Navoiyshunoslik
Download 424.28 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-MAVZU: KIRISH. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
- 1. Fanning maqsad va vazifalari
- 6. Shoirning nasriy asarlari
- 2-MAVZU: XALQ OGZAKI IJODIDA (OZBEK, TURKMAN, TOJIK) NAVOIY TIMSOLI. REJA
1
AJINIYОZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Bakalavriatning o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi uchun " NAVOIYSHUNOSLIK " fanidan MA'RUZALAR MATNI Nukus-2013 yil
2
martabasi avjdin quyi inmagay va bu yozgan asarlarimning tantanasi a’lo darajadan o’zga yerni yoqtirmagay”. (Alisher Navoiy) Reja: 1.
Fanning maqsad va vazifalari. 2.
Shoir yashagan davr va adabiy muhit. 3.
Navoiy va Xamsachilik. 4.
Navoiyning o`zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o`rni va adabiy merosi. 5.
Alisher Navoiy lirikasi 6.
Shoirning nasriy asarlari
1. Fanning maqsad va vazifalari О liy o`quv yurtining namunaviy o`quv rеjasi asоsida ishlab chiqiladigan ishchi o`quv rеjasiga “Navоiyshunоslik” kursini kiritishdan bоsh maqsad uzluksiz ta’lim tizimini ta’minlash, ya’ni magistratura mutaхassisligi uchun asоs, pоydеvоr yaratishdan, talaba yoshlarni Navоiy ijоdini adabiyotshunоslikda o`rganilishi masalalari, bugungi kunda shоir ijоdini o`rganishdagi dоlzarb vazifalarni bеlgilab о lishdan ibоrat. Ana shuni inоbatga оlgan hоlda “Navоiyshunоslik” kursi ta’limning bakalavriat yo`nalishiga mo`ljallangan. Unda
o`zbеk tili
va adabiyoti mutaxassisligida ta’lim оlayotgan talabalarga Alishеr Navоiy hayoti va ijоdining adabiyotshunоslikda o`rganilishi, uning taraqqiyot bоsqichlari, o`zbеk navоiyshunоs о limlari to`g`risida ma’lumоtlar bеriladi. Asоsiy e’tibоr esa Navоiy hayoti va ijоdi to`g`risida yaratilgan mоnоgrafiya, risоla va ilmiy maqоlalar, ularning tahlili оrqali Navоiy hayoti va ijоdini kеngrоq va chuqurrоq o`zlashtirish ko`zda tutiladi. 2. Shoir yashagan davr va adabiy muhit. Alisher Navoiy o`zbek adabiyoti taraqqiyоti va o`zbek adabiy tili ravnaqiga ulkan hissa qo`shgan ijodkordir. Biror adabiy til hech qachon biror adibning nomi bilan atalmagan. Ammo XV asrdan boshlab o`zbek tili Navoiy tili nomi bilan tanila boshlagan. Sharq mamlakatlarining ko`plarida Navoiy an`analarining davomchilari paydo bo`ldilar. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shoxruh mirzo davrida Hirot shahrida tug‘ildi. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin” – din-diyonat nizomi, “Mir” – amir demakdir. Otasi G‘iyosiddin Muhammad (G‘iyosiddin kichkina) temuriylar saroyining amaldorlaridan, onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan, bobosi Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh (ko‘kaldosh) bo‘lgan, buvilari temuriy shahzodalarning enagasi bo‘lgan. Uch-t‘ort yoshlarida Qosim Anvor she’rlarini yod aytgan. To‘rt yoshida o‘qishga borgach, u yerda Husayn Boyqaro bilan ta’lim oladi. 1447-yilda Shohruh mirzo vafotidan keyin temuriylarning toj-taxt talashi keskinlashgach, Alisherning oilasi Iroqqa ko‘chib, Taft shahrida yashay boshlaydi. Bu yerda u mashhur shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan tanishadi
3 1451-yilda uning oilasi yana Hirotga qaytadi. 1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo taxtga o‘tirgach, G‘iyosiddin Sabzavor hokimi etib tayinlanadi. Bu paytda Alisher Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo‘ston”, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarlarini o‘qir va yod olardi. Shuningdek, Xo‘ja Yusuf Burhondan musiqa ilmini o‘rganadi, tarix, adabiyot, husnixat va boshqalar bilan jiddiy shug‘ullanadi. Shoir ona tiliga juda erta muhabbat qo'ygan edi. U 10-12 yoshlaridan boshlab, shaklan go'zal, mazmunan mukammal g'azallar yarata boshlagan.
Orazin yopqach ko'zimdin sochilur har lahza yosh, O’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo'lg'och quyosh. matla'si bilan boshlanuvchi g'azali Mavlono Lutfiyning yuksak bahosiga sazovor bo'lgan edi.
Alisher Navoiy o`smirlik chog`larida ota-onasidan erta judo bo`ladi. Sulton Abusaid Mirzo uning tog`alarini qatl ettirali. Yosh shoir ham ta`qibga uchraydi. Navoiyning H`irotda qolishi Abusaid Mirzo saltanatiga xavf solishi tabiiy edi.
Shuning uchun ham uni Samarqandga surgun qilishadi, o`qish bahonasida jo‘natib yuboriladi. Samarqandga jo‘nab ketish oldidan ustozi va do‘sti Said Hasan Ardasherga uchrashib, xayrlashmoqchi bo`ladi. Ammo uni topolmay, unga she`riy xat qoldiradi. Ushbu xatda Said Ardasherga o`z mehr-muhabbatini izhor qiladi. Hirotdan jo‘nab ketayotganligining sabablarini aytadi, o`z iqtidoriga yarasha qadrlanmayotganini, agar imkoniyat bo`lganida kuniga yuz bayt she`r aytish o`tirib halvo yeyish bilan barobar ekanligini afsus bilan ta`kidlaydi. Shuningdek, Firdavsiy "Shohnoma"ni 30 yilda, Nizomiy, “Xamsa”ni yigirma yildan ziyod vaqt ichida yozgan bo`lsa, o`zi bunday asarlarni 30 oy ichida yozib tamomlashi mumkinligini uqtiradi. Shoirning bu so`zlarini zamondoshlari mubolag‘a deb o‘ylashib, uning ustidan kulgan hollar ham bo‘lgan. Husayn Boyqaro o`zining "Risola" sida shu haqda to`xtalib, Alisher Navoiy aytgach so`zining ustidan chiqqanligini ta`kidlaydi. Haqiqatan ham, "Xamsa" uzog`i bilan 2-3 yil ichida yozib tamomlangan edi.
murakkab tarixga ega bo`lgan adabiy an`anadir. Xamsachilik an`anasi XV asrga kelib ancha keng tus oldi. Faqat uch shoirgina ulug` xamsanavis bo`lib, Nizomiy qatoridan o`rin olishga muyassar bo`ldi, uning asari bilan bellasha oladigan “Xamsa” yaratdilar. Bular ulug` hind shoiri Xisrav Dehlaviy (1253-1325), ulug` fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va ulug` o`zbek shoiri Alisher Navoiydir. Alisher Navoiy – «Xamsa»ni yozishga kirishganda 42 yoshda bo`lib, ayni ijodiy kuchga to`lgan, hayot tajribalariga ega bo`lgan mashhur shoir, el e`tiborni qozongan buyuk olim va davlat arbobi edi. Zamondosh shoirimiz A.Oripov Navoiy shuhrati haqida “O`zbekiston” she`riida quydagi misralarni bitgan edi: Ko`p jahongir ko`rgan bu dunyoni, Hammasiga guvoh – yer osti. Lekin, do`stlar, she`r ahli oro, Jahongiri kam bo`lar, rosti. Besh asrkim, nazmiy saroyni,
4 Titriratadi zanjirband bir she`r, Temur tig`i yetmagan joyni, Qalam bilan oldi Alisher. Ha haqiqatan ham, jahongir Temur tig`i etmagan joylarni Navoiy o`zining qalami ila zabt etdi. Navoiy «Xamsa»si bir-biridan mazmundor, biri ikkinchisining takrori bo`lmagan, biroq bir-biri bilan ipga terilgan injulardek bog`langan «Hayratul-abror» (Yaxshilar hayrati), «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor» (Yetti sayyora) va «Saddi Iskandariy» (Iskandar devori) dostonlarini o`z ichiga oladi. 4. Navoiyning o`zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o`rni va adabiy merosi. Navoiy jahondagi eng sermahsul ijodkorlar sirasiga kiradi. 100000 baytdan ortiq lirik va epik asarlari jahon madaniyati xazinasiga bebaho hissa bo'lib qo'shildi.
Navoiy qoldirgan ilmiy-adabiy meros hayratlanarli darajada ulkandir. Shoirning epik asari "Xamsa", to’rt lirik devonni o'z ichiga oluvchi "Xazoyin-ul maoniy" asari, falsafiy dostoni "Lison-ut tayr", tarixga oid "Tarixi anbiyo va hukamo", "Tarixi muluki Ajam", adabiyotshunoslikka oid "Mezon -ul avzon", "Majolis-un nafois", tilshunoslikka oid "Muhokamat-ul lug'atayn", axloqiy-falsaviy asari "Mahbub-ul qulub, tasavvuf tarixiga oid "Nasoyim-ul muhabbat", ruboiylar majmuasi "Nazmul javohir", diniy mavzudagi "Arbain", "Siroj-ul muslimin", xotiralari "Xamsatul mutahhayirin", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", "Holoti Pahlavon Muhammad", maktublar to'plami "Munshaot", vaqf ishlari haqida "Vaqfiya" va boshqa bir qator asarlari xalqimizning ma'naviy-madaniy mulki bo'lib qolmoqda.
Alisher Navoiyning lirik merosi mavzulari jihatidan g`oyat keng ko`lamli, g`oyaviy yo`nalishlari rang-barang, janrlari xilma-xil, poetik mahorati esa g`oyat yuksakdir. Zahiriddin Muxammad Bobur ta`biri bilan aytganda, hech kim Navoiychalik "ko`p" va "xo`p" yoza olmagan. Navoiyning o`zi xam "Xazoyin" ning debochasida kuniga ba`zan besh-oltita g`azal yozganligini aytadi. Lirika shoirning bir umrlik ijodiy mashg`uloti bo`lib qoldi. O`z ijodini g`azal bilan boshlagan Alisher Navoiy umrining so`nggi nafaslarida ham shu janrda ijod qildi. Navoiyning shartli ravishda "Ilk devon" deb nomlanuvchi birinchi devoniga 1465-66 yillarda muxlislar tomonidan tartib berilgan. Uni mashhur hattot Sultonali Mushhadiy oqqa ko`chirgan.
1470-76 yillar orasida shoirning o`zi "Badoe`-ul bidoya" (Badiiylikning boshlanishi) devonini tuzadi.
1476-1483 yillarda Navoiy
ikkinchi devoni
“Navodir-un nihoya” (nodirliklarning oxiri) devonini tuzadi.
Yuqoridagi turkiy devonlar shoirning ulkan adabiy obidasi - "Xazoyin-ul maoniy" ning tartib berilishiga zamin hozirladi. Natijada 1491-98 yillar oralig`ida H`usayn Boyqaroning iltimos va talabiga ko`ra mazkur kulliyot – to`rt devonni o`z ichiga oluvchi yirik majmua yuzaga keldi. Ma`lumotlarga qaraganda Navoiygacha 4 va undan ortiq devon tartib berish faqatgina Xusrav Dehlaviyga mansub bo`lgan ekan. (Jomiy ham Navoiy iltimosiga ko`ra she`rlarini uchta devon shakliga keltirgan).
5 "Xazoyin-ul maoniy"dagi lirik janrlar miqdori 16 taga yetkazilgan. Shu tariqa Navoiy o`zbek mumtoz lirikasini janrlar ko`lami jihatidan ham boshqa xalqlar adabiyoti bilan bellasha oladigan darajaga ko`targan. Bu janrlar: g`azal, mustazod, muxammas, musaddas, musamman, tarji`band, tarkibband, masnaviy, qasida, soqiynoma, qit`a, ruboiy, muammo, chiston, tuyuq, fard.
Navoiy yilning to`rt fasliga qiyos qilib, o`z umrini to`rt bosqichga ajratadi. Bolalik, yigitlik, o`rta yoshlik va keksalik. Bolalik 7-8 yoshdan 20 yoshgacha, yigitlik 20 yoshdan, 35 yoshgacha, o`rta yoshlik 35 yoshdan 45 yoshgacha, keksalik 45 yoshdan 60 yoshgacha.
Shunga binoan devonlar ham quyidagicha nomlanadi: 1. "G‘aroyib-us sig`ar" - bolalik ajoyibotlari, 2. "Navodir-ush shabob" - yigitlik nodirliklari. 3. "Badoe`-ul vasat" - o`rta yoshlik badiiyliklari, 4. "Favoyid-ul kibar" - keksalik foydaliklari. Qit`alarga sarlavha qo`yish ham Navoiyning ixtirolaridan bo`ldi. Bungacha biror shoir o`z qit`asiga sarlavha qo`ymagan edi. Shoirning fors-tojik tilidagi "Devoni Foniy" asari ham "Xazoyin-ul maoniy" singari janrlarga boy, mavzular ko`lami xilma-xildir. Unda 1131 she`r yoki 6197 bayt o`rin olgan. Alisher Navoiyning lirik merosi ko`p asrlardan buyon nafaqat o`zbek tilida ijod qiluvchi qalam ahllari, balki ko`plab Sharq mamlakatlari ijodkorlari uchun ham mahorat maktabi bo`lib kelmoqda.
Alisher Navoiyning nasriy asarlari Xuroson va Movarounnahrda yaratilgan fors va qadimgi o`zbek tilidagi turli janr va har xil mavzudagi nasriy asarlar zaminida yuzaga keldi. Lekin Navoiy buyuk daho sifatida shunday asarlar yozdiki, ularda, bir tomondan, fors-tojik adabiyotidagi nasr ilg`or an`analarining yangicha talqini va ravnaqi o`z aksini topdi. Ikkinchidan, o`zbek tilida nasrning nazmga nisbatan bir muncha sust rivojini nazarda tutgani, shunungdek, nasrning imkoniyatlari nazmga nisbatan anchayin kengligini chuqur tushungani holda Navoiy o`zbek adabiyotini o`n beshga yaqin nasriy asarlar bilan boyitdi. Alisher Navoiy o`zining barcha nasriy asarlarini «Vaqfiya»ni istisno qilganda (bu asar 1481-1482 yillarda yozilgan), umrining so`nggi o`n yilida yaratgan. Ularning umumiy manzarasi quyidagichadir: 1. Biografik-memuar xarakterdagi «Holoti Sayyid Hasan», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Xamsat ul-mutahayyirin». 2. Ilmiy-filologik xarakterdagi «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul- lug`atayn», «Mezon ul-avzon», «Risolai mufradot». 3. Tarix, tasavvuf va din tarixiga oid «Tarixi muluki Ajam», «Nasoyim ul- muhabbat», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Vaqfiya». 4. Insho san`ati – epistolyar proza namunasi «Munshoot». 5. Ijtimoiy-siyosiy va didaktik xarakterdagi «Mahbub ul-qulub». 6 «Haloti Sayyid Hasan Ardasher», «Haloti Pahlavon Muhammad», «Hamsat ul- mutahayyirin» - Navoiyning biografik memuar xarakterdagi asarlaridir. Bu uch asar Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o`ynagan davrning madaniyati tarixida o`chmas iz qoldirgan. Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o`ynagan davrning madaniyati tarixida o`chmas iz qoldirgan. Navoiyga yaqin siymolar, uning hamfikr do`stlari, ustoz va murabbiylariga bag`ishlanib, ularning vafotidan keyin yozilgan.
Bugungi kunda O'z FA Til va adabiyot instituti ulug' shoir nomi bilan ataladi. O'zbek tili rasmiy davlat maqomiga ega. Mustaqil O'zbekiston jahon hamjamiyatining faol a'zolaridan biri. Shubhasiz, ona Vatanimiz shuhratini yanada oshirishda Alisher Navoiyning umrboqiy asarlari o'z hissasini qo'shishda davom etaveradi.
Nazorat savollari: 1.
“Xazoyin ul-maoniy”ga g`azallardan tashqari yana qanday janrdagi asarlar kiritilgan? 2.
kiritilgan? 3.
“Xazoyin ul-maoniy”dagi qit`alarning xususiyatlari nimadan iborat? 4.
Alisher Navoiyning ruboiy va qit`alari yana qaysi asarlarida uchraydi? 5.
“Xazoyin ul-maoniy” devoni qaysi g`azal bilan boshlanadi va u avval qaysi devonga keltirilgan edi? 6.
7.
Tasavvufiy mavzudagi bu asar qanday janrda ifoda etilgan va uning farqi nimalarda ko`rinadi? 8.
“Xazoyin ul-maoniy”dagi g`azallardan yana qaysilari tasavvufiy mavzuga bag`ishlangan? 9.
10.
Qaysi lirik janrlarni shoir o`zbek she`riyatiga tatbiq etdi? 11.
Alisher Navoiy nima uchun o`zbek mumtoz adabiyotining cho`qqisi hisoblanadi? 12.
Shoir tarjimai holiga oid qanday ma`lumotlarni bilasiz? 13.
Navoiy qanday tarixiy sharoitda yashab ijod etdi? 14.
Shoir ijodiy faoliyatda kimlarga ergashdi? 15.
Navoiy qalamiga mansub asarlarni sanang. 16.
Ulug` shoir amalga oshirgan madaniy-ma`rifiy ishlar ko`lamini tavsiflang. 17.
Navoiygacha turkiy adabiyot qanday ahvolda edi? 18.
Husayin Boyqaro Navoiyni «So`z mulkining sohibqironi» deya ulug`lashining sabablari nimada? 19.
A.Navoiy o`zi orzu qilgan qanday asarlarni yaratishga ulgurmadi? 20.
tili kamsitilishining bartaraf etilishida Navoiy xizmatlarini asoslang. Adabiyotlar: 7 1. A.Abdug`afurov. Misralar jozibasi. “Alisher Navoiyning adabiy mahorati masalalari” (maqolalar to`plami). Toshkent, “Fan”, 1993, 26-51 – betlar. 2.
A.Hayitmetov. Navoiyxonlik suhbatlari. Toshkent, “O`qituvchi”, 1993. 3.
Abdug`afurov A. Navoiy satirasi. T., 1966 4.
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Mukammal asarlar to`plami, 14-tom. 5.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami, 3-6 – tomlar. 6.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami. 1-6 – tomlar. 7.
Gulbadanbegim. Humoyunnoma. T.,1959 8.
Hayitmetov A. Navoiy lirikasi. T., 1961 9.
Ibrohim Haqqul. Kamol et kasbkim. Toshkent, “Cho`lpon”, 1991 10.
Ibrohimova A. XVI asr o`zbek adabiyotining asosiy xususiyatlari. T.,1976 11.
12.
Jaloliddin Balxiy-Rumiy. Masnaviyi ma`navi. “Farhang”, 1991, № 8. 13.
Mallaev N. O`zbek dabiyoti tarixi. T., 1976 y 14.
N.Jumayev. G`azalda g`oya va badiiy mahorat mutanosibligi. Maqolalar to`plami, 51-67 – betlar. 15.
N.Komilov. Tasavvuf. Toshkent, 1994. 16.
17.
Orzibekov R. Lirikada kichik janrlar. T., 1976y 18.
Oybek. Navoiy gulshani 19.
R.Vohidov. Alisher Navoiy va ilohiyot. Buxoro, 1994. .
TOJIK) NAVOIY TIMSOLI. REJA: 1. Navoiy ijodida folklor namunalari 2. Navoiy ijodining qardosh xalqlar bilan bog'liqligi
Navoiy o'zbek klassik adabiyotining barcha taraqqiyot bosqichlarida ustoz shoir va xalqning benihoya katta hurmati va muhabbatiga sazovor bo'lgan so'z san'atkori bo'lib qoldi. Bu ulug' san'atkorning asarlari turli davrlarning xattotlari tomonidan zo'r ehtirom va muhabbat bilan ko'chirildi, rassomlarning naqshi va suratlari bilan ziynatlandi. XIX asrning 70-yillarida O'zbekistonda bosmaxona paydo bo'lganidan keyin Navoiyning "Xamsa", "Chor devon", "Vaqfiya" va boshqa asarlari bir necha bor nashr etildi. Naoviyning ayrim asarlari o'quv-qo'llanmalari sifatida foydalanildi, g'azallari kuyga solindi, hikmatli so'zlari maqollarga aylandi, xalq uning asarlaridagi o'lmas qahramonlaridan ilhomlanib, Bekobod yaqinidagi toqqa Farhod tog', Soyga Shirin soy deb nom berdi, xalq ijodchilari Farhod va Shirin, Layli va Majnun hamda Diloromlar haqida yangi-yangi asarlar yaratdilar. Barcha taraqqiyparvar o'zbek shoirlari Navoiydan ta'lim oldilar, uning traditsiyalarini davom ettirdilar va rivojlantirdilar. Jumladan, shoir Munis bir she'rida: "So'z ichra Navoiyki jahongir turur, Munisga maoniy yo'lida pir turur",- 8
deb uni o'zining ustozi hisoblaydi. Shoir Ogahiy esa:
"Ogahiy, kim topg'ay erdi sozi nazmingdin navo, Bahra gar yo'qtur Navoiyning navosidan sengo",- deydi.
Navoiyning asarlariga nazira bitish, g'azallariga muhammas bog'lash bir odat bo'lib qoladi. Yozuvchi Umar Boqiy Navoiyning "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" dostonlarining qisqartilirgan nasriy variantini ishlab chiqadi. Navoiy asarlari bo'yicha tug'atlar tuziladi yoki lug'atlarda Navoiy asarlarining teksti keng o'rin oladi. Forscha va turkcha lug'atlardan tashqari, xorazmlik olim Muhammad Xoksorning o'zbek tilida yozilgan "Muntahab-ul-lug'ot" ("Tanlangan lug'atlar", 1798 yil) kitobi ana shunday lug'atlardandir. Biroq bularning barchasi uzoq tarix uchun, XVI-XIX asrlarni o'z ichiga olgan 400 yillik davr uchun nihoyatda oz edi, chunki xalq ommasining ko'pchilik qismi Navoiy asarlarini bevosita o'qish va o'rganish imkoniyatidan mahrum edi. Xalq qattiq ekspluatatsiya va jaholat zulmi ostida ezilgan, maorif va madaniyat boyliklaridan mahrum qilingan edi. Navoiyning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi ilmiy asosda o'rganilmagan edi. Navoiy asarlarining davrdan-davrga, kitobdan-kitobga o'tgan tekstiga o'rinsiz o'zgarishlar, xatolar va "tuzatishlar" kirib borar, lekin tekstologiya ishlari olib borilmas edi. Reaksiya feodal-klerikal doirlar bo'lsa Navoiy asarlarining kitobxonlar orasida tarqalishi va o'rganilishiga qarshi tish-tirnoqlari bilan kurash olib borar, ba'zilari Navoiy ijodiyotini soxtalashtirib uni "shohning ixlosmand vaziri", "ilohiy sevgi ko'ychisi" sifatida tasvirlar, ulug' shoirning asarlarini buzib talqin qilar edilar, feodal saroyining Ado (XIX asr) kabi xushomadgo'y shoirlari bema'ni maqtanchoqlik bilan: "Gar Navoiydin Ado so'zini o'tkarsa ne tong, Shoh Umar afzalu yo Sulton Husayni Boyqaro",- deb Navoiyni kamsitishga, uning ijodini Sulton Husayn Boyqaroga bog'lashga intilar edilar.
Burjua millatchilari va panturkistlar bo'lsa Navoiyni soxtalashtirishga, o'zbek xalqini bu ulug' so'z san'atkorining merosidan mahrum etishga harakat qildilar. Demak, o'tmishda Navoiyning faoliyati va merosi kam o'rganildigina emas, balki Navoiyni o'rganishda sog'lom va ijodiy tendensiya bilan birga zararli, ilmga zid, Navoiynini soxtalashtirishga, uning merosini barbod berishga qaratilgan tendensiya ham kuchli edi. Alisher Navoiyning faoliyati va ijodiyoti xalqlari o'rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Xalqlar do'stligi g'oyasini kuylagan ulug' shoir tojik, eron, ozarbayjon, hind, arab va boshqa xalqlarning adabiyotini muhabbat bilan o'rgandi va o'z navbatida boy ijodiyoti bilan Sharq xalqlari adabiyotining taraqqiyotiga samarali ta'sir etdi. Navoiy bilan Jomiyning do'stligi, hamkorligi o'zbek va tojik xalqlarining, bu ikki xalq madaniyati va adabiyotining do'stligi va hamkorliging yorqin namunasidir. Navoiy bilan Jomiyning boshlab ustoz bilan shogird o'rtasidagi aloqa sifatida vujudga 9 kelgan o'zaro munosabati, tezda ikki xalqning buyuk shoiri va madaniyati arbobi o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikka aylandi. Navoiy Jomiydan siyosiy faoliyatida, madaniyat va obodonchilik ishlarida ham, badiiy ijodda ham maslahatlar oldi, Jomiyning ijodidan ta'lim va ilhom oldi, uning asarlariga yuksak baho berdi hamda unga bag'ishlab "Hamsat-ul-mutahiyyirin" asarini yaratdi. Ayni zamonda Jomiy va Navoiyning faoliyati va ijodiy ishlariga zo'r e'tibor bilan qaradi va yuksak baho berdi. Abdurahmon Jomiy Navoiydan maslahatlar olar va o'zining yangi asarlari bilan dastlab uni tanishtirar edi. Shuning uchun Navoiy "Xamsa" sida buni ta'kidlab:
"Nomag'akim raqam etib xomasin, Ko'rmali, men ko'rmayin, el nomasin",-
deydi. "Muhokamat-ul-lug'atayn" da qayd qilinishicha, Abdurahmon Jomiy yangi yozgan asarlarini Navoiyga berib: "Bu avroqni ol va boshtin oyog'iga nazar sol, xotiringa har ne aytkudek so'z kelsa ayt" der va Navoiyning fikrlarini samimiyat bilan qabul qilar edi. Naoviyni o'qish, o'rganish va undan ta'lim olish tobora oshib boradi. Naoviy sarlari Sharq o'lkalarining ko'p xattotlari tomonidan qayta-qayta ko'chiriladi va nodir kitoblar fondiga kiradi. Navoiy asarlarini yaqindan o'rganish uchun lug'at kitoblari tuzila boshlaydi. Navoiy hayotining oxirida yoki o'limidan bir oz keyin uning asarlari asosida "Badoiy-ul-lug'at, keyinroq esa" "Lug'ati Navoiy" yaratiladi. 1560 yilda Aloyi binni Muhibiy "al-lug'at-un-Navoiyat v-al-istishhodat-ul-chig'atoiyat" ("Naoviy lug'ati va chig'atoy tili dalillari") kitobini tuzadi. XVIII asrda Mirzo Madhiyxon tuzgan "Mabon-ul-lug'at" ("Lug'at poydevori"), XIX asrda Fath Ali Qojariy hamda Shayh Sulaymon Afandiy Buxoriy tuzgan lug'atlarda va boshqlarda Navoiy asarlari asosiy so'zlik bo'lib xizmat qiladi. Bu lug'atlarning ko'pi fors-tojik tilida yaratilgan edi; Shayx Sulaymon Afandiyning "Lug'ati chig'atoy va turki usmoniy" asari esa turk tilida yozilgan edi. Navoiyning ayrim asarlari boshqa xalqlarning tiliga tarjima qilinadi va yangi asarlarning yaratilishida asos bo'ladi. Masalan, Xristofor Armaniyning 1557 yilda italyan tilida Venesiyada nashr etilgan "Sarandib shohi uch yosh o'g'loninig ziyorati" asarining ikkinchi qismida Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostonidan Bahrom va Dilorom sarguzashti hikoya qilinidai. Shuningdek, XVII asr gruzin shoiri Sitsishvili Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostonini yaratadi. XVII asrning birinchi yarmida o'tgan gruzin shoiri Nodor Persodaniodze: "Navoiy bo' qissani ("Sab'ai sayyor" ni) chig'atoy (qadimgi o'zbek ) tilida yozgan, biz shoirlikda biron kishini u bilan tenglashtirib tasavvur qila olamizmi?"-degan edi. Navoiy asarlarini tarjima qilish keyin ham davom etadi. XIX asrning oxiri va XX asrning turk va tatar tiliga tarjima qilinadi. Navoiyning asarlari Sharq xalqlariga yaqindan tanish va manzur bo'lib boradi. Navoiy ko'p xalqlarning klassiklari qatoridan o'rin oladi, xalqlarning ehtiromi va muhabbatiga sazovor bo'ladi, ko'p shoirlar Navoiyni o'zlariga ustoz hisoblaydilar, undan ta'lim oladilar. Ko'pgina tojik shoirlari, Fuzuliy, Kishvariy, Mirzo Fatali Oxundov, Ali Akbar Sobir kabi ozarbayjon yozuvchilari, Maxtumquli va Zelili kabi turkman shoirlari, qozoq yozuvchisi Abay, qoraqalpoq shoiri Berdaq, tatar shoirlari Abdulla To'qay, Qayum-Nosiriy va boshq-boshqalar Navoiyni hurmat bilan tilga 10
olib, unga yuksak baho beradilar, asarlaridan ta'lim oladilar va ayrim asarlariga naziralar bitadilar. Navoiydan ta'lim olgan va ilhomlangan ulug' ozarbayjon shoiri Fuzuliy:
"Turku Ajamu Araba ayyom, Har shoira vermishdi bir kom, O'lmishdi Navoiyni suxandon, Manzuri shahanahi Xuroson",-
degan bo'lsa, Kishvariy (XVI asr) "Navoiy himmatidan Kishvariy ahli nazar bo'ldi"- deydi. Xuddi shuningdek, qozoq adabiyotining Navoiydan ta'lim olgan klassigi Abay:
"Fizuli, Shamsi, Sayxali, Navoiy, Saadi, Ferdausi, Xoja-Xafiz bu ammasi Madat ber ya shagiri faryad",
va qoraqalpoq adabiyotining klassigi Berdaq esa: "chor kitobdan tura qochdim, Navoiydan savod ochtim. Fuzuliydan durlar sochtim, Dilbarlarni izlar edim",-
deydi. Shuningdek, faqat o'zbek xalq og'zaki ijodidagina emas, balki boshqa xalqlarning og'zaki adabiyotida ham Navoiy haqida hikoya va latifalar yaratiladi, Navoiy adolatparvar, xalqparvar va ulug' shoir sifatida tasvir qilinadi. Bu faktlar xalqlar o'rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarning uzoq tarixiy ildizlarga ega ekanligini ko'rsatadi. Biroq ekspluatatsiyaga asoslangan tuzum bu xalqlarga o'z madaniy va adabiy merosi bilan yaqindan tanishish va undan foydalanish imkoniyatini bermagani kabi, boshqa xalqlarning madaniyati va adabiyoti bilan kengroq tanishish imkoniyatini ham bermas edi. XIX asr oxirlaridan boshlab esa Eronning paniranistlari va Turkiyaning panturkistlari Navoiyning ijodiy soxtalashtirishga, uni "Eron shoirlarining tarjimoni" yoki "umumturk shoiri" deb o'z paniranistik va napturkistik qarashlarini targ'ib qilishga, kitobxonlarni chalg'itishga intildilar. Evropaliklar XVI asrdanoq Navoiy asarlari bilan tanisha boshlagan bo'lsada , lekin Navoiyning faoliyati va ijodiyotini ham nashr etishga kirishildi. Fransuz sharqshunosi Qatrmen 1841 yilda bosilgan xrestomatiyasiga Navoiyning ikki asarini: "Muhokamat-ul-lug'atayn" va "Tarixi muluki Ajam" ni kiritdi. Bundan bir oz vaqt keyin rus olimi I.N. Berezin "Turk xrestomatiyasi" kitobida Navoiy asarlaridan bir necha parcha berdi. Navoiyning faoliyati va ijodiyotini o'rganish M.Nikitskiyning "Amir Nizomiddin Alisher, uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati" nomli magistrlik
11
dissertatsiyasi bilan (1856 yil) boshlandi. M.Nikitskiy Xondamir, Davlatshoh va Som Mirzoning asarlaridan foydalanib, sharqshunoslikda birinchi bo'lib Navoitsning hayoti va faoliyatini to'laroq aks ettirgan asar yaratdi. M.Nikitskiy Navoiyning siyosiy faoliyatiga, madaniyat sohasidagi ishlari va o'zbek adabiy tili taraqqiyotidagi roliga yuqori baho beradi, uning iste'dodli olim va shoir ekanini ta'kidlaydi. Biroq, Alisher Navoiyning badiiy asarlarini chuqur o'rgana olmaganligi uchun "Navoiy tarjimon shoir" degan g'ayri ilmiy bir xulosaga keladi. M.Nikitskiydan 5 yil keyin, 1861 yilda Istambuldagi "Asiatique journal" ("Osiyo jurnali") da Fransiya konsulxonasining tarjimoni bo'lib xizmat qilgan M.Belenning Navoiy hayoti va faoliyatiga doir maqolasi bosilib chiqadi. Unda Navoiyning davlat idora ishlari va madaniy hayotdagi xizmatlariga ijobiy baho beriladi. Biroq, ham Navoiyning badiiy asarlarini puxta o'rganmaydi, hech qanday asossiz: "Navoiy Xisrav Dehlaviy, Nizomiy va Jomiylarning tarjimonidir",-deb da'vo qiladi. Fransuz sharqshunosi E.Bloshe esa Navoiy asarlarining badiiy qimmatini kamsitadi. Navoiyning faoliyati va ijodiyotini o'rganish M.Nikitskiyning "Amir Nizomiddin Alisher, uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati" nomli magistrlik dissertatsiyasi bilan (1856 yil) boshlandi. M.Nikitskiy Xondamir, Davlatshoh va Som Mirzoning asarlaridan foydalanib, sharqshunoslikda birinchi bo'lib Navoitsning hayoti va faoliyatini to'laroq aks ettirgan asar yaratdi. M.Nikitskiy Navoiyning siyosiy faoliyatiga, madaniyat sohasidagi ishlari va o'zbek adabiy tili taraqqiyotidagi roliga yuqori baho beradi, uning iste'dodli olim va shoir ekanini ta'kidlaydi. Biroq, Alisher Navoiyning badiiy asarlarini chuqur o'rgana olmaganligi uchun "Navoiy tarjimon shoir" degan g'ayri ilmiy bir xulosaga keladi. Navoiyning faoliyati va ijodiyotini o'rganish M.Nikitskiyning "Amir Nizomiddin Alisher, uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati" nomli magistrlik dissertatsiyasi bilan (1856 yil) boshlandi. M.Nikitskiy Xondamir, Davlatshoh va Som Mirzoning asarlaridan foydalanib, sharqshunoslikda birinchi bo'lib Navoitsning hayoti va faoliyatini to'laroq aks ettirgan asar yaratdi. M.Nikitskiy Navoiyning siyosiy faoliyatiga, madaniyat sohasidagi ishlari va o'zbek adabiy tili taraqqiyotidagi roliga yuqori baho beradi, uning iste'dodli olim va shoir ekanini ta'kidlaydi. Biroq, Alisher Navoiyning badiiy asarlarini chuqur o'rgana olmaganligi uchun "Navoiy tarjimon shoir" degan g'ayri ilmiy bir xulosaga keladi. M.Nikitskiydan 5 yil keyin, 1861 yilda Istambuldagi "Asiatique journal" ("Osiyo jurnali") da Fransiya konsulxonasining tarjimoni bo'lib xizmat qilgan M.Belenning Navoiy hayoti va faoliyatiga doir maqolasi bosilib chiqadi. Unda Navoiyning davlat idora ishlari va madaniy hayotdagi xizmatlariga ijobiy baho beriladi. Biroq, ham Navoiyning badiiy asarlarini puxta o'rganmaydi, hech qanday asossiz: "Navoiy Xisrav Dehlaviy, Nizomiy va Jomiylarning tarjimonidir",-deb da'vo qiladi. Fransuz sharqshunosi E.Bloshe esa Navoiy asarlarining badiiy qimmatini kamsitadi. Rus va G'arbiy Yevropa sharqshunoslari Navoiyning faoliyati va ijodiyotini o'rganishda M.Nikitskiy va S.Belendan keyin ham bir muncha ish olib boradilar. Masalan, rus sharqshunosi V.V.Velyaminov-Zernov 1868 yilda Sankt-Peterburgda XVI asrda tuzilgan "al-lug'at-un-Navoiyat val-istishhodat-ul-chig'atoyat" lug'atini
12
nashr ettiradi. Fransuz sharqshunosi Pave de Kurteyl Navoiy asarlaridan foydalanib, lug'at tuzadi. Rus sharqshunosi N.I.Ilminskiy Navoiyning "Muhokamat-ul-lug'atayn" asarini xiyla chuqur o'rganib, Navoiyni o'z ona tili-o'zbek adabiy tili uchun kurashgan qudratli kishi sifatida ta'riflaydi. Biroq rus sharqshunoslari ham, G'arbiy Yevropa sharqshunoslari ham Navoiy faoliyatini uning badiiy ijodiyoti bilan uzviy bog'lagan holda o'rganmadilar, ular Alisher Navoiyning siyosiy, ilmiy faoliyatini e'tirof qildilar- u, lekin uning badiiy ijodiyotini chuqur yoritolmadilar va "Navoiy tarjimon" degan g'arbiy ilmiy qarashni davom ettirdilar. (Masalan, Belenning fikriga tayangan fransuz sharqshunosi Buva, ingliz sharqshunosi E.Braun va boshqalar ham shular jumlasidandir.) Afsuski, Navoiy haqida birinchi manbalar asosida "Mir Alisher va siyosiy hayot" degan qimmatli asar yaratgan atoqli rus sharqshunosi akademik V.V. Bartold ham bunday g'ayori ilmiy da'volardan xoli bo'lmadi va "Navoiy taxlidchi shoir" degan xato fikrni takrorladi. Shunday qilib, rus G'arbiy Yevropa sharqshunoslari o'tmishda Navoiyning hayoti va faoliyati yuzasidan material to'plash, ularni sistemaga solish, umumlashtirish, Navoiy asarlarini nashr etish, Navoiyning til sohasidagi xizmatlarini o'rganish va boshqalar bo'yicha ma'lum yutuqlarga erishgan bo'lsalar ham, lekin ularning tekshirish ishlari biografiya va lingvistika masalalari bilan chegaralanib qoldi, Navoiyning ijodiyotini, xususan uning badiiy asarlarini ilmiy asosda o'rganish bilan uzviy bog'langan holda olib borilmadi. Ular Navoiyning badiiy ijodiyotini soxtalashtirdilar, uning originalligini inkor etdilar. Bunday g'ayri ilmiy qarashlar hozir ham ayrim reaksion chet el olimlari tomonidan davom ettirilmoqda.
Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika Download 424.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling