Nаzаriy kism disfunktsionаl (аnomаl) qon ketishI (bdqk)


Download 344.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana22.12.2022
Hajmi344.08 Kb.
#1041904
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nazariy kism (4)



NАZАRIY KISM 
DISFUNKTSIONАL (АNOMАL) 
QON KETIShI (BDQK) 
Maqsad: Talabalarni BDQK ning etiologiyasi, patogenezi, klinika-si, uning 
asoratlari va ularning oldini olishda vrach taktikasi bilan tanishtirish. BDQK turli 
ѐshdagi aѐllarda turlicha boʼlishi va ularni zamonaviy davolash choralari, boshqa 
kasalliklar bilan taqqoslovchi ta-shxisni oʼrgatish mavzuning asosiy maqsadidir.
Vazifalar.
1. 
Bachadondan disfunktsional qon ketishi haqida tushuncha, uni uchrash 
tezligi, xarakteri va xususiyati.
2. 
Hayz sikli buzilishini yuzaga keltiruvchi patogen omillar haqida maʼlumot.
3. 
BDQK etiologiyasi va patogenezi.
4. 
BDQK tasnifi, klinik variantlari, boshqa kasalliklar bilan taqqoslovchi 
tashxislash.
5. 
BDQK ni tashxislash.
6. 
Davolash usullari (simptomatik davolash, umumiy davolash usullari, 
fizioterapevtik usullarni qoʼllash).
7. 
Davolashda gormonlarni qoʼllash. Kasalning ѐshiga qarab preparatlarni 
tanlash. Gormonal gemostaz (estrogenlar bilan, progesteron bilan, estrogen va 
androgenlar bilan, estrogen va progesteron bilan). Siklik gormonal terapiya.
8. 
Davolashda jarrohlik usullarni qoʼllash, unga koʼrsatmalar.
9. 
Yuvenil qon ketishi haqida tushuncha. Etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, 
tekshirish usullari va davolash.
Disfunktsional qon ketishi deb, aѐl jinsiy aʼzolarida or-ganik oʼzgarishlar boʼlmay, 
balki tuxumdonlar gormonal faoliyati-ning buzilishi, gonadotrop gor-monlar 
ishlashining buzilishi tufayli yuzaga kelgan jaraѐnga aytiladi. Bu holatda 
endometriy-da doimo morfologik oʼzgarishlar kuzatiladi. BDQK ginekologik 
kasalliklarning 10 — 15 % ni tashkil etadi va turli ѐshdagi aѐl-larda, xatto qizlarda 
yuvenil qon ketishi, tugʼruq ѐshidagi aѐllarda, menopauzadan oldin va klimakte-rik 
ѐshda xam kuzatiladi.
Аѐl organizmida hayz siklining kechishi juda murakkab bio-logik hodisa boʼlib, 
uning asosida bosh miya poʼstloq qismi - gipota-lamus — gipofiz — tuxumdon — 
bachadon sistemasining bir — biriga


taʼsiri natijasidagi jaraѐn ѐtadi (21-rasm). Bu 5 ta halqa oʼzaro bogʼlangan boʼlib, 
ulardan biri tushib qolganida xayz siklining buzilishi kuzatila-di. Hayz sikli 
buzilishining koʼrinishlaridan biri bachadondan disfunk-tsional qon ketishidar.
BDQK yuzaga keltiradigan bir qancha omillar mavjud:
Markaziy nerv sistemasining buzilishi — asab zoʼriqishi, stress omillari, aqliy va 
jismoniy zoʼriqish, jarohatlanish.
Oʼtkir va surunkali infektsiyalar (gripp, surunkali tonzillit, revmatizm, sil).
Jinsiy aʼzolarning surunkali yalligʼlanish jaraѐnlari.
Ichki sekretsiya bezlari xastaliklari.
5.
Baʼzi dorilarni muntazam ichish oqibatida (neyroleptiklar).
BDQK asosan aѐllarning 3 davrida, balogʼatga yetganda, 20-25% xollarda 
«etilish» davrida va klimakterik davrida, yaʼni organizmning «soʼnish» davrida 50-
60% xollarda uchraydi.
Yuqorida koʼrsatilgan omillar taʼsirida bir-biri bilan uzviy bogʼlangan halqalardan 
birining funktsional oʼzgarishi kuzatiladi, bu esa oʼz navbatida tuxumdonlar 
faoliyatining buzilishiga olib keladi: a)
Ovulyatsiya buzilishiga.
b)
Sariq tana rivojlanishi II fazasining va progesteron ishlab chiqarishning 
boshlanmasligi.
v)
Аѐl organizmiga faqat estrogenlarning uzoq taʼsir etishi.
Shu oʼzgarishlarga koʼra BDQK ni quyidagicha tasniflash mumkin. Bdqk tasnifi:
1. 
Аnovulyator qon ketishi:
a)
follikullar atreziyasi tipida.
b)
follikullar persistentsiyasi tipida.
2. 
Ovulyator qon ketishi:
a)
Follikulin fazasining qisqarishi.
b)
Lyutein fazasining uzayishi.
v)
Lyutein fazasining qisqarishi.
Аѐllarni ѐshga qarab tasniflash:
Yuvenil qon ketishi.
Tugʼruq ѐshidagi aѐllarda DKK


Klimakterik premenopauzada qon ketishi. Follikul yetilishining buzilishi 2 tipda 
kuzatiladi. Follikulning uzoq persistentsiyasi — yetilgan 1-2 katta follikul bir
qancha vaqtgacha ѐrilmasdan turadi va estrogenning aktiv fraktsiyalarini chiqara 
boshlaydi. Organizmda estrogen gormonlar darajasining yuqori-ligi aniqlanadi. Bu 
gormonlar taʼsirida bachadonda nafaqat prolife-ratsiya jaraѐni, balki giperplaziya, 
polipoz, kistoz holatlari ham kuza-tiladi. Boshqa aʼzo va sistemalarda xam 
oʼzgrishlar kuzatiladi. Bu holat koʼpincha tugʼruq ѐshidagi aѐllarda koʼproq 
kuzatiladi.
Follikulning atreziya holati - bunda follikul yetilishi oxiriga yetmay, balki kichik 
ѐki katta follikul darajasida toʼxtaydi va orqaga rivojlanish holati kuzatiladi.
Giperplaziyaga uchragan endometriyda qon tomirlarining oʼsib keti-shi va 
kengayishi kuzatiladi. Estrogenlarning doimiy taʼsirida qon
tomirlar yupqalashib, moʼrt boʼlib qoladi, ularning tonusi oʼzgarib, qi-silish ѐki 
kengayish holatlari kuzatiladi. Bu endometriyda qon ayla-nishning buzilishiga, qon 
talash xolatlari va bu yerda nekrozlarni yuzaga keltiradi. Nekrozlar uzilib qon 
ketishiga sabab boʼladi. qon ketish ho-latlari koʼpincha hayz siklining buzilishi, 
hayzning toʼxtab qolishidan yuzaga keladi. qon ketish darajasiga qarab ( uzoq ѐki 
qisqa) atreziya ѐki persistentsiya holatini aniqlash mumkin.
Persistentsiya holatida qon ketishi koʼproq, lekin qisqa vaqt ichida kuzatiladi, 
follikul atreziyasida esa - kamroq qon ketib, uzoq vaqtgacha choʼzilishi kuzatiladi. 
Har ikkala holatda ham qon ketishi aѐlni kamqon-lik kasalligiga olib kelishi 
mumkin.
BDQK ni tashxislash.
Bachadondan disfunktsional qon ketgan aѐllarda umumiy koʼrinish oʼzgarmaydi, 
koʼpincha aѐlda hayz 2-3 oy toʼxtab, keyin biroz qon surkala boshlaydi, keyin 
kuchayib ketadi. Qon ketishi hayz muddatidan oʼtgach boshlanadi. Qin ѐki ichak-
qin orqali tekshirilganda bachadonning biroz kattalashganligi, sharsimon va 
yumshoqlanganligi aniqlanadi. Follikulning qaysi tipda oʼzgarganligini aniqlash 
uchun funktsional diagnostika testlari qoʼllaniladi.
Funktsional diagnostika testlari.
1. 
Follikullar persistentsiyasiga xos oʼzgarishlar:
bir fazali bazal xarorat
« qorachiq» simptomi +++ ѐki ++++ yuqori darajali KPI — 50 — 70 % qin 
surtmasi tipi III - IV darajada boʼladi
2. 
Follikullar atreziyasi tufayli qon ketishiga xos oʼzgarishlar:
bir fazali bazal harorat


uzoq vaqtgacha kuzatiluvchi «qorachiq» simptomi + ѐki ++ KPI - 15 - 25%.
Tashxis qoʼyishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
aniq yigʼilgan anamnez (bepushtlik, homila tashlash hollari ). umumiy va qin 
orqali bimanual tekshirish.
gisteroskopiya exoskopiya
endometriyni tekshirish (endometriy biopsiyasi, diagnostik qirish metodi, 
endometriy aspiratsiyasi).
qon analizi.
a)
qonda XG ni aniqlash
b)
trombotsitlar miqdorini aniqlash.
v)
leykotsitlar formulasini aniqlash. gormonlar miqdorini tekshirish usullari 
funktsional diagnostika testlari.
Yakuniy tashxis endometriyni gistologik tekshirish natijalari olingandan keyin ( 
bezsimon — kistali giperplaziya ) qoʼyiladi. BDKKni quyidagi kasalliklar bilan 
qiѐsiy tashxislash mumkin: - qon kasalliklari bilan: gemorragik diatez, 
trombotsitopeniya, gemofiliya.
bachadon miomasi tuxumdonlar oʼsmalari polipozlar
rak kasalliklari ( bachadon tanasi va boʼyni raki) platsentar polip adenokartsynoma
homiladorlikning vaqtidan ilgari toʼxtashi, abortlar bachadondan tashqari 
homiladorlik -
adenomioz va boshqalar.
BDQKni davolash.
Bemorning ѐshi, kasallikning kelib chiqish sabablari, patogenezi va boshqa aʼzolar 
faoliyatining izdan chiqqanlik darajasini xisobga olib, har taraflama kompleks 
davolash tadbirlari qoʼllaniladi. Davolashning asosiy tamoyillari: bemorning 
umumiy ahvolini yaxshilash, qon keti-shini toʼxtatish, uning takrorlanishining 
oldini olish, tuxumdon fa-oliyatini va gipotalamo-gipofiz-tuxumdon-bachadonning 
oʼzaro buzilgan munosabatlarini tiklashdan iborat. Klimakterik davrda ѐki 
menopauza-ga yaqin boʼlganda tuxumdon faoliyatini sunʼiy vositalar orqali soʼndi-
rish masalasi qoʼyiladi.
BDQK ni davolashda umumiy ahvolni yaxshilovchi, simptomatik davo-lash, 
gormonlarni qoʼllash va jarrohlik usullari qoʼllaniladi.
Umumiy davolashda kasalga salbiy taʼsir etuvchi omillarni yoʼqotish, aqliy va 
jismoniy jihatdan dam oldirish, bularni yoʼlga qoʼyishda preparatlardan: biopassit, 
notta va fizioterapevtik usullardan foydala-nish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 


endonazal elektroforez vitamin V1 bilan ѐki elektroforez brom va kalьtsiy bilan 
Sherbak ѐqasi koʼrinishi-da qoʼyiladi. Bachadon boʼynini elektrostimullash 
usullaridan bachadon-gipofiz refleksini qoʼzgʼatishga ѐrdam beradi.
Simptomatik davolash — bachadonni qisqartiruvchi vositalarni qoʼl-lash ( 
oksitotsin va boshqalar), qon toʼxtatuvchi vositalar (kalьtsiy xlorid, vikasol, 
ditsinon), kamqonlikka qarshi vositalar (globeks, tardiferon, aktiferrin, ferrum-lek 
tabletkalari), vitaminlar ( S, Ye, V guruxi, duovit.pregnovit.oligovit) qoʼllaniladi.
Oʼsimliklardan tayѐrlangan mastodinon, remens dorilarini ham tav-siya etish 
mumkin.
Davolashning asosini gormonlar ѐrdamida davolash tashkil etadi va u ikki xil 
xususiyatga ega — gemostatik va tuxumdonlar faoliyatini tar-tibga solish.
Gormonal gemostaz — ѐsh qizlarda va tugʼish ѐshidagi aѐllarda qon keti-shini 
toʼxtatish maqsadida qoʼllaniladi ( koʼpincha bachadonni diagnostik qirish 
usulidan keyin).
1. Estrogenlarni qoʼllash. Qon toʼxtatish maqsadida follikulyar gormon 
ishlatilibubachadonshilliqqavatiregeneratsiyasinitezlashtiradi. Gipofizda FSGning 
ortiqcha ishlab chiqarishini kamaytirib, FSG va LGlarning oʼzaro munosabatini 
normallashtiradi. Estrogenlar 3-4 kun davomida nisbatan katta dozada beriladi. 
Follikulin 10000 tb har bir soatda 4-6 marta qon toʼxtaguncha yuboriladi (umumiy 
doza 60000 tb). Odatda 6 soat ichida qon oqishi toʼxtaydi. Sxema boʼyicha: 
keyingi har bir kunda 10000 tb kamaytiriladi (masalan, 2 - kunda
5 marta X 10000 tb m/i, 3 kun — N4, 4 kun — N3, 5 kun — N2,6 kundan to 15 
kungacha N1, keyin 16 — 25 kunlarda progesteron 2, 5% - 10 ml kunora N5 m/i 
yuboriladi.
Etinilestradiol 0, 05 mg dan sutkasiga 3-4 marta keyingi kun 2-3 marta 
kamaytirilib, qon toʼxtagach 2 - kunidan boshlab 6-8 kun progesteron 15 mg 
yuboriladi ѐki norkolut, dyufaston 1 tabletka 1 mahal beriladi.
Estrogenlar va progesteron birgalikda sintetik progestinlar koʼrinishida qoʼllanildi 
(Trikvilar, mikroginon, non- avlon va boshqalar). 10 kun davomida qoʼllaniladi. 
1kun 1 tabletkadan xar bir soat davomida kuniga 5-6 tabletkagacha qon 
toʼxtaguncha. 2-i kundan 1 tabletkadan kamaytirilib to sutkada 1 tabletkagacha 
kamaytiriladi. 1 tabletkadan 21 — 28 kungacha ichiladi. Аsosiy maqsad 
gipofizning gonadotrop faoliyatini toʼxtatishdir. Yuvenil qon ketishida xorionik 
gonadotropin 4 xayz sikli davomida 1 oy 1500 tb dan mushak orasiga, 12 dan 15 
kungacha, 2 oy YuOOtbdan, 3- oy 500tb dan mushak orasiga yuboriladi. Sintetik 
progestinlar 1tabletka-dan hayzning 5 - kunidan 25 - kunigacha 3 oy mobaynida 
beriladi.


Siklik gormonal terapiya follikullar atreziyasi kuzati-lganda va estrogenlar 
yetishmovchiligida hamma ѐshdagi aѐllarda qoʼlla-niladi. Estrogenlar 10000 tb dan 
mushak orasiga (ѐki mikrofollin til tagi-ga) hayz siklining 6-8, 10-12 - kunlari 
yuboriladi, 14-16-18 -kunlari est-rogen progesteron bilan birgalikda 10 mg 
yuboriladi. 20 - kundan boshlab progesteron 10 mg dan 6-8 kun yuboriladi. 
Bunday davolash 3-4 hayz sikli davomida olib boriladi.
Klimakterik davrda, 48 — 50 ѐshdan keyin yuzaga kelgan BDQKda tuxum-donlar 
faoliyatini toʼxtatish, androgenlarni qoʼllash yoʼli bilan olib bo-riladi. Bu 
maqsadda testosteron propionat 5% 1ml mushak orasiga 5 ta inʼ-ektssi har kuni, 5 
tasini kun ora, 5 tasini har 2 kunda 1 oy ichida yuborish taklif etiladi. Kurs dozasi 
750 mg.
Аndrogenlarni qoʼllashga qarshi koʼrsatmalar: gipertrixoz, giperto-niya kasalligi, 
jigar xastaliklari.
Bachadondan disfunktsional qon ketganda qoʼllaniladigan zarur cho-ralardan biri 
bachadon boʼshligʼini diagnostika maqsadida qirishdir. Bunda nafaqat tashxis 
qoʼyish, balki qon ketishini toʼxtatishga ham eri-shiladi. Bu metodni qoʼllash ѐsh 
qizlarda oxirgi chora boʼlsa, 30-40 ѐsh-dagi aѐllarda birinchi boʼlib qoʼllaniladigan 
choradir. Аgar gistologik tekshiruvda rak oldi xolatlari kuzatilsa (atipik 
giperplaziya, adeno-matoz poliplar proliferatsiya bilan) unda jarrohlik usulini 
qoʼllash zarur.
Jarrohlik usulini qoʼllashga koʼrsatmalar:
Аdenokartsinoma.
Аdenomatoz ѐki endometriyning atipik giperplaziyasi.
Аtipik giperplaziya mioma bilan qoʼshilib kelsa, ѐki tuxumdonlar kattalashgan 
boʼlsa.
Takrorlanuvchi endometriyning bez - kistozli giperplaziyasi.
Qoʼllanilgan davolash choralaridan foyda boʼlmasa va qon ketish haѐt uchun xavf 
tugʼdirsa.
Katta ѐshdagi aѐllarda — klimakterik qon ketishi kuzatilganda bacha-don 
endometriysini kirish usulidan keyin tarkibida estrogen boʼlgan preparatlar tavsiya 
etilmaydi, chunki ular yurak - tomirlar faoliyatini, jigarning surunkali 
xastaliklarini, oʼt pufagi kasalliklarini qoʼzgʼa-tishi, qon bosimini koʼtarishi, 
giperxolesterinemiya, giperglikemiya holatlarini chaqirishi mumkin. Bu ѐshdagi 
aѐllarga toza gestogenlar va androgenlar tavsiya etiladi:


17 -0 OPK 125 - 250 mg bachadon qirishdan keyin 14, 17, 21 kun va 4-6 oy ichida 
hayzning shu kunlari ѐki haftada 2 marta 6 oy davomida - 48 ѐshdan oshgan 
aѐllarga tavsiya etilib, hayz xolatini toʼxtatadi.
Norkolyut 5-10 mg hayzning 5 dan 25 kunigacha 4 — 6 oy davomida.
Omnadren — 250 ѐki Sustanon — 250 1 ml dan 1 oyda 1 marta 3-4 oy ichida, 
soʼng metiltestosteron 5-10 mg dan til ostiga 1-2 oy davomida ichiladi. Keyingi 
yillarda 40 ѐshdan boshlab sof gestogenlardan: femoston, dyufaston keng 
qoʼllanilmoqda.
Gormonal davolashga qarshi koʼrsatmalar boʼlsa, u holatda gomeopatik dori 
vositalaridan remens tavsiya qilinadi, baʼzan rentgenkastratsiyani qoʼllash 
mumkin. Bdqk profilaktikasi.
Disfunktsional qon ketishining oldini olish choralari juda muhim va koʼp qirralidir: 
barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash qiz bolalarni ѐshligidan 
boshlab sogʼlomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy tarbiya bilan 
shugʼullantirish, toʼgʼri ovqatlantirish, oʼqish, dam olish.
-
Jinsiy haѐt gigienasiga rioya kilish va boshqalar.
BDQKning oldini olish, oʼz vaqtida toʼgʼri davolash, keyinchalik turli onkologik 
kasalliklarni oldini olish. Yuvenil qon ketishi (yuqk).
Yuvenil qon ketishi balogat ѐshiga yetgan qizlarda bachadondan atsiklik qon 
ketishi boʼlib, bu holat ginekologik kasalliklarning 10% ni tashkil etadi.
Etiologiyasi va patogenezi.
Kasallik polietiologikdir, asosan oʼtkir va surunkali infektsion kasalliklar (angina, 
surunkali tonzillit, gripp, revmatizm, pnevmo-niya), notoʼgʼri ovqatlanish 
(gipovitaminozlar), koʼngilsiz voqealar — ru-hiy tavmalar, charchash hollari va 
boshqalar sabab boʼladi. Bunda endogen va ekzogen omillar ontogenez davrida 
gipotalamus xujayralarining retsep-tor faoliyatiga taʼsir etishiga koʼra uning 
markazining taʼsirchanligi oshadi. Gipotalamus buholda gipofizga toʼliq taʼsir 
koʼrsata olmaydi, gonadotrop gormoni kam ajraladi. Bu oʼz navbatida tuxumdonda 
folli-kullar yetilishiga taʼsir etib, anovulyatsiyani yuzaga keltiradi. YuQK da 
anovulyatsiyaning oʼziga xos turi, follikullar atreziyasi (ѐrilmay qoli-shi) ѐki 
kistaga aylanib qolishi kuzatiladi.
Estrogenlar uzoq vaqt davomida, progesteron oz miqdorda ajraladi. Bu hol 
endometriyda proliferatsiya xolatini keltirib chiqaradi. Giperpla-ziya yuzaga kelib, 
bez—kistali oʼzgarishlar yuz beradi. Bu hol qon—tomirlar oʼzgarishiga, nekroz 
xolatiga va qon ketish holatini yuzaga keltiradi.


KLINIKАSI. Koʼp miqdorda, uzoq (7 kun va undan koʼp) qon ketishi bilan 
xarakterlanadi. Koʼpincha hayz sikli toʼxtab qolgandan keyin (1,5 —

oy) 
qon ketib, qizni kamqonlik kasaligiga olib kelishi mumkin. Аtsiklik qon ketishi 
menarxe vaqtidan boshlanishi ѐki menarxedan 1,5 —

yil 
keyin, 
biron 
infektsion kasallikdan keyin, aqliy jismoniy charchash tufayli yuzaga keladi. 87% 
hollarda endometriyda giperplastik oʼzgarishlarni, adenomatoz va atipik 
giperplaziya xolatlarini koʼrish mumkin, shifokor bunday holatlarga eʼtiborli 
boʼlishi kerak.
YuQK klinikasi qancha miqdorda qon yoʼqotganligiga bogʼliq: tez char-chash, 
xolsizlik, ishtaxaning yoʼqligi, bosh ogʼrishi, yuraqni vaqti vaqti bilan ogʼrish 
hollari kuzatiladi. Qon analizida trombotsitlar miqdo-rining oʼzgarganligi, 
fibrinogen kontsentratsiyasi pasayishi, qonning ivish qobiliyati pasayishi 
kuzatiladi.
YuQKda tekshirish usullari:
Bazal (toʼgʼri ichak) haroratini oʼlchash.
UTT oʼtkazish.
Toʼgʼri ichak orqali tekshirish.
Umumiy qon va trombotsitlar sonini tekshirish.
Qonda progesteron miqdorini tekshirish.
Gonadotrop gormonlar (FSG, LG) kontsentratsiyasini aniqlash. Differentsial 
tashxis.
Bachadondan qon ketishi bir qancha boshqa kasalliklarda ham kuzati-lib, buning 
differentsial tashxisida quyidagi patologik holatlarni eʼtiborga olish kerak boʼladi:
Tuxumdonning 
granulѐz 
hujayrali va mezodermal oʼsmalari, tekoma, 
disgerminoma.
Bachadon va qindagi xavfli oʼsmalar (mioma, rak).
Jinsiy aʼzolar sili
Gemorragik diatez
Trombotsitopeniya (Verlьgof kasalligi).
Gemofiliya S (qiz bolalarda X omilning yetishmasligi natijasida qonning ivishi 
ancha sust boʼladi).
Аngiogemofiliya Villebrand — Yurgens kasalligi — bunda qon ivishida ishtirok 
etuvchi VIII omil boʼlmagani uchun qon ketishi uzoq davom etadi.
Kapillyarlar toksik va allergik oʼzgarganda.


Boʼqoq bezi, buyrak usti bezi, dientsefal patologiya.
Davolash.
Bachadondan YuQKni davolash usullari shu patologik xolatni vujud-ga keltirgan 
sabablarni aniqlab, shu asosda davo choralarini qoʼllashdan iborat. Bu har bir 
bemorni chuqur oʼrganishni talab qiladi. Davolashni asosan ikki bosqichga boʼlish 
mumkin:
qon ketishini toʼxtatish; hayz siklini tartibga solish;
Аgar kasalxonaga murojaat qilgan qiz bolada oʼtkir kamqonlik belgilari kuzatilsa: 
arterial qon bosimi pasaygan, taxikardiya, xolsizlik, gemoglobin miqdori 70 
g/litrdan past boʼlsa, gematokrit 20% - bu holda SZP 300-400 ml, ifezol va qon 
oʼrnini bosuvchi erit-malar (stabizol, refortan) quyish zarur, keyin gormonal 
gemostaz usuli va siklik ѐki sintetik progestin bilan terapiya oʼtkaziladi.
Nazorat savollar
1.Аnomal kon ketish sabablari
2. 
Аnomal kon ketish turlari
3. 
Аnomal kon ketishni davolash
4. 
Аnomal kon ketishni dif.diagnostikasi
BАChАDON MIOMАSI 
Maqsad: Bachadon miomasining kelib chiqish sabablarini, turlarini, klinik belgilari 
va tashxislash usullarini oʼrganish va davolash usullarini bilish. 
Vazifalar: 
1. Terminologiyani bilish. 
2. Etiopatogenezini oʼrganish. 
3. Joylashishi boʼyicha tasnifini bilish. 
4. Klinika va asosiy belgilarini aniqlash. 
5. Diagnostikasini oʼrganish. 
6. Davosi bilan tanishish. 
Bachadon miomasi deb, gormonlarga moyil boʼlgan, mushak toʼqimasi ham-da 
biriktiruvchi toʼqimalardan tashkil topgan xavfsiz oʼsmaga aytiladi. Mioma keng 


tarqalgan kasallik boʼlib, ginekologik bemorlarning 10-27% ida, 30 yoshga yetgan 
bemorlarning 20% ida, 40 yoshdan katta bemorlarning esa 40% ida uchraydi. 
Bu kasalga duchor boʼlgan bemorlar organizmida bir qancha aʼzo va toʼ-qimalar 
zararlanadi, yaʼni yurak sohasida ogʼriq boʼlishi va uning kat-talashishi(miomatoz 
yurak). Shuning uchun ham bu kasallikni sistemali kasallik deyiladi. 
Bachadon miomasining kelib chiqish sabablari va rivojlanishi yuza-sidan juda koʼp 
olimlarning fikr-mulohazalari boʼlib, ular har xildir, lekin yagona yakuniy 
xulosaga kelinmagan. Bu masalada butun dunyo olimlari tadqiqot ishlarini olib 
bormoqdalar. Bunga dalil sifatida bachadon miomasi masalasida 1976 yili 
Kishinev shahrida 1978 yili Moskva sha-hrida, 1980 yilda Samarqand shahrida 
boʼlib oʼtgan butun dunyo olimlarining anjumanlari asosiy dalil boʼlib hisoblanadi. 
Аyollar organizmida bachadon miomasining kelib chiqishi asosan gor-monal 
oʼzgarishlar tufayli, yaʼni gipotalamus-gipofiz-buyrak usti bezi-tuxumdon 
orasidagi munosabatning, biron-bir qismining shikastlanishi hamda bachadondagi 
oʼzgarishlar natijasida xususan miometriyning giperplaziyasi tufayli vujudga 
kelishi mumkin. 
Gipofizning gonadotrop gormoni tekshirilganda, hayz sikli davomida organizmda 
progesteron gormonining miqdori kamligi, bu esa oʼz navbatida hayz siklining 
ikkinchi davri yetishmovchiligiga olib keli-shi aniqlangan. 70-80% hollarda 
bachadon miomasi bemorlarda patologik hayz sikli mavjudli-gini koʼrsatadi, 
xususan anovulyator, yaʼni davriy yoki ovulyator, biroq lyutein davrning 
yetishmovchiligi sifatida namoyon boʼlgan hayz siklini nazorat qil-gan. Klinik va 
eksperimental tadqiqotlarga tayanib, ayollar organizmida roʼy bergan gormonlar 
oʼzgarishi, xususan estrogen gormonlarning koʼp ishlanishi, bachadon miomalari 
paydo boʼlishida muhim rolь oʼynaydi deb taxmin qilish mumkin. 
Bachadon miomasi bilan kasallangan ayollarning kasallik tarixiga ahamiyat 
berilsa, ularning yoshligida har xil yuqumli kasalliklar bilan, 1/3 qismi bachadon 
ortiqlarining yalligʼlanishi, bepushtlik bilan kasallangan-ligi aniqlangan va bu 
holatlar oʼz navbatida organizmda gomeostaz buzili-shiga olib kelib, ichki 
sekretsiya bezlarining faoliyati oʼzgarishiga sabab boʼl-gan. Bu holat hayz 
siklining buzilishiga taʼsir qilib, bir-biriga bogʼliq boʼlgan patologik halqani hosil 
qiladi. Bu bachadon miomasining kelib chiqi-shiga sabab boʼlgan. Bachadon 
miomasining kelib chiqishiga faqat uzoq muddat davomida estrogen-gestagen 
gormonlarning organizmga taʼsirining buzili-shigina emas, balki bachadon 
mushaklarini taʼminlovchi nerv retseptorlari-ning gʼayritabiiy qoʼzgʼaluvchanligi 
ham sabab boʼladi. Morfologik jixatdan miomalarning oddiy proliferativ sarkoma 
oldi turlari kuzatiladi. Gisto-logik tuzilishi jihatidan K.P. Ulezko-Strogonova 
fikricha, bachadon mioma-si, bachadon mushak tolalaridan, hamda qon 
tomirlarning mezenximal ele-mentlaridan rivojlanadi. Xulosa qilib aytganda


onkologlarning fikricha bachadon miomasi ham organizmda odatdagi oʼlgan 
hujayralardan yetilib chiqqan deb taxmin qiladilar. 
Miomaning tasnifi 
Bachadon miomasining tugunchalari rangining oqimtirligi bilan atrof-dagi 
bachadon mushak toʼqimalaridan ajralib turadi, boshqa mushak toʼqimala-riga 
qaraganda konsistentsiyasi qattiqroq, zichroq boʼladi. Koʼpincha mioma tu-
gunchalari 95% bachadon tanasida va 5% miqdorda bachadon boʼynida uchraydi. 
Koʼpincha tugunchalar bachadon tubida, ayniqsa bachadonning orqa devorida joy-
lashadi. Bachadonning oldingi devorida orqa devoriga nisbatan 2 marotaba kam 
uchraydi, mioma tugunlari kamdan-kam bachadonning devorlarida joylash-
ganligining shoxidi boʼlamiz. Eng kam uchraydigan joyi 1% da bachadon boʼyni 
va qindagi joylashuvidir. Mioma tugunlarining oʼsish jarayoni yoʼnalishi boʼ-yicha 
uch xil boʼladi (44-rasm): 
1. Submukoz, 15-25% shilliq osti qavatida joylashib, tugunchalar bachadon 
boʼshligʼi tomon oʼsadi. 
2. Interstitsial, 30% tugunchalar bachadon devoridagi mushak qavatining orasiga 
joylashadi (45-rasm). 
3. Subseroz, 30% oʼsma qorin pardasining ostida joylashgan boʼladi (46-rasm). 
Bunday hollarda koʼp tugunli miomalarda bachadonning har tomon-lama bir xil 
kattalashganini baʼzan esa bir tomonlama kattalashganini aniqlaymiz (47-rasm). 
Bachadon kattaligi hatto 39-40 haftalik homilador-likdagi darajada boʼlishi 
mumkin. 
Subseroz tugunlar esa bachadon shaklini keskin oʼzgartirib yuboradi va qorin 
boʼshligʼi tomonga qarab oʼsib, bachadon devoriga har xil uzunlik va qalinlikdagi 
oʼsma oyoqchasi bilan bogʼlanadi. Аgar subseroz tugunlar koʼp miqdorda boʼlsa, 
xuddi kartoshka tuganaklariga oʼxshab ketadi. Shilliq qavati ostida joylashgan 
tugunchalar esa bachadon boʼshligʼi tomon oʼsib, uning shakli oʼzgarishiga olib 
kelib, keyinchalik bachadonning kuchli qisqarishiga hamda bachadon boʼynining 
ochilishiga olib kelib, tugunchalarning qin tomonga tugʼilishi sodir boʼladi. 


Intersicial mioma. 

Download 344.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling