Navoiy teleradiokanali


Download 0.93 Mb.
bet3/10
Sana23.06.2022
Hajmi0.93 Mb.
#773077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jumayev Umid
Эссе на разных тем- 1, Tolmasov Erkin (TTI) 510-16
1-Kun

18.06.2018
Tasvirga olish guruhi bilan tanishish.
Amaliyotimning birinchi kunida men tasvirga olish guruhi bilan umumiy tanishib oldim. Tasvirga olish guruhida ko’rsatuv va seriallarni tasvirga olish uchun mo’ljallangan videokameralar , ovoz yozish uchun mo’ljallangan turli rusumdagi mikrofonlar , kranlar , relslar , GoPro kameralari va xattoki Dron vertolyotlari xam ishlatilar ekan. Tasvirga olish guruhida har bitta davlat kanallari uchun alohida xonalar mavjud bo’lib , bu xonalarda jurnalistlar , operatorlar , rejissorlar ishlatishi uchun kerak bo’ladigan turli xildagi telekameralardan tortib ovoz yozish uskunalarigacha sharoit yaratilgan. Bunday texnikalar bilan ijodiy guruh xodimlari o’z ko’rsatuvlarini benuqson va o’ta sifatli darajada tasvirga olishlari mumkin. Tasvirga olish guruhidagi tasvir yozish operatorlari va muhandislari esa , shu tasvirga olinayotgan teleko’rsatuv bo’ladimi yoki teleserial bo’ladimi ularni sifatli va benuqson yozilishida o’zlarini katta xissalarini qo’shib kelishar ekan. Tasvir yozish operatorlari olinayotgan ko’rsatuvni rangini va yozilayotgan ovozlarni nazorat qilib turishadi. Shu sababli ham olinayotgan teleko’rsatuvlarda ovoz nuqsonlari yoki bo’lmasa video nuqsonlar kamdan-kam kuzatiladi.


2-Kun
19.06.2018
Texnika xavfsizligi bilan tanishish.
Tasvirga olish guruhida texnika xavfsizligi qoidalariga jiddiy tarzda rioya qilish talab qilinar ekan.Birinchi navbatda texnikalar bilan ishlash jaroyonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozimdir.Shuning uchun ham har bir tasvir yozish operatorlari texnika xavfsizligi qoidalarini mukammal bilishlari shart ekan. Bundan tashqari tosvirga olish guruhida toklar bilan ham ishlashga to’g’ri kelib qoladi. Ana shunday paytlarda texnika xavfsizligi qoidalarini bilmagan xodim o’zi bilmagan xolda o’ziga va atrofidagilarga shikast yetkazib qo’yishi mumkin. Bunday xodisalarni oldini olish uchun tasvirga olish guruhida ma’lum bir vaqtlar oralig’ida texnika xavfsizligi qoidalari o’qitilib, o’rgatilib boriladi.Texnika xavfsizligi qoidalaridan tashqari tasvirga olish guruhida yong’in xavfsizligi qoidalari ham muntazam olib boriladi. Qilinayotgan ishlarning sarasini bilish uchun ma’lum bir muddat ichida tasvirga olish guruhi xodimlarini texnika xavfsizligi qoidalari bo’yicha, yong’in xavfsizligi qoidalari bo’yicha bilim va ko’nikmalarini nazoratdan o’tkazib turiladi. Shuning uchun ham tasvirga olish guruhi xodimlari texnika xavfsizligi qoidalariga jiddiy tarzda yondashadilar.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling