Nazorat savollari va topshiriqlar: Tahirov Akbar


Download 18.64 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi18.64 Kb.
#110129
Bog'liq
Tahirov Akbar (3)


Nazorat savollari va topshiriqlar: Tahirov Akbar

1. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning qanday tadqiqot usullari mavjud?

2. Qanday vaqtlarda kartografik usuldan foydalanish maqsadga muvofiq?

3. Tadqiqotlarda geografik taqqoslash usuli qanday amalga oshiriladi?

4. Tarixiy usul deganda nimani tushunasiz?

5. Geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish usulining ahamiyatini tushuntiring.

6. Statistik tahlil usuli nimaga asoslanadi?

7. Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli haqida nimalarni bilasiz?

8. Tizim-tarkib usuli deganda nimani tushunasiz?

9. Sotsiologik so‘rov usuli qaysi hollarda qo‘llaniladi?

10. Prognoz qilish usulining ahamiyatini izohlang.

Javoblar


1. kartografiya usuli;

 geografik taqqoslash usuli;

 tarixiy usul;

 rayonlashtirish usuli;

 statistik tahlil usuli;

 iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli;

 tizim-tarkib usuli;

 sotsiologik so‘rov usuli;

 aerokosmik tadqiqotlar usuli;

 klaster va boshqalar

2.Kartografik usul orqali o‘rganilayotgan hodisa va voqeliklar umumlashtirilib, kartaga tushiriladi. Bu esa geografiya fanining o‘ziga xos mezoni ham hisoblanadi. Chunki, hudud obyekt sifatida ko‘rilmasa va uni karta yoki karta-sxemalarda aks ettirish imkoni bo‘lmasa, u holda bunday tadqiqotning o‘zi ham geografiyaga tegishli emas. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya doirasida kartalar, asosan, ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega: sanoat, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, transport, aholi, uning milliy va hududiy tarkibi, shaharlar va qishloqlar to‘ri va tizimi kabi kartalar va hokazo

3. Geografik taqqoslash usuli – bu usul taqqoslanayotgan obyektlar uchun umumiy va o‘ziga xos tomonini ochib beradi. Ammo taqqoslash usulida, eng avvalo, ikki jihatga e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, taqqoslanayotgan obyektlarning katta-kichikligi, o‘z ko‘lami jihatidan birbiriga ma’lum darajada teng bo‘lishi shart. Masalan, Toshkent bilan Chust shahrini yoki Ukraina respublikasining xo‘jaligi bilan Farg‘ona vodiysi xo‘jaligini taqqoslash ilmiy nuqtai nazardan natija bermaydi. Ikkinchidan, taqqoslashda sinxron prinsipdan yoki ayni paytda, ikkala taqqoslanayotgan obyekt ko‘rilsa, bu usul unumli va sermazmun bo‘ladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani tadqiqotlarida tarixiy usul keng qo‘llaniladi. Mazkur usul ayni vaqtda barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida va tabiiy fanlar tizimida ham muhim tadqiqot usuli hisoblanadi. 4. “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanida tarixiy usul orqali ishlab chiqarish kuchlarining turli tarixiy bosqichlarda rivojlanishi, iqtisodiy aloqalar, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi va shakllanishi, xo‘jalik va aholining hududlar bo‘yicha joylashishi, tabiiy resurslarning o‘zlashtirilishi, hududlarning aholi tomonidan o‘zlashtirilish holati, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va joylashish xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy usuldan ishlab chiqarish kuchlarining yaqin va olis istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda ham foydalaniladi.

5. Iqtisodiy rayonlashtirish usuli orqali mamlakatlarning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy mintaqalarining mamlakat ichki mehnat taqsimotidagi o‘rni, ixtisoslashuv holati o‘rganiladi, shuningdek, bu usul mintaqalar bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi. Geografiyada iqtisodiy rayonlashtirish usulini qo‘llash natijasida mamlakat har bir mintaqasining o‘ziga xos tabiiy sharoiti, tabiiy resurslarining iqtisodiyotning rivojlanishidagi o‘rni, xo‘jalikning tarixiy-iqtisodiy rivojlanishi va hozirgi hududiy tashkil etish holati, mavjud ilmiy-texnika salohiyatlardan foydalanish negizida samarali ishlab chiqarish tizimini shakllantirishning yo‘nalishlari belgilanadi.

6. Statistik tahlil iqtisodiy-geografik va ekologik tadqiqotlarning muhim usullardan biri bo‘lib, u aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va hududlar bo‘yicha majmuali ma’lumotlar tizimini tadqiq qilish imkonini beradi.

7. Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli xo‘jalik va aholiga doir raqamlar majmuasini tahlil qilish, o‘rganilayotgan jarayonni miqdoriy baholash imkonini beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi miqdor bog‘lanishlarning matematik ifodasini kibernetika fanlarida model, uni tuzish esa modellashtirish deyiladi.

8. Tizim-tarkib usuli, aslini olganda, falsafiy qarashlarning mahsuli bo‘lib, u o‘rganilayotgan hodisa yoki borliqning o‘zinigina emas, balki uni boshqa undan kattaroq doirada, birgalikda va o‘zaro aloqadorlikda tahlil qilishni talab qiladi. Masalan, ma’lum viloyat xo‘jaligini yaxlit tizim sifatida o‘rganishda, ayni paytda, bu viloyat Respublika, yirik iqtisodiy rayon va O‘zbekistonning yagona xalq xo‘jalik kompleksining uzviy bir qismi, bo‘lagi ekanligini unutmaslik lozim. Tizim- tarkib usulida yana bir nazariy tushuncha mavjud. I.M.Maergoyzning fikricha, iqtisodiy va sotsial geografiya xalq xo‘jaligining hududiy tarkibini o‘rganishi lozim. Bu tarkib 4 xil bo‘ladi: moddiy ishlab chiqarish, aholi va aholi punktlarining hududiy joylanishi, ularning o‘zaro munosabati, tabiiy sharoit va boylik hamda ishlab chiqarish infrastrukturasi. O‘z navbatida, bu bo‘laklar o‘zining hududiy tarkibiga ega. Jumladan, moddiy ishlab chiqarish hududiy tarkibi bu hududiy ishlab chiqarish majmuasi, tabiiy sharoit va boyliklar tarkibida esa tabiiy hududiy kompleks (landshaft). Xuddi shunday infrastrukturada hududiy infrastruktura kompleksi, aholi geografiyasida aholi joylashuvining hududiy tizimini ko‘rish mumkin



9. Sotsiologik so‘rov usuli tadqiqotlarda keng qo‘llaniladigan usullardan bo‘lib, aniq sharoitda hududlar, tarmoqlar bo‘yicha keng ma’lumotlar olish imkonini beradi. Bu usul, ayniqsa, hududlardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar majmuasini aniqlashda, ishlab chiqarishni tashkil qilishning turli shakllarida yuzaga kelgan muammolarni o‘rganishda, qolaversa, aholi va mehnat resurslari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq qilishda zarur bo‘lgan muhim ma’lumotlar yig‘ish imkonini beradi

10. Prognoz qilish usuli – iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi soni va tarkibini, hududlarning kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ilmiy bashorat qilishdan iboratdir. Iqtisodiy bashorat qilish ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni oldindan bilish, bu muammolarni aniqlash va jamiyat taraqqiyotining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqish imkonini beradi
Download 18.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling