Nazariy ma’lumotlar


Download 18.21 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi18.21 Kb.
#1202811
Bog'liq
1-bob


Nazariy ma’lumotlar
Inversiya markaziga ega bo’lgan kristallarda doimiy tashqi elektr maydonini qoyganda 2-garmonikani induksiyalash mumkin bo’lsada, elektr dipol yaqinlashuvida 2-garmonika generatsitasi taqiqlangan. Boshqa tomondan qaraganda, 3-garmonika generatsiyasi jarayonini har qanday holatda ham amalga oshirish mumkin.
Damlashning berilgan maydon yaqinlashuvida 3-garmonika generatsiyasi nazariyasi 2-garmonika generatsiyasi nazariyasidan farq qilmaydi, faqatgina P2(2ω) kvadratik qutblanish o’rniga formulada kubik qutblanish

ishtirok etadi. χ(3) ning qiymati χ(2) ga nisbatan kichkina bo’lganligi sababli kristallardagi lazer nurlanishi intensivligi ko’pincha optikaviy zararlanish boshlanishi sababli cheklanadi, bunday 3-tartibli nochiziqli optikaviy jarayonda aylantirish samaradorligi kichkina bo’ladi.
Bundan tashqari, bunda fazaviy sinxronizm shartining bajarilishi qiyinroq bo’ladi. Shu sababli amalda 3-garmonika generatsiyasining to’g’ridan-to’g’ri jarayoni kam qo’llaniladi.
Kubik nochiziqlilikka ega bo’lgan kristalda 3-garmonikaning to’g’ridan-to’g’ri generatsiyasi dastlab 1963-yilda amerikalik Terxyun va uning hamkasblari tomonidan amalga oshirilgan. Hozirgi kunga kelib asosiy chastota energiyasining 3-garmonikaga to’g’ridan-to’g’ri aylantirish koeffisiyentining maksimal qiymati taxminan 10-6 ni tashkil qiladi.
Bu qiymat fazaviy tezliklar mutanosibligi yo’nalishida aslliligi modulyatsiyalangan lazerning fokuslangan nurida olingan. Aytib o’tish joizki, fokusdagi maydon intensivligi shu darajada kattaki, u har qanday kristalni parchalab yuborishi mumkin. Shu sababli ham 3-garmonikani kuzatishda lazer nurlanishi intensivligi kritik qiymatdan bir oz kichikroq qiymatgacha kamaytiriladi.
Kristalning lazer nurida buzilishi energiyaning kirishmalar tomonidan yutilishi, ko’p fotonli yutilish yoki majburiy kombinatsion sochilish yoki Mandelshtamm-Brillyuenn majburiy sochilishi bilan bog’liq bo’lgan muhit tebranishlarining uyg’otilishi sababli ro’y berishi mumkin. Bunda unchalik katta bo’lmagan hajmda issiqlikning bir lahzada ajralib chiqishi zarbli to’lqinning shakllanishiga olib keladi.
Shunday bo’lsa-da, samarali 3-garmonika generatorini ketma-ket joylashgan 2 ta nochiziqli kristallardan foydalanib qurish mumkin. Bunda 1-kristal 2-garmonikani generatsiya qiladi. O’tgan asosiy nurlanish va 2-garmonikaning nurlanishi keyinchalik 2-kristalda o’zaro ta’sirlashadi va chiqishida yig’indi chastota generatsiyasi tufayli olinadigan 3-garmonikani beradi. Bu har ikkala jarayon uchun ham 1- yoki 2-turdagi sinxronizmdan foydalanib fazaviy sinxronizm shartini bajarish mumkin.
Asosiy nurlanishning yetarlicha katta intensivligida 3-garmonikaning umumiy chiqishi yuda ham yuqori bo’lishi mumkin. Bunday qurilmalarning ishlab chiqarish korxonalaridagi namunalarida 3-garmonikaga aylantirish koeffisiyenti 20 % gacha yetishi mumkin. Biroq, boshqariluvchi termoyadroviy sintez uchun mo’ljallangan quvvatli lazer tizimlarida, nozik shakllantiilgan dastali tizimlarda FIK 70 % gacha yetadi.
Prinsip jihatdan bunday 2 bosqichli 3-garmonika gneratsiyasini 1 ta kristalda ham amalga oshirish mumkin. Biroq, maxsus hollarni hisobga olmaganda, ham 2-garmonika generatsiyasi, ham yig’indi chastota generatsiyasi uchun bir vaqtda sinxronizmni olish mumkin emas. Shu sababli ham umumiy aylantirish samaradorligi bunda unchalik ham katta bo’lmaydi.

Download 18.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling