Nazariy elektrotexnika


Download 19.96 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi19.96 Kb.
#424464
Bog'liq
111Тақриз НФР га Назарий электротехника ЭЭЭ қабул 2021 қабул
'Дарс ишланма ЖИИГ, Doc1, Абдиева 3.1, 11, ЛҲИ-1 Ҳимоя, Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya, Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya, ReadMe UzTransLit, LAVOVOZIMLAR, 16-y-Mintaqaviy-iqtisodiyot.Darslik-A.Ishmuhamedov-va-bosh.T-2010, дарвозакент 2 тор имзо, LAVOVOZIMLAR, LAVOVOZIMLAR, Qobilov

Nazariy elektrotexnika” fanidan 60710700– Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo’l transporti) bakalavr yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash uchun tayyorlangan namunaviy fan dasturiga
T A Q R I Z
Respuplika ishlab chiqarish tarmoqlarini va ijtimoiy sohalarni elektrlashtirishda elektrotexnik qurilmalar va elektronika asboblar hamda ulardagi elektromagnit jarayonlar asosiy o’rinni egallaydi.

Fanni o’rgatish natijasida talabalarda chiziqli zanjirlar hamda nochiziq elektr va magnit zanjirlar, elektromagnit maydon nazariyasi asoslari, elektr energiyasini ishlab chiqarish tamoyillari, zanjirlardagi rezonans va o’zaro induksiya hodisalari va o’tkinchi jarayonlarini ifodalovchi qonunlar bo‘yicha bilimlarni, talabalarga o’zgarmas, o’zgaruvchan va uch fazali elektr zanjirlarni hisoblash usullari va ulardagi jarayonlarni tahlil qila olishga, sodda zanjirlarni yig‘ish va ishlata olish bo‘yicha ko‘nikma va malakani shakllantirish, zamonaviy elektrotexnik qurilmalardan va elektronika asboblaridan foydalanish uchun nazariy bilimlarni va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

“Nazariy elektrotexnika” fanidan tayyorlangan fan dasturi shunday xujjatlarga qo’yilgan talablar asosida tuzilgan bo‘lib, 60710700– Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo’l transporti) bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha o‘quv jarayoniga foydalanishga tavsiya etish mumkin.

TDTrU “Elektr ta’minoti”

kafedrasi professori, t.f.n. Yakubov M.S.

Nazariy elektrotexnika” fanidan 60710700– Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo’l transporti) bakalavr yo’nalishi bo’yicha tayyorlangan namunaviy fan dasturiga


T A Q R I Z
Hozirgi vaqtda inson faoliyati doirasiga kirgan har bir soha va yo‘nalishda elektrotexnika va elektronika qurilmalari mavjud. Shu sababdan elektrotexnikaning nazariy asoslarini bilish, uni tushinish va amalda qo‘llay olish nafaqat elektrotexnika mutaxassislari, balki turli soha xodimlari uchun katta ahamiyat kasb etadi.

“Nazariy Elektrotexnika” fani elektrotexnika, elektr mexanikasi, elektr texnologiyalari, elektr energetikasi, radio elektronika, elektr aloqa va avtomatika sohalariga oid bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun tayanch umumkasbiy fanlaridan biri hisoblanadi. Bu fanning asosiy masalasi turli elektrotexnik qurilmalarda sodir bo‘ladigan elektromagnit hodisalar va jarayonlarni sifat va miqdor tomonidan o‘rganishdir.

Talabalarni “Nazariy elektrotexnika” faniga uslubiy yondashuv, hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, chiziqli va nochiziq elektr va magnit zanjirlari hamda elektromagnit maydon nazariyasi asoslari, elektr energiyasini ishlab chiqarish prinsiplari, zanjirlardagi jarayonlarni ifodalovchi qonunlar bo‘yicha bilimlarni, talabalarga elektr zanjirlarni hisoblash usullari va ulardagi jarayonlarni tahlil qila olishga, sodda zanjirlarni yig‘ish va ishlata olish bo‘yicha ko‘nikma va malakani shakllantirish, zamonaviy elektrotexnik qurilmalarni va elektronika asboblarini yaratish va foydalanish uchun nazariy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

Buning uchun taqriz qilinayotgan namunaviy fan dasturida barcha ma’lumotlar va ko’rsatmalar keltirilgan.



“Nazariy elektrotexnika” fanidan tayyorlangan fan dasturi barcha talablar asosida tayyorlangan bo‘lib, 60710700– Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo’l transporti) bakalavr yo’nalishi bo’yicha o‘quv jarayoniga foydalanishga tavsiya etaman.
TDTU “”

kafedrasi mudiri, t.f.d.
Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling