Nazorat savollari Kapital bahosi nima?


Download 22.51 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi22.51 Kb.
#139651
Bog'liq
MM-70 Чулиев Ш


Nazorat savollari

1. Kapital bahosi nima?

2. Kapital bahosi qanday aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi omillarni izohlang.

3. Qarz mablagʻlari orqali moliyalashtirishda capital bahosini aniqlash tartibini izohlab bera olasizmi?



Javoblar

  1. Ma’lum bir kapital manbasidan foydalanish hisobiga toʻlanishi

lozim boʻlgan umumiy summa va kapital hajmi oʻrtasidagi nisbatning

foizlarda aks ettiriladigan miqdori kapital bahosi (Cost of Capital –CC) deb ataladi.



  1. Kapital bahosi quyidagi formula orqali aniqlanadi.



Asosan amaliyotda asosiy murakkablik mos manbalardan olinadigan

kapitalning alohida komponentlari bahosini aniqlashda kuzatiladi.

Ba’zi manbalar uchun kapital bahosini aniqlash birmuncha oson.

Masalan kreditlar boʻyicha kredit shartnomasida keltirilgan foiz

toʻlovlari, yoki obligatsiyalar boʻyicha emissiya prospektida qat’iy

belgilangan foiz stavkasi kapital bahosini oʻzida ifodalaydi. Boshqa

aksariyat manbalar boʻyicha esa kapital bahosini aniqlash birmuncha

murakkab hisoblanadi va aniq hisoblash imkoniyati mavjud emas.

Lekin taqdim etilgan kapitaldan foydalanish hisobiga kapital egasi

tomonidan talab qilinadigan toʻlovlar, jalb qilish bilan bogʻliq

xarajatlar (emissiya xarajatlari, kredit shartnomasini rasmiylashtirish,

sugʻurtalash, garov, maslahatchilar jalb qilish va boshqa xarajatlar)

korxona tomonidan aniqlanishi mumkin. Kapital bahosi mablagʻlarni

jalb qilish uchun sarflanadigan vaqt va risk omillari ta’sirini

baholashni ham taqozo etadi.

Lekin, e’tibor qaratish talab etiladigan darajada murakkabliklar,

aniqlik darajasini pasaytiruvchi obyektiv va subyektiv omillar

mavjudligiga qaramasdan kapital yoki uning alohida komponentlari

bahosini aniqlash, hech boʻlmaganda taxminiy bahosini belgilash

masalasiga korporativ moliyani boshqarish amaliyotida moliyaviy

boshqaruv oldidagi oʻtkir zarurat sifatida qaralishi lozim. Bu jihatni

moliyaviy boshqaruvchilar tomonidan korxona va uning boʻlinmalari

faoliyat samaradorligini baholash investitsion samaradorlikni baholash kabi muhimligi bilan izohlash mumkin.


  1. Aksariyat qarz manbalarining manbasi haqiqatda jalb qilingan

summa va uning qoplanishi boʻyicha toʻlovlar oqimi asosida

aniqlanishi haqida yuqorida ham ta’kidlandi. Buning uchun bizga

ma’lum boʻlgan pul oqimlari boʻyicha daromadlilikning ichki me’yori

(IRR)ni hisoblash formulasidan foydalanamiz.

Σ 𝐶𝐹1 (1+𝑅) − (𝐷0 − 𝑇𝐶) = 0, 𝑁𝑡=1 8.1

bu yerda, CF1 – pul oqimi (qoidaga koʻra annuitet);



R – qarz mablagʻining toʻliq qiymati (mazkur toʻlovlar oqimlari

boʻyicha daromadlilikning ichki me’yori, IRR);



N – toʻlovlar umumiy soni;

D0 – t = 0 davrda jalb qilingan qarz mablagʻi miqdori;

TC – qarz mablagʻini olish bilan bogʻliq jami xarajatlar miqdori.

Umumiy holatda har qanday qarz mablagʻining muhim

xususiyatlaridan biri sifatida qarz mablagʻlari boʻyicha toʻlanadagigan

foiz toʻlovlarining foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan

chegirilishi yoki mahsulot tannarxiga kiritilishini keltirish mumkin.

Shuning uchun 1-formuladan olingan R miqdor mazkur natijani aks

ettirish maqsadida (1 – T) koʻpaytuvchiga toʻgʻrilanadi.

Shunday qilib, qarz kapitalining yakuniy bahosi toʻlanadigan

foyda soligʻi ta’sirini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi:



kD = R x (1 – T),

bu yerda, kD – qarz kapitali bahosi;



T – foyda soligʻi stavkasi.
Download 22.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling