhiga



Be
Bilimlar xazinasi (Bu shartimiz guruhlarga mavzu yuzasidan savollar va kichik masalalar beriladi. O‘quvchilar o‘z jamoalari bilan kelishgan holda savollarga javob berishadi)

Rezerford” guruhiga

  1. Atom yadrosidagi zaryadli zarracha qanday nomlanadi va belgilanadi?

  2. Argon atomidagi elementar zarrachalarning necha foizini piratonlar tashkil etadi.

Kyuri” guruhiga

  1. Atom haqidagi fikirlar qaysi olimlar tomonidan ilgari surildi? Ular haqida nima deya olasiz.

  2. Argon atomining necha foiz massasini piratonlar tashkil etadi

Geyzenberg” guruhiga

  1. Atom yadrosi qanday tuzilgan.

  2. Argon atomi yadrosining necha foizini netronlar tashkil etadi

O‘zing ayt” o‘yini (Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar ichidan eng faol va eng kam ishtirok etgan o‘quvchilardan bir nafardan tanlab olib o‘zi tayyorlab kelgan savollarni darsda kam qatnashgan o‘quvchiga o‘qitadi va busavollarga javob beradi)

1.Davriy qonunni kim qachon kashf etgan?

2. Elektronning massasi piratonning massasidan necha marta kichik?

3. Nuklonlar deb nimga aytiladi?


V. O‘quvchilarni rag‘batlantirish (2 minut).

Darsda eng faol qatnashgan guruhlarni, aktiv qatnashgan o‘quvchilarni baholash va kundaliklarga qayd qilish, rag‘batlantirish .


VI. Uyga vazifa(2 minut).

  1. Darslikdagi mavzuni o‘qib, mavzuga doir 3tadan test tuzib kelish.

  2. Masala: Davriy sistemadan foydalanib, temir, mis, natriy elementlari atomlaridagi elektronlar, protonlar va neytronlar sonini toping.

Download 191.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling